Персонални бошқаришда уларнинг ахборот техник ва ҳуқуқий жиҳатдан таъминлаш


Download 346 Kb.
bet2/4
Sana22.02.2023
Hajmi346 Kb.
#1222848
1   2   3   4
Bog'liq
5-мавзу Перс бош

Bosh kelishuv

  • U ushbu jamoa kelishuvini imzolagan sub’ektlar tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish umumiy tamoyillarini belgilaydi. O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq Bosh kelishuv O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilarning respublika miqyosidagi birlashmalari o’rtasida, tomonlarning taklifiga ko’ra esa O’zbekiston Respublikasi hukumati bilan ham tuziladi (48- modda). Bosh kelishuvda odatda, ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning mazkur davrdagi umumiy tamoyillari, xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari o’z ifodasini topadi. Ularda shuningdek, mehnat munosabatlarini, shu jumladan, mehnatga haqto’lashni, ijtimoiy-iqtisodiy kafolatlarni muvo-fiqlashtirish tamoyillari ko’zda tutiladi.

Tarmoq kelishuvlari

  • Ular tarmoqni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarini, mehnat shartlari va unga haq to’lashni, tarmoq xodimlarining (kasbdoshlar guruhlarining) ijtimoiy kafolatlarini belgilaydi. Tarmoq kelishuvlari 257 tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o’rtasida, taraflarningtaklifiga ko’ra esa O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan ham tuziladi (49-modda).

Hududiy (mintaqaviy) kelishuvlar

  • Ular hududlarning xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan muayyan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal qilish shartlarini belgilaydi. Hududiy kelishuvlar tegishli kasaba uyushmalari (xodimlarning boshqa vakillik organlari) va ish beruvchilar (ularning birlashmalari) o’rtasida taraflarningtaklifiga ko’ra esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan ham tuziladi (50- modda)

Jamoa shartnomasi

  • ish beruvchi va xodimlar o’rtasidagi mehnat munosabatlariga oid o’zaro majburiyatlarini qamrab oladi. Jamoa shartnomasi bir tarafdan xodimlar tomonidan kasaba uyushmalari yoki o’zlari vakolat bergan vakillar tomonidan tuziladi. Jamoa shartnomalari korxonalarda ularning yuridik shaxs huquqi berilgan tarkibiy bo’linmalarida tuziladi (35—36- moddalar)

Download 346 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling