Personalni tanlash va ishga yollash. Personalni ishga yollash jarayoni. Personalni kasbga yunaltirish
Download 296.65 Kb.
|
5-6-mavzu
Sinov muddati — tashkilot yangi xodimining ishga moslashti-rishning asosiy davridir. Ushbu muddat tugaganidan so‘ng xodim tanlangan xizmat vazifasi yoki ish joyiga loyiqligi yoki noloyiq-ligi to‘g‘risida xabardor qilinishi kerak.
Xodim sinov muddatidan muvaffaqiyatli o‘tishi uchun bo‘lim rahbari: yangi xodim uchun mas’ul murabbiy (ustoz) tayinlashi yoki bu vazifani o‘z zimmasiga olishi; yangi xodimni ichki me’yoriy hujjatlar (nizomlar, yo‘riqno-malar, qoidalar) bilan batafsil tanishtirish; alohida ish joyi ajratish, bu erdagi ish qoidalari bilan tanishtirish, bevosita ish joyida instruktaj o‘tkazish, aniq topshiriqlar va ko‘rsatmalar (yozma holda bo‘lishi ma’qul) berish va ijroni muntazam nazorat qilish; shaxsan o‘zi yangi xodimni mehnat jamoasining barcha a’zolari bilan tanishtirishi kerak. Sinov mudsati butun davri uchun yangi xodimga topshiriqlar belgilanib, ularning bajarilish samaradorligi mezonlari o‘rnatiladi (6.1-, 6.2-, 6.3- va 6.4-ilovalar). YAngi xodim sinov muddatini o‘tashi va umuman uni ishga moslashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida: — ushbu jarayonlarni tartibga soladigan hujjatlar to‘plami (xizmat vazifasi to‘g‘risida yo‘riqnoma, ish joyi pasporti, mashina- uskunalarni ishlatish bo‘yicha yo‘riqnomalar, bo‘lim tarkibi va hokazolar)ni tayyorlash. O’zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarida ham ishga qabul qilishda dastlabki sinovga yo‘l qo‘yadi. „Dastlabki sinov muddati uch oydan oshib ketishi mumkin emas. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davri va xodim uzrli sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan boshqa davrlar dastlabki sinov mudsatiga kiritilmaydi. Dastlabki sinovni o‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi lozim. Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi. Homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar ishga qabul qilinganda shuningdek olti oygacha bo‘lgan muddatga ishga qabul qilish haqida xodimlar bilan mehnat shartnomasi tuzilgan hollarda dastlabki sinov belgilanmaydi."1 1 O‘zbekiston Respublikasi Mehnat qonunchiligi bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar to‘plami Toshkent. „O‘zbekiston", 2006. 43-44 betlar. Yo‘llanma _________________________________________________rahbariga (tashkilot bo‘lim nomi) _____________________________________________ tashkilotning (yangi xodim ismi sharifi) _____________________bo‘lim___________________________ (bo‘lim nomi) (xizmat lavozimi) sifatida 20 yil_______ dan__________________________ishga (sana) (qaysi lavozim yoki ishga) yuborilmoqda. Uy manzili_________________________________________ Tug‘ilgan sanasi_____________________________________ Ushbu yo‘llanma korxona rahbariga taqdim etiladi Download 296.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling