Platina metallari


Download 71.8 Kb.
Pdf ko'rish
Sana05.02.2023
Hajmi71.8 Kb.
#1167443
Bog'liq
Platina metallari - Vikipediya



Platina metallari
Platina metallari, platinoidlar —
Mendeleyev davriy sistemasining VIII
guruhiga mansub 6 ta kimyoviy elementdan
iborat oila. Platina metallariga ruteniy Ru
(tartib raqami 44), rodiy Rh (45), palladiy
Pd(46) — ye n gil Platina metallari, osmiy
Os (76), iridiy 1g(77), platina Pt(78) — ogʻir
Platina metallari kiradi. Kimyoviy turgʻunligi,
suyuqlanish temperaturasining yuqoriligi va
tashqi koʻrinishining koʻrkamligi sababli
Platina metallari oltin va kumush bilan bir
qatorda no-dir metallar deb ataladi. Yer


poʻstida massa jihatidan platina 5-10^7%,
osmiy 5-10~6%, iridiy 1-10~7%, ruteniy 5-
10~7%, rodiy 1-10~7% va palladiy 1-
10~6%ni tashkil qiladi. 100 dan ortiq
Platina metallari minerallari maʼlum. Ular 2
xil: tugʻma palladiy va platina hamda turli
qotishmalar. Platina metallarining
ikkilamchi manbalariga togʻ-boyitish
korxonalarining chiqindilari, ishlatilgan
katalizatorlar va boshqa kiradi. Palladiy,
ruteniy va rodiyning baʼzi izotoplari uran va
plutoniyning parchalanish mahsulotlari
tarkibida yadro re-aktorlarida yigiladi.
Platina metallari — kumush-dek oq yoki
kumushsimon, qiyin suyuqlanadigan, qiyin
uchuvchan elementlar. Mexanik
xossalariga koʻra, ular bir-biridan sezilarli
farqlanadi: platina — yumshoq, plastik, uni


ingichka sim qilib choʻzish, zar kabi yoyish
mumkin; palladiy ham plastik, osmiy va
ruteniy — moʻrt, iridiy — qattiq va
mustaxkam. Palladiyning oksidlanish
darajasi +2, platinaniki +2, +4 va +6,
iridiyniki +2 va +3, osmiyniki +4, +6 va +8,
rodiyniki +3, rute-niyniki +3, +4 va +8.
Palladiy (800 hajmgacha) va platina
(nisbatan kamroq) koʻp miqdorda vodorod
molekulasini yutish va uni kimyoviy reak-
siyalar jarayonida atom holida ajra-tib
chiqarish xususiyatiga ega. Shu sababli
ular organik sintezlarda katalizator sifatida
ishlatiladi. Platina metallari va ularning
qotishmalari gidrogenlash, degidrogenlash
va oksidlash jarayonlarida katalizator,
krtishmalarda legirlovchi qoʻshimcha
sifatida, yuqori temperaturalarda


qoʻllanadigan termo-paralar, qarshilik
termometrlari, elektr pechlar qismlari,
kimyoviy barqaror idishlar, elektrodlar,
tibbiyot asboblari, krplamalar, zargarlik
buyumlari va boshqa tayyorlashda
ishlatiladi.
[1]
1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq. 
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Manbalar


Ko‘proq o‘rganish
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (htt
ps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=Pla
tina_metallari&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index.
php?


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 17:05 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Platina_metallari&oldid=2853
537" dan olindi 

Download 71.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling