Pensiya va ijtimoiy sugurta jamg'armalarining iqsodiy mohiyati va ahamiyati reja: Kirish


Davlatning maqsadli jamg’armalarining ijtimoiy iqtisodiy mohiyati va ahamiyati


Download 56.68 Kb.
bet2/12
Sana14.04.2023
Hajmi56.68 Kb.
#1357351
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
PENSIYA VA IJTIMOIY SUGURTA JAMG\'ARMALARINING IQSODIY MOHIYATI VA

1. Davlatning maqsadli jamg’armalarining ijtimoiy iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Markazlashtirilgan davlatning qaror topishi bir qator davlat fondlarini uyg’unlashtirib, bir necha muammolarning oldini olish imkoniyatini tug’dirgan.
Jumladan, bir fondda ortiqcha bo’lgan moliyaviy mablag’larni ikkinchi bir fonddagi etishmayotgan moliyaviy mablag’lar o’rniga jalb qilish imkoniyati hosil bo’la boshlagan. Davlatning turli xil fondlarining uyg’unlanishi asosida ulkan bir markazlashtirilgan fond, ya’ni Davlat byudjetining tashkil etilishiga asos solingan. Davlat byudjeti sekin asta har to-monlama mustahkamlanib borib, mamlakatning oliy organi uni ko’rib chiqib, tasdiqlagandan keyin qonun kuchiga kirib, ijro etish majburiyati sezila boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki kunlardan boshlab, mamlakatda Davlat byudjetini mustahkamlash bilan birga, Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarini ham tashkil etishga zarurat tug’ildi. Bu jamg’armalarni tashkil etishga bir qator omillar ta’sir etadi, albatta. Ularning ko’lami keng, lekin asosiylari quyidagilar hisoblanadi:

  • iqtisodiyot qisman nobarqaror bo’lgan bir sharoitda, tijorat va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash, zarur bo’lgan sharoitlarda ularning moliyaviy operatsiyalarini rag’batlantirish uchun davlat boshqaruv organlari o’zgacha manbadan shakllangan moliyaviy resurslar hisobidan yangi ko’rinishdagi Davlat fondlarini tashkil etadi;

  • davlat byudjetidan xoli bo’lgan Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir muammoni bartaraf etish yoxud mavjud muammolar ko’lamini qisqartirishga qaratilgan bo’lib, davlat tomonidan qat’iy e’tiborga molik bo’ladi. Aynan ushbu jamg’armalar qat’iy maqsadli xususiyatga ega bo’lib, ularning moliyaviy resurslarini tashkil etish, taqsimlash va foydalanishni davlat tomonidan samarali nazorat qilish imkoniyati tug’iladi;

  • davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalari muayyan bir sharoitlarda, ya’ni daromadlariga nisbatan xarajatlari kam bo’lgan hollarda, ortiqcha mablag’lardan Davlat byudjeti defitsitini noinflatsion manbasi sifatida qisqartiradi yoki moliyaviy bozordan foiz va dividend shaklida manba olib, daromadlar hajmini yanada kengaytiradi.


Download 56.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling