Phpda obyektga yo’naltirilgan dasturlash. Mvc texnologiyasi


Download 9.14 Kb.
bet2/4
Sana08.06.2023
Hajmi9.14 Kb.
#1463932
1   2   3   4
Bog'liq
Phpda obyektga yo’naltirilgan dasturlash. Mvc texnologiyasi-fayllar.org

OOP asoslari


  • Class

  • Class(Sinf) - bu ob'ektlarni yaratish uchun shablon.

  • PHP-da sinf - bu o'zgaruvchilar bilan ishlaydigan o'zgaruvchilar va funktsiyalar to'plami.

  • Sinfni yaratish uchun class kalit so'zidan foydalaniladi, undan keyin sinf nomi va kod bloklari figurali qavs bilan ajratiladi.

class User {


}

Xususiyatlar


  • Sinfdagi barcha o'zgaruvchilar - xususiyatlar deyiladi.

  • PHP-da sinfdagi o'zgaruvchilari "xususiyatlar" deb nomlanadi (shuningdek "atributlar" yoki "maydonlar"). Ular public, protected yoki private kalit so'zlardan birini qo'llash orqali aniqlanadi, so'ngra normal o'zgaruvchi nomi yoziladi.

class User{


public $name;
}

Metod


  • Metod ob'ekt bilan bog'liq protsedura hisoblanadi (PHP funktsiyalariga o'xshash)

  • Funktsiya (metod) bu parametr shaklida ba'zi ma'lumotlarni kiritishi va ba'zi bir ishlov berishni bajarishi va qiymatni qaytarishi mumkin bo'lgan kod bo'lagidir.

  • OOPda metod sinfning bir qismi bo'lib, ushbu sinfning istalgan ob'ektiga kiritilgan. Metodni public, protected yoki private kalit so'zlardan birini va oddiy finksiya nomi deklaratsiyasini ishlatib belgilash mumkin.

Public


  • Quyida keltirilgan misolda metod public deb e'lon qilingan edi. Bu shuni anglatadiki, u har kimga, aniqrog'i, istalgan joydan kirish mumkin. Bu xususiyat yoki metodning ko'rinishi deyiladi.

class User{


public $name;
public function setName(){ }
}

private


  • Ushbu tur faqat bitta sinf a'zolariga kirishga imkon beradi. private deb e'lon qilingan metodlardan faqat sinf ichidagini foydalanish yoki kirish mumkin.

  • O'zgaruvchini / funktsiyasini (metodni) faqat o'z sinfida ko'rinishini yoki foydalanishni istasangiz, ushbu turdan foydalaning.

class User{


//can be accessible within the same class
private $name;
}

Download 9.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling