Pirimqul Qodirovning “ Erk” qissasi badiiy tahlili


Download 1.33 Mb.
bet4/5
Sana26.03.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1296955
1   2   3   4   5
Bog'liq
XTA 3 1908 Sirojiddinova Gulichehra qiyosiy asarlar tahlili

Asar g'oyasi


Odatiy shakl va mazmundan qochishga uringan, kitobxon (tomoshabin)ni jalb qilishning yangi yo’llarini izlagan Erkin A’zam mazkur asarda ijtimoiy- ma’rifiy muammolarni shoirona romantik nigoh bilan kuzatadi. Tarixiy mavzuga zamonaviy talqinni olib kirish uchun goh folklor va mumtoz adabiyotga xos badiiy ifoda usullariga, goh ijtimoiy-falsafiy talqinlarga murojaat qiladi. Jumladan, asar janrining “kinorivoyat” tarzida belgilanishida xalq og’zaki ijodining “rivoyat” janri tajribalari ijodiy o’zlashtirilganiga ishora qilingan

Asardagi aforizm


“Ichiga shayton
oralagan bandalar Xudoning g‘azabini qo‘zg‘agani”

Asardagi Milliy kolorit


Orol bobo nainki personajlar e’tirofi, balki niyati, so’zi va amalining pokligiga ko’ra ham teran e’tiqod odami sifatida o’z jigarbandi Qalimbet va shu tipdagi qavmdan keskin farqlanadi. Shu ma'noda, Orol boboning dengizni o’z asliga qaytarish yo’lidagi yuksak orzu-intilishlari ham bir jihatdan, Erkin A'zamning tabiatni asrash muammosiga e’tiqodiy mazmunda javob izlashi ham bejiz emas
Voqealar rivoji
Anglashiladiki, Orol bobo zohiran devonasifat cholday
tuyulsa ham, aslida u teran ixlos va qanoat kishisi. Shuning
uchun ham u Orol dengizining qurishini “Ichiga shayton
oralagan bandalar Xudoning g‘azabini qo‘zg‘agani” bilan
izohlaydi. O‘g‘lining “da’vat”lariga ko‘nib, ko‘ch-ko‘ronini
orqalab shaharga ketishni ota-bobolari va jufti haloli xoki
turob bo‘lgan aziz maskan hamda bir umrlik qadrdon
eshkagi-yu qayig‘iga xiyonat deb biladi. O‘zi yasagan qa-
yiqlarni imon-e’tiqodli, halol va pok kishilarning tomlariga
o‘rnatishdan charchamaydi. Chunki tom boshidagi qa-
yiqlar boboning osmondan yomg‘ir, dengizdan suv so‘rash
bilan bog‘liq iltijolarining moddiy ramzlaridir.

Asardagi xotima


Bu qismda enaqayiqni e’zozlagan oq qalpoqli Orol bobo va to‘rt navqiron o‘g‘lon (Jumaboy,
Tilovbergan, Genjamurod, Amet) tashnalik azobidan qiy-
nalishadi. Albatta, E.A’zam bu tashnalikka ramziy ma’no
yuklashga intilgan. Bu hol qahramonlar fikrini dengiz
haqidagi aziz xotiralar, sog‘inch, ummonga yetish orzusi
va muttasil olg‘a intilish hissi tark etmaganida namoyon
bo‘ladi. Muhimi, maqsadi aniq bo‘lgan qahramonlar bir na-
fas harakatdan to‘xtashmaydi.
Xulosa qilib aytganda, E.A’zamning “Tanho qayiq” dra-
masida obyektning plastik obrazi yaratilgan bo‘lib, asarda
mujassam bosh g‘oya uning ramziy-majoziy mazmuni, ax-
loqiy-falsafiy va didaktik mohiyatini belgilab beradi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling