Pisixologik professiogramma
Professiografiyaning psixologik asoslari
Download 28.17 Kb.
|
3 MAVZU
Professiografiyaning psixologik asoslari
Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari, kasbiy bilim, malaka, koʻnikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni oʻrganish uchun shunday belgilardan foydalanildiki, ular yordamida kasbiy toliqishning keltirib chiqaradigan omillarini aniqlaydi. Shunday qilib, profesiografiyaning differensial tamoyili kasbning oʻrganish usullarini uning tavsifi, mazmuni, shuningdek, qoʻllanilish sohasi ya’ni professiografiya oʻtkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. Maqsadlari quyidagi faoliyat sohalari bilan bogʻlangan boʻlishi mumkin: 1. Ishchilar attetsatsiyasi. 2. Yangi kasblar mutaxassisliklarni loyihalashtirish. 3. Optantlar profkonsultasiyasi va mutaxassislar tanlovi. 4. Kasbiy ta’lim malaka tayyorgarligi va malaka oshirishni takomillashtirish. 5. Shaxs kasbiy rivojlanishi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar. E.M.Ivanova professiografiyaning 4 ta guruhini taklif etadi: ma’lumotli, diagnostik, prognostik va metodik. Informatsion (ma’lumotli) professiografiya oktantlar, ya’ni, kasb tanlash zaruriyati oldida turgan shaxslar bilan kasbiy maslahat ishlari uchun moʻljallangan. Ular qatoriga oʻquvchilar, kasb bilim yurtlari bitiruvchilari, ishsizlar va kasblarni almashtirmoqchi boʻlganlar kirishi mumkin. Informatsion professiografiya ishlari maxsus kasbiy adabiyotlarni tahliliy va hujjatlarni oʻrganish orqali amalga oshiriladi. Diagnostik professiografiyalash mehnat samaradorligining pastligi mahsulot sifatining pastligi, avariya holati, travmatizm, kadrlar qoʻnimsizligi sabablarini aniqlash uchun oʻtkaziladi. Diagnostik professiografiyalash quyidagi masalalarni oʻz ichiga oladi. 1. Faoliyat mazmuni: Mehnat predmeti va masalalari. Ish natijalari sifatiga qoʻyiladigan talablar. 2. Mehnat qurollari: Ish turi va tartibi. Boshqarish organlari. Ish joyini tashkil etish. 3. Mehnat sub’yektining faoliyati: Harakat turlari va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri. Kasb faoliyatiga xalaqit beruvchi omillar. Mehnat jarayonida uchraydigan xatolar, brak, travmalar turi. 4. Mehnat sub’yektining faoliyati: Ishchilarning oʻzaro aloqalari tuzilmasi. Ishni rejalashtirish va nazorat. 5. Kasbning mehnat sub’yekti shaxsiy psixologik va psixofiziologik sifatlariga qoʻyiladigan talablar. 6. Mehnat sub’yekti faoliyatining past samaradorligi sabablarini tashxisi. 7. Kasbiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha amaliy - eksperimental tekshiruv. Diagnostik professiografiyalash empirik ma’lumotlarni yigʻish usullari orqali amalga oshiriladi. Prognostik professiografiyalash kasbiy faoliyatni takomillashtirish boʻyicha asoslangan tavsiyalarni berish maqsadida qoʻllaniladi. 1. Kasbning umumiy tavsifi: Kasb rivojlanishi tarixi va istiqbollari. Kasbiy faoliyatni bajarilishining ijtimoiy - iqtisodiy sharoitlari. Kasbiy muhit. 2. Kasbiy dala va mazmuni va jihati: Kasbiy dala tavsifi. Kasbiy bilimni aniqlovchi omillar. Kasbiy bilimni rivojlanishi prognozi. 3. Kasbiy ta’lim malaka oshirish: Kasbiy ta’lim darajasi. Kasbiy tayyorgarlik. Malaka oshirish. 4. Ishchining kasbiy moyilligi: Mutaxassislik sohasining kengligi. Asosiy malakalar darajasi. Mutaxassislik va kasbni oʻzgartirish imkoniyati. 5. Kasb istiqbolini baholash: Shaxsning kasbiy - psixologik potensiali. Ishchining kasbiy faolligi. Kasbiy oʻzini oʻzi takomillashtirish karyera. Pragnostik professiografiyalash genetik usullarni, shuningdek modellashtiruvchi eksperimentlarni qoʻllaydi. Metodik professiografiyalash psixologga mehnat sub’yektining holati va muhim kasbiy sifatlarni oʻrganish usullarini ishlab chiqish imkonini beradi. Tadqiqot maqsadi va vazifalariga koʻra metodik professiografiyalash sxemasi ham oʻzgaradi. Masalan, kasbiy mehnat va hordiq tartibi, kasbiy toliqish, befarqlik, passivlikka boʻlgan ta’sirini oʻrganishda shunday sxema qoʻllaniladi. 1. Mehnat sub’yekti faoliyatining mazmuni: Haraktlar turi va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va bajarish xarakteri. Emotsional koʻrinishlar. Ish joyidagi noqulaylik turlari. Faoliyat jarayonida paydo boʻladigan xatolar, brak travma turlari. 2. Mehnat sharoitlari: Sanitariya - gigienik muhit (havo darajasi, chang, namgarlik va boshqa). Jismoniy muhitning yoritilganligi, shovqin. Ish tartibi. Haq toʻlash va ragʻbat shakli. Mutaxassisning kasbiy mahoratini oʻrganishda professiografiyalashning quyidagi sxemasi qoʻllaniladi. 1. Faoliyat mazmuni: Ishchilar malakasiga qoʻyiladigan talablar (kasbiy bilim, koʻnikma va malakalar, shuningdek, sifatlar va qobiliyatlar). Ishchilarning huquq va majburiyatlari. 2. Mehnatni tashkillashtirish: Malaka oshirish. Kasbiy psixologik potensial. Ijodiy qobiliyatlar. 3. Mehnat sub’yekti faoliyati: Harakatlar turi va ularning tavsifi. Ishni rejalashtirish va uni nazorat qilish. Faoliyat individualligining xususiyatlari. Ta’limga yoʻnaltirilgan professiografiyalash - asosiga kasb sub’yektligi haqidagi gʻoya qoʻyiladi: kasb egasi, faoliyatning haqiqiy sub’yekti boʻlib, unga bir qator maxsus belgilar xos. Bu professiografiyalashning mualliflari uning mazmun - mohiyati va loyixalashtirish texnologiyalarini oʻrganib chiqishdi. Kasb pasporti bloki kasb va mutaxassisliklar nomining modifikasiyasi, kasbiy yoʻnalish, kasb maqsadi, ta’lim darajasi haqida qisqa ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. ―Kasbning asosiy ob’yekti (sohasi) bloki kasb turi haqida ma’lumotlarni oʻz ichiga oladi. ―Inson – tabiat, ―inson – inson, ―inson – texnika, ―inson - belgilar tizimi, ―inson badiiy obraz va boshqalar. Bu blok mazmuni boshqa professiografiyalash bloklarining asosi hisoblanadi. Kasbiy predmetli salohiyat bloki koʻp tizimli ta’lim sifatida kasbiy muhim tavsifini oʻz ichga oladi. Mutaxassis kasbi qaysi sohaga tegishli ekanini, qaysi asosiy ob’yektlarga yoʻnaltirilgan, bu ob’yektlar qanday ob’yektlar, bu sohada mehnat natijasi yoki mehnat mahsuli qanday ahamiyatga egaligi haqidagi ma’lumotga ega boʻlishi lozim. ―Ijtimoiy kasbiy salohiyat blokida shaxs ob’yektining quyidagi yoʻnalishlari aks etadi. Fikrlash potensialining rivojlanishi. Shaxsni oʻzini nazorat eta olish va rivojlantirish imkoniyatlari. Shaxsning muvaffaqiyat strategiyasiga yoʻnaltirilganligi. Shaxsning bozor iqtisodiyoti sharoitida bardoshligi. Professiografiyada ekologik, huquqiy va iqtisodiy madaniyat masalalari ham nazarda tutiladi. Maxsus psixofiziologik talablar bloki - ishchining kasbiy faoliyati jixatdan psixofiziologik xususiyatlariga qoʻyiladigan talablarni aks ettiradi. Bunga tibbiy koʻrsatmalar, jinsiga, yoshga boʻlgan va sanitariya- gigienik talablar kiradi. Kasb-kor (hunar) oldiga qoʻyiladigan talablarni asoslash va ularni bayon qilish oʻziga xos xususiyatga ega boʻlib, quyidagi umumiy hamda xususiy jabhalarni oʻzida aks ettiradi; 1. Kasb va uni ixtisosliklarining psixologik tavsifi; 2. Kasb-korning (hunarning) mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati; 3. Kasb va ixtisoslikning ijtimoiy tavsifi; 4. Kasbning ijtimoiy psixologik ahamiyati va tavsifi; yoshlarda uning ijtimoiy mavqei (nufuzi), jamoaning oʻziga xos xususiyatlari, vertikal va gorizontal boʻyicha shaxslararo munosabatlarning xususiyatlari; 5. Kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli egallash uchun zarur bilimlar va koʻnikmalar koʻlamining pedagogik tavsifi (maxsus mezonlar orqali kasbiy mahorat aniqlanadi); 6. Pedagogik jarayonni takomillashtirish yuzasidan takliflar, tayyorgarlik muddatlari, tadbir – choralarning umumiy tavsifi; 7. Mehnat sharoitining gigienik tavsifnomasi; 8. Kasb boʻyicha mehnat qilishga tibbiy jihatdan ta’qiqlanuvchi omillar izchilligi; 9. Kasbga psixologik nomutanosiblik, yoki kasbiy yaroqsizlik; 10. Oʻzini oʻzi faollashtirish va identifikatsiyalash. Download 28.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling