1-Topshiriq
Samolyot to’g’riga 600 km yurib, to’g’ri burchak ostida burilib yana 800 km masofani bosib o’tdi. Samolyotning ko’chish modulini toping (km)?
Odam ko’cha bo’ylab 240 m yurib o’nga burildi va yana 70 m yo’l yurdi. Odamning bosgan yo’li ko’chishidan necha foiz (%) ko’p?
Piyoda 4,2 km/soat tezlik bilan yo’lning harakat yo’nalishiga nisbatan 30 burchak ostida harakatlanib 1 min davomida yo’lni kesib o’tdi. Yo’lning eni necha metr?
Agar qayiq oqim bo’ylab 22 km/h va oqimga qarshi 18 km/h tezlik bilan harakatlanayotgan bo’lsa, oqim tezligini toping(km/h).
Qayiq daryo oqimiga perpendikulyar ravishda eni 800 m bo’lgan daryoni 4 m/s tezlik bilan kesib o’tmoqda . Agar oqim tezligi 1.5 m/s bo’lsa, daryo qayiqni qancha masofaga siljitib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |