Php da satr tipi va massivlar tipi String (satr) tipi Satr


Kvadrat qavs sintaksisi yordamida aniqlash


Download 24.66 Kb.
bet3/3
Sana09.04.2023
Hajmi24.66 Kb.
#1345459
1   2   3
Bog'liq
3.-PHP da satr tipi va massivlar tipi

Kvadrat qavs sintaksisi yordamida aniqlash.
Massivga qiymat berish orqali massiv yaratish mumkin. Biz yuqorida aytib o‘tganimizdek, massiv elementi qiymatiga ega bo‘lish uchun kvadrat qavs ichiga uning kaliti ko‘rsatilishi kerak, masalan, $book["php"]. Agarda yangi kalit va yangi qiymat
ko‘rsatsangiz quyidagicha bo‘ladi: $book["new_key"]="new_value" hamda massivga yangi element qo‘shiladi. Agarda kalitni ko‘rsatmay faqat qiymatni o‘zlashtirsak, ya’ni $book[]="new_value", u holda massivga yangi element qo‘shiladi va uni kaliti mavjud maksimal qiymatga bir qo‘shiladi. Agarda biz qiymat bergan massiv yaratilmagan bo‘lsa, u holda biz qiymat bergandan keyin u yaratiladi.
$books["key"]= value; // key kaliti bilan value qiymat $books massiviga qo‘shiladi
$books[] = value1; /* 13-kalit bilan value1 qiymati massivga qo‘shiladi, chunki
bizda kalitning maksimal qiymati 12 edi. */
?>
Massivning aniq bir elementini o‘zgartirish uchun uning shu kaliti bilan yangi qiymatga o‘zlashtirish kerak. Massiv elementi kalitini o‘zgartirish mumkin emas, faqat o‘chirish (kalit va elementi juftligini) va yangi qo‘shish mumkin xolos. Massiv
elementini o‘chirish uchun unset() funksiyasidan foydalanish kerak.
$books = array ("php" =>"PHP users guide",12 => true);
$books[] = "Book about Perl"; /* 13-kalit(indeks) bilan yangi element qo‘shildi,
bu quyidagiga ekvivalent $books[13] = "Book about Perl";
$books["lisp"] = 123456; /* Bu massivga yangi "lisp" kalitli 123456 qiymali yangi
element qo‘shish*/
unset($books[12]); // Bu 12-kalitli elementni massivdan o‘chirish
unset ($books); // massivni butunlay o‘chirish
?>
Bo‘sh kvadrat qavsdan foydalanganda kalitning maksimal qiymati massivda
mavjud oxirgi qayta indekslangan kalitlar orasidan qidiriladi. Massivni
array_values() funksiyasi yordamida qayta indekslash mumkin.
Misol. Massivni qayta indekslaymiz.
$arr =
array ("a","b","c");
/* "a", "b" va "c" qiymatli massivni yaratamiz. Bu erda kalit ko‘rsatilmagan biroq mos
ravishda ular 0,1,2 bo‘ladi. */
print_r($arr); // massivni ekranga chiqaramiz (kaliti va qiymatini)
unset($arr[0]);
unset($arr[1]);
unset($arr[2]);
// massivdan hamma elementini o‘chiramiz
print_r($arr); // massivni ekranga chiqaramiz (kaliti va qiymatini)
$arr[] = "aa"; // massivga yangi element qo‘shamiz. Uni indeksi(kaliti) 3 bo‘ladi, 0 emas.
print_r($arr);
$arr =
array_values($arr); // massivni qayta indekslaymiz.
$arr[] = "bb"; // bu elementni kaliti 1 bo‘ladi.
print_r($arr);
?>
Bu skriptning natijasi quyidagicha bo‘ladi:
Array ( [0] => a [1] => b [2] => c )
Array ( )
Array ( [3] => aa )
Array ( [0] => aa [1] => bb )
Download 24.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling