Pisixologiyadan taqdimoti mavzu: Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Ong taraqqiyoti va ongsizlik Reja
Download 0.66 Mb.
|
Qunduz
URGANCH INOVATSION UNEVERSITETI BOSHLANGʼICH TAʼLIM 22.02 GURUH TALABASI ERKINBOYEVA QUNDUZNING PISIXOLOGIYADAN TAQDIMOTI Mavzu: Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. Ong taraqqiyoti va ongsizlik Reja: 1. Xulq-atvorning psixofiziologik asosi. 2. Ong va uning taraqqiyoti. 3. Psixologiyada ongsizlik muammosi. Hozirgi zamon fanida jadal rivojlanib, katta qiziqish uygotayotgan va inson sir-sinoatlariga chuqurroq kirib borishga muvaffaq bolgan soha asab tizimini tadqiq etish hisoblanadi. Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat korsatishini nerv hosilalarining toplamlari taminlab beradi. Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bolimlardan iborat. Markaziy asab tizimi (MAT) bosh va orqa miyani oz ichiga oladi. Miya organizmda boshqaruvchi vazifasini otaydi va psixomotor faoliyatni taminlab beradi. Bundan tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan boshqarib, inson organizmining beshta asosiy tuygulari – korish, eshitish, tam bilish, hid bilish va sezishni nazorat qiladi. Periferik asab tizimi – nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar majmuasi yurak, opka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar va toqimalarni taminlaydi, bularning barchasi vegetativ asab tizimini tashkil etadi. Uning faoliyati inson iroda kuchiga bogliq bolmaydi Amerikalik olimlar (R. Xayer va boshqalar) erkaklar va ayollar turlicha fikr yuritishlarini aniqladilar. Miya anatomiyasini tadqiq etish orqali erkaklar koproq kul rang moddani, ayollar esa oq moddani faollashtirishlari malum boldi. Boshqacha aytganda, tafakkur jarayonida kuchli jins ayollarga nisbatan kul rang moddadan 6,5 marta koproq, gozal jins vakillari esa oq moddadan 10 marta koproq foydalanar ekan Rivojlanib kelayotgan miyaga tabiat yuqori darajadagi mustahkamlik zahirasini joylaydi, va natijada, kop miqdorda ortiqcha neyronlar hosil boladi. Ularning taxminan 70% bolaning tugilish davrigacha nobud boladi va bu jarayon tugilgandan song ham, umri boyi davom etadi. Hujayralarning bunday nobud bolishi irsiyat tomonidan oldindan belgilab berilgan boladi. Neyronlar ota egiluvchandir. Egiluvchanlikning manosi shundan iboratki, nobud bolgan asab hujayralarining vazifalari ularning oz hayotchanligini saqlab qolgan «hamkasblari» zimmasiga yuklanadi, ularning olchamlari kattalashgani hisobiga yoqotilgan vazifalarning orni toldiriladi. Malumotlarga kora, bosh miyadagi neyronlarning 90% ga yaqini nobud bolmagunicha, kasallik belgilari namoyon bolmay, inson soglom korinishini saqlab qolar ekan. YAni, bitta tirik asab hujayrasi toqqizta nobud bolgan hujayralarning ornini bosishi mumkin ekan. Ong bu – obektiv borliqni aks ettirishning yuksak faqat insonga xos bolgan shaklidir. Ong uzliksiz almashib turadigan aqliy va xissiy jarayondir. Binobarin xissiy xolatlar bazzi miyasi rivojlangan hayvonlarda ham kuzatish mumkin. Masalan: it, delfin, maymun va boshqalar. Inson hayvonlarni obektiv olamni anglashi nima bilan farq qiladi? Inson va hayvonlar psixikasining tuzilishi jihatdan bir xil bolishi mumkin lekin aynan psixik obrazlarni tashkillashtirish mexanizmi va ular bilan munosabatga kirishuvchi jarayon insonda shunday fenomen ya,ni ong borligini bildiradi. Hayvon va odam tafakkurining bir-biridan farq qilishi ular tili ortasidagi farqqa bogliqdir. Inson abstrakt tafakkurga, hayvon esa amaliy tafakkurga ega. Odam zaruriyatga mos ravishda ongli suratda ish korish qobiliyatiga ega. Qurol yasash va uni asrash qobiliyatiga egalik odam psixikasi bilan hayvon psixikasining bir- biridan ajratuvchi ikkinchi muhim farq hisoblanadi. Konkret vaziyatdan tashqarida hayvon hech vaqt qurolni boshqa narsalardan farqlab, qurol sifatida ajratmaydi va uni keyinchalik foydalanish uchun saqlab qoymaydi. Aniq vaziyatda qurol oz rolini otab bolgach, shu zahotiyoq, hayvon uchun qurollik sifatini yoqotadi. Odam ilgaridan oylab qoyilgan reja bilan qurol yasaydi, quroldan tegishli maqsadlarda foydalanadi hamda uni saqlab qoyadi. Ongsizlik (psixologiyada) — ong ishtirokisiz sodir boʻladigan ruhiy jarayon va holatlar. Ongsizlik koʻpincha, badan harakatida, xotirasida, xayolida namoyon boʻladi. Real mavjud, lekin sezilmaydigan qoʻzgʻatgichlar vujudga keltiradigan javob taʼsirotlarida, asli ongi paydo boʻlib, takrorlanishi natijasida avtomatlashib ketgan harakatlarda va boshqa holatlarda roʻy beradi. Mas odam oʻz oʻyxayollariga choʻmgan holda uyiga qaytadi va har holda yoʻldan adashmasdan keladi. Agar u biror xavfni sezib qolsa, bu xavfning sababi va qandayligini hali anglamasdan turib ham, himoya harakatini qiladi Bemor psixikasida vujudga keladigan alahlash, gallyusinatsiya kabi patologik hodisalar, uxlash, gipnoz vaqtida, lunatizm chogʻida yuz beradigan psixik faoliyat ham ongsizlik holatiga kiradi. Freyd ongsizlikni sof irratsionalistik tarzda talqin etadi. Uning fikricha, ong bilan ongsizlik oʻrtasida murosasiz qarama-qarshilik bor. Insonning butun xatti-harakati ana shu qarama-qarshilik bilan belgilanadi. Ongsizlikni odam anglashga va payqashga jurʼat etolmaydi, u insondagi azaliy mayllar maskanidir. EʼTIBORINGIZ UCHUN RAXMAT Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling