Plastmassa va ularning turlari. Rezinalar. To‘ldirgichlar va plastifikatorlar


Plastmassa mahsulotlarining turlari


Download 50 Kb.
bet3/4
Sana10.02.2023
Hajmi50 Kb.
#1185750
1   2   3   4
Bog'liq
AMALIY-1

Plastmassa mahsulotlarining turlari.
Plastmassadan turli xo‘jalik, attorlik va madaniy tovarlar ishlab chiqariladi. Xo‘jalik tovarlari ishlatilishi bo‘yicha idishlar ko‘zalar, non idishi, pat-
nislar, tuzdon, elektr sovitkich idishlari, vannaxona va hojatxona buyumlari, bog‘ va poliz anjomlari hamda uy jihozlariga (gultuvaklar, suyanchiqsiz kursilar, parda dorlari) bo‘linadi.
Plastmassadan attorlik buyumlari: taroqlar, tugmalar, turli bezaklar va pardoz-andoz buyumlari, turli o‘yinchoqlar, gullar, devonxona hamda fo- tografiya buyumlari kabi madaniy tovarlar ham ishlab chiqariladi. Mahsu- lotlar ishlab chiqarishda ularni bezararligi va yong‘in xavfsizligiga e’tibor beriladi. Fenoplastlardan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarish taqiqlanadi. Ulardan ajralib chiqadigan fenol va formaldegid in- sonning asab tizimiga salbiy ta’sir qiladi. Ammo plastmassalardan faqat sovuq holatda iste’mol qilinadigan oziq-ovqat uchun ishlatiladigan idishlar ishlab chiqarishga ruxsat berilgan. poliamidlardan issiqlikda ajralib chiqa- digan kaprolaktan tomir nevrozi kasalligiga yo‘liqtirishi va jigar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. polistirol o‘zidan issiq holatda asab tomir- lariga zarar yetkazadigan stirol ajratib chiqaradi. oziq-ovqat buyumlari uchun ishlatiladigan plastmassalarning sertifikati bo‘lishi kerak.
Rezinalar. hozirgi zamon texnikasida yuqori elastiklikka ega bo‘lgan materiallar juda katta ahamiyatga ega. bunday materiallardan zarbli kuch ta’sirini yumshatadigan vositalar (amortizatorlar) hamda tebranishni pasaytiruvchi yoki yutuvchi asbob va qurilma (dempfer)lar yasaladi. Bundan tashqari, ulardan jipslovchi vositalar tayyorlashda, uskunalarni tashqi muhit ta’siridan saqlashda ham foydalaniladi. yuqori elastik mate- riallarga tabiiy va sintetik polimerlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bun- day materiallar, odatda, juda katta qaytar deformatsiyaga ega bo‘ladi.
kauchuklar muhim tabiiy yuqori elastik xususiyatga ega bo‘lgan materiallarga kiradi. Hozirgi vaqtda juda ko‘p xilma-xil sun’iy kauchuklar ishlab chiqarilmoqda. bunday materiallar rezina ishlab chiqarishning asosini tashkil qiladi.
hozirgi zamon mashinasozligida rezinadan tayyorlangan vositalar juda keng qo‘llaniladi. Bulardan eng muhimi avtomobil shinalari, har xil jipslovchi vositalar, amortizatorlar, harakat o‘tkazuvchi vositalar, shlanglar va hokazolar.
rezinalardan uskuna va qurilmalarni tashqi muhitdan muhofaza qi- lishda, elektr simlarining sirtini qoplash (kabellar tayyorlash)da foydala- niladi.
Kauchuk vulkanizatsiyalanib, rezina mahsulotlari olinadi. Kauchuklar- ga turli qo‘shimchalarni qo‘shish bilan yorug‘lik va radiatsiya nuriga chidamli arzon rezinasimon mahsulotlar olinadi. bu yo‘l bilan maxsus sharoitlarga chidamli rezinalarni ham olish mumkin. keyingi vaqtda sintetik kauchuk ishlab chiqarish juda keng rivojlangan.

Download 50 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling