Plastmassalar
Download 231.23 Kb. Pdf ko'rish
|
Plastik massalar kimyosi
Polimerlar kimyosi «Polimerlar kimyosi» kafedrasi 1979 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, kimyo fanlari doktori, professor U.N. Musaev tomonidan tashkil qilingan. U.N. Musaev kafeddraga 2007 yilgacha rahbarlik qilgan. Xozirgi vaqtda kafedraga kimyo fanlari doktori M.G. Muxamediev rahbarlik qilmoqda. Xozirda kafedrada 3 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodi, stajer-tadqiqotchi-izlanuvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchi va ilmiy xodimlar foliyat ko‘rsatmoqdalar. Kafedrada “Funksional polimerlar kimyosi” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Labaratoriyadagi ilmiy ishlar O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Maxkamasi qoshidagi fan va texnologiyalar rivojlanishini koordinatsiyalovchi qo‘mita tomonidan mablag‘ bilan ta’minlangan mavzular bo‘yicha olib boriladi. Bu ishlar yuqori molekulali birikmalar kimyosining dolzarb yo‘nalishlaridan bo‘lib, funksional polimerlar kimyosi bo‘yicha fundamental va ilmiy- texnikaviy muammolarni qamrab olgan. Alohida kompleks xossalarga ega bo‘lgan polimerlar yaratilgan bo‘lib, ular tibbiyotda, biologiyada, veterinariyada hamda xalq ho‘jaligining turli sohalarida qo‘llanishga qaratilgan. Dunyo amaliyotida ilk bor alkoloidlar va boshqa fizologik faol moddalardan suvda eruvchan va gidrofil stimulsezgir xususiyatli polimerlar yaratilgan. Olib borilgan ilmiy ishlarning rivojlanishi natijasida polimerlar kimyosining yangi sohasi bo‘lgan – tibbiy-biologik polimerlar kimyosining yaratilishiga sezilarli xissa qo‘shildi. Bu ishlar O‘zbekistonda tibbiy-biologik hamda funksional polimerlar ilmiy maktabi yaratilishiga asos bo‘ldi. Kafedra O‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun keng profildagi “Kimyo” ixtisosligi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Bakalavriat yo‘nalishi bazasida kafedrada “YUqori molekulyar birikmalar” mutaxassisligi bo‘yicha magistrlik yo‘nalishi ochilgan. Kafedra 6 fan doktori, 40 dan ortiq fan nomzodi va ko‘plab yuqori malakali yosh mutaxassislar etishib chiqardi. Kafedra xodimlari tomonidan 10 dan ortiq o‘quv-metodik qo‘llanmalar, “Polimerlar kimyosidan praktikum”, “Fizikaviy va kolloid kimyo”, “Kimyoviy texnologiya” kabi bir qator darsliklar yozilgan. Download 231.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling