Personal faoliyatini baholashning zamonaviy uslublari
Download 455.67 Kb.
|
12-mavzu PB
YAkunlovchi bosqichda korxona rahbariyati attestatsiya natijalari bo‘yicha qaror qabul qiladi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi:
atestatsiya qilingan xodim to‘g‘risida bevosita rahbarining fikr-mulohazalari bayoni; attestatsiya qilingan xodim faoliyatining, uning tarmoqdagi uzluksiz ta’lim tizimida malakasini oshirishining baholanishi; attestatsiya qilingan xodim malaka, amaliy va shaxsiy sifatlarining baholanishi hamda ushbu sifatlarning ish joyi talablariga muvofiqligi; attestatsiya qilingan xodim faoliyati to‘g‘risida attestatsiya komissiya har bir a’zosining fikri; xodimning avvalgi attestatsiyasi materiallarini joriy attestatsiya ma’lumotlari bilan taqqoslash natijalari; attestatsiya qilingan xodimning o‘zining o‘z ishi va mavjud salohiyati imkoniyatlaridan foydalanishi to‘g‘risidagi fikri. Attestatsiyada xodimning mehnat intizomiga rioya qilishi, qo‘yilgan vazifalarni hal etishdagi mustaqilligi, o‘z-o‘zini takomillashtirishga intilishiga alohida ahamiyat beriladi. Attestatsiya komissiyasi attestatsiya qilingan xodimni yuqori lavozimga ko‘tarish, erishilgan muvaffaqiyatlar uchun mukofotlash, ish haqini ko‘paytirish, boshqa ishga o‘tkazish, egallab turgan lavozimidan bo‘shatish va hokazolar to‘g‘risida tavsiya beradi. Attestatsiya komissiyasining xulosa va tavsiyalaridan korxonada kadrlar siyosatini amalga oshirishda foydalaniladi. Attestatsiya qilinayotgan xodimlarga nisbatan attestatsiya komissiyasi va rahbariyatning sub’ektiv xulosalaridan ijtimoiy himoyalash vositasi sifatida xodimga qo‘yilgan baholar hamda xulosalar salmog‘i (11.7- jadval) ham hisobga olinadi. Xodimni attestatsiya qilish paytida, albatta, uning mehnatiga haqto‘lash shart va sharoitlari baholari, texnologiya jarayonini va ish joyini takomillashtirish yuzasidan takliflar umumlash-tiriladi, personal kasb malakasini oshirish chora-tadbirlari belgilanadi. Personal attestatsiyasi xodimlarning muayyan davrdagi faoliyati natijalarini baholash bo‘lib, mehnatni boshqarish umumiy jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. Xodimni ob’ektiv baholash uch asosiy vazifani hal etishga asoslanadi: Baholashning ob’ektiv mezonlarini hamda umumiy mezonlarga aniqlik kirituvchi omillarni topish. Omillarni har bir mikdor bo‘yicha ifoda etish usulla-rini aniqlash. Baholash tarkibini maqbullashtirish. Baholashning bosh masalasi — uning ko‘rsatkichlarini (11.8-jadval) belgilashdir. Baholash ko‘rsatkichlari bir hodda xodimning tashkiliy-ijtimoiy tizimga, ikkinchi bir holda — xodimning kasbiy talablarga muvofiqligini belgilaydi Baholash ko‘rsatkichlari g‘oyat xilma-xil bo‘lishiga qaramasdan ularni quyidagi uch guruhga bo‘lish mumkin: SHaxsiy sifatlar. Kasb malakasi sifatlari. Mehnat samaradorligi. Download 455.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling