Pensiyalar tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqish va tasdiqlash tartibi


Download 35.88 Kb.
Sana24.01.2023
Hajmi35.88 Kb.
#1114880
Bog'liq
Pensiyalarni tayinlash bo`yicha


Pensiyalar tayinlash uchun ish stajini hisoblab chiqish va tasdiqlash tartibi
27. Pensiya olish huquqini beradigan ish stajiga quyidagilar qo‘shib hisoblanadi:
a) faoliyat turi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish, agar u:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa, shuningdek jismoniy shaxsning 2021-yil 1-iyundan keyingi ishlamagan davri uchun uning eri (xotini) mehnatga haq to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan ixtiyoriy asosda ijtimoiy soliq to‘lagan davr.
1965-yil 1-yanvargacha bo‘lgan davrda jamoa ho‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, ushbu yildagi mehnat bilan qatnashish kunlari sonidan qat’i nazar, har bir ishlab berilgan yil ish stajiga bir kalendar yil sifatida qabul qilinadi.
1965-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun jamoa ho‘jaligidagi ish stajini hisoblab chiqishda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi uzrsiz sabablarga ko‘ra jamoa xo‘jaligida belgilangan mehnatda ishtirok etish minimumini bajarmagan bo‘lsa, ishlangan vaqtning amalda davom etgan davri hisobga olinadi. Agar jamoa xo‘jaligi a’zosi jamoa xo‘jaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini jamoa xo‘jaligi a’zolari tarkibiga qabul qilish (chiqish) yilida bajargan bo‘lsa, u holda uning ish staji jamoa xo‘jaligi a’zolari tarkibiga qabul qilingan sanadan boshlab (chiqish sanasigacha) qabul qilinadi.
Jamoa xo‘jaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini tasdiqlaydigan hujjatlar mavjud bo‘lmasa, mehnatning amaldagi davomiyligi bo‘yicha ish vaqti olti kunlik ish haftasidan kelib chiqib hisobga olinadi.
Ijodiy faoliyat bilan mashg‘ul bo‘lgan ijodiy uyushmalar a’zolariga 1991-yil 1-yanvargacha ish staji agar ana shu muallifning asari birinchi marta e’lon qilingan yoki jamoat oldida ijro etilgan (namoyish etilgan) kundan e’tiboran Pensiya jamg‘armasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘lagan bo‘lsalar, ijodiy uyushmalarning boshqaruvlari tomonidan belgilanadi.
Ish stajiga, o‘tgan davr uchun bir yo‘la qo‘shib hisoblash (to‘lash)dan qat’i nazar, uning uchun:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘langan oylar qabul qilinadi, dehqon ho‘jaliklari a’zolari hamda qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon ho‘jaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish, shuningdek, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish bilan band bo‘lgan shaxslar bundan mustasno;
b) harbiy xizmat (shu jumladan, safarbarlik chaqirig‘i rezervidagi harbiy xizmat) va partizanlar otryadlari va qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlaridagi va ichki ishlar organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmat;
v) harbiylashtirilgan soqchilikda, maxsus aloqa organlarida va idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;
g) Pensiya jamg‘armasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun ijtimoiy soliq to‘lagan bo‘lsa, yakka tartibdagi mehnat faoliyati yoki qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon ho‘jaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish bo‘yicha faoliyat;
d) qarab turish vaqti:
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turish;
o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan qariyalarga qarab turilgan vaqt — 80 yoshga to‘lgan qariya o‘zganing parvarishiga muhtoj bo‘lgan davr.
Bunda I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsni yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolani, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan keksaga qarab turish vaqti pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga faqat qarab turgan va qarab turishga muhtoj bo‘lgan shaxs bilan birga yashagan shaxslardan biriga qo‘shib hisoblanadi;
e) oliy ta’lim tashkilotlarida (shu jumladan, ularda o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy ta’lim tashkilotlarida), aspiranturada (stajorlar-tadqiqotchilar-izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida) kunduzgi o‘qish, shu jumladan, chet elda o‘qish;
j) bola 3 yoshga to‘lgunga qadar, bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, biroq jami ko‘pi bilan 6 yil.
Misol: Agar 30 yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan ishlayotgan ayol ish stajining 8 yili mobaynida jami 3 bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lgan bo‘lsa, u holda pensiya tayinlash uchun ish stajini hisoblashda unga jami 28 yil ish staji hisoblanadi (30 yil — 8 yil + 6 yil = 28 yil).
Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish davri (shu jumladan, puli to‘lanadigan ta’tilda bo‘lish) yoshga doir imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga qo‘shilmaydi;
z) ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarining xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqt, biroq ko‘pi bilan 10 yil;
i) O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning xotini (eri) chet elda bo‘lgan, lekin 10 yildan oshmagan davr.
28. Agar ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar bir vaqtning o‘zida bir davrga to‘g‘ri kelsa, u holda pensiyani hisoblab chiqish uchun ish stajiga pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan faqat bir davr qo‘shib hisoblanadi. Ish stajini hisobga olishning shunday tartibi ushbu Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlari uchun ham qo‘llaniladi.
Ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” va “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar bir vaqtning o‘zida bir davrga to‘g‘ri kelsa, u holda pensiyani hisoblab chiqish uchun ish stajiga pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” va “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlardan biri qo‘shib hisoblanadi.
Bunda pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning xohishiga ko‘ra ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar “d” — “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlardan biriga almashtirilgan taqdirda, murojaat qilgan shaxsning ish haqini aniqlashda mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yillik davridan chiqarib tashlanmagan xolda “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar bo‘yicha aniqlanadi.
29. Ushbu Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar ish stajiga ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan kamida 7 yil umumiy ish staji mavjud bo‘lganda qo‘shib hisoblanadi.
Nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini tayinlashda ushbu Nizomning 27-bandi “d” — “i” kichik bandlarida nazarda tutilgan davrlar ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “g” kichik bandlarida ko‘rsatilgan ish staji mavjud bo‘lganda, uning qancha davom etganligidan qat’i nazar, qo‘shib hisoblanadi.
Mehnatda mayiblanganlik yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida I va II guruh nogironlikda bo‘lish vaqti yoshga doir va boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini tayinlashda stajga qo‘shib hisoblanadi.
Yoshga doir pensiya tayinlangandan keyin ishlangan vaqt pensiya tayinlash uchun stajga qo‘shib hisoblanmaydi. Ertaroq muddatdan boshlab yoshga doir pensiya tayinlashda staj pensiya tayinlangan kungacha hisobga olinadi.
30. Nogironligi bo‘lgan bolani sakkiz yoshgacha tarbiya qilgan nogironligi bo‘lgan bolaning onasiga pensiya tayinlashda talab qilinadigan 20 yillik ish stajiga ushbu Nizomning 27-bandi “a” — “d” kichik bandlarida ko‘rsatilgan davrlar qo‘shib hisoblanadi.
Ushbu Nizomning 27-bandi “d” kichik bandida nazarda tutilgan davr Qonunning 8-moddasi talablariga rioya etilgan holda ish stajiga kiritiladi.
31. Qonunning 12-moddasi “a” bandiga muvofiq urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga pensiya tayinlashda pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan talab etiladigan ish staji Qonunning 7-moddasiga muvofiq aniqlanadi.
32. Stajga quyidagilar imtiyozli tarzda qo‘shib hisoblanadi:
a) harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalaridagi xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda ishtirok etish — uch hissa barobarida;
b) 1941 — 1945-yillardagi urush davrida mamlakat ichkarisida ishlash, shu jumladan, harbiy qismlardagi erkin yollanganlar tarkibidagi ish va ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan xizmatdan tashqari, harbiy xizmat — ikki hissa barobarida;
v) Qonunning 10-moddasi “a” va “b” bandlariga hamda 11-moddasining “a” bandiga muvofiq imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini beradigan — erkaklarda 10 yildan ortiq va ayollarda 7 yilu 6 oydan ortiq ishlangan har bir to‘liq yil — ikki hissa barobarida;
g) moxovxonalarda, vaboga qarshi muassasalarda, immunitet tanqisligi virusi bilan kasallangan shaxslar davolanadigan yuqumli kasalliklar muassasalarida ishlash — ikki hissa barobarida;
d) patologoanatomiya muassasalari va sud-tibbiy ekspertiza muassasalarining tibbiy xodimlaridan ayrim toifalarining ishi ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq — bir yarim hissa barobarida;
e) asossiz ravishda jinoiy javobgarlikka tortilgan, asossiz ravishda qatag‘on qilingan va keyinchalik oqlangan fuqarolarning qamoqda bo‘lish va hibsda saqlash joylarida turgan vaqti — bir yarim hissa barobarida.
Ushbu bandda nazarda tutilgan ish stajini imtiyozli hisoblash tartibi Qonun bo‘yicha tayinlanadigan pensiyalarning barcha turlari uchun qo‘llanadi.
33. Pensiyaga bo‘lgan huquqni belgilashda pensiya olish huquqini beradigan ish staji ushbu Nizomning 32-bandida belgilangan qoidalar qo‘llanmasdan aniqlanadi.
34. Talab qilinadigan ish stajidan ortiq staj mavjud bo‘lgan taqdirda, umumiy ish staji yaxlitlanishi kerak. Bunda ish stajining umumiy 15 kalendar kundan (15-kalendar kunning o‘zi ham) ortiq davri to‘liq oygacha yaxlitlanadi, 15 kalendar kungacha bo‘lgan davr esa hisobga olinmaydi.
35. Uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarga pensiyalar tayinlash uchun belgilangan xizmat muddatlarini hisoblab chiqish tartibi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan.
36. Sanoatning mavsumiy tarmoqlari tashkilotlarida band bo‘lgan xodimlarga ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq to‘liq mavsum mobaynidagi ish bir yildagi ish uchun, to‘liq bo‘lmagan mavsum mobaynidagi ish — amalda band bo‘lgan davr bo‘yicha hisobga olinadi.
Imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiya olish huquqini beradigan yer osti ishlaridagi stajni hisoblab chiqishda (Qonunning 10-moddasi “a”“b” bandlari va 11-moddasi “a” bandi) mehnatda mayiblanish yoki ushbu ishda olingan kasb kasalligi oqibatida nogironlikda bo‘lish vaqti ushbu Nizomning 32-bandi “v” bandida belgilangan qoidalar qo‘llanmasdan ko‘rsatib o‘tilgan stajga kiritiladi.
37. Agar dehqon xo‘jaligi a’zosi yoki sovxoz xodimi ushbu yilda 12 oy ishlagan va kamida 9 oy mobaynida:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lagan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan bo‘lsa, ish stajiga bir kalendar yil qo‘shib hisoblanadi.
Boshqa hollarda ish staji:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — sug‘urta badallari to‘langan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan oylar soniga mutanosib ravishda hisobga olinadi.
38. Fermer xo‘jaligi a’zosi va qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkati) xodimining ish staji:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanishining;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblanishining amaldagi davri bo‘yicha aniqlanadi.
39. Qoramol yetishtirish hamda shaxsiy yordamchi va dehqon ho‘jaliklarida yetishtirilgan chorvachilik mahsulotlarini sotish‚ shuningdek, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining boshqa turlarini (o‘simlikshunoslik, chorvachilik, baliqchilik mahsulotlarini) yetishtirish bilan band bo‘lgan shaxslar, maydoni to‘rt sotixdan kam bo‘lmagan dehqon xo‘jaligida, tomorqa erida band bo‘lgan yoki ushbu maydonda qoramol yoxud 50 boshdan kam bo‘lmagan parranda yetishtirish bilan band bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasida belgilangan tartiblar asosida ijtimoiy soliq to‘langan davrlar pensiya tayinlash uchun mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Ushbu shaxslar o‘zi uchun o‘zidagi mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib ijtimoiy soliqni to‘lash huquqiga ega.
Ijtimoiy soliq naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda, ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana ijtimoiy soliq to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (keyingi o‘rinlarda — JShShIR) va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Bunda oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zolari bo‘yicha to‘lov hujjati har bir oila a’zosi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.
Ijtimoiy soliq faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolarining doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining Moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘ida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadi.
To‘langan ijtimoiy soliq hisobi davlat soliq xizmati organida yuritiladi.
Ushbu Nizomning ushbu bandida, shuningdek, 37-bandida nazarda tutilgan ish stajini hisoblash tartibi Qonunga muvofiq pensiyalar tayinlashda qo‘llaniladi.
40. Diniy tashkilotlarda band bo‘lgan shaxslarning, shu jumladan, mehnat shartnomasi va/yoki fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnoma bo‘yicha ishlovchi shaxslarning ish stajiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblash sharti bilan ularning ish davri qo‘shib hisoblanadi.
41. Chet elda ishlash davrlari:
mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ixtiyoriy ravishda 2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliqlar to‘langan davr ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi o‘zi uchun mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib ijtimoiy soliqni to‘lashni quyidagi tartibda amalga oshirish huquqiga ega:
har oyda yoki har chorakda;
bir yo‘la — O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.
Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq to‘langan davr pensiya tayinlashda ish staji hisobida inobatga olinadi.
Chet elda bo‘lish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining “Labor-migration” dasturiy majmuasidagi ma’lumotlar, shaxsning pasportdagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) hamda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining ko‘rsatib o‘tilgan shaxsning boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilganligi ma’lumoti ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.
JShShIR mavjud bo‘lmaganda chet elga ishlashga ketayotgan shaxs soliq to‘lovchi sifatida unga JShShIR rasmiylashtirilishi bilan birgalikda doimiy yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi shart.
Ijtimoiy soliqning miqdori to‘lov kunida belgilangan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi ijtimoiy soliqni naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda, ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana ijtimoiy soliq to‘langan kun hisoblanadi.
To‘lov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart.
Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.
Milliy valyutadagi ijtimoiy soliq mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining Moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘ida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga uning tomonidan mustaqil ravishda, oila a’zolari yoki ishonchli vakil tomonidan to‘lanadi.
Ijtimoiy soliqni to‘lash xorijiy valyutada (boshqa davlat hududidan) Pensiya jamg‘armasining maxsus valyuta hisobvaraqlariga amalga oshirilishi mumkin va to‘lov sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutaga qayta hisoblab chiqiladi.
Ushbu bandning o‘n sakkizinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Pensiyani hisoblash uchun O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning 2015-yil 1-yanvarga qadar chet elda ishlagan davri mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlarining, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslarning 2015-yil 1-yanvarga qadar chet elda ishlagan davri pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan ish haqini aniqlashda mehnat faoliyatining oxirgi o‘n yillik davriga kiritilmaydi. Bunda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan xalqaro hukumatlararo tashkilotlarga kvota qilingan lavozimlarga xizmat safariga yuborilgan shaxslar, shuningdek, ularning xotini (eri)ga 2015-yil 1-yanvarga qadar tayinlangan pensiyalar ushbu Nizom va Qonunning 51-moddasi talablari hisobga olingan holda qayta hisoblab chiqilishi lozim.
42. Soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 405 va 409-moddalarida belgilangan tartiblarda ijtimoiy soliq to‘langan davr ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Davlat soliq xizmati organi soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslarning jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlar asosida ijtimoiy soliqni to‘lash bo‘yicha oldingi yil uchun majburiyatlarni hisob-kitob qiladi.
Ijtimoiy soliqni to‘lash soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslarning doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining Moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘ida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lash muddatlarida amalga oshiriladi.
To‘lov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart.
Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.
43. Yakka tartibdagi tadbirkor va yakka tartibdagi tadbirkor bilan mehnat munosabatlarida bo‘lgan jismoniy shaxs tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq to‘langan davr pensiya tayinlashda ish staji hisobida inobatga olinadi.
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘zi uchun mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ixtiyoriy ravishda to‘lash huquqiga ega.
Ijtimoiy soliq naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda, ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana ijtimoiy soliq to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.
Ijtimoiy soliq yakka tartibdagi tadbirkorning doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining Moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘ida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadi.
To‘langan ijtimoiy soliq hisobi davlat soliq xizmati organlarida yuritiladi.
44. Faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari va oilaning boshqa a’zolari tomonidan (bundan o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar mustasno) kalendar oyda ishlagan kunlari sonidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 408-moddasida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq to‘langan davr pensiya tayinlashda ish staji hisobida inobatga olinadi.
Faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolari va oilaning boshqa a’zolari o‘zi uchun mavjud imkoniyatlardan va pensiya bilan ta’minlanishning miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ixtiyoriy ravishda to‘lashi mumkin.
Ijtimoiy soliq naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda, ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana ijtimoiy soliq to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Bunda oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zolari bo‘yicha to‘lov hujjati har bir oila a’zosi uchun alohida-alohida yoziladi. Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.
Ijtimoiy soliq faoliyatni yuridik shaxs tashkil etmagan holda, oilaviy tadbirkorlik shaklida amalga oshiruvchi oila a’zolarining doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining Moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘ida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadi.
To‘langan ijtimoiy soliq hisobi davlat soliq xizmati organlarida yuritiladi.
45. Davlat soliq xizmati organi yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan (mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlagan shaxs, soliqni hisoblab chiqarish va ushlab qolish majburiyati zimmasiga yuklatilmagan ish beruvchidan daromadlar oluvchi jismoniy shaxslar, oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zosi, band shaxs va dehqon xo‘jaligi a’zosi) to‘langan ijtimoiy soliqni axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha yakka tartibdagi tadbirkorning (mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan chet elda yollangan holda ishlovchi shaxs, soliq agenti hisoblanmagan ish beruvchidan daromad oluvchi xodim, oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zosi va dehqon xo‘jaligi a’zosi) doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga to‘langan ijtimoiy soliq to‘g‘risidagi axborotni taqdim etadi.
Ushbu shaxslar tomonidan Pensiya jamg‘armasiga 2019-yil 1-yanvarga qadar to‘langan sug‘urta badallari, 2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov, 2020-yil 1-yanvardan keyingi davrlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq qaytarib berilmaydi, O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 103-moddasida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Davlat soliq xizmati organi ijtimoiy soliq tushumlari bo‘yicha yakunlarni:
yakka tartibdagi tadbirkordan, dehqon xo‘jaligi rahbaridan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zolari uchun — har chorakda amalga oshiradi va to‘lanmagan yoki muddati o‘tkazib yuborilgan to‘lovlar aniqlangan taqdirda, ko‘rsatilgan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 116-moddasiga asosan uning qarzi miqdori haqida ushbu qarz hosil bo‘lgan davr, shuningdek, to‘lov muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun qo‘shilgan penya miqdorini ko‘rsatgan holda talabnoma yuboradi;
Mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan shaxslardan — har yili amalga oshiradi.
Davlat soliq xizmati organi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan (mehnat shartnomasi asosida chet elda ishlayotgan shaxsdan, dehqon xo‘jaligi a’zosidan va oilaviy tadbirkorlik subyekti oila a’zosi uchun) ijtimoiy soliq to‘lanishi yuzasidan doimiy nazorat olib boradi.
Agar dehqon ho‘jaligidagi mehnati yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun qo‘shimcha hisoblansa uning mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) asosiy ish joyida yuritiladi.
46. Jismoniy shaxs tomonidan mehnatga haq to‘lash tarzidagi o‘z daromadlaridan 2021-yil 1-iyundan keyingi davrda ishlamaydigan eri (xotini) uchun ixtiyoriy asosda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda ijtimoiy soliq to‘langan davr pensiya tayinlashda ish staji hisobida inobatga olinadi.
Jismoniy shaxs mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib turmush o‘rtog‘i uchun Pensiya jamg‘armasiga ijtimoiy soliq miqdorini mustaqil ravishda to‘lash huquqiga ega.
Jismoniy shaxs tomonidan to‘langan to‘lov hujjatida uning ishlamaydigan eri (xotini)ning familiyasi, ismi, otasining ismi, JShShIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart.
Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.
Ijtimoiy soliq jismoniy shaxsning doimiy yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasining Moliya vazirligining Yagona g‘azna hisobvarag‘ida ochilgan shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga to‘lanadi.
To‘langan ijtimoiy soliq hisobi davlat soliq xizmati organlarida yuritiladi.
47. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet eldagi ish stajiga, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida o‘zgacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasidagi ishga to‘g‘ri keladigan stajning uchdan biridan ortiq bo‘lmagan doirada kiritiladi.
Misol. Chet el fuqarosining umumiy ish staji 40 yilni tashkil etadi, shundan 21 yili O‘zbekiston Respublikasi hududiga, 19 yili esa xorijiy davlat hududiga to‘g‘ri keladi. Ushbu holatda chet el fuqarosining xorijiy davlatdagi ish staji pensiyani hisoblash uchun 7 yil (21 yil/3) doirasida qabul qilinadi va umumiy ish staji 28 yilni (21 + 7) tashkil etadi.
48. Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasi, ish stajidan qat’i nazar, tayinlanadi.
Mehnatda mayiblanish yoki kasb kasalligiga chalinish oqibatida nogironlik pensiyasidan umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasiga o‘tkazishda zarur staj nogironlikning dastlabki belgilanishi vaqtiga nisbatan yosh bo‘yicha belgilanadi.
49. Umumiy kasallik oqibatida nogironlik pensiyasi nogironlik boshlangan vaqtda nisbatan quyidagi ish staji mavjud bo‘lganda tayinlanadi:

Yosh

Ish staji (yillarda)

20 yoshdan 23 yoshga yetgunga qadar

2

23 yoshdan 26 yoshga yetgunga qadar

3

26 yoshdan 31 yoshga yetgunga qadar

5

31 yoshdan 36 yoshga yetgunga qadar

7

36 yoshdan 41 yoshga yetgunga qadar

9

41 yoshdan 46 yoshga yetgunga qadar

11

46 yoshdan 51 yoshga yetgunga qadar

14

51 yoshdan 56 yoshga yetgunga qadar

17

56 yosh va undan katta yosh

20

50. Ish davrida yoki ish to‘xtatilgandan keyin 20 yoshga to‘lgungacha umumiy kasallik oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxsga pensiya, ish staji davridan qat’i nazar, tayinlanadi.
Agar umumiy kasallik oqibatida nogironlik boshlangan vaqtga nisbatan ushbu Nizomning 49-bandida belgilangan yoshga nisbatan talab qilinadigan ish staji mavjud bo‘lmagan taqdirda va ish stajiga qo‘shimcha ravishda erishish sharti bilan talab qilinadigan ish staji pensiya tayinlash uchun murojaat qilingan kundagi yoshga nisbatan belgilanishi mumkin.
51. Nogironlik pensiyasi tayinlangandan keyingi ish vaqti yoshga doir yoki vafot etgan nogironligi bo‘lgan shaxs uchun boquvchisini yo‘qotganlik pensiyalarini hisoblab chiqish uchun ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
52. Ish staji ish, xizmat, o‘qish yoki ish stajiga hisoblanadigan boshqa faoliyat amalga oshirilishi joyidan, shuningdek, arxiv muassasalaridan beriladigan hujjatlar bo‘yicha belgilanadi.
Band shaxslarga ish staji davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladigan:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — 2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar bo‘yicha belgilanadi.
53. Ish staji to‘g‘risida hujjatlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, mehnat faoliyati davrlari sudning qarori bilan belgilanadi.
Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari fuqarolarga ish stajini tasdiqlash uchun qonunchilikda nazarda tutilgan asos mavjud bo‘lgan taqdirda, sudlarga da’volar tayyorlashda ko‘maklashadi.
54. Ish staji to‘g‘risidagi taqdim etilgan hujjatlarning asoslanganligi va ishonchliligini aniqlash maqsadida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi:
ish stajini tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarning mazmunini va zarur tarzda rasmiylashtirilganligini baholaydi hamda zarurat bo‘lganda ular berilishining asoslanganligini tekshirish to‘g‘risida qaror qabul qiladi;
ish staji va oylik ish haqi to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatlarda tuzatishlar, noaniqliklar, tafovutlar, o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritilganligi aniqlangan hollarda mehnat faoliyatining ayrim davrlarini ish staji davriga hisobga olish yoki hisobdan chiqarib tashlash to‘g‘risida qaror chiqaradi.
Ushbu bandning ikkinchi va uchinchi xatboshlarida nazarda tutilgan qoidalar shaxsning 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi mavjud yozuvlar yoki elektron mehnat daftarchasida tegishli ma’lumotlar bo‘lgan taqdirda va ish staji to‘g‘risidagi ma’lumotlar ushbu Nizomning 11-bandi to‘rtinchi — yettinchi xatboshlarida nazarda tutilgan axborot tizimlaridan olingan hollarda qo‘llanilmaydi.
55. Ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar harbiy harakatlar, tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar yoki boshqa favqulodda vaziyatlar natijasida to‘liq saqlanmagan yoki qisman saqlangan hollarda ish stajini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi yoki viloyatlar, tumanlar (shaharlar)ning mahalliy davlat hokimiyati organlari (hokimliklar) tomonidan tashkil etiladigan ish stajini aniqlash bo‘yicha maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.
Qisman saqlanib qolgan hujjatlar va guvohlarning ko‘rsatmalari asosida ko‘rsatib o‘tilgan komissiyalar tomonidan belgilangan mehnat faoliyati davrlari ish stajiga, shuningdek, hujjatlar bilan tasdiqlangan ish vaqti sifatida imtiyozli pensiya olish huquqini beradigan maxsus ish stajiga kiritiladi.
56. Mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) ish stajini tasdiqlaydigan asosiy hujjat hisoblanadi.
2021-yil 1-iyundan boshlab pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxsning 2005-yil 1-yanvardan avvalgi davrlar uchun ish staji mehnat daftarchasidagi (elektron mehnat daftarchasidagi) mavjud yozuvlar asosida qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlar talab etilmasdan belgilanadi.
Ish staji “YaMMT” IDAKdagi mavjud ma’lumotlar asosida ham tasdiqlanadi.
Mehnat daftarchasi mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar bo‘lmagan yoki mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risida noto‘g‘ri va noaniq yozuvlar mavjud bo‘lgan hollarda ish stajini tasdiqlash uchun (band shaxsning ish stajidan tashqari) ma’lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, shaxsiy hisobvaraqlar va ish haqi berish uchun qaydnomalar, mehnat shartnomalari (kontraktlar), arxiv ma’lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi.
Bunda ma’lumotnomada ishga qabul qilish to‘g‘risidagi, ish (lavozim) bo‘yicha o‘zgarishlar to‘g‘risidagi va asoslari ko‘rsatilgan holda mehnat shartnomasining to‘xtatilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak. Ma’lumotnoma tashkilot yoki arxiv rahbari, shuningdek, ma’lumotnomani tayyorlagan xodim tomonidan imzolanadi va ma’lumotnomani bergan tashkilot yoki arxivning muhri bilan tasdiqlanadi.
57. 1991-yil 1-yanvargacha ijodiy uyushmalar a’zolari hisoblangan ijodiy xodimlarning ish staji ushbu muallifning asari birinchi marta e’lon qilingan yoki jamoat oldida ijro etilgan (namoyish qilingan) kunni tasdiqlaydigan ijodiy uyushmalar boshqaruvlari tomonidan berilgan ma’lumotnomalar bilan belgilanadi.
1991-yil 1-yanvardan keyin ish stajini belgilash uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘lash davri to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar, shuningdek, ijodiy uyushmalardagi mavjud ma’lumotlar asosida ijodiy uyushmalar boshqaruvi tomonidan berilgan ijodiy faoliyat davri to‘g‘risidagi ma’lumotnoma qabul qilinadi.
Ijodiy uyushmalar a’zolari hisoblanmagan boshqa ijodiy xodimlarning ijodiy faoliyatini tasdiqlash uchun Pensiya jamg‘armasiga:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badallari;
2019-yil 1-yanvardan 2019-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davr uchun — to‘langan yagona ijtimoiy to‘lov;
2020-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — ijtimoiy soliq to‘lash davri to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar qabul qilinadi.
58. Harbiy xizmatni, davlat xavfsizligi organlaridagi xizmatni, shuningdek, asirda bo‘lganlik vaqtini tasdiqlash uchun:
harbiy guvohnomalar (harbiy biletlar);
mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarning, yuqori harbiy qismlarning, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Elektron texnologiyalarini rivojlantirish markazi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmatining shtablari va muassasalarining ma’lumotnomalari;
arxiv ma’lumotnomalari va harbiy-davolash muassasalarining ma’lumotnomalari qabul qilinadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar asosida mehnat daftarchasiga kiritilgan harbiy xizmat to‘g‘risidagi yozuvlar ham tasdiqlash uchun qabul qilinadi.
Jangovar harakatlar davrida harakatdagi armiya tarkibidagi harbiy xizmat, shu jumladan, baynalmilal burchni bajarishdagi harbiy xizmat ushbu Nizomga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarning ma’lumotnomalari asosida imtiyozli hisoblab chiqilgan holda mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlaridagi xizmatni tasdiqlash uchun mehnat daftarchasiga kiritilgan bunday xizmat to‘g‘risidagi yozuvlar, yozuvlar bo‘lmagan taqdirda esa — ushbu Nizomga 7-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda beriladigan ma’lumotnomalar qabul qilinadi.
59. Oliy ta’lim tashkilotlarida (shu jumladan, ularda o‘qish harbiy xizmatga tenglashtiriladigan harbiy-ta’lim tashkilotlarida) aspiranturada (stajorlar — tadqiqotchilar izlanuvchilar institutida), doktoranturada (katta ilmiy xodimlar — izlanuvchilar institutida) va klinik ordinaturada, tayanch doktoranturada va doktoranturada (oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida) kunduzgi o‘qish vaqti diplomlar, shuningdek, ma’lumotnomalar va arxiv ma’lumotlari asosida berilgan va o‘qish davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar bilan tasdiqlanadi.
Hujjatlarda bunday ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan taqdirda, o‘qish davrining isboti sifatida, hujjatlarda to‘liq o‘quv yilini tamomlaganlikka ko‘rsatma mavjud bo‘lishi sharti bilan, tegishli yillarda mazkur ta’lim tashkilotida o‘qish davri davomiyligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar taqdim qilinadi.
60. Ish davrida boshlangan vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri davomiyligi ushbu ish joyi bo‘yicha beriladigan ma’lumotnomalar bo‘yicha belgilanadi.
Bunda ko‘rsatib o‘tilgan (tibbiyot muassasalari tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqalari bilan tasdiqlangan) davr ish stajiga faqat:
2019-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun — Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘langan;
2019-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun — mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar hisoblangan taqdirda kiritiladi.
61. I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga, shuningdek, 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turish vaqti:
qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi;
nogironlikda bo‘lganlikni (I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun), yoshni (keksalar va nogironligi bo‘lgan bolalar uchun) tasdiqlaydigan hujjatlar va o‘zganing parvarishi zarurligi to‘g‘risida (keksalar uchun) davolash muassasasining tibbiy xulosasi asosida belgilanadi.
Qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi xodimlaridan va shaxslardan so‘rab chiqish, shuningdek, ularning qo‘shnilaridan so‘rab chiqish asosida Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan tuziladi.
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 80 yoshga to‘lgan keksalarga qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalarini rasmiylashtirishning davriyligi har 12 oyga belgilanadi. Qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalari I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 80 yoshga to‘lgan keksalarning ma’lumotlari saqlanayotgan pensiya ishiga tikib qo‘yiladi va/yoki Pensiya jamg‘armasining axborot tizimiga yuklanadi va qarab turgan shaxsga pensiya tayinlashda ish stajiga kiritish uchun asos hisoblanadi.
Qarab turishning holati nogironligi bo‘lgan bolani o‘z qaramog‘iga olgan oilaning a’zosi uchun ham tatbiq qilinadi.
Qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalari mavjud bo‘lmaganda qarab turish holati sudning qarori asosida belgilanadi.
62. Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarcha)dagi mavjud mehnat staji to‘g‘risidagi yozuvlar (ma’lumotlar) asosida ushbu bandning 5 — 7-xatboshlarida belgilangan davrlarga muvofiq hisoblanadi.
Shaxs mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarcha) bo‘lmagan yoki ushbu bandning 5 — 7-xatboshlarida belgilangan muddatlar asosida hisoblangan bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti davomiyligidan norozi bo‘lgan hollarda uning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti Pensiya jamg‘armasi bo‘limining so‘rovi asosida olinadigan yoki fuqaro tomonidan taqdim qilinadigan tashkilot yoki arxiv tomonidan beriladigan uning bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lishi va qaytishi to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar asosida belgilanadi.
Bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqti bolani parvarishlash ta’tili berilishi va undan qaytish to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar yoki buyruqlar mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, buyruqlarda zarur yozuvlar bo‘lmaganda yoki bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lganlik davrlari to‘g‘risida noto‘g‘ri va noaniq yozuvlar bo‘lganda, ushbu davr uchun oylik ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lganlik davrining tasdig‘i sifatida qabul qilinadi.
Arxiv va/yoki tashkilot tomonidan tasdiqlangan yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar mavjud bo‘lmaganda bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish davri quyidagi davrlarni tashkil etadi:
1 yil — 1971-yil 1-yanvardan 1983-yil 1-noyabrgacha tug‘ilgan bola uchun;
1,5 yil — 1983-yil 1-noyabrdan 1990-yil 1-iyulgacha tug‘ilgan bola uchun;
3 yil — 1990-yil 1-iyuldan keyin tug‘ilgan bola uchun.
Ko‘rsatib o‘tilgan hollarda bolani parvarishlash ta’tili boshlangan sana sifatida homiladorlik va tug‘ish ta’tili tugagan sana qabul qilinadi.
1965-yil 1-yanvardan keyingi davr uchun jamoa xo‘jaligi a’zosining bolani parvarishlash ta’tilida bo‘lish vaqtini aniqlashda, agar jamoa xo‘jaligi a’zosi bo‘lgan, bola tuqqan ayol jamoa xo‘jaligida mehnatda ishtirok etishning belgilangan minimumini bajarmagan bo‘lsa, bola tug‘ilgan yil (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat qilganning tanlovi bo‘yicha) mehnat stajining to‘liq yili, biroq ushbu Nizomning 27-bandi muvofiq jami ko‘pi bilan 6 yil sifatida hisobga olinadi.
63. Oldini olish chorasi sifatida qamoqda bo‘lish vaqti, jazoni o‘tash vaqti, shaxs lavozimdan noqonuniy chetlatilganligi munosabati bilan ishlamagan vaqt, tibbiyot muassasasida bo‘lish vaqti tergov organlari yoki ichki ishlar organlarining ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanadi va reabilitatsiya (oqlov hukmi, reabilitatsiyalovchi asoslar bo‘yicha ish to‘xtatilishi to‘g‘risidagi ajrim (qaror) haqidagi hujjatlar mavjud bo‘lganda ish stajiga hisoblanadi.
64. Ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxslarning, praporshchiklarning, michmanlarning va muddatdan tashqari xizmat harbiy xizmatchilarning xotinlari, ularni ishga joylashtirish imkoniyati bo‘lmagan joylarda erlari bilan yashagan vaqti ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi.
Xizmat O‘zbekiston Respublikasi hududida o‘talgan hollarda ushbu ma’lumotnoma mazkur Nizomga 8-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Bandlik va mehnat munosabatlari hududiy organi tomonidan beriladi, xizmat chet elda o‘talgan taqdirda esa — ushbu Nizomga 9-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha harbiy xizmat o‘talgan joy bo‘yicha yuqori harbiy qismlar, muassasalar, harbiy-o‘quv (o‘quv) muassasalari komandirlari (boshliqlari) tomonidan beriladi.
65. Harakatdagi armiya tarkibiga kiruvchi harbiy qismlar, shtablar va muassasalardagi, jangovar harakatlar davrida partizan otryadlari va qo‘shilmalarida xizmat va erkin yollanganlar tarkibidagi ish, baynalmilal burchni bajarishda jangovar harakatlarda qatnashish mudofaa ishlari bo‘limlari va tegishli organlar tomonidan berilgan ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi.
66. Xodimlarning ayrim toifalari uchun belgilangan imtiyozli shartlarda pensiya olish huquqini tasdiqlash uchun (masalan: ishlarning qizg‘in uchastkalarida yoki qizg‘in ishlarda bandlik to‘g‘risida, muayyan moddalar yoki xavflilikning muayyan darajalariga kiradigan zararli moddalar bilan ishlash to‘g‘risida, yer osti ishlarida bandlik to‘g‘risida, ishlarni muayyan usulda bajarganlik to‘g‘risida, muayyan joyda ishlarni bajarganlik to‘g‘risida va shu kabilar) maxsus stajni tasdiqlash maqsadida ushbu Nizomga 10-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha tashkilotning (soliq to‘lovchi tashkilotning identifikatsiya raqamini ko‘rsatgan holda) aniqlashtiruvchi ma’lumotnomalari qabul qilinadi.
67. Uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlarning ayrim toifalariga imtiyozli pensiya ta’minoti huquqini beradigan maxsus ish staji:
uchuvchilar va uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiruvchi xodimlar uchun — tegishli tashkilot tomonidan berilgan uchilgan soatlarni tasdiqlaydigan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi. Uchuvchi-sinovchilar tarkibiga kiradigan ayrim xodimlarning sinov texnikasini sinashda bandligi tashkilotlar tomonidan berilgan ma’lumotnomalar bilan tasdiqlanadi;i
havo harakatini boshqargan xodimlar uchun — mehnat daftarchasi bilan, shuningdek: havo harakatini bevosita boshqarishga qo‘yish to‘g‘risidagi belgilar bilan birga harakat xizmati dispetcheri (parvozlar rahbarining) guvohligi; mutaxassisni havo harakatini bevosita boshqarish bilan bog‘liq lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda tashkilotning ma’lumotnomalari asosida tasdiqlanadi.
68. Teatrlar va boshqa teatr-tomosha korxonalari va jamoalarining artistlari ayrim toifalarining imtiyozli pensiya ta’minoti olish huquqini beradigan maxsus ish staji mehnat daftarchasi (elektron mehnat daftarchasi) bilan tasdiqlanadi.
Kasb (lavozim)ning nomi, bajariladigan ishning janrga mansubligi, xususiyati yoki ish kechgan tashkilotning maqomi to‘g‘risida mehnat daftarchasida (elektron mehnat daftarchasida) zarur ma’lumotlar mavjud bo‘lmagan hollarda maxsus ish staji ushbu shaxsga nisbatan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ish joyidan berilgan ma’lumotnoma bilan tasdiqlanadi.
69. Avariyalar va mahalliy ko‘lamdagi boshqa favqulodda vaziyatlar (yong‘in, suv bosishi), tashkilotning to‘liq tugatilishi yoxud ushbu Nizomning 55-bandida nazarda tutilgandan boshqa sabablar bo‘yicha arxiv ma’lumotlarining mavjud emasligi munosabati bilan mavjud ish staji to‘g‘risidagi hujjatlar mavjud bo‘lmaganda va ularni olish imkoni bo‘lmaganda ish staji sud tartibida belgilanadi.
Sudning qarori bilan jamoa xo‘jaligi a’zosining ish staji tasdiqlangan taqdirda, ushbu stajni belgilash 16 yoshdan boshlab amalga oshiriladi, agar ish staji boshlanishi 1941 — 1945-yillardagi urush davriga to‘g‘ri kelsa — 14 yoshdan belgilanadi.
70. Ish stajini tasdiqlash uchun taqdim etiladigan hujjatlar mansabdor shaxs tomonidan imzolanishi va tashkilotning asosiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Mehnat daftarchasidagi yozuvlar ushbu daftarchani to‘ldirish va yuritish paytida amalda bo‘lgan mehnat daftarchalarini yuritishni tartibga soladigan qonunchilik talabiga muvofiq rasmiylashtirilishi kerak.
71. Ish stajini tasdiqlash uchun faqat mehnat daftarchalariga kiritilgan va tasdiqlaydigan hujjatlar asosidagi ma’lumotnomalarda ko‘rsatilgan ish davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qabul qilinadi.
Keyinchalik o‘z faoliyatini to‘xtatgan jamoa ho‘jaliklari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkatlar) va fermer ho‘jaliklari tomonidan berilgan ma’lumotnomalar, agar ularda ma’lumotnoma berish uchun asoslar mavjud bo‘lsa, e’tiborga olinadi.
Hujjatlar asosida mehnat daftarchasiga kiritilgan ish staji to‘g‘risidagi jami yozuvlar quyidagi ish davrlariga nisbatan:
1962-yil 14-dekabrdan keyin, agar mehnat daftarchasiga ariza beruvchi mehnat daftarchasini bergan tashkilotga kirguniga qadar qaysi tashkilotda, qaysi vaqtda va qanday lavozimlarda ishlaganligi to‘g‘risida aniq yozuvlar kiritilgan bo‘lsa;
1962-yil 14-dekabrgacha, mehnat daftarchasida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar bor-yo‘qligidan qat’i nazar, ish stajining isboti hisoblanadi.
Agar ariza beruvchi mehnat daftarchasidan tashqari jami yozuvlar tegishli bo‘lgan mehnat daftarchasi to‘ldirilguniga qadar davr uchun ish to‘g‘risida ayrim hujjatlarni taqdim etsa, u holda umumiy yakun sifatida yozilgan butun ish staji hujjatlar bilan tasdiqlanishi kerak. Bu amaldagi qoidalarga muvofiq ular to‘g‘risidagi yozuvlar mehnat daftarchasiga alohida satrda yozilishi kerak bo‘lgan mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi hujjatlar taqdim etilishi hollariga tegishli emas.
Jami yozuvlarda hisobga olinishi mumkin bo‘lgan 1941 — 1945-yillardagi urush davridagi ish davrlari to‘g‘risida hujjatlar taqdim etilganda ushbu hujjatlar bo‘yicha ish staji qo‘shimcha ravishda bir baravar yoki ikki baravar miqdorga muvofiq hisoblab chiqiladi. Ushbu holatda mehnat daftarchasiga umumiy yakun bilan yozilgan jami ish stajini tasdiqlash talab etilmaydi.
72. O‘qish davrida akademik ta’tillarda bo‘lish, shuningdek, tayyorlov kurslarida o‘qish davri vaqti ish stajiga qo‘shib hisoblanmaydi.
73. Agar ish stajini tasdiqlaydigan hujjatda ko‘rsatilgan ismi, otasining ismi yoki familiyasi pasport (identifikatsiya ID-karta) yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘yicha ismi, otasining ismi yoki familiyasi bilan mos bo‘lmasa ushbu hujjatning mazkur shaxsga tegishliligi holati faqat mehnat daftarchasini yoki ish staji to‘g‘risidagi boshqa hujjatni birinchi marta bergan tashkilot tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Boshqa barcha hollarda hujjatlarning taalluqliligi sud tomonidan belgilanishi shart.
Ish staji to‘g‘risida taqdim etilgan hujjatda aniq sanalar belgilanmasdan faqat yillar ko‘rsatilgan hollarda tegishli yilning 1-iyuli sana sifatida qabul qilinadi, agar oyning sanasi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, tegishli oyning 15-kuni ana shunday sana hisoblanadi.
74. Pensiya jamg‘armasi bo‘limi yoki ish stajini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan chiqarilgan ish stajini qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qaror bilan rozi bo‘linmagan 
Download 35.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling