Platformasining innovatsion faoliyatining rivojlanishi
Download 49.1 Kb.
|
komilov Abdumajid kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi.
INNOVATSION TASHKILOTNING PATENT LITSENZIYA MOHIYATI REJA. KIRISH. INNOVATSIYALARNI PATENT VA LITSENZIYALASH MOHIYATI INTELEKTUAL MULKNI HIMOYALASH. PATENT OLISH TARTIBI “BINANCE” PLATFORMASINING INNOVATSION FAOLIYATINING RIVOJLANISHI “BINANCE” PLATFORMASINING PATEN LITSENZIYA TIZIMI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH Mavzuning dolzarbligi. XXI asrda innovatsion loyihalar va yangi gʻoyalarning hayotga keng tatbiq etilishi jamiyat va insoniyat taraqqiyoti uchun samarali hisoblanadi. Texnologiya taraqqiyoti asrida ilmiy loyihalarni ishlab chiqarish va hayotga joriy etish, mamlakat iqtisodiyotining yuksalishida va yangilanishida muhim omil sanaladi. Innovatsion faoliyat infratuzilmasining rivojlanish darajasi innovatsion siyosatni amalga oshirishga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biridir. “Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya boʻlmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish boʻlmaydi. Bu sohadagi oʻzgarishlarni xalqimizga keng targʻib qilmasak, odamlarda koʻnikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam boʻlolmaymiz. Shuning uchun ushbu faoliyatni zamon talablari darajasida rivojlantirish yangi vazirlik, qolaversa, ushbu markazning asosiy vazifasi boʻlishi kerak” deydi Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev.1 Innovatsion faoliyat amaliyotida tashkiliy shakllar asosan oʻzini oqladi. Ammo ishlab chiqarishning oʻzgargan sharoitlari, ijtimoiy ehtiyojlarning murakkablashishi va innovatsiyalarning raqobatbardoshligini oshirish zarurati innovatsiyalarning yangi shakllarini izlashni talab qiladi. Ushbu mavzu oʻrganish uchun dolzarbdir, chunki barqarorlashtirish va iqtisodiy oʻsishga oʻtishni ta'minlashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar sharoitida yangi innovatsiyalarni yaratish intelektual mulk shaklini himoyalash yangi mahsulotlarni yaratish va ularni patentlash muhimdir . Iqtisodiyotda innovatsion muhitni shakllantirish va ilmiy texnik axborotlar milliy xizmatini, patentlash va litsenziyalash, standartlashtirish, sertifikatlash, statistika, xorijiy tajribani oʻrganuvchi tahliliy markazlar, ilmiy-texnik rivojlanish, prognozlashtiruvchi kadrlarni tayyorlash kabilarni oʻz ichiga oluvchi tadqiqotlar va ishlanmalar ta’minoti infratuzilmasi hamda ular asosida qaror qabul qiluvchi shaxslarni ustuvor ilmiy, milliy tizimlar bilan ta’minlashdan iborat. Innovatsion jarayon innovatsion o’zgarishlarni tayyorlash va amalga oshirishdan iborat bo’ladi va yagona, majmuaviy butunlikni tashkil qiluvchi o’zaro bog’langan bosqichlardan vujudga keladi. Bu jarayon natijasida amalga oshirilgan, foydalanilgan o’zgarish - innovatsiya paydo bo’ladi. Zamonaviy innovatsion jarayonlar murakkab bo’lib, ularning riyojlanishi qonuniyatlari tahlil qilinishi lozim. Buning uchun yangilik kiritish har xil tashkiliy – iqtisodiy jihatlari bilan shug’ullanuvchi mutaxassislar innovatsion menejerlar talab etiladi.Chunki bozor iqtisodiyoti rahbarlar va mutaxassislarga jiddiy talablar qo’yadi. Bu talablar tashkilotlarni riyojlantirishning samarali strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish zaruruyati bilan bog’liq bo’lib, bunday muammolarni faqatgina boshqaruv munosabatlarini tushunuvchi mutaxassislargina hal qilishadi Download 49.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling