Пешкў туман халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш бўлимининг 2015 йил II чораги якунида ўтказилган кенгаши


Download 0.59 Mb.
Sana25.12.2022
Hajmi0.59 Mb.
#1066308
Bog'liq
7-DMTT Ped kengash bayonnomasi


Yangiyo`l shahar 7-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining
3/2 - sonli navbatdan tashqari pedagogika kengashi
bayonnomasidan ko`chirma

15“ dekabr 2022 -yil





Kengash raisi, tashkilot direktori:




A.Bilolova

Kengash kotibi:




B.Turmanova

Kengash ishtirokchilari:









Tashqi baholash Attestatsiya
komissiya raisi, MTB mudiri:




N.N.Turdiyev

Rais o‘rinbosari:




F.S.Qodirov

A’zolar:




Ro‘yxat asosida

Pedagog xodimlar




Ro‘yxat asosida

Tashkilot xo‘jalik mudiri, hamshira




T.Sultanova
S.Saitmetova


KUN TARTIBI:
Maktabgacha ta’lim tashkilotida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 7 iyundagi “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim muassaslarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibini takomillashtirish to`g‘risida”gi qarori 470-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o`tkazilgan tashqi baholash yakunlari to`g‘risida.
Mas’ul: Tashkilot direktori A.Bilolova


ESHITILDI:

Kun tartibidagi masala yuzasidan A.Bilolova so`zga chiqib, “Davlat ta’lim muassasalari hamda nodavlat ta’lim tashkilotlarini attestatsiyadan va davlat akkreditatsiyasidan o`tkazish tartibi to`g‘risidagi Nizom” talablariga muvofiq maktabgacha ta’lim tashkilotida joriy yilning 1 dekabrdan 2022 yildan – 5 dekabr 2022 yil kunlari Attestatsiya komissiyasi tomonidan tashqi baholash jarayonlari o`tkazilgani hamda baholash natijalariga ko`ra tashkilot maksimall 500 balldan haqiqiy 356,6 ball bilan baholanganini aytib o`tdi.


Shundan so`ng Yangiyo`l shahar MTBning ta’lim sifatini ta’minlash va innovatsion texnologiyalarini joriy etish bo`yicha metodisti B.E.Xasanova so`zga chiqib tashqi baholash natijalari yuzasidan taxliliy ma’lumot berdi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida davlat talablarining bajarilishi, tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyaviyligi, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonlarining sifatini o`rganish maqsadida 3 nafar tarbiyachining mashg‘ulotlari tahlil qilindi, tahlil natijalariga ko`ra Esayeva D. nisbatan yuqori, Rahmatullayeva R. nisbatan past natijalarni ko`rsatdi.



Mehnat samaradorligi natijalari

T/r

Tarbiyachilarning F.I.SH

Maksimal ball

Egallagan ball

%

1

Rahmatullayeva R

160

113

70,6

2

Rajabova M

160

115

71,9

3

Esayeva D

160

133

83,1




Tashkilot hujjatlari Maktabgacha ta‘lim vazirining 2019 yil 30 avgustdagi “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to`g‘risida”gi 155-sonli buyrug‘i asosida o`rganildi.
O’rganish natijalariga ko’ra boshqaruv hujjatlari to`g‘ri yuritilgan deb topildi, lekin tarbiyalanuvchilar va ayrim pedagog xodimlarga oid bo`lgan hujjatlarning yuritilishida o`ziga xos kamchiliklar mavjud ekanligi aniqlandi.



 T/r

 Tashkilot hujjatlarining yuritilish holati

ko`rsatkichlari soni

Maksimal ball

Egallagan ball

%

o`rtacha ball

1

Ta’lim-tarbiya jarayonlariga oid bо‘lgan hujjatlar

8

40

26

65,0

3,2

2

Tarbiyalanuvchilar rivojlanishiga oid hujjatlar

2

10

8

80,0

4,0

3

Ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash dasturining ijrosiga oid hujjatlar

3

15

10

66,7

3,3

4

Boshqaruvga oid hujjatlar

3

15

10

66,7

3,0

5

Tarbiyalanuvchilarga oid hujjatlar

1

5

5

100,0

5,0

6

Pedagoglarga oid hujjatlar

12

60

50,7

84,5

4,2

7

Tashkiliy pedagogik hujjatlar

9

45

32

71,1

3,5

8

Moddiy-texnika bazasiga oid hujjatlar

5

25

25

100,0

5,0

9

Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena nomativlari, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifatiga oid hujjatlar

8

40

35

87,5

4,3



Maktabgacha ta’lim tashkiloti moddiy-texnika bazasining holati, tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar, sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifatini o`rganish hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar kuzatildi va kuzatish natijalariga ko`ra mazkur yo`nalish o`rtacha 4,0 ball bilan baholandi.





T/r

 Tashkilot faoliyatini kuzatish natijalari

Ko`rsatkichlari soni

Maksimal ball

Egallagan ball

%

1

Ta’lim-tarbiya jarayonlarining davlat talablari va davlat dasturlariga moslik holati

3

15

10

66,7

2

Moddiy-texnik holati, hududi, binosi, guruh xonalari va jihozlanish holati

14

70

68

97,1

3

Rivojlantiruvchi ta’limiy muhitning yaratilganligi

5

25

15

60,0

4

Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga , estetik talablarga rioya qilinishi va ovqatlantirish sifati

4

20

8

40,0

5

Jamoatchilik va ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar

2

10

5

50,0




Tashkilot faoliyatini o`rganish jarayonida ota-onalar va pedagog xodimlar o`rtasida anonim so`rovnomalar o`tkazildi va so`rovnoma natijalari asosida davlat dasturining bajarilishi, pedagoglar faoliyati, ko`rsatilayotgan xizmatlar, ovqatlantirish holati, pedagog va ota-onalar o`rtasida ma’lumotlar almashinuvining yo`lga qo`yilganligi, ota-onalar yoki oila a’zolarining ko`ngilli sifatida ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki, shuningdek, kuzatuv kengashi hamda direktor faoliyati tahlil qilindi.



T/r

Pedagoglar rahbar va ma’muriyat faoliyatidan qoniqish hosil qilganligi (so`rovnoma natijalari)

Maksimal ball

Egallagan ball

%

1

Davlat dasturining amalga oshirilishi, pedagoglar faoliyati, kо‘rsatilayotgan xizmatlar hamda ovqatlantirish yuzasidan ota-onalarning qoniqishlari

5,0

4,6

92

2

Pedagog va ota-onalar о‘rtasida ma’lumotlar almashinuvining yо‘lga qо‘yilganligi

5,0

5,0

100

3

Ota-onalar yoki oila a’zolarining kо‘ngilli sifatida ta’lim-tarbiya jarayonidagi ishtiroki

5,0

5,0

100

4

Ota-onalarning kuzatuv kengashi faoliyati haqida fikr-mulohazalari

5,0

3,5

70




Bundan tashqari ekspertlar tomonidan tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining 5 ta soha bo`yicha rivojlanish darajasi kuzatilib, rivojlanish xaritasida qayd etilgan natijalarga mosligi tahlil qilindi.


Ekspertlar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko`ra sohalar bo`yicha kuzatuv natijalari rivojlanish xaritasidagi qaydlarga taqqoslanganda quyidagicha tafovutlar mavjudligi aniqlandi:
jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzi bo`yicha – 11,4;
ijtimoiy-hissiy rivojlanish bo`yicha – 1,9;
nutq va muloqot, o`qish va yozish malakalari bo`yicha – 9,6;
bilish jarayonining rivojlanishi bo`yicha – 10,6;
ijodiy rivojlanish bo`yicha – 2,1.

T/r

Tarbiyalanuvchilar rivojlanish darajasini kuzatish natijalari

Kuzatilgan indikatorning rivojlanish xaritasida bajarilishi (foizda)

Kuzatuv kunidagi indikatorning bajarilishi (foizda)

Farqi

1

Jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzi

79,3

67,86

11,4

2

Ijtimoiy-hissiy rivojlanish

81,4

83,3

1,9

3

Nutq va muloqot, o`qish va yozish malakalari

84,6

75,0

9,6

4

Bilish jarayonining rivojlanishi

77,3

66,7

10,6

5

Ijodiy rivojlanish

77,9

80,0

2,1


Pedagogika kengashi yakunida Attetatsiya komissiyasining xulosasini o`qib eshittirdi (Xulosa matni ilova etiladi).


Ta'lim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi 61,6 ball, tarbiyalanuvchilarning rivojlanish darajasi 27,0 ball, ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash dasturlarining ijrosi 10,0 ball, rahbar va tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati 104,7 ball, moddiy-texnika bazaning holati va tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar 72,0 ball, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifati 44,0 ball, jamoatchilik va ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikdagi ishlari 38,8 ball bilan baholandi.






Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatining barcha sohalar bo’yicha natijalari

Maksimal ball

Egallagan bali

%

1

Ta'lim-tarbiya jarayonining davlat talablariga muvofiq tashkil etilganligi

105

61,6

58,7

2

Tarbiyalanuvchilarning rivojlanish darajasi

55

27,0

49,1

3

Ta’limning keyingi bosqichiga tayyorlash dasturlarining ijrosi

15

10,0

66,7

4

Rahbar va tarbiyachi-pedagog kadrlar salohiyati

140

104,7

74,8

5

Moddiy-texnika bazaning holati va tarbiyalanuvchilar rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar

75

72,0

96,0

6

Sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, estetik talablarga rioya qilinishi hamda ovqatlantirish sifati

65

44,0

67,7

7

Jamoatchilik va ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikdagi ishlar

45

38,8

86,2

Jami:

500

356,6

71,3

Kengashda Attestatsiya komissiyasi raisi ham so`zga chiqib, tashqi baholash jarayonida aniqlangan kamchiliklarga qisqacha to`xtalib o`tdi, shuningdek, kamchiliklarni bartaraf etilishi yuzasidan o`zining aniq ko`rsatma va tavsiyalarini berdi.


Pedagogika kengashi kun tartibidagi masala yuzasidan


QAROR QILADI:

1. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining tahliliy ma’lumoti hamda Attestatsiya komissiyasining tashqi baholash natijalariga ko`ra bergan xulosasi axborot uchun qabul qilinsin.


2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti barcha xodimlariga:
Tashqi baholash natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan Yo`l xaritada ko`rsatilgan vazifalar belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi ta’minlansin.
3. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisi (B.Turmanova)ga:
- Tashqi baholash natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan bajarilgan ishlar bo`yicha har chorak yakunida hisobot tayyorlash va o`rnatilgan tartibda Attestatsiya komissiyasiga taqdim etish;
- Yo`l xaritasida belgilangan vazifalarni o`z vaqtida ta’minlanishi yuzasidan mas’ul xodimlarga zarur tushunchalar berish;
- tashqi baholash natijalariga ko`ra yuqori samaradorlikka erishgan pedagog xodimlarni rag‘batlantirish yuzasidan aniq takliflar kiritish vazifalari yuklatilsin.
4. Qaror ijrosi yuzasidan nazorat etishni o`z zimmamda qoldiraman.
Kengash raisi, maktabgacha
ta’lim tashkiloti direktori: A.Bilolova
Kengash kotibi: B.Turmanova
Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling