Baholash mezoni:
1-topshiriq: Ko‘zoynak yuzasidagi suv
3-savol:Ne‘matjonga ko‘zoynak oynalari terlaganda namlik yo‘qolishi (qurishi) uchun ketgan vaqtga bog'liq bo‘lgan omillarni aniqlash uchun tadqiq qilish usullarini taklif qiling. Javobingizni yozing
Odatda Ne‘matjon ko‘zoynak shishasi shaffof bo‘lishi uchun uni artib tozalaydi. Ammo bir kuni u shishadagi namlik qurishiga qancha vaqt ketishini tekshirmoqchi bo‘ldi. U ko‘chadan har xil xonalarga kirganda, har safar shishadagi namlik turli vaqtlarda qurishini aniqladi.
1-topshiriq: Ko‘zoynak yuzasidagi suv
Topshiriq tavsifi:
- Mazmun sohasi : fizik sistemalar
- Kompetentlik sohasi : Ilmiy tadqiqotlarni loyihalash va baholash
- Kontekst : shaxsiy
- Kognitiv daraja : yuqori
- Savol formati : batafsil javob yoziladigan
- Baholash obyekti:muammoni ilmiy tadqiq qilish usulini taklif qilish yoki baholash
1-topshiriq: Ko‘zoynak yuzasidagi suv
Ball
|
Javob
|
2
|
To‘liq javob: shisha yuzasidagi suv tomchilarining (yo‘qolishi) qurishi uchun ketgan vaqtning Ne‘matjon sovuq havodan kirgan bino ichidagi temperaturaga bog‘liq ravishda o‘zgarishini qanday aniqlash mumkinligi ifodalangan, taklif etilgan bo‘lsa,
YOKI
bu vaqt issiq xonada bo'lgan odamlar soniga qanday bog'liqligi ifodalangan bo‘lsa.
Bundan tashqari, tajriba o‘tkazish g'oyasi (masalan, ko'zoynakni muzlatgichga bir muddat qo‘yib, so‘ng iliq havoga chiqarish) taklif qilinishi mumkin.
Eslatma: baholashda asosiy e’tibor vaqt xona haroratiga YOKI ko'chadagi va issiq xonadagi harorat farqiga bog'liq bo'lishi mumkinligi haqidagi fikr va g‘oyaga qaratiladi.
YOKI
odamlar soniga bog'liqligi haqidagi g'oya (bu aniq namlikka bog'liq).
Bunda taklif etilayotgan tadqiqot rejasining to'g'riligi baholanmaydi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |