Pirometallurgik jarayonlar Reja


Download 1.36 Mb.
bet2/2
Sana08.05.2023
Hajmi1.36 Mb.
#1444413
1   2
Bog'liq
Pirometallurgik jarayonlar

4.1-jadval

Oltinning asosiy minerallari



Oltinning minerallari


Tug‘ma oltin
Elektrum
Kyustelit
Telluridlar:
kalaverit
pettsit
silvinit
Antimonitlar:
aurostibit

Oltinning miqdori, %


90–100
70–90
30–70

43,6
25,4


24,2

46,4


Oltinning ma’lum minerallaridan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgani tug‘ma oltindir, qolgan minerallar esa kam uchraydi. Rudalarda sof oltin ma’lum shaklga ega bo‘lmagan xilma-xil ko‘rinishda uchrashi mumkin (ilgaksimon, sim, donasimon, tangasimon). Sof oltin zarralarining o‘lchami keng chegarada o‘zgarib, mikroskop ostida ko‘rinadigan juda kichik zarrachalardan tortib, 10–100 kg li gigant yombi holida ham uchrashi mumkin.Oltin zarralarining kattaligi uning eng asosiy texnologik xossalaridan biri hisoblanadi, chunki unga asoslanib, oltinni rudalardan ajratib olishda qaysi bir texnologik jarayonlarini tanlanadi. Oltinning kattalik o‘lchamlari quyidagi ko‘rsatkichlar bilan belgilanadi: yirik oltin +70 mkm, mayda oltin –70 mkm, mayin zarrachali oltin – 1 mkm Tarkibida oltin mavjud rudalarni qayta ishlashning texnologik sxemasi xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Qaysi bir sxemani tanlash juda ko‘p omillarga bog‘liq, ularning asosiylari: rudadagi oltinning tavsifi, rudanning dastlabki kattaligi, rudaning moddiy tarkibi, rudada oltindan tashqari qimmatbaho komponentlarning mavjudligi, qayta ishlash texnologiyasini murakkablashtiruvchi komponentlarning mavjudligi va h.k. Rudadan oltinni ajratib olishning texnologik jarayonlariga tayyorlov (maydalash, yanchish), boyitish (gravitatsion boyitish, flotatsion boyitish) va metallurgik jarayonlar (amalgamatsiya, sianlash, sorbsion tanlab eritish, desorbsiya, rux kukini bilan cho‘ktirish (sementatsiya),


elektrcho‘ktirish) kiradi.Tanlangan texnologik sxema oltinni rudadan yuqori darajada ajratib olishni, xomashyoni kompleks ravishda ishlatilishini, moddiy,energetik va mehnat resurslarining kam miqdorda sarflanishini, sanoat chiqindilari bilan atrof-muhitni eng kam miqdorda ifloslantirishini ta’minlash kerak.
Oltin saralash korxonalarning oxirgi mahsuloti xomaki oltin yoki oltinga boy cho‘kma hisoblanadi. Bu mahsulotlarning keyingi qayta ishlanishi maxsus affinaj zavodlarida yuqori tozalikdagi oltin olish bilan amalga oshiriladi.
Oltinni rudalardan turli usullarda ajratib olish texnologik sxemalari 4.1-chizmada keltirilgan.


4.1-chizma. Oltin tarkibli rudalarni qayta ishlash sxemalar:
a) sianlash va oltinni eritmalardan rux bilan cho‘ktirish;
b) oltinni rudadan flotatsion-sorbsion uslda ajratib olish;
d) oltinni rudadan sorbsion tanlab eritish uslida ajratib olish.

Kumush ajratib olish


Oltin singari kumush ham tabiatda sof, ya’ni tug‘ma kumush metall holida uchraydi. Ammo oltindan farqli, kumush kimyoviy birikmalar hosil qilib, minerallar tashkil etadi. U oltingugurt birikmalari tashkil etib sulfidli rudalar tarkibida qatnashadi, yoki mayday – dispers zarralar sifatida tarkib topadi. Kumushning sirti malum darajada kislorodli parda va oksidli parda bilan qoplanadi.


Kumushning minerallaridan quyidagi birikmalar mavjud:
1. Kerargirit AgCl minerali oksidlangan rudalarda uchraydi.
2. Argentit yoki kumush yaltirog‘i – AgS sulfidli rudalarda uchraydi, kupincha tarkibida Su2S bo‘ladi.
3. Getit Ag2Te minerali gidrotermal konlarida uchraydi.
4. Surma-kumush, margimush-kumush sulfidli minerallari: stefanit 5Ag2SЧSb2S, pirargerit 3Ag2SЧAs2S3, diskrazit As3Sb2 polimetall rudalarda ko‘p tarqalgan.
5. Polibazit 9(Ag,Cu)2Ч(Sb, As)2S va kumush tarkibli tetraedrat 3(Cu, Ag)2SЧSb2S3.
6. Argentoyarazit AgFe3(OH)6(SO4)2 – temir tug‘ma (jeleznie shlyapi) toshida bo‘ladi.
Kumush oltin bilan birga gidrometallurgik usulda va faqatgina
affinaj jarayonida bir-biridan ajratib olinadi.
Po‘lat ajratib olish

Po‘latlar ishlab chiqarish usuli bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi:


1) ishlatiladigan agregatning turiga qarab:
– konverter (o‘z navbatida kislorodli-konverter);
– bessemer (bessemer konverterida erigan cho‘yanning ortiqcha
uglerodini havo yordamida kuydirib po‘latga aylantirish);
– tomason;
– marten;
– elektropo‘lat;
– elektroshlakni qayta eritish po‘latiga va boshqalarga bo‘linadi.
2) ishlatilish texnologiyasi bo‘yicha:
– asosiy va nordon martenli;
– asosli va nordon elektropo‘lat;
– vakuumda sintetik shlaklar ishtirokida inert gazlar bilan puflab

ishlov berilgan va boshqa po‘latlarga bo‘linadi.


3) holati bo‘yicha:
– qattiq holdagi (gubchaga o‘xshash, g‘ovak-g‘ovak temir – bevosita tiklash natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar);
– elektrolitik holdagi (tarkibida temir bo‘lgan materiallarini elektroliz qilishdan hosil bo‘lgan mahsulotlar);
– kukunsimon holdagi (suyuq po‘latni mayda zarralarga aylantirish, changlatish jarayonidan hosil bo‘lgan mahsulotlar),
– xamirsimon holdagi («Aston-Bayers» jarayonidan, pudling,krichli va boshqa jarayonlar natijasida hosil bo‘lgan mahsulotlar),
– suyuq, quyilgan holdagi (konverter, marten va boshqa shunga o‘xshash jarayonlarning mahsulotlari).
O‘zbekistonda po‘lat ikkilamchi xomashyodan ishlab chiqariladi.
Legirlangan metallarning qirindilari – ikkilamchi po‘lat olish xomashyolaridan biri hisoblanadi. Legirlangan metallarning qirindilari
– legirlangan po‘lat va qotishmalarni olish uchun eng qimmatbaho xomashyo hisoblanadi. Shixta tarkibida legirlangan metallar qirindilarini ishlatish ferro qotishmalar va boshqa legirlangan metallarni iqtisod qilishga olib keladi.
Qirindilar – legirlangan temir-tersak resurslarining 40 foizini tashkil qiladi, hamda ratsional va to‘la foydalanish kerak bo‘lgan juda ko‘p miqdorda legirlaydigan elementlarni o‘zida mujassam qilgan.Legirlangan qirindilar va legirlangan metallarning turli xil chiqindilaridan – legirlangan shixta quymalari (LShQ) tayyorlanadi. Bu legirlangan shixta quymalar elektro po‘lat eritish sexlarida eritiladi. LShQga ishlov berish uskunalariga quyidagilar kiradi: yoyli elektropechlar, kovshlar, turli xil konveyerlar. Pechlar maxsus fundamentlarga o‘rnatiladi. Pechlarda elektrodlar elektromashina regulyatorlari yordamida avtomatik boshqariladi.
Buning uchun usti maxsus moslama bilan ko‘tariladi va yon tomonga olinadi.
Elektropechlardan metall maxsus teshiklardan cho‘michlar (kovsh)ga tarnov (jelob) orqali oqiziladi. Cho‘michlarning sig‘imi unga solinadigan shlakni miqdoriga qarab o‘lchanadi.Eritish uchun mo‘ljallangan qirindilar laboratoriyada kimyoviy tarkibi tekshiriladi. Guruhi va markasi aniqlangandan keyin, elektropechda eritishga jo‘natiladi.Elektropechlarda eritish 4 ta asosiy jarayonni o‘z ichiga oladi:
1) qirindilarni pechning pastki va yon qismlariga yuklash;
2) qirindilarni eritish va qo‘shimcha yuklash;
3) talab qilingan haroratga etkazish va shlakdagi qisman erigan
legirlangan elementlarni tiklash;
4) metallni chiqarish va quyish
Cho‘yan ajratib olish

Cho‘yan temir bilan uglerod qotishmasidir. Uglerodning miqdori odatda 2 foizdan 4 foizgacha bo‘ladi. Bundan tashqari cho‘yan tarkibida doimiy aralashmalar (kremniy, marganes, oltingugurt, fosfor), ba’zi legirlovchi elementlar (xrom, nikel, aluminiy, vannadiy) bo‘ladi. Cho‘yan – mo‘rt qotishma. Cho‘yanning asosiy qismi (85 foizi) qayta eritilib, po‘lat olinadi, qolgan qismi quyma cho‘yan shaklida quyma olishda qo‘llaniladi. Cho‘yan va cho‘yandan yasalgan buyumlarning asosiy iste’mol chisi – kimyo, traktorsozlik, mashinasozlik, stanoksozlik, asbobsozlik va avtomobilsozlik sohalari. Lekin eng keng ishlatiladigan umumiy soha – mashinasozlikdagi alohida sohalarda cho‘yan va cho‘yandan yasalgan buyumlarga bo‘lgan talab turlicha:


Cho‘yandan quyulgan qismlarning,



Mahsulot

1. Metall qirquvchi stanoklar


2. To‘qimachilik mashinalari
3. Prokatlangan trubinalar
4. Bug‘li trubinalar
5. Traktorlar
6. Ekskavatorlar
7. Yuk avtomobillari
8. Yengil avtomobillar
mashinalarning butun og‘irligiga
nisbatan ulushi, %
80
72
68
63
58
56
45
40

Cho‘yanning mashinasozlikda keng ishlatilishi, uning ko‘pgina qimmatli xususiyatlariga bog‘liqdir. Cho‘yanning ijobiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: quyma olish texnologik jarayonining nisbatan oddiyligi, yaxshi quyuluvchanligi va ishqalanishni kamaytirish (antifriksion) xususiyati, eyilishga chidamliligi, davriy qovushqoqlik va toliqishdan mustahkamlik ko‘rsatkichlarining yuqoriligi, ishlov berishning osonligi, tebranishni yutish xususiyati, quyushning nisbatan arzonligi.
Hozirgi vaqtda cho‘yanni ikkilamchi eritish uchun turli xil eritish agregatlari qo‘llanilmoqda. Bu eritish agregatlarining tasnifi 4.2-chizmada keltirilgan. Ko‘rinib turibdiki, cho‘yanni asosiy qismi vagrankalarda eritiladi. Vagrankalar konstuksiyasini oddiyligi,ishlatishni qulayligi, turli xil markadagi cho‘yanlarni kerakli miqdorda olish mumkinligi; eritishni to‘xtovsizligi va boshqa bir qancha yutuqlari sababli cho‘yan ishlab chiqarishni asosiy agregati hisoblanadi. Bugungi kunga kelib, yirik mashinasozlik, stanoksozlik,asbobsozlik va boshqa korxonalarda ishlab chiqarish unumdorligi turli xil bo‘lgan cho‘yanni qayta eritadigan minglab vagrankalar o‘rnatilgan. Yuqori sifatli, mexanik xususiyatlari oshirilgan,strukturasi va oquvchanligi yaxshi bo‘lgan cho‘yan olishni asosiy omili cho‘yanni o‘ta qizdirishdir. Bunga 1480–1500 °C haroratda erishiladi va vagrankaga havo purkab yuborilishi kerak



Download 1.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling