Pillachilik klasterida yangi ish o`rinlarini yaratish va ishchikuchini samarali foydalanish Reja: 1
Download 137.68 Kb.
|
Pillachilik klasterida yangi ish o`rinlarini yaratish va ishchikuchini samarali foydalanish
Pillachilik klasterida yangi ish o`rinlarini yaratish va ishchikuchini samarali foydalanish Reja: 1. O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash. 2. O'zbekistonda ipak ishlab chiqarishning qadimiy tarixi. 3. O'zbekistonda ipakchilik va pillachilik. Yer yuzining har qanday burchagida qiyosi topilmaydigan atlas, adras matolari rango-rang jilosi bilan kishini maftun etadi. Chunki, xalqimizning nafaqat zamonaviy taraqqiyoti, balki qadim o'tmishidan so'zlaguvchi bejirim bu kabi matolarimizga so'nggi yillarda xorijliklarda ham qiziqish ortib, dunyoning mashhur dizaynerlari tomonidan yaratilayotgan liboslar kollektsiyalaridan munosib joy egallamoqda. BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) hamda “O'zbekipaksanoat” uyushmasi hamkorligidagi “O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida o'tkazilgan “Xalqaro investitsiya forumi” va “Silk and Fashion” o'zbek ipak matolaridan tikilgan liboslar namoyishi ham chet elliklarning diqqat-e'tiborida bo'ldi. Namoyishda o'zbek dizaynerlari tomonidan bir-birini takrorlamaydigan 10 dan ortiq liboslar kollektsiyasi taqdim etildi. Zamonaviy dekoratsiya va yorqin chiroqlar bilan bezatilgan namoyish yo'lagi yosh dizaynerlar uchun o'ziga xos ijod maydoniga aylandi. Yo'lak bo'ylab ketma-ket o'tayotgan harir liboslar jilosi va zaldagi ishtirokchilarning taassurotlari xalqaro forumning 100 ga yaqin xorijlik mehmonlariga onlayn translatsiya tarzida etkazilib, o'zbek ipak matolarining jozibasini jonli ko'rishlari uchun imkoniyat yaratildi. Liboslar namoyishida ishtirok etgan Malika Sayfullaeva, Asal Qosimbekova, Madina Mavlonova, Gulruh Bozorova, Nilufar Kamolova, Dinara Ashurova, Maftuna Akbarova kabi yosh va iqtidorli dizaynerlar yaratgan liboslar kollektsiyasi yig'ilganlar e'tirofiga sazovor bo'ldi. Ular orqali nafaqat milliy ipak matolarimiz, balki xalqimizning boy madaniy merosi, ipakchilik yo'nalishidagi qadimiy va zamonaviy uslublari jahon ahliga yana bir karra namoyish etildi. “O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash” loyihasini o'tkazishda yurtimizda ipakchilik sanoatini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surish, ipak mahsulotlarini loyihalashdan tortib, marketinggacha bo'lgan jarayondagi asosiy to'siqlarni aniqlash va bartaraf etishni maqsad qilingan edi. Uni amalga oshirish jarayonida Samarqand, Farg'ona va Xorazm viloyatlarida ipak etishtirish, dizayn, mahsulotlarni diversifikatsiya qilish bo'yicha o'quv dasturi ham tashkil etildi. Bunda qishloq aholisining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlari, xususan, ishsiz yoshlar va ayollar, imkoniyati cheklangan shaxslar hamda keksalarga alohida e'tibor qaratildi. — O'zbekistonda ipak ishlab chiqarishning qadimiy tarixi va boy an'analari, iqlim, aholining zichligi, shuningdek, qishloq joylarda mehnat resurslarining yuqori darajasi ipakchilikni investitsiya uchun istiqbolli tarmoqqa aylantiradi, — dedi FAOning yurtimizdagi vakolatxonasi loyiha koordinatori Sherzod Umarov. — “O'zbekistonda barqaror pillachilikni qo'llab-quvvatlash» loyihasining amalga oshirilishi mazkur tizim va, umuman, qishloq xo'jaligi sohasini rivojlantirishga xizmat qildi. Mamlakatimizda ipakchilik tarmog'ining rivojalanish bosqichlari qadim tarixga borib taqaladi. Ipak qurti etishtirish va ipakni yigirish amaliyayoti bundan 4000 yil oldin O'zbekistonning janubida, shuningdek, Zarafshon daryosi bo'ylarida rivoj topganligiga doir ma'lumotlar mavjud. Bugungi kunda yurtimiz pilla etishtirish va ipak tolasi ishlab chiqarish bo'yicha dunyoda Xitoy va Hindistondan keyin uchinchi o'rinda turadi. Ajdodlarimiz tomonidan bir necha ming yil ilgari tamal toshi qo'yilgan pilla etishtirish an'analarining bardavomligi bejiz emas. Boisi, ushbu tarmoq uzoq yillar davomida xalqimizning asosiy mehnat mashg'ulotilaridan, daromad manbalaridan biri bo'lib kelgan. Bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish, O'zbekistonda ipakchilik va pillachilik tarmog'ini rivojlantirishga oxirgi yillarda e'tibor ortdi. Prezidentimizning 2017 yil 29 martdagi “O'zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori bilan yangi tuzilmaning ish boshlashi soha rivoji yo'lida tashlangan muhim qadam bo'ldi. Hujjatning asosiy maqsadi tarmoqni ilg'or texnologiyalar asosida tubdan isloh qilish orqali nafaqat “o'zbek ipagi”ning dunyo bozoridagi yangicha talqinini shakllantirishni, balki ko'plab odamlarni ish bilan ta'minlash imkoniyatini kengaytirishga ham qaratilgan. — Tuzilmaning tashkil etilishi ipakchilik va pillachilik tizimida yangicha yondashuvlar, jahon talablariga mos islohotlarni amalga oshirishga zamin hozirladi, — deydi “O'zbekipaksanoat” uyushmasi boshqaruv raisi Bahrom Sharipov. — Bu borada oxirgi to'rt yilda Prezidentimizning o'ndan ortiq farmon va qarorlari qabul qilindi. Bugun mazkur islohotlar o'zbek milliy ipak mahsulotlarining jahon bozorlariga chiqishi va sohada ishlab chiqarish hajmining bir necha barobarga ortishiga xizmat qilmoqda. Avvalo, tarmoqda ozuqa bazasining mustahkamlangani hisobiga pilla etishtirish hajmi joriy yilda 2017 yilga nisbatan 180 foizga o'sganini qayd etish joiz. Misol uchun bundan uch yil oldin respublikamizda 2 894 tup tut ko'chati ekilib, 184 gektar yangi tutzor barpo qilingan bo'lsa, 2020 yil bahor mavsumida 48 736 tup tut ko'chati hamda 3 658 gektar yangi tutzorlar tashkil etildi. Bugungi kunda mamlakatimiz bo'yicha 49 124 gektar maydonda tutzor, 69 763,9 million tup yakka qator tut daraxtlari mavjud. Tutzorlar sonining keskin oshirilishi natijasida tizimdagi pillani qayta ishlash korxonalarining yil davomida to'liq quvvat bilan faoliyat yuritishiga erishilmoqda. Mamlakatimizda pillachilikni rivojlantirishga qaratilgan e'tibor, yaratilgan qator imtiyoz va imkoniyatlar o'z-o'zidan mazkur yo'nalishda faoliyatini olib borish istagidagi korxonalar sonining ortishiga zamin yaratdi. 2017 yilning sentyabr` oyida O'zbekiston dunyo mamlakatlari orasida yigirmanchi davlat sifatida Xalqaro ipakchilik Kengashiga (ISC) a'zo bo'lgach, “O'zbekipaksanoat” uyushmasi qoshida 13 ta hududiy, 144 ta tuman “Agropilla” MCHJlar faoliyati yo'lga qo'yildi. Ayni paytda tizimda 11 ta ipak qurti urug'i tayyorlovchi, 71 ta klaster usulida pillani etishtirish va qayta ishlash asnosida ipak mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud. Jami 761 ming nafar, shundan, 24 ming 440 nafari doimiy va 736 ming 567 nafari mavsumiy ish o'rinlari yaratilgan. Oxirgi ikki yilda yangi loyihalarning amalga oshirilishi, sohada ilmiy-tadqiqot ishlarining rivojlantirilishi natijasida 10 ta ipak mato, ipak gilam va tayyor ipakli mahsulotlar, 3 ta ipak va jun aralashmalaridan qo'lda gilam to'quvchi yirik korxona hamda 1 ta ipak qurti g'umbagidan oqsil ishlab chiqaruvchi quvvat ishga tushirildi. Ipak qurti g'umbagidan yog' ishlab chiqarish, uning asosida esa qimmatbaho dorivor va farmakologik vositalar, kosmetologiya yo'nalishidagi mahsulotlar, pilla sovuni, shuningdek, tut bargidan choy ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. “Inter Silk Pro” MCHJda esa hozirgi kunda ipak qurti g'umbagidan xitin va xitozan oqsillari ham tayyorlanyapti. Bu O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti bilan birgalikda yo'lga qo'yilgan mazkur loyiha o'zini oqlayotganini ko'rsatadi. 2020 yil I-II mavsumlarda 20 610,9 tonna (101,47 foiz), takroriy III-IV masumlarda 872,8 tonna (100,55 foiz) pilla xomashyosi etishtirilishida mazkur korxonaning hissasi katta. Shuningdek, joriy yilda ipak qurtining mahalliy zot va duragaylarini ko'paytirish maqsadida Samarqand va Farg'ona viloyatlarida superelita va elita urug'larini tayyorlaydigan 2 ta naslchilik korxonasi ishga tushdi. Ular tomonidan shu yilning o'zida 2 447 ta dastlabki tuxum quymalari, 721 quti superelita va 1 800 quti elita urug'lari tayyorlandi. Uyushma tarkibidagi qayta ishlash korxonalarini pilla xomashyosi bilan muntazam ta'minlash natijasida ularning mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 2017 yildagi 54 foizlik daraja bugunga kelib 94 foizga etdi. Sohaning eksport hajmi esa 2020 yil yakunida 2017 yilga nisbatan qariyib 4 barobarga oshishi kutilmoqda. Kelgusida pillani qayta ishlash korxonalari negizida chuqur qayta ishlash va boshqa yo'nalishlar bo'yicha bir qator loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Sohani rivojlantirishda shubhasiz, xalqaro sherikchilik aloqalarni mustahkamlash, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. O'tgan davr mobaynida pillachilik tarmog'iga jami 175,4 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi natijasida 40 ta pillani qayta ishlash korxonasi modernizatsiya qilinib, 2019-2020 yillarda 14 ta yangi pilla qayta ishlash, 4 ta ipak qurti urug'i, 1 ta tut bargidan choy ishlab chiqarish korxonalari barpo etildi. 2020 yilda sohaga jami 15,6 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritilishi rejalashtirilgan bo'lib, shundan 6,34 million dollari korxonalarning o'z mablag'i, 6,04 million dollari tijorat bank kreditlari hamda 3,23 million dollari to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni tashkil etadi. Bundan tashqari, ipakchilikni rivojlantirish bo'yicha bir qancha xalqaro hamkorlik kelishulariga ham erishilgan. 2018 yilning 4—13 iyul` kunlari “O'zbekipaksanoat” uyushmasi delegatsiyasi Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Vengriya, Avstriya, Italiya, Bel`giya va Turkiya davlatlarida bo'lib, xalqaro tashkilotlar, ipakchilik sohasida faoliyat yuritayotgan hamda texnologik asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi etakchi kompaniyalar vakillari bilan tashkil etilgan uchrashuvlar davomida qator hamkorlik hujjatlarini imzolashga muvaffaq bo'ldi. Xususan, delegatlar YUNIDO (BMTning sanoatni rivojlantirish tashkiloti)ning bosh direktori janob Li Yong bilan uchrashib, O'zbekistonda pillachilik tarmog'ini rivojlantirish bo'yicha OFID (Neftni eksport qiluvchi davlatlar — OPEKning sanoatni rivojlantirish fondi) va FAO (BMTning Qishloq xo'jaligi va oziq ovqat tashkiloti) bilan birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar bo'yicha muzokaralar olib bordi. To'qimachilik sohasida asbob-uskunalar ishlab chiqarish bo'yicha dunyoning etakchi texnologik kompaniyalari — “Picanol” va “Vandewiele” bilan tuzilgan strategik sheriklik shartnomalariga ko'ra, yurtimizda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan, ipakchilik sohasi xodimlari malakasini oshirishga yo'naltirilgan servis va o'quv markazini tashkil etish rejalashtirilgan. Sohada amalga oshirilishi ko'zlangan bunday xalqaro hamkorliklar hali talaygina. Ularning bari yagona maqsad — O'zbekistonda pillachilik va ipakchilik tarmog'ini rivojlantirish, jahon bozorida ipak mahsulotlarimizga bo'lgan talabni oshirish hamda milliy matolarimizning dunyo miqyosidagi o'rni va nufuzini yanada yuksaltirishga qaratilgan. 2021-yil 1-iyulga qadar respublikaning yaylovlarga ega barcha hududlarida ozuqa bazasini yaratgan holda mayda shohli nasldor mollarni ko‘paytirish, shuningdek, mol so‘yish, teri va junni qayta ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilish bo‘yicha qorako‘lchilik klasterlari (keyingi o‘rinlarda – klasterlar) tashkil qilinadi; klasterlarga qorako‘l zotli qo‘ylarini boqishga mo‘ljallangan, shu jumladan, o‘rmon bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlaridan yaylovlar ijaraga beriladi; klasterlarga yaylovlardan samarali foydalanish, ularning holati yomonlashib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik, ilmiy va innovatsion yondashuvlarni qo‘llagan holda mayda shohli nasldor mollarni ko‘paytirish, klaster ishtirokchilari o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish orqali xomashyoni chuqur qayta ishlashni va mahsulot ishlab chiqarishni tashkillashtirish bo‘yicha majburiyatlar yuklanadi; klasterlar Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti hamda Buxoro cho‘l-yaylov ozuqabop o‘simliklar urug‘chiligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bilan yaqindan hamkorlik qiladi; 2021-yil 1-yanvardan boshlab klasterlarga hududlarda shaxtali va tik quduqlar, shuningdek, suv tortish uchun nasos stansiyalarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 17-yanvardagi “Pillachilik tarmog‘ida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–4567-son qarori 2-bandida nazarda tutilgan 120 million so‘mgacha miqdorda subsidiyalar berish tartibi qo‘llaniladi; Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi (keyingi o‘rinlarda – Uyushma) a’zolari – klaster ishtirokchilariga mayda shohli nasldor mol xarid qilish va ko‘paytirish, shuningdek, mol so‘yish, ozuqa bazasini yaratish, yarim tayyor va tayyor, shu jumladan, go‘sht-sut mahsulotlari ishlab chiqarish, teri va junni qayta ishlash hamda binolarni rekonstruksiya qilish va ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash loyihalarini moliyalashtirish uchun 2020–2023-yillarda ajratiladigan bank kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga, loyihalar hajmi, soni va ularni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan valyuta turidan qat’i nazar, tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan foiz stavkasining 50 foizi, biroq 10 foizlik punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensatsiyalar beriladi; uyushma a’zolariga qo‘l mehnati uchun uskunalar xarid qilish bo‘yicha xarajatlarni qoplash uchun kamida bitta ish o‘rni yaratish sharti bilan Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari miqdorida subsidiyalar ajratiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi bilan birga 2021-yil 1-iyulga qadar tashkil etilayotgan klasterlarga ozuqa bazasini yaratish uchun foydalanishga kiritilayotgan qishloq xo‘jaligi maydonlaridan 1-ilovaga muvofiq ajratib berilishini ta’minlanadi. Moliya vazirligi 2020-yil 1-oktabrga qadar Respublika “Qorako‘lchilik” uyushmasi huzuridagi Qorako‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasiga O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 16-avgustdagi “Qorako‘lchilik tarmog‘ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4420-son qaroriga muvofiq davlat budjetidan ajratilishi lozim bo‘lgan mablag‘larning qolgan qismini ajratiladi. 2021–2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonda qorako‘lchilikni rivojlantirishning maqsadli parametrlari tasdiqlanadi. Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tashkil etiladi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi etib quyidagilar belgilanadi: pillachilik va qorako‘lchilik sohasida yagona davlat siyosatini olib borish, shuningdek, ushbu tarmoqlarni yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni yuritgan holda, muvofiqlashtirilgan tarzda rivojlantirishni ta’minlash; tut plantatsiyalari va yaylovlarning qat’iy hisobini yuritish va fondini o‘rganish, shuningdek, pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish uchun ozuqa bazasini yaxshilash; ipak qurti va qorako‘l zotli qo‘ylarning yuqori darajada mahsuldor nasllarini joriy qilish; pilla va qorako‘l terisidan tayyor mahsulot ishlab chiqarish maqsadida xomashyo tayyorlash va uni qayta ishlash uchun qulay sharoitlar yaratish; marketing tadqiqotlarini o‘tkazish hamda ipak va qorako‘ldan tayyorlangan mahsulotlarni eng avvalo tashqi bozorlarda sotishga ko‘maklashish; pillachilik va qorako‘lchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga o‘z faoliyatini kengaytirish, klasterlar tashkil etish va mahsulotni eksport qilishda har tomonlama yordam berish. Download 137.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling