Pirimqul Qodirov Yulduzli tunlar 480. indd


Download 1.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/36
Sana26.01.2023
Hajmi1.78 Mb.
#1125898
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
yulduzli tunlar 0

Jonimdan o‘zga yori vafodor topmadim, Ko‘nglimdan o‘zga mahra-
mi asror topmadim... Bobur, o‘zingni o‘rgata ko‘r yorsizki, men – Istab 
jahonni, muncha qilib yor topmadim!
– Mardona so‘zlar! – dedi Behzod Boburga qarab.– Siz ming mar-
ta haqsiz! Odam o‘ziga ham ishonmog‘i kerak!
– Minnatdormen, mavlono.
Shoir Sulton Muhammadga ikkinchi she’rning matlai yoqqan edi.
– Eshiting, janoblar:
Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori va-
fodor topilmas.
Mavlono Fazliddin og‘ir tin oldi:
– Hozirgina so‘zlashgan dardimizni aytmishlar! Bobur maqtov-
lardan xiyol o‘ng‘aysizlanib:
– Janoblar, – dedi, – men sizlardek san’atkorlar bilan uchrashib, 
suhbatlashganim uchun tangriga shukr qilamen. Faqirning qog‘ozni 
qoralab yozgan satrlarim mavlono Mashhadiyning tengsiz san’atlari 
tufayli sizlarga shunchalik manzur bo‘ldi. Joiz bo‘lsa, g‘azallardan 
xotira uchun mavlonolarga bir nusxadan bermoqchimen.
– Ayni muddao! – dedi Xondamir quvonib.
Bobur g‘azallaridan ataylab uch-to‘rt nusxadan ko‘chirtirgan 
edi. Xondamirga, Behzodga, Sulton Muhammadga o‘zlari yoqtirgan 
g‘azallardan bir nusxadan berdi. Ular shoir va xattotning hurmatlari 
uchun g‘azal bitilgan zarvaraqlarni olib, non kabi ko‘zlariga surtib 
qabul qildilar. Bobur so‘nggi g‘azaldan bir nusxasini mavlono Fazlid-
dinga uzatib:
– Mavlono, biz siz bilan faqat vatandosh emasmiz, hamdardu has-
ratdoshmiz, – dedi. Mavlono Fazliddin g‘azalni olib ko‘ziga surtdi-yu:
– Men aminmen, Hirotda bitilgan ushbu g‘azal tez kunda Samar-
qandu Andijonga ham yetib borur, – dedi.– Xudo amirzodam bilan 
bizni ham vatanga sog‘-salomat qaytgulik qilsin!
– Aytganingiz kelsin, mavlono!


277
Bobur Qosimbekni chaqirtirdi va Sulton Ali Mash-hadiyga 
g‘azallarni san’atkorona ko‘chirganligi uchun oltin tugmalik kimxob 
to‘n kiydirdi.
So‘ng u mavlonolarni hovliga kuzatib chiqdi. Hammalari xayr-
lashayotganlarida me’morga qarab:
– Balki kelgusi yilda Kobulga borursiz, mavlono? – dedi. – Rost, 
katta me’morlik obidalari qurishga hali imkonimiz yo‘q. Kobul hoz-
ir Hirotga nisbatan chekka bir viloyat. Ulug‘ san’atkorlarga makon 
bo‘larlik saroyimiz yo‘q. Lekin xudodan umidimiz borki, kelgusida 
tole bizga ham kulib boqqay, biz ham ulug‘ san’atkorlarga makon be-
radigan kunlarga yetgaymiz!
– Taklifingizni bajonidil qabul qilurmen! – dedi mavlono Faz-
liddin.
– Amirzodam, – dedi Xondamir. – Alisher Navoiyning dargohlar-
ida qilgan pokiza niyatingiz ilohim ro‘yobga chiqsin! Ilohim hazrat 
Alisherning ruhlari hamisha sizga madadkor bo‘lsin!
Bu tilakka hammalari sidqidildan qo‘shilib, yuzlariga fotiha tort-
dilar.
* * *
Ertalab kun chiqayotganda Bobur xos navkarlari va beklari bi-
lan Hirotning tashqarisidagi keng bog‘-ko‘chadan ketib borar edi. 
Ko‘chaning ikki tomonida Hirot a’yonlarining g‘ishtin devorli, ko-
shinkor gumbazli ko‘shk va chorbog‘lari bor edi. Salobatli bir bog‘ 
hovlining baland devori yonidan o‘tayotganlarida, devor tepasidan 
kimdir uch-to‘rtta atirgul tashladi. To‘q qizil rangli gullardan biri 
Bobur mingan saman otning o‘siq yoliga kelib tushdi. Gulning tikan-
lari ot yoliga ilinib qolganini ko‘rgan Bobur devor tepasiga qaradi-yu, 
yosh bir qizning qiyg‘och qoshlarini va qosh ustiga bostirib kiygan 
guldor toqisini ko‘rdi. Keyin u ot yoliga ilinib qolgan gulni qo‘liga olib, 
labiga yaqinlashtirdi. Uzoqda yastanib turgan Zanjirgoh tog‘larining 
baland cho‘qqilariga qor tushgan edi. Hirotning kech kuzida nima 
ham bo‘lib ochilgan bu gulning ajib hidi bor edi. Bobur gulning xush 
bo‘yi dimog‘iga urilgan zahoti jilovni beixtiyor tortib, otini to‘xtatdi. 
Uzangiga oyoqlarini tirab, egardan bo‘y cho‘zdi-da, devor tepasidagi 
qizga tikilib qaradi. Endi unga qizning olov chaqnatib turgan qop-
qora ko‘zlari, bu ko‘zlarga nihoyatda yarashgan gulrang yonoqlari 
aniq ko‘rindi. Bobur bu ko‘chadan avval ham o‘tgan edi. Qiz avvalari 
ham uni ko‘rib, tanib qolgan ekanmi, ko‘zlari mo‘ltirab va uyalib bosh 


278
egdi. Bu uning salom berganimidi yoki xayrlashganimidi? O‘n yetti-
o‘n sakkiz yoshlardagi bu qizning jozibasiyu mo‘ltirab bosh egishi 
Boburga shunday ta’sir qildiki, u bir lahza nima qilishini bilmay es-
ankirab turdi.
Bu orada boshqa mulozimlar ham qizni ko‘rib otlarini to‘xtatgan 
edilar. Boburni Muzaffar mirzoning Hirot bo‘yicha dorug‘asi Yusuf 
Alibek kuzatib bormoqda edi. Qirq yoshlardan oshgan ko‘ngilchan bu 
bek devor tepasidagi qizni tanib kuldi-yu:
– Iye, Mohimmisiz! – dedi. – Obbo, Mohchuchuk-ey, katta qiz 
bo‘lib qolibsiz-a!
Qiz go‘yo endi o‘ziga keldi, «lip» etib, boshini devor ortiga oldi-
yu, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi. Yuzi qandaydir ichki olovning taftidan 
qizargan, ko‘zlari g‘alati chaqnagan Bobur Yusuf Alibekdan shoshib
so‘radi:
– Kim? Kim dedingiz?
– Amirzodam, bu hovli Sulton Sohibqironning uzoq qarindosh-
laridan biriga qarashli. Qizning otasi Husayn Boyqaroning nufuzli 
devonboshilaridan edilar. Bordi-keldimiz bor edi.
– Hozir bormilar?
– Borlaru, lekin... davlat ishidan chetlanmishlar.
– Nechun?
– Bilmadim, hozirgi podshohlarimiz bilan oralari yaxshi bo‘lmasa 
kerak. Qandahorgami, G‘aznagami ko‘chib ketish taraddusida emish-
lar, deb eshitdim.
Otlar yurib bormoqda edi. Bobur Mohim deb atalgan qizning tob-
ora uzoqda qolayotganini o‘ylab, ko‘nglida kuchli bir armon sezdi. Yi-
girma kun Hirotda yurib, bu qizni nega faqat endi, jo‘nab ketayotgan 
paytda ko‘rdi?
Bobur hali ham qo‘lida ushlab borayotgan gulga qaradi. Boyagi 
go‘zal qiz Hirotning butun nafosatini o‘z jozibasi bilan birga mana 
shu gulga muattar hid kabi joylab berganga o‘xshar edi.
Bobur gulni yana bir hidladi-da, boshidagi sallasining qatiga 
ko‘zga uncha tashlanmaydigan qilib qistirib qo‘ydi.
Lekin undagi nafis bir hayajonni Qosimbek zimdan kuzatib bor-
moqda edi. Boburga otadek g‘amxo‘r bo‘lgan bu odam shunday ko‘hlik 
yigitga munosib bir qiz uchrashini ko‘pdan beri kutib yurardi. Bobur 
esa ko‘z ochib ko‘rgan yostiqdoshi Oyisha begimning bevafoligi-dan 
qattiq ozor chekkani uchun ayol zotidan tortinar, ancha-muncha qiz-


279
larga moyillik bildirmas edi. Hirot malikasi Xadicha begim uni asil-
zoda xonadonlarga kuyov qilishga urinib ko‘rdi. Bobur ro‘yxushlik 
bermadi.
Marhum Sulton Ahmad mirzoning kichik qizi Ma’suma begim 
onasi bilan Samarqanddan Hirotga kelib qolgan ekan. Kayvoni ayol-
lar oraga tushib, bir mehmondorchilik paytida Boburni Ma’suma 
begim bilan uchrashtirdilar. Qiz juda nazokatli va go‘zal edi. Ammo 
Qosimbek uni ko‘rganda Toshkentda qolgan Oyisha begimni esladi. 
Chindan ham Ma’suma begim – Oyisha begimning singlisi edi. Bobur 
orada turgan hirotlik amma-xolalarning ko‘ngliga qarab, qizga moyil-
lik bildirgan bo‘ldi, lekin to‘yni paysalga soldi. Qosimbek orqali shun-
dayjavob ayttirdi:
– Ma’suma begim onalari bilan Kobulga borsalar... Qizning onasi:
– Xo‘p, Kobulga borgaymiz, – deb va’da berdi.
Lekin Qosimbek bu nozikkina qizning Hindikush tog‘lari osha 
Kobulga yetib borishiga uncha ishonmasdi. Yetib borganda ham Bo-
burning boshi ustida charx urib yurgan intihosiz mushkulotlariga 
bardosh berolmasa kerak, deb o‘ylardi. Ammo bog‘ ko‘cha devori-
dan gul tashlagan Mohim ismlik olov qizning yuz-ko‘zlarida nafis 
go‘zallikka yo‘g‘rilgan qudratli bir ohanrabo bor edi. Ana shu ohan-
rabo Boburni hamon o‘ziga tortib turar edi.
Bog‘ ko‘chadan keng dalaga chiqqanlarida Bobur sallasi qatidagi 
pushti rang atirgulni sekin qo‘liga olib, yana bir hidlab ko‘rdi. Shunda 
devordan mo‘ralagan qiz uning ko‘z oldi-da qaytadan gavdalandi-yu, 
butun borlig‘ini nafis va shirin tuyg‘ularga to‘ldirdi. «Shuncha qilib, 
istab jahonni yor topmadim!» degan Boburga balki shu qiz yor bo‘lar? 
Nega undan bu qadar tez ayrildi? Nahotki bu qizni qayta ko‘rish nasib 
qilmasa? Qosimbek otini Boburning otiga yaqin keltirib, past tovush 
bilan so‘radi:
– Amirzodam, bu atirgul qaysi gulzorda o‘sganini surushtirib 
ko‘raymi?..
– Ixtiyoringiz, – dedi Bobur uyalinqirab.
– Qizning otalari Husayn Boyqaroga xesh bo‘lsalar, men bu xona-
don bilan albatta aloqa bog‘lagaymen.
Bobur bu rejani ma’qullagan ma’noda bosh irg‘adi.
– Amirzodam, agar yulduzi yulduzingizga to‘g‘ri kelsa, men Mo-
him bonuni Hirotdanmi, Qandahor yoki G‘aznadanmi, qayerdan 
bo‘lsa ham, albatta izlab topgaymen!


280

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling