Pensiya va nafaqa: ularning farqini bilasizmi Yoshga doir pensiya olish huquqiga Nafaqalar va ularni tayinlash


Download 35.88 Kb.
bet5/7
Sana01.11.2023
Hajmi35.88 Kb.
#1737210
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Nafaqalar va ularni tayinlash

Oldingi tahrirga qarang.
Bunda kasb kasalligi oqibatida boshqa ishga o‘tkazilgan shaxslarga nafaqa, agar u amaldagi qonunchilik hujjatlariga binoan avvalgi ish haqi bilan yangi ish haqi o‘rtasidagi farqni korxonadan olish huquqiga ega bo‘lmasa beriladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Basharti, kasallik varaqasida ko‘rsatilgan muddatda ish beruvchi xodimga boshqa ish topib berolmagan bo‘lsa, u holda shuning oqibatida bekor o‘tgan ish kunlari uchun nafaqa umumiy asoslarda to‘lanadi.
19. Reabilitatsiya muassasalarida bo‘lgan barcha vaqt uchun va unga kelib-ketish vaqti uchun nafaqa to‘lanadi.
20. Mavsumiy va vaqtinchalik ishlarda band bo‘lgan xodimlarga mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqa umumiy asoslarda, boshqa sabablar oqibatidagi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mavsumiy yoki vaqtinchalik ish to‘g‘risida tuzilgan mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan ish kunlari doirasida to‘lanadi.
21. Ishlayotgan nogironlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari, ketma-ket ikki oydan va kalendar yilda uch oydan oshmagan muddatga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlariga va imtiyozlari jihatdan ularga tenglashtirilgan boshqa nogironlarga, Chernobil AESdagi falokat yoki uning oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlarni bajarish bilan bog‘liq sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan shaxslarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi (mehnatda mayiblanish hodisalari yoki kasb kasalligidan tashqari) ketma-ket to‘rt oygacha yoki kalendar yilda besh oygacha beriladi.
(21-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 8 aperldagi 10-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1136-3, 15.04.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 189-modda)
Agar ishlovchi nogironning vaqtinchalik mehnatga qobiliyatsizligi mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligi tufayli yuz bersa, nafaqa u to‘la sog‘aygunga yoki mehnatda mayiblanish yoxud kasb kasalligi bilan bog‘liq nogironlik guruhi qayta ko‘rib chiqilgunga qadar to‘lanadi.
Sil kasalligi oqibatida vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa shaxs to‘la sog‘aygunga qadar, lekin ko‘pi bilan 10 oyga beriladi.
Xodim sil kasalligi bilan qayta kasallanganda yoki sil kasalligi oqibatida nogiron deb topilganda nafaqa ko‘pi bilan 6 oyga beriladi.
TMEK ko‘rigidan belgilangan muddatda qayta o‘tmagan nogironga nafaqa mazkur bandda belgilangan muddatlarga to‘lanadi.
22. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik quyidagi davrlarga to‘g‘ri kelganda nafaqa to‘lanmaydi:
ish haqi saqlanmagan ta’til;
bolani parvarishlash bo‘yicha ta’til;
ish vaqtincha to‘xtatilgan;
xodim ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi to‘lash to‘xtatib qo‘yilganligi sababli ishlamagan;
harbiy o‘quv yoki tekshiruv yig‘ini;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘quv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qo‘shimcha ta’til.
Ushbu davrlarda boshlanib, davom etayotgan mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi xodim ishga chiqishi (lavozimga tiklanishi) lozim bo‘lgan kundan boshlab beriladi.
23. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi hollarda berilmaydi:
ishdan yoki boshqa vazifalardan bo‘yin tovlash maqsadida o‘z salomatligiga ataylab ziyon yetkazgan yoxud o‘zini kasallikka solganda;
giyohvandlik yoki mastlik bilan bog‘liq harakatlar oqibatida, shuningdek, spirtli va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish natijasida kasallikka chalinganda (jarohatlanganda);
jinoyat sodir qilish vaqtida jarohatlanganda;
sud qarori asosida majburiy davolanishga yuborilganda (ruhiy kasallardan tashqari);
hibsda bo‘lgan davrda;
sud-tibbiyot ekspertizasidan o‘tish davrida.
24. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlanishidan oldin uzrsiz sabablarga ko‘ra ishga kelmagan, ular uchun shifokor belgilagan tartibni buzgan, yoki uzrsiz sabablarga ko‘ra belgilangan muddatda shifokor ko‘rigiga yoki tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasiga (TMEK) kelmagan xodimlar qoidani buzish ro‘y bergan kundan boshlab korxonaning Ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha komissiyasi belgilaydigan muddatga nafaqadan mahrum qilinadilar.
25. Yuridik shaxs bo‘lmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar hamda dehqon xo‘jaligi a’zolari, budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lamagan, shifokor belgilagan tartibni buzgan yoki uzrsiz sabablarga ko‘ra belgilangan muddatda shifokor ko‘rigiga yoki TMEKga kelmagan hollarda, buzish sodir bo‘lgan kundan boshlab ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan belgilangan muddatga nafaqadan mahrum qilinadilar.
26. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi ish stajining davomiyligidan qat’i nazar ish haqining 100 foizi miqdorida quyidagilarga to‘lanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
ishlayotgan 1941 — 1945-yillardagi urush qatnashchilariga;
(26-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2015-yil 8 aperldagi 10-B-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 1136-3, 15.04.2015-y.) tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 15-son, 189-modda)
baynalminal jangchilarga va ularga tenglashtirilgan boshqa shaxslarga;
qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar 18 yoshga) yetmagan uch yoki undan ortiq bolalari bo‘lgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga;
Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan, qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga;
mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi natijasida vaqtincha mehnatga qobiliyatsiz bo‘lgan xodimlarga.
27. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan kasalliklar (sil kasalligi, onkologiya kasalliklari, yangidan paydo bo‘ladigan xatarli o‘simtalar, jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklar, SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar) bo‘yicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sug‘urta badali to‘lagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga ish haqining 100 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
v) umumiy ish staji 5 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.
28. Mazkur Nizomning 26 va 27-bandlarida nazarda tutilgan xodimlardan tashqari qolgan xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq bo‘lgan xodimlarga hamda 21 yoshga yetmagan chin (sag‘ir) yetimlarga ish haqining 80 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 8 yilgacha bo‘lgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.
29. Mazkur Nizomning 4-bandiga binoan tayinlangan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari safidagi muddatli xizmatdan bo‘shatilgandan so‘ng bir oy ichida kasal bo‘lib qolgan sobiq harbiy xizmatchilarga — respublikada belgilangan eng kam ish haqi miqdorida;
b) boshqa hollarda — ish haqining 60 foizi miqdorida.
30. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik bo‘yicha nafaqa barcha hollarda belgilangan eng kam ish haqidan kam bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqarilgan ish haqidan yuqori bo‘lmasligi lozim.
31. Nafaqa miqdori vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik boshlangan kungacha, mehnat daftarchasi yoki uning o‘rniga berilgan boshqa hujjat, shuningdek ijtimoiy ta’minot bo‘limlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida hisoblangan umumiy ish stajiga muvofiq aniqlanadi.

Download 35.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling