Pisa testlari
Download 8.28 Kb.
|
Pisa testlari
Pisa testlari 1- masala. Dunyodagi eng boy davlatlar reytingida Qozog’iston 50-o’rinda egallagan. Turkmaniston Qozog’istondan quyiroqda va bu davlatlar orasida 26 ta davlat mavjud. O’zbekiston Turkmanistondan pastda va bular orasida 49 ta davlat bor. O’zbekiston nechanchi o’rinda? A)124-o’rinda B)125-o’rinda C)126-o’rinda D)127-o’rinda Javob:Turkmaniston 50+26+1=77-o’rinda, O’zbekiston 77+49+1=127-o’rinda. To’g’ri javob berilsa 10 ball. Noto’g’ri javob berilsa ball berilmaydi. 2- masala. Fotima va Zuhrada mos ravishda 15 ta va 21 ta daftar bor. Fotima o’z daftarlarining qancha qismiga teng bo’lgan daftarlarni Zuhradan olsa, ulrning daftarlari soni nechiga teng? A)1/7 B)2/7 C)1/5 D)1/6 Javob: 15+x=21-x x=3 demak Fotima kitoblarining 3/15=1/5 qismini Zuhradan olsa ikkalasini kitoblari soni tenglashadi. To’g’ri javob berilsa 10 ball. Noto’g’ri javob berilsa ball berilmaydi. 3- masala.Muhammad har bir mehmon uchun bittadan olmani dasturxonga qo’ymoqchi. Keladigan mehmonlar soni 8 tadan 15 tagacha bo’lishi mumkin. Olmaning 1 kg imida 5 tadan 10 tagacha olma bo’ladi. U kamida necha kg olma sotib olishi mumkin? A)2kg B)3kg C)4kg D)5kg Javob: tasavvur qilaylik 15 ta mehmon keldi va 1kg olmada 5 tadan olma bor. Demak, 15/5=3 kg olma sotib olinishi kerak. To’g’ri javob berilsa 10 ball. Noto’g’ri javob berilsa ball berilmaydi. 4- masala.22-mart kuni Nilufar: “Kechadan oldingi kun mening tug’ilgan kunimga bir hafta vaqt qolgan edi”, dedi. Nilufar qachon “Mening tug’ilgan kunim bir hafta oldin edi”- deb aytadi? A)27-mart B)29-mart C)2-aprel D)3-aprel Javob: Kechadan oldingi kun 20-mart edi. Uning tug’ilgan kuni 20+7=27-mart. Tug’ilgan kunidan 1 hafta o’tgach sana 27+7=34, 34-31=3-aprel bo’ladi. To’g’ri javob berilsa 10 ball. Noto’g’ri javob berilsa ball berilmaydi. 5-masala.Azizning 1 so’m, 10, 100 so’m va 1000 so’mlik 4 ta puli bor. U bir nechta pullarni qo’shib hosil qilishi mumkin bo’lgan eng katta miqdordan eng kichigigacha barcha pul miqdorlarini ro’yxatini yozib chiqdi: 1111, 1110, … Ro’yxatda 1001 nechanchi o’rinda bo’ladi? A)5-o’rinda B)6-o’rinda C)7-o’rinda D)8-o’rinda Javob:Quyidagicha ro’yxat kiritamiz:1111,1110,1100,1011,1010,1001,… Ro’yxatdan ko’rish mumkinki, 1001 7-o’rinda. To’g’ri javob berilsa 10 ball. Noto’g’ri javob berilsa ball berilmaydi. Download 8.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling