Plagiat, Kopirayt, Rerayt va Repost
PLAGIAT, KOPIRAYT, RERAYT VA REPOST
Download 58.27 Kb.
|
Plagiat turlari
2.2PLAGIAT, KOPIRAYT, RERAYT VA REPOSTInternetning shiddatli rivoji yangi tushunchalar bilan birgalikda mualliflik huquqiga rioya etmaslik, biror shaxsga tegishli asar, g‘oya, materialni o‘zlashtirish holatlarini keltirib chiqardi. Zamon zayli bilan tilimizga kirib kelgan tushunchalar ichida plagiat, kopirayt, rerayt, repost so‘zlari so‘nggi vaqtlarda ko‘p ishlatilmoqda. Mazkur tushunchalar internet jurnalistikasida yangi yo‘nalishlarni ham keltirib chiqarishga omil bo‘ldi. Xo‘sh, plagiat bilan kopirayt va reraytning farqi nimada? Nusxa ko‘chirish ma’nosini anglatadigan kopirayt birovning asarini o‘g‘irlash emasmi? Qayta bosish, ya’ni repostga materialni qayta chop etgan odam asar muallifiga tegishli mualliflik huquqining bir qismiga daxl qilmaydimi? Mualliflik huquqi bevosita “plagiat” atamasi bilan bog‘liqligini ko‘rish mumkin. Ushbu atama XVII asrning boshlarida ilk bor Yevropada qo‘llanila boshlagan. Rim huquqida “plagium” (so‘zma-so‘z tarjima qilinganda o‘g‘irlash) erkin kishini qonunga zid ravishda qul sifatida sotishni anglatgan. Dastlab adabiy asarlarni o‘g‘irlash — “plagium litterarium” deb, “adabiy o‘g‘ri” esa — “plagiator” deb nomlangan. Hozirgi kunda qo‘llanilayotgan “plagiat” atamasi esa frantsuzcha “plagiat” — “taqlid” ma’nosini anglatadi. Plagiat o‘zganing asarini o‘zining nomidan nashr etishda, shuningdek, o‘zganing asaridagi muayyan qismlardan manbasini ko‘rsatmasdan foydalanishda namoyon bo‘ladi. Plagiatning majburiy belgisi – o‘zganing muallifligini o‘zlashtirib olish. “Plagiat” atamasini amaliyotda keng qo‘llanilayotgan “kontrafakt (soxta) nusxa” atamasidan ham farqlash zarur. Odatda “kontrafakt (soxta) nusxa” deganda intellektual mulk ob’ektiga nisbatan mutlaq huquq egasi (faqat muallif emas, balki ish beruvchi, asardan litsenziya asosida foydalanuvchi, patent egasi va shu kabilar)ning ruxsatini olmasdan undan tijorat maqsadlarida foydalanish tushunilsa, “plagiat” faqat o‘zganing muallifligini o‘zlashtirish, asarni o‘zining ijodiy mehnat mahsuli ekanini da’vo qilishda ifodalanadi. Ommaviy axborot vositalarida plagiatning aniqlanish xavfi badiiy adabiyotga qaraganda birmuncha yuqoriroq. Biroq yuqorida qayd etilganidek, internetning keng imkoniyatlari va ko‘p o‘rinlarda jurnalistik materialga baho berayotgan kishilarning “muallif”ga “xayrixohliklari” natijasida, plagiatga yo‘l qo‘yish holatlari yuzaga kelmoqda. Albatta, bu jarayonda plagiat uchun birinchi galda muallif, ya’ni jurnalist javobgardir. Asosiy aybdor va amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi lozim bo‘lgan shaxs — “adabiy o‘g‘ri”, “plagiat”, “soxta muallifdir”. Plagiatni baholashda boshqa tildan tarjima qilingan asarlarning qismlaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish ham talab etiladi. Bu holatda tarjima to‘g‘riligi, muallif fikrlarining noto‘g‘ri tarjima qilinmagani uchun asarni tarjima qilgan shaxsning o‘zi javobgarlikni zimmasiga oladi va bu haqda so‘zboshida qayd etadi. Bundan tashqari, plagiat hammualliflikka majbur qilishda ham ko‘zga tashlanishi mumkin. Ya’ni asar muallifini majburlab u bilan hammuallif sifatida asarni chop etish, soxta hammuallif sifatida o‘zini e’lon qilish ham plagiat hisoblanadi. “Kopirayting” tushunchasi ingliz tilidan “matnlarni yozish” deb tarjima qilinadi. Bu tushunchaga faoliyat hamda matn tipi ham kiradi. Kopirayting faoliyat sifatida o‘z ichiga biror-bir mavzu yuzasidan maqola yozishni bildirsa, matn tipi sifatida o‘ziga xos matnli materialni bildiradi (maqola, sharh, annotatsiya va hokazo). Kopirayter, bu mualliflarning noyob materiallarini ustidan qayta ishlaydigan yoki o‘zi ana shu noyob materiallarni OAV uchun yozadigan insondir. Bugungi kunda kopiraytingning bir necha turlari mavjud: OAV uchun kopirayting, maqolalar, buyurtma asosida material tayyorlash. Reklama kopiraytingi (axborot-reklama va «sotiluvchi» turlarga bo‘linadi). Axborot-reklama maqolalari saytlar kontentini to‘ldirish uchun yozilib, ular o‘quvchi uchun qiziqarlidir va yashirin reklamadan iborat bo‘ladi. Sotiluvchi matn tovarlar va xizmatlarning afzalliklarini ko‘klarga ko‘tarib maqtaydi. U nafaqat tijoriy taklif mazmunini ochib beradi, balki xarid qilishga ham undaydi. Matbuot-relizlari. Ma’lum bir auditoriyaga mo‘ljallangan OAVda yoritish uchun tayyorlangan axborot xatlari. Blog postlar. So‘zlashuv tilida yozilib, biror-bir masalani muhokama qilishga undaydi. SEO-kopirayting yoki robotlar uchun matnlar — internetda saytlarni ilgari surishning asosiy usuli. Bunday matnlarda kalit so‘zlar ketma ketlikda beriladi va qidiruv tizimlarida matnlarni topishni osonlashtiradi. Maqolalar do‘koni uchun kopirayting (turli mavzulardagi tayyor maqolalar). Albatta, har bir muallifning fikrini ifoda etish uslubi bor. Kopirayt matnlari uchun asosiy talablar quyidagilardan iborat: o‘ziga xoslik, orfografik va uslubiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik, aniq va kreativ g‘oya. Xo‘sh, har qanday auditoriya uchun qiziq bo‘lgan mavzuni qaerdan topish mumkin? Hayotiy tajribangiz – bevosita sizni va atrofdagilaringizni qiynayotgan muammolar jamiyat uchun qiziq va dolzarb. Masalaning yechimini ko‘rsatish, hech bo‘lmaganda yechimini topish uchun yo‘naltirish, muvaffaqiyatingiz kaliti. Kutubxona – bilimlaringizni kengaytirish va maqolangiz uchun mavzu topish uchun qulay joy. Intervyu yoki telefon so‘zlashuvi – doimo sizni qiziqtirgan mavzu yuzasidan axborot bera oladigan insonlarni topsa bo‘ladi. Internet ma’lumotlari – afsuski, tarmoqda ular ham ko‘p. Shuning uchun ham mavzuni aniqlagach, internetdan qo‘shimcha manba sifatida foydalanganingiz ma’qul. Kopiraytingning asoschilaridan biri Jon Keyplz bo‘lib, uning “Reklamaning sinalgan usullari” nomli kitobi ilk marotaba AQShda 1932 yilda chop etilgan edi. Unda bevosita reklama matnlarini yozish borasida so‘z yuritilib, kopirayt reklama va tashviqot materiallarini yozuvchi shaxs sifatida ta’riflanadi. Sohada yorqin iz qoldirgan yana bir shaxs, Jozef Shugerman XX asrning oxirlarida Amerikaning eng yetakchi kopirayterlaridan biri sifatida tan olingan. Uning “Reklama matnlarini yozish san’ati. Yetuk Amerika kopirayter ma’lumotnomasi” ko‘pgina mamlakatlarda bir necha marotaba qayta nashr etilgan. Kopiraytingdan farqli o‘laroq rerayting (ingl. rewriting) — mavjud matnlarni ulardan foydalanish uchun qayta ishlash demakdir. Kopirayting matnni boshidan yoza boshlasa, rerayting uni qayta ishlaydi. Matnlarni uslubiy jihatdan o‘zgartiradigan insonlarni rerayterlar deb atashadi. Rerayting mualliflik huquqini buzganlikda ayblamaslik uchun foydalaniladi. Ya’ni, maqoladan fakt va dalillar olinib, u qayta yoziladi. Rerayterlar matnni qayta ishlashda quyidagi usullardan foydalanadilar: so‘zlar o‘rniga ularning sinonimlarini ishlatish; to‘g‘ri gapni o‘zlashtirma gapga aylantirish; abzatslar joyini o‘zgartirish; tushuncha va so‘z birikmalarni to‘g‘ri kelganiga o‘zgartirish; matnni ma’no yuklamasiga ega bo‘lmagan iqtiboslar va so‘z birikmalarini o‘chirish orqali soddalashtirish va hokazo. Qayta ishlangan matn maqola originalidagi ma’noni o‘zida saqlab qolishi zarur. Internet jurnalistikasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib borayotgan yana bir tushuncha bu repostdir (inglizcha re – “asos, yana bir marta”, post – “xabar berish”) — bu bir resursda biror bir xabarni qayta chop etishdir. Repostning vazifasi e’lon qilingan xabarga yana bir marotaba e’tiborni tortishdan iborat. Repostlar asosan ijtimoiy tarmoqlarda keng qo‘llaniladi. Bu foydalanuvchilar tomonidan matn muallifining mualliflik huquqini saqlagan holda axborot ulashishning bir turidir. Ilgarilari aksariyat veb-sayt ma’murlari internetdan matn, surat, videoni o‘g‘irlab, o‘z saytlariga joylashtirishgan bo‘lsa, repost orqali uning muallifini va manbasini ko‘rsatgan holda axborotni chop etish mumkin. Xullas, ushbu atamalar har birining o‘z vazifasi va yuki bor. Mualliflik huquqi „asarlarning“ keng turdagi kreativ, intellektual, artistik shakllarida namoyon boʻlishi mumkin. Ushbular qatoriga she'rlar, tezislar, sahna asarlari va boshqa adabiyot asarlari, filmlar xoreografik asarlar (raqs, balet), musiqiy kompozitsiyalar, audioyozuvlari, rasmlar, chizmalar, skulpturalar, fotorasmlar, EHM dasturlari, radio va teleko'rsatuvlari, va baʼzi yurisdiksiyalarda sanoat dizayni kiradi. Dizayn yoki sanoat dizayni baʼzi yurisdiksiyalarda ularni tartibga soluvchi alohida qonunchilik yoki umumiy qonunchilikka ega boʻlishi mumkin. Mualliflik huquqi intellektual mulk huquqi tizimiga kiruvchi huquq sohasi hisoblanadi. Mualliflik huquqi faqat fikr yoki maʼlumotning „material(moddiy)“ ifodalangan shaklini qoplaydi. U mualliflik huquqi asarida mujassamlangan yoki unga asos boʻlgan haqiqiy fikr, g'oya, konsepsiya, faktlar, yo'nalish (stil') yoki qoida (tehnika)ni himoylamaydi va himoyalashga qaratilmagan ham. Masalan, Disneyning mashhur Chip va Deyl multfilmidagi obraz, deylik Chip mualliflik huquqi tomonidan himoya qilingan. Lekin, bu himoya aynan oʻsha multfilmdagi Chipning qiyofa, mimika, kiyinishiga nisbatan boʻlib, istagan boshqa bir insonning olmahon personaji asosida multqahramon yaratishdan cheklab qoʻymaydi. Baʼzi yurisdiksiyalarda mualliflik huquqi bilan himoya qilingan asarlarning izohli yoki satirik qilib qayta ishlanishiga ruxsat beriladi. Mualliflik huquqlari baʼzi mamlakatlarda Bern Konventsiyasi kabi xalqaro shartnomalar bilan standartlashtirilgan boʻlib, Evropa Ittifoqi hamda Jahon Savdo Tashkiloti kabi xalqaro tashkilotlar aʼzolaridan talab qilinadi. Hammualliflik - adabiyot, ilmfan yoki sanʼat asarlariga boʻlgan mualliflik huquqinnnt yoxud biror-bir kashfiyotga nisbatan mualliflik huquqining ikki yoki undan ortiq shaxsga baravar aloqadorligi. Mualliflik huquqidan foydalanish hammualliflarning oʻzaro kelishuviga binoan amalga oshiriladi. Mukofot berilishi ham shu kelishuv asosida yoki mavjud qonunchilik asosida koʻrib chiqiladi. Oʻrtadagi kelishmovchilik yoki nizoli munosabatlar sud orqali hal qilinadi. XULOSA Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi, Internet tarmog‘ining hayotimizga shiddat bilan kirib kelishi, elektron resurslarning kundan-kunga ko‘payib borishi bir tomondan, turli shakldagi va ko‘rinishdaga axborotlarga kirish, ega bo‘lishni osonlashtirgan bo‘lsada, ikkinchi tomondan, bir qator muammolarni ham yuzaga keltirdi. Ulardan biri bu «mualliflik huquqi» bilan bog‘liq muammolardir. Talabalarning ko‘pchiligi Internet tarmog‘idan samarali foydalanib, berilgan topshiriqlarni sifatli bajarishga harakat qiladilar. Ammo ayrim hollarda, «kurs ishi», «bitiruv malakaviy ishi» yozayotganda va hatto «magistrlik» ilmiy darajasini olish uchun harakat qilayotgan hamda dissertatsiya tayyorlayotgan talabgorlar orasidan ham «mualliflik huquqini» e’tibordan chetda qoldirayotganlar uchrab turadi. Bu holat, ayniqsa, «bitiruv malakaviy ishlar» yozayotgan talabalar orasida ko‘proq uchraydi. Demak, Internet tarmog‘iga joylashtirilgan elektron-resurslardan foydalanishda «mualliflik huquqi»ga rioya qilinishini ta’minlash bugungi kunda dolzarb muammolardan biriga aylangan. Talabalar tomonidan yozilgan «kurs ishi», «bitiruv malakaviy ishi», «magistrlik dissertatsiyasi», tadqiqotchilar tomonidan tayyorlargan dissertatsiyalar, ilmiy maqolalar va monografiyalar matnlarining necha foizi nodir va necha foizi boshqa manbalardan olinganligini aniqlash kadrlar tayyorlash sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘chirmachilikning oldini olish talabalarning mustaqil ishlarini sifatli bajarishlarini ta’minlaydi. Quyida Internet tarmog‘ida joylashtirilgan o‘xshash matnlarni qidirib topishga mo‘ljallangan ikki dastur imkoniyatlari to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarimizni bildirmoqchimiz.«Etxt Antiplagiat» dasturi Internet tarmog‘ida joylashtirilgan elektron resurslar orasidan originallikka tekshiriliyotgan matnga o‘xshash bo‘lgan matnlarni aniqlashga mo‘ljallangan. Dasturning ishlashini tekshirib ko‘rish uchun U. Karimov va O‘. Karimov tomonidan infoCOM.UZ jurnalidagi «Oliy ta’lim tizimida korporativ elektron kutubxonadan foydalanish» nomli maqolani Internet tarmog‘idagi elektron-resurslar orasidan qidirib ko‘raylik. Buning uchun maqola matnini «Etxt Antiplagiat» dasturining «tekst» maydoniga joylashtiramiz. Bozor Ilyos al-Aminning bayon etishicha, fan va ta'lim sohasida ham plagiatlikning cheki yo‘q. Ayniqsa, talabalarning diplom himoya qilishida bu holat ko‘p uchraydi va bu sifatga ta'sir qilmay qolmayapti. Ba'zi o‘zbekcha badiiy matnlarni xorij adabiyoti kitoblari bilan qiyoslasak, hozirgi o‘zbek adabiy jarayonida ham xuddi shunday «Martalarni Fotimalarga almashtirish» holatlariga duch kelishimiz ehtimoldan xoli emas. Bundan ko‘ra, o‘zlariga yoqqan xorijlik adibning asarini qoyilmaqom qilib o‘zbek tiliga o‘girishsa, ko‘proq savob bo‘lmasmidi?3 Foydalanilgan adabiyotlar Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. –T.: O‘zbekiston, 2017. Аристотель. Поэтика.- Т.: Адабиёт ва санъат, 1980 Артамонов С.Д. История зарубежной литературы XVII-XVIIIвеков.-М.,1988 Афлотун. Қонунлар.- Т.: Янги аср авлоди, 2002 Буало.Шеърий санъат (Жамол Камол таржимаси).- Т.,1978 Гораций. Сочинения.- М.,1970 Иномхўжаев С. Нотиқлик санъати асослари.- Т.: Ўқитувчи, 1988 Испанская эстетика. Ренессанс. Барокко. Просвещение.М.,1977 История эстетической мысли. Т.1.- М.,1985.- С.292 Лосев А.Ф. История античной эстетики. Софисты. Сократ. Платон.- М.,1969 Лосев А.Ф. Эстетика Возрождения.- М.,1982 Нефедов Н.Т. История зарубежной критики и литературоведения.- М.: Высшая школа, 1988 Об ораторском исскустве.- М.,1963 Ойбек. Мукаммал асарлар тыплами. 20 томлик. 15-том.- Т.: Адабиёт ва санъат, 1979 Писатели Англии о литературе.-М.,1981 Писатели Франции о литературе.-М.,1978 Платон. Сочинения в 3-х томах. Т.3.-М.,1971 Радциг С.М. История древнегреческой литературы.- М.: Высшая школа, 1977 Реизов Б.Г. Между классицизмом и романтизмом.-М.,1962 Спор о древних и новых.-М.,1985 Ҳомер. Илиада.- Т.: Адабиёт ва санъат, 1988 Штейн А. Литература испанского барокко.-М.,1983 Хрестоматия по зарубежной литературе. Эпоха Возрождения. М., 1959. Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний таҳлил.Т.Ўқитувчи,1995 Йўлдошев М. Бадиий матн ва унинг лингвопоэтик таҳлил асослари.-Т.,2007 Введение в литературоведение.-под.ред Г.Поспелова.-М.,1987. Винокур Г.О. О языке художественной литературы.-М.,1991 Бахтин М.М. Эстетика словесного творчества М.:Искусство,1986 Потебня А. Эстетика и поэтика.-М.,1976 Литературный энциклопедический словарь.-М.,1987 Shukurov N. va boshqalar. Adabiyotshunoslikka kirish, Т.: «O‘qituvchi», 1979. Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. Тошкент “Akademnashr” 2013. Izzat Sulton Adabiyot nazariyasi. Toshkent- “O`qituvchi”—2005. Umurov H. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – Toshkent Xalq merosi nashriyoti, 2004, 144-bet. Tosheʼv B., Mualliflik huquqi, T., 2002; Nasriyev I. Mualliflik huquqi mazmuni va shaxsiy nomulkiy xuqukdar himoyasi, T., 2003. Omon Oqyulov. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil . Плагиатни қидириш усулларини ишлаб чиқиш. Муаллиф: Абраров Ринат Динарович. Сарлавҳа: Махсус сон. Томонидан нашр этилган: "Ёш олим" да 12-сон (116) 5-7-бетлар. Июн-22016 Матннинг о'зига хослигини текшириш. [Электрон ресурс]. - Кириш тартиби: ҳттпс://www.этхт.ру/антиплагиат/ Антиплагиатни қандай алдаш керак. Антиплагиатни алдашнинг ишлаш усуллари. [Электрон ресурс]. - Кириш режими: ҳттп://студроом.ру/ ан Ulupov N. Tilshunoslik nazariyasi. O’quv qo’llanma –T.:Barkamol fayz media. 2016 M.Shayxzoda Tanlangan asarlar. VI tomlik III tom. – T.:G’afur G’ulom nomli adabiyot va san’at nashriyoti 1972. Sayfullayeva R., Mengliyev B., Boqiyeva G.,Qurbonova M., va boshqalar Hozirgi o’zbek adabiy tili. – T.: 2009 www.Arboblar.uz www.kh.davron.uz www.ziyo.uz.com 1 https://uzhurriyat.uz/2016/08/03/plagiat-kopirayt-rerayt-va-repost/ 2 https://uzhurriyat.uz/2019/06/19/plagiat-ko-chirmachilik-va-oqibat/ 3 https://gigafox.ru/uz/eko/proverka-stati-na-plagiat-antiplagiat-besplatno-bez-registracii-i/ Download 58.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling