Platoning notiqlik san’ati haqidagi qarashlarni o’rganish reja
Download 94.01 Kb.
|
PLATONING NOTIQLIK SAN’ATI HAQIDAGI QARASHLARNI O’RGANISH
PLATONING NOTIQLIK SAN’ATI HAQIDAGI QARASHLARNI O’RGANISH Reja: 1. Mark fabi Kvintillyan va platonning notiqlikka doir qarashlari 2. Adabiy norma va xalq shevalari o’rtasidagi bog’liqlik 3. Alisher Navoiy va Ibn Sinolarni nutq va notiqlikka doir qarashlari 4. xulosa Ifodali o`qish, ayniqsa asarning g`oyaviy mazmunini chuqur tushunishda, badiiy xususiyatlarini ochishda katta ahamiyatga ega. Barcha janrdagi asarlar bir xilda o`qilmaganidek, barcha ham ifodali o`qiy olish qobiliyatiga ega emas. Ayniqsa, oliy o`quv yurtlarining ko`pchilik talabalari uzoq vaqt o`zlari mansub bo`lgan sheva ta'sirida bo`ladilar. Sheva ta'sirida "ifodali" o`qilgan asar mazmuniga esa putur yetadi, uning badiiy-estetik ta'sirchanligi susayadi. Shuning uchun, filolog talabalarni shevalar ta'siridan qutqarish, ularni ifodali o`qishga o`rgatish tarbiyaviy jihatdan muhim ahamiyatga ega, asar mazmunini puxta o`zlashtirishda, uning badiiy mohiyatini ochishda yaqindan yordam beradi. ... Badiiy adabiyot paydo bo`lishi bilan uning ifodali o`qishi, og`zaki ijrochilik taraqqiyoti ham ziddiyatlidir. Jumladan, adabiyot va san'at hali muayyan ma'noda sinkretik xarakterga ega bo`lgan qadimgi davrda badiiy va ifodali o`qish san'ati ham sinkretik xarakter kasb etgan. Chunonchi, bu davrda badiiy adabiyot yaratuvchilari ayni chog`da uning ijrochilari sifatida ko`proq e'tiborga ega bo`lgan. Jumladan, "Avesto"ning yaratuvchilari, bora-bora uning professional ijrochilariga aylanib qolgan kohinlar toifasi xalq orasida adiblar sifatidagina emas, balki jonli so`z sehri bilan mo`jizalar ko`rsatuvchi mutaxassislar sifatida ham katta e'tibor qozonganlar. Tarixiy taraqqiyot davomida adabiyot bilan birga ijrochilik san'ati ham rivoj topa bordi. Masalan, O`rta Osiyoda shoirlar bilan bir qatorda, ularning asarlarini majlis-anjumnalarda, keng mehnatkash xalq orasida ijro etuvchi san'atkorlar - roviylar toifasi paydo bo`ladi. Roviylik va roviylar haqida tarixiy manbalarda qimmatli ma'lumotlar uchraydi. Jumladan, Nizom Aruz Samarqandiy ma'lumotiga qaraganda, Firdavsiy "Shohnoma"ni ijod etgach, Ali Daylam unga xattotlik, Abudulaf roviylik qildi. Abu Abdullo Rudakiyning roviysi bo`lgan Majid ismli tarixiy shaxs haqidagi ma'lumotlar ham qiziqarlidir. Mashhur sharqshunos A.T.Tohirjonov Rudakiy asarlarining Majid ismli professional ijrochisi bo`lganligini e'tirof etadi va uni chtetsravi deb ataydi. Yirik tojik yozuvchisi, Tojikiston Fanlar akademiyasining muxbir a'zosi Sotim Ulug`zodaning ma'lumotlariga ko`ra "roviylar"- badiiy o`qish ustalari bo`lib, xaloyiq o`rtasida Rudakiy, Daqiqiy, Shahid Balxiy, Abdushukur Balxiy va boshqa o`nlab o`zlariga zamondosh va o`tmish shoirlari she'rlarini maxsus ohang bilan o`qirdilar. Xususan, Rudakiyning yoqimli she'ru qo`shilari ularning og`zidan tushmasdi. Ulkan sharqshunos Ye.E.Bertels ham o`rta asrlarda roviylar toifasi mavjudligini e'tirof etadi. Ko`rinadiki, qadimgi badiiy so`z ijrochiligining butun bir yo`nalishi, o`ziga xos maktabni tashkil etuvchi roviylar toifasi katta shon-shuhrat va ijtimoiy mavqega ega bo`lgan. Biroq, jamiyat taraqqiy qilishi bilan roviylik tarmoqlanib, XV asrlarga kelganda, mustaqil badiiy ijrochilik ko`rinishlari va ularga mansub ijrochilar toifasi voyaga yeta boshladi. Jumladan, Alisher Navoiy XV asrlarga kelib badiiy so`z ijrochiligi san'atining voizlik (notiqlik), qissaxonlik, badihago`ylik, bazlago`ylik (latifago`ylik), dostonxonlik, qasidaxonlik, g`azalxonlik san'ati shakllanib yetilganligi haqida mufassal ma'lumot beradi. O`zbek badiiy so`z ijrochiligi san'atiga xos bo`lgan bedilxonlik, navoiyxonlik, fuzuliyxonlik, mashrabxonlik bilan birga, qissago`ylik, hikoyago`ylik, latifago`ylik, navhagarlik, ertakchilik, kulguli hikoyago`ylikning taraqqiyoti bu san'atning juda qadimiy va boy tarixga, ma'lum an'anaga ega ekanligini anglatadi. O`rta Osiyo xalqlari pedagogikasi tarixida ifodali o`qish san'atiga bo`lgan e'tibor alohida mavqe kasb etadi. Notiqlik san'atining tarixi juda uzoq bo`lib, u eramizdan avvalgi V asr boshlarida Yunonistonda shakllana boshladi. Yunonistonda aristokratiya, demokratiya tuzumining o`rnatilishi natijasida davlat ishlarida, xalq majlislarida, senat kengashlarida, sud ishlarida va yig`ilishlarda respublikaning har bir ozod kishisi erkin nutq so`zlash huquqiga ega bo`lgan. Davlat ishlarini boshqarishda qatnashishni hohlagan har bir kishi uchun chiroyli so`zlash san'atini egallash majburiy bir ehtiyojga aylana borgan. Sud ishlarida o`rnatilgan tartib notiqlik san'atining yuksalishiga katta bir turtki bo`ldi. Sud jarayonida javobgar o`ziga qo`yilayotgan aybning asossizligini isbotlab gapirishi, da'vogar esa o`z fikrida qattiq turishi, uni qoralashi lozim edi. Lekin hamma ham chiroyli so`zlash qobiliyatiga ega bo`lavermaydi. Shuning natijasida, nutq matnlarini yozib beradigan bilimdon kishilarga ehtiyoj tug`ila boshladi va yozma nutq san'atini yaxshi egallagan notiqlarni o`sha zamon tili bilan "logograflar" deb atay boshladilar. Notiqlik san'atining keng ko`lamda qanot yoyishi esa, o`z navbatida uning sud notiqligi, harbiy notiqlik va siyosiy notiqlik kabi shoxobchalarining paydo bo`lishiga olib keldi. Sudda gapiriladigan chiroyli nutq o`rnini, endilikda aniq qonuniyatga ega bo`lgan sud notiqligi egalladi. Oradan bir oz vaqt o`tgach, notiqlikning yana bir turi - epideyktik, ya'ni tantanali nutq uslubi paydo bo`ldi. Bulardan tashqari, notiqlik san'atining rivoji adabiy tilning shakllanishiga, notiqlik san'atining nazariyasidan iborat bo`lgan "Ritorika" ilmining vujudga kelishiga sabab bo`ldi. Rimdagi barcha shoirlar va notiqlar shu maktabdan, ya'ni ritorika maktabidan ta'lim olganlar. Notiqlar tomonidan yaratilgan nutq matnlari nasriy va poetik ijod mazmunasi hisoblangan. Bunday ijodkor notiqlarning nomi o`z mamlakati doirasidan chiqib, jahonga ma'lum va mashhur bo`lgan. Aristotel, Demosfen va Sitseronlar shular jumlasidandir. O`rta Osiyoda Arastu nomi bilan mashhur bo`lgan Aristotel eramizdan avval, 384 yili Stagir (Makedoniya yarim orolidagi Xalkidik)da shifokor oilasida dunyoga keladi. Uning otasi Nikomax Aleksandr Makedonskiyning nabirasi podsho Aminti II saroyida shifokorlik qildi. Aristotel 17 yoshida Afinaga keladi va bu yerda o`z zamonasining mashhur olimlaridan bo`lgan Platonga shogird bo`ladi. 342 yili Makedoniya podshosi Filipp o`zining Aleksandr nomli 13 yoshli o`g`lining tarbiyasi uchun Aristotelni Mitilendan chaqirib oladi. Bu yerda u falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona tashkil qiladi. Shu davrda Gretsyada chiroyli so`zlashga qiziqish kuchayib ketgan edi. Buning natijasida qator notiqlik maktablari ochiladi. Bu maktablarda so`z san'ati ustalari - shogirdlar yetishtirib chiqarilar edi. Keyinchalik chiroyli so`zlash haqida qo`llanmalar maydonga keldi. Shunday asarlardan biri Aristotelning "Ritorika" nomli kitobidir. Buyuk olim uni mashhur "Poetika" nomli asaridan so`ng, ya'ni eramizdan oldingi 330 yillarda Afinaga so`nggi marta qaytib kelganda yozgan edi. Ma'lumki, ungacha Anaksimen, Lampsak ham "Ritorika" nomli qo`llanma yaratgan edi. Bu ikki asar bir-biriga tamoman o`xshamaydi. Ularning birinchisi qo`llanma bo`lsa, ikkinchisi chiroyli so`zlash nazariyasi bo`yicha ilmiy mulohazalardan iborat. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikrini ifoda etishga qaratilishi, ravon va tinglovchi tushunadigan darajada sodda bo`lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so`zlashi mulohaza yuritayotgan fikrining tinglovchi qalbiga tez yetishiga muhim omil bo`lishini alohida uqtiradi. Bundan tashqari, Aristotel notiqning auditoriyani o`ziga jalb etishi uchun hazil-mutoiba so`zlar bilan lirik chekinish qilib tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko`rgazmali qurollardan foydalansa, har xil epitet, chog`ishtirish va metaforalarni qo`llasa, nutqining ta'sirchanligi yanada oshishini, ammo keltirilgan misollar ko`payib ketib, tinglovchini zeriktirib qo`ymasligi kerakligini ham ta'kidlaydi. Aristotel notiqlik san'atini egallashni5 qismga bo`lib o`rgatadi: 1. Materialni kashf etish (har tomonlama tayyorlash). 2. Materialni joylashtirish shakli (rejasi). 3. Materialni eslab qolish (o`zlashtirish). 4. Materialni so`z yordamida to`g`ri aks ettirish. 5. Materialni to`g`ri talaffuz etish. Aristotel fikrlari hozirgi kunda ham o`z qimmatini yo`qotgani yo`q. Umrini ona-Vatanining gullab-yashnashiga bag`ishlagan davlat arbobi, mashhur notiq Demosfen eramizdan oldingi 384 yili Afinada o`ziga to`q oilada dunyoga keldi. Uning otasining ismi ham Demosfen bo`lib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi edi. Demosfen notiqlik bilan shug`ullanishdan avval o`z ustozi yo`lidan borib, boshqalarga sudda so`zlanadigan nutqning matnini yozib berar va bu ishlari uchun yaxshigina haq olar edi. Bora-bora nutqiy matnlar yozish Demosfenni qoniqtirmaydi. U otashin vatanparvar sifatida ijtimoiy faoliyatini vatanining ravnaqi uchun sarflashni orzu qiladi. Yosh notiqning xalq oldidagi birinchi nutqi ayanchli holda: to`polon, kulgi, qiyqiriq, hushtak chalib masxaralash bilan qarshi olinadi. U o`z nutqini tugatolmay minbardan tushishga majbur bo`ladi. Demosfen nutqining bunday ayanchli tugashi tabiiy edi, chunki uning tovushi juda past bo`lib, bir oz duduqlanar, "r" harfini talaffuz etolmas, g`uldirab, mujmal gapirar edi. Bulardan tashqari, uning elkasini qimirlatib turadigan odati ham bo`lib, ko`pchilik orasida o`zini tog`ri tuta bilmas edi. Xalq majlislaridan birida Demosfen o`zini ikkinchi bor sinab ko`radi. Lekin bu safar ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shundan so`ng Demosfen o`z nutqidagi kamchiliklarni boshqa takrorlamaslik uchun astoydil bosh qotiradi. Har kuni bir necha soatlab noto`g`ri talaffuz etayotgan so`zlari ustida qayta-qayta mashq qiladi. Hatto og`ziga tosh solib olib, qattiq va ravon gapirishga harakat qiladi. "r" tovushini to`g`ri talaffuz etish uchun esa kuchuk bolasining irillashini kuzatadi va o`zi ham xuddi shu tovushni qaytaradi. Nihoyat uzoq muddatli tinimsiz mashqlardan so`ng Demosfer o`z maqsadiga erishadi: mashhur notiq bo`lib etishadi. Ammo, shunga qaramay, u hech qachon tayyorgarliksiz nutq so`zlamas, oldindan yozib qo`yilgan matnni yodlab olar, har bir so`z ustida puxta o`ylar, jumlalarni aniq va chiroyli tuzishga harakat qilar edi. Ulug` notiqning nutqi shu qadar sodda, ravon, mantiqan puxta va jozibali bo`ldiki, bu faqat mashaqqatli mehnat samarasi edi. Mark Tulliy Sitseron eramizdan oldingi 103 yilda Rimdan uzoq bo`lmagan Arpina shahrida badavlat oilada dunyoga keladi. Uning bolalik yillari Arpina shahridagi otasiga qarashli yerlarda o`tadi. Otasi o`z farzandiga yaxshi ta'lim-tarbiya berish maqsadida Rimga ko`chib o`tadi. Sitseron u yerda yunon tili va adabiyotini mukammal egallagach, Yunonistonning mashhur so`z ustalari Litsiniy Krass va Mark Antoniy kabi notiqlardan so`z san'atining nozik sir-asrorlarini o`rganadi, ularning ajoyib nutqlarini tinglaydi. Bo`lajak notiq, ayni vaqtda, falsafa bilan ham shug`ullanadi. Lekin uni ko`proq notiqlik san'ati qiziqtiradi. Sitseron notiqlarning turli mimika va harakatlari bilan so`zlashayotganini ko`rib, notiq bo`lish uchun aktyorlikdan ham xabardor bo`lish kerak ekan, degan xulosaga keladi. Shuning uchun Ezop va Rossiy kabi o`z davrining mashhur aktyorlaridan saboq oladi. Sitseron uzoq tayyorgarlikdan so`ng, 25 yoshida birinchi marotaba xalq oldida nutq so`zlashga jur'at etadi. U avval grajdanlik, so`ngra jinoiy ish jarayoni bo`yicha gapiradi. Biroq, uning bu nutqida davlat boshliqlaridan Sull hamda Kott ismli mashhur notiqlar qarshi chiqadi. Shundan keyin, u ritorika va falsafa fanlaridan mukammalroq nazariy bilim olish maqsadida zamonasining buyuk notiqlaridan hisoblangan Antio Askalonskiydan ta'lim oladi, mashhur so`z ustalaridan o`rganish niyatida Kichik osiyoning bir qancha shaharlarini kezib chiqadi. U ancha vaqtgacha nutq so`zlashda yangi usullar qidiradi. Nihoyat Osiyo hamda Attika usullari omixtasidan iborat bo`lgan yangi bir uslub kashf etadi. Sitseron o`z - zamonasining ko`pchilik so`z ustalari singari, o`z faoliyatining ilk davrlaridayoq nutqida uslubning chiroyliligi, iboralarning jonliligi, jumlalarning nafis bo`lishiga katta e'tibor beradi. Sitseronning fikricha, notiq shunchaki, sud ishlarining barcha qonun-qoidalarini yaxshi biladigan qonunparast emas, balki davlat ishlarini chuqur tushunadigan xalq qayg`usiga hamdardlik qila oladigan davlat arbobi bo`lmog`i kerak. Shuning uchun notiqlik san'atiga qiziqqan har bir kishi faqat ritorika ilmiga oid ibtidoiy bilimlar bilan cheklanmasdan va o`zining tabiiy iste'dodiga ishonib qolmasdan, doimo turli fanlarni o`qib-o`rganmog`i, ilm va madaniyatning yuqori cho`qqilariga intilmog`i darkor. Bundan tashqari, "Notiqlar haqida" asarining muallifi notiqlarning odamlar diliga qo`rquv, g`azab va qayg`u sola bilishi va aksincha, bu xildagi hayajonli holatlardan kishilarni xalos qilib, ularning ruhida xotirjamlik, mehr-shafqat hislarini uyg`ota olishi kerak, degan fikrni ilgari suradi. Uning fikricha, agar notiq odamlarning turli-tuman xarakterlarini sezmasa, inson tabiatiga xos umumiy xususiyatlarni bilmasa va har bir kishini goh bezovta qiladigan, goh tinchlantiradigan sabablarni tushunmasa hech qachon o`zining maqsadiga erisha olmaydi. Sitseron "Brut" (47 yil), "Notiq" (56 yil) nomli boshqa asarlarida Rim notiqlik san'ati tarixi haqida batafsil fikr yuritib, attikachilarning nazariyalariga tamomila qarshi mulohazalar bilan maydonga chiadi. Uning ta'kidlashicha, har qanday notiqning ko`zda tutgan asosiy maqsadi - tinglovchining zavqini uyg`otib, o`ziga moyil qilishdan iboratdir. Notiq sharoitga qarab, mavjud uslublarning hammasidan baravar foydalanishi zarur. Demosfen (Demosthenes) (mil. av. 384—322) — yunon notig’i, siyosiy arbobi. Afinadagi demokratik kayfiyatdagi guruhning yo’boshchisi. Notiklik san’atidan dars bergan, sud mahkamalarida, yig’ilishlarda nutq so’zlagan (61 nutqi, 56 ma’ruzasi saqlanib qolgan). Butun umri davomida Afinaning mustaqilligi va Yunoniston polislarining Makedoniyaga qarshi birlashishi uchun kurashgan. Makedoniya podshosi Filippga qarshi qaratilgan bir qancha nutq so’zlagan (bu nutklar "filippik" nomi b-n mashhur). Hayotining so’nggida, dushmanlari ta’qibiga uch-rab, Afinadan qochgan va zahar ichib o’lgan.[1] Tarjimai holi Umrini ona-vatanining gullab-yashnashiga bag’ishlagan davlat arbobi, mashhur notiq Demosfen eramizdan avvalgi 384-yilda Afinada o’ziga to’q oilada dunyoga keldi. Otasining ismi ham Demosfen bo’lib, qurol-yaroq ustaxonasining egasi edi. Bo'lajak notiq 5 yoshga to'lganida otasidan ajraldi. Demosfen bilan singlisiga otasidan katta meros qoldi. Bolalarning tarbiyasi bilan ularning tog’asi shug’ullandi. Biroq tog’asi hamma boyliklarni qo’lga kiritgach, bolalarning tarbiyasi bilan qiziqmadi. Shuning uchun Demosfen juda nimjon va kasalmand bo’lib o’sadi. Demosfen voyaga yetgach, tog’asi unga faqat qullari, uy va uy jihozlarini hamda pulning ma’lum qisminigina berib aldaydi. Demosfen togʻasidan qolgan mol-mulkni yaxshilik bilan qaytarib berishni so’raydi. Biroq tog’a bundan bosh tortganidan keyin u qolgan merosni sud orqali undirishga harakat qiladi. Sudda muvaffaqiyatli qozonish uchun Afinaning davlat qonunlarini yaxshi bilish, shu bilan birga, ravon so’zlash, da’vosining to’g’riligiga kishilarni ishontirish kerak edi. Shu sababli Demosfen notiqlik sa’natini o’rganish uchun o’z davrining meros ishlari bo’yicha mashhur advokat Isey maktabida ta’lim olishga majbur bo’ladi. Arastu yoki Aristotel (yun.: Ἀριστοτέλης) (mil. av. 384 - mil. av. 322) qadimgi yunon faylasufi, Aflotun shogirdi va Iskandar Zulqarnayn ustozi bo’lgan. U fizika, metafizika, nazm, teatr, mantiq, ritorika, siyosat, etika, biologiya hamda zoologiyaga oid ishlar yozib qoldirgan. ARISTOTYeL (Aristoteles), Ara- stu (mil. av. 384/383, Stagira — 322/321, Evbeya o., Xalqida) — Yunonistonning buyuk faylasufi. Mil. av. 367 y.da Afi- naga borib, Platon akademiyasida tahsil ko’rdi, 20 y. uning ishlarida ishtirok etdi. Mil. av. 343 y.dan e’tiboran Ma- kedoniya podshohi Filipp taklifi b-n shahzoda Aleksandrta murabbiylik qildi. Mil. av. 335 y.da Afinaga qaytib, o’zining Likey maktabini tashkil qildi. Aleksandr vafotidan so’ng 323 y.da xudo- sizlikda ayblanib, Evbeya Xalqidasiga qochishga majbur bo’ldi va umrining oxi- rigacha shu erda yashadi. A. qomusiy bilimlar sohibi, peri- patetika maktabi asoschisi, uning ta’- limoti ayrim, alohida fanlarni falsa- fiy nuqtai nazardan yoritib berdi. Fan sohalarini tasniflashda falsafiy ti- zim yaratish bilan A. insoniyat tafakkuri- ni rivojlantirishga juda kuchli ta’sir ko’rsatdi. A. ijodi o’z zamonidagi deyarli barcha bilim sohalarini qamrab oldi. Oʻzining „ilk falsafa“ ga oid („Metafizika“) asarida Platonning gʻoyalar nazariyasini tanqid qildi. „Platon gʻoyalari“ mod-diy predmetlarning oddiy nusxasi, aynan oʻzi ekanini koʻrsatdi. A. ayrimlik va umumiylikning oʻzaro munosabati masa- lasini hal etdi. Ayrimlik „biron-bir joy“dagina va „hozir“dagina mavjud- dir, uni his bilan idrok etish mumkin. Umumiylik esa har qanday joyda va har vaqtda („hamma erda“ va „hamma vaqt“) mavjud, u muayyan sharoitda ayrim holda yuzaga kelib, shu ayrimlik orqali idrok qilinadi. Shuningdek umumiylik — fan predmeti, uni aql vositasida bilib olish mumkin. A. olamdagi hodisalar va predmetlarning sabablarini toʻrt guruhga boʻladi: 1) moddiy sabab yoki ma- teriya; 2) shakliy sabab yoki shakl; 3) yuza- ga keltiruvchi sabab; 4) oxirgi sabab yoki maqsad. Garchi A. materiyani dastlabki sabablardan biri, deb e’tirof etsa ham, uni faqat passiv asos, imkoniyat xolos, qolgan uch sababni esa — faol sabab, deb hisoblaydi. Mac, uning fikricha, shak- lsiz hech qanday narsaning boʻlishi aslo mumkin emas, shakl — borliq mohiyati- dir, shakl — abadiy, oʻzgarmas va mod- diy sababdan ustunrokdir. Yuzaga kel- tiruvchi sabab harakat yoxud turgʻunlik man-baidir. Harakat, deydi A., biron- bir narsaning imkoniyatdan voqelikka oʻtishidir. Harakatning toʻrt turi bor, bular: sifatli harakat yoki oʻzgarish; miqdoriy harakat yoki koʻpayish va kamay- ish; joyni oʻzgartirish yoki makondagi harakat; vujudga kelish va yoʻq boʻlishdan iborat. Oxirgi sabab yoki maqsad — harakat, oʻzgarish, inson faoliyatining oqibatidir. A. ta’limotiga binoan, xudo — oʻz qonunlari boʻyicha rivojlana- yotgan barcha shakllar, tabiatdagi jamiki hodisalar va hamma mavjud narsalarning oliy maqsadi, „shakllarning shakli“, maqsadi, olamni harakatga keltiruvchi ilk kuchdir. A. nazariyasiga koʻra, xar kanday real mavjud boʻlgan ayrim narsa „materiya“ bilan „shakl“ning birligidan iborat, „shakl“ esa narsaning oʻziga xos „koʻrinishi“dir, unga ham „materiya“, ham „shakl“ deb qarash mumkin. Shu tariqa butun voqe olam „materiya“dan — „shakl“ ga va „shakl“dan — „materiya“ga izchil ravishda oʻtish jarayonidan iborat. A. bilish haqidagi ta’limotida „dia- lektik“ bilish bilan „apodiktik“ bilish- ni bir-biridan farqlaydi. „Dialektik“ bilish — tajriba samarasi boʻlmish „fikr“ni, „apodiktik“ bilish esa ishon- chli bilimni vujudga keltiradi. Ammo A. tajribani ishonchli bilimning oliy darajasi, deb hisobla-maydi, uning www.ziyouz.com kutubxonasi 621 fikricha, bilimning eng oliy qonun- qoidalari bevosita aql vositasidagina idrok etiladi. A. mantiq ilmining asoschisidir. A. yaratgan va „analitika“ deb nomla- gan mazkur fan tafakkurning tushuncha, muhokama, xulosa kabi asosiy shakllari- dan, ayniyat, qarama-qarshilik va uchinchi- si istisno qonunlaridan, fikrni isbot- lash yoxud rad etish us-lublaridan, bir qancha kategoriyalardan iborat. Mantiq „ilk falsafa“ („metafizika“) bilan bir- galikda fan sohalarining falsafiy tas- nif tizimini tashkil etadi. Biologiya sohasidagi A. Ilmiy xiz- matlaridan biri — oʻsimlik va hayvonot turlarining biologik jihatdan maqsadga muvofiqligi haqidagi ta’li- motidir. Oʻsimliklarning urugʻdan oʻsib- rivojlanishi, hayvonlardagi instinkt- larning maqsadga muvofiq tarzda yuzaga kelishi, a’zolarining oʻzaro mutanosib ravishda harakat qilishi — tabiatdagi maqsadga muvofiqlik namunasidir. A. jahon ilm tarixida ilk bor axloq fani — etikaga asos soldi. Uning axloq sohasidagi ma’naviy ideali Xudodir, Xudo eng oliy faylasuf va mutafak- kirdir. A. aql-zakovatning kuzatish, mushohada qilishdan iborat faoliyatini barcha ne’matlardan ustun qoʻyadi, uni ez- gulik, rohat va lazzat manbai, deb bila- di. Amaliy faoliyat esa hamisha ham aql hukmiga boʻysunavermaydi, binobarin kundalik ishlarda ham aql, ham hayotiy tajribani ishga solib oʻrta yoʻlni tanla- gan ma’qul. A.ning siyosiy qarashlari „inson — ijtimoiy mahlukdir“ degan gʻoyaga asoslanadi, ya’ni oila, jamiyat, davlat — inson hayoti va faoliyatining asosiy sohalaridir, bularsiz u yashay olmaydi. A. oilaviy va ijtimoiy tarbiyani dav- lat tuzumini mustahkamlash vositasi, deb biladi, binobarin maktab faqat dav- latniki boʻlishi, unda barcha fuqarolar (qullardan tashqari) avvalo davlat tuzuk- tartibotidan saboq beruvchi ilmlarni egallashi shart. A. davlat masalasida har qanday arbob qulay siyosiy shart-sharoit vujudga kelishini kutib oʻtirmay, mav- jud imkoniyatdan kelib chiqib, yaxshi kon- stitutsiya asosida kishilarni boshqara bilishi, birinchi galda yosh avlodning jismoniy va aqliy tarbiyasi haqida qaygʻurishi lozim, deb hisoblaydi. A. davlatni idora etishning uchta ma’qul va uchta noma’qul shakli mavjud, de- gan gʻoyani olgʻa suradi. Yaxshi boshqaruv shakllari amal qilgan davlatda undan gʻarazli maqsadlarda foydalanish im- koni istisno etiladi, hokimiyat esa bu- tun jamiyat xizmatida boʻladiki, bular — monarxiya (yakka podsho hukmronligi), aristokratiya (aslzodalar hukmronligi) va „politiya“ (oʻrta tabaqa, moʻ’tadil de- mokratiya hukmronligi)dir. Aksincha, ti- raniya (zolimona hukmronlik), sof oli- garxiya (qudratli kishilar toʻdasining hukmronligi) va oxlokratiya (haddan oshgan olomon hukmronligi) — monar- xiya, aristokratiya va „politiya“ shaklla- rining vaqt oʻtishi bilan batamom aynigan, yuz tuban ketgan koʻrinishidir. A.ningtarbiya nazariyasi zami-rida axloqiy va ruhiy qarashlari yotadi: tarbi- yadan maqsad — ruhning oliy jihatlari boʻlmish aql-zakovat va irodani kamol toptirishdir. Tarbiyaning oʻzaro cham- barchas bogʻliq uch jihati — jismoniy, axloqiy va aqliy tarbiya — ruhning uch turiga muvofiq keladi, ya’ni kamolatga erishishning harakatlantiruvchi kuchla- ri — tabiiy qobiliyat, koʻnikma va aql- idrokdan iborat hamda tarbiya ishi ayni shu kuchlarga asoslanishi zarur. A. oʻz iqtisodiy ta’limotidakullik — tabiiy bir hodisa va u doimo i.ch. ne- gizi boʻlishi lozim, degan nuq-tai nazarga suyanadi. U tovar-pul mu-nosabatlarini tadqiq etib, natural xoʻjalik bilan tovar i.ch. oʻrtasidagi tafovutlarni anglab etish darajasiga yaqin keldi. Uningcha, boylik ikki turdan iborat: iste’mol qiymatlari yigʻindisi sifatidagi boy- lik va tovar ayirboshlash qiymatlari sifatidagi boylik. 1-tur boylik (uni A. „tabiiy boylik“ deb ataydi) man-www.ziyouz.com kutubxonasi 622 bai — dehqonchilik va hunarmandchilik boʻlib, kishilarning tub ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. 2-tur boylik esa (uni A. „gʻayritabiiy boy- lik“ deb nomlagan) aksincha, bevosita ehtiyoj buyumlaridan iborat boʻlmay, oʻzaro ayirboshlash, muomala negizi- da vujudga keladi. Boylik 1-turining miqdori inson ehtiyojlari bilan chegara- lansa, 2-turining miqdorini esa aslo cheklab-chegaralab boʻlmaydi. Shuningdek A. iste’mol qiymati bilan tovar qiymati oʻrtasidagi chegarani birinchi boʻlib bel- gilab berdi, turli xil tovarlarii faqat pul vositasida oʻzaro qiyoslash mumkin, deb hisobladi. A.dan juda boy falsafiy meros qolgan. Ular orasida eng mashhurlari: „Politiya“, „Gʻoyalar haqida“, „Faro- vonlik haqida“, „Birinchi analitika“, „Ikkinchi analitika“, „Kategoriyalar“, „Fizika“, „Metafizika“, „Jon haqida“, „Nikomax axloqi“, „Yevdem axloqi“, „Axloqi kabir“, „Siyosat“, „Ekonomi- ka“, „Etika“, „Poetika“, „Ritorika“ va b. A. barcha zamonlar olimlari ustoz deb bilgan buyuk alloma. Uning qomusiy asarlari, Sharq mutafakkirlari ijo- dida ham chuqur iz qoldirgan. 7 — 8-a. lardan boshlab ayniqsa Horun ar-Rashid va Ma’mun davrida Arab xalifaligi hududida A. asarlari tarjima etilib oʻrganildi, ularga oʻnlab izoh va sharxlar bitildi. Bu ishda Oʻrta Osiyoning ulugʻ olimlari katta rol oʻynadi. Abu Nasr Forobiy A.ning „Metafizika“, „Jon haqida“, „Etika“, „Kategoriyalar“, „To- pika“, „Analitika“ va b. asarlariga il- miy sharxlar yozib, „Sharq Arastusi“ de- gan unvonga sazovor boʻldi. Abu Ali ibn Sino oʻz ustozlarining ilgʻor gʻoyalarini yanada rivojlantirib, A. va Forobiydan keyin „Uchinchi muallim“ deb ataldi. Ibn Sino bilan Beruniy oʻrtasida A.ning „Osmon haqida“ va „Fizika“ asarlari toʻgʻrisidagi munozarasi vatanimizda A. merosiga kiziqish benazir boʻlganidan dalolat beradi. Arab faylasufi Ibn Rushd oʻz salaflari Hunayn ibn Ishoq, Ishoq ibn Hunayn, Matto ibn Yunus va Yahyo ibn Adiy, al-Kindiy kabi A. ijo- dini targʻib etib, asarlariga sharhlar yozib, „Buyuk Shorih“ degan nom oldi. Oʻrta asr Sharqida A. ta’limotini davom ettirib, uni Yevropaga tanitib, etuk il- miy asarlar yaratgan faylasuflar butun dunyoda „Sharq aristotelchilari“ unvoni b-n mashhurdir. Ritorika grekcha so’z bo’lib notiqlik san’ati mazmunini beradi. Notiqlik nazariyasi, notiqlik san’ati haqidagi fan, notiqlik san’ati haqidagi ta’limot ma’nolarini esa notiqlik san’atining keng rivoj topib, nutq madaniyatining alohida sohasi sifatida shakllangandan keyin olgan. U filologiyaning stilistika – uslubshunoslik yo’nalishida o’rganiladi. Uning nazariy asoslari Aristotelning «Ritorika» asarida bayon qilingan. Siseron, Dimosfen, Kvintilian kabilar bu san’atning yirik vakillari sanaladi. Notiqlik san’ati, ya’ni ritorika eramizdan avvalgi III-II asrlarda Yunonistonda shakllangan bo’lib, keyinchalik Rimda tarqalgan. Bu davrlarda Yunonistonda demokratik jarayonlar barq urib rivojlangan bir paytda davlat arboblarining obro’-e’tibori va yuqori mansablarga ko’tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog’liq bo’lib qoldi. Notiqlik san’ati sarkardalik san’ati bilan bar-baravar ulug’landi. Ana shu ikki san’atni mukammal egallagan arboblargina yuqori lavozimlarga saylanadigan bo’ldi. Masalan, mamlakat hayotiga oid muhim masalalar demokratik yo’l bilan hal qilinadigan xalq majlislari va besh yuzlar Kengashida so’zini o’tkaza olgan kishigina xalqni boshqarishga loyiq deb topilgan. Aynan ana shu Kengash dunyoda notiqlik san’atining rivojlanishiga zamin yaratdi. U demokratik jarayonlarda insonning faol ishtirok etish ehtiyojiga aylandi. Masala shu mazmunda talqin etilsa, mustaqil O’zbekistonda demokratik islohotlar yanada jadallashib borayotgan bir sharoitda bu nodir san’atning ahamiyati naqadar muhim ekanligini anglash qiyin emas. Shu o’rinda mashhur notiqlar tarixidan ayrim namunalar keltirish joiz. G.Z.Apresyanning «Notiqlik san’ati» asarida keltirilishicha[1], taniqli davlat arbobi va notiq Demosfen (meloddan avvalgi 384-322-yillar) falsafani Platondan, notiqlik asoslarini Isokratdan o’rgangan. Ustozi Isey o’z notiqlik maktabini to’rt yil davomida boshqalar uchun yopib qo’yib, faqat u bilan shug’ullangan. Besh yuzlar Kengashi va xalq majlislarida nutq so’zlashni ahd qilgan Demosfenni dastlab so’zga chiqqanda unga hyech kim quloq solmagan, xalq to’polon qilib minbardan tushirib yuborgan. O’z xatolarini tushungan Demosfen esa bu san’at bilan jiddiy shug’ullanishga kirishgan. Mashq qilish uchun maxsus yertula qazigan. 2-3 oylab yertuladan chiqmasdan shug’ullangan. Uning boshini mag’rur tuta olmaslik, yelkasini hadeb yuqoriga ko’taraverish, ayrim tovushlarni talaffuz qila olmaslik, mimikadan foydalana olmaslik kabi kamchiliklarini ana shu tinimsiz mashqlar tufayli bartaraf etgan. Kunlardan bir kuni jabrlangan bir kishi Demosfenga kelib, o’zini urgan kishini sudga berganligini aytgan va undan himoya qilishni iltimos qilgan. Demosfen esa, gaping yolg’on, seni hyech kim urgan emas, tuhmat qilayapsan, degan. Shunda haligi odam jon-jahdi bilan baqirgan: - Hoy, Demosfen! U qanday qilib meni urmagan bo’lsin?! – Ana endi men jabrlangan kishining ovozini eshitayapman, -debdi Demosfen. S.Inomxo’jayev «Notiqlik san’ati asoslari» kitobida bu faktlarga asoslanib, quyidagi xulosani bayon qiladi: «1. Demosfen professional notiq – san’atkor sifatida nutq imkoniyatlari, xususan, ovozning ifodaviy koloritlarini shu qadar mukammal o’rganganki, u kishi qalbini, psixologiyasini, ichki hissiyotini ovozi orqali ham aniqlab bera olgan. 2.Yurist va grajdanin sifatida u birovning ustidan tuhmat qiluvchilar ishini zimmasiga olmagan. O’z mijozining chindan ham jabrlanganini bilib olgandan keyingina o’sha ishga advokat(…)lik qilgan» Notiqlikda o’ziga xos uslub egasi bo’lgan Demosfen eskirgan so’zlardan qochgan, latif va jozibali so’zlarni qo’llamagan, gohi-gohida xalq hikmatlaridan foydalangan, xolos. Sinonimlarni, talaffuzda uzun va cho’ziq bo’g’inlarni qo’llashni ma’qul ko’rgan. Gapning oxiriga muhim ma’no anglatadigan so’zni qo’ygan va unga urg’u bergan. Nutqi tuzilishi jihatdan mukammal bo’lgan. Ifodada qaytariqlarni, qarama-qarshilikni yoqtirgan, ritorik so’roqni ko’p ishlatgan. Jest va mimikalardan, kishining diqqatini tortadigan, hayajonlantiradigan usullardan unumli foydalangan[2]. Oqibatda bularning hammasi Demosfenni buyuk yunon siyosiy notig’i darajasiga olib kelgan. Ritorika tarixida qadimgi Gresiyadan keyingi o’rinni Rim egallagan bo’lib, notiqlik san’atida o’zining alohida o’rni va mavqyeiga ega bo’lgan Mark Tulliy Siseron (106-43) nomi bilan bog’liq[3]. Zamonasining zabardast notig’i Lusiy Lisiniy Krassdan ta’lim olgan va asosan sud notiqligi bilan shuhrat qozongan. U notiqlik san’atiga oid «Brut (rim notiqligi tarixi haqida)», «Mashhur notiqlar haqida», «Notiqlarning eng yaxshi avlodi haqida», «Notiq», «Notiq haqida» nomli asarlar yozgan va bu san’atning buyuk nazariyotchisiga aylangan. Siseron notiqlikda tinglovchida zavq uyg’otish va uni o’ziga rom etishni asosiy fazilat deb hisoblagan. U Demosfendan farqli o’laroq balandparvoz so’z va iboralarni ishlatishni yoqtirgan, yuqori uslubga moyil bo’lgan, mubolag’adan keng foydalangan, artistizm imkoniyatlaridan keng foydlangan. Siseron kishi shoir bo’lib tug’iladi, ammo notiq bo’lib yetishadi, degan hikmatni olg’a surgan. S.Inomxo’jayev: «Siseron nutq tekstining ravonligi, go’zalligi, ifodaliligi va musiqiyligiga alohida ahamiyat bergan. U lotin prozasida birinchi marta vazn sistemasini qo’llab, bu sohada katta yutuqlarni qo’lga kiritgan»[4]. Sharq ma’naviyatida notiqlik san’ati voizlik san’ati deb nomlangan. Manbalarda qayd etilishicha, qadimda podshohlar turli bayram va marosimlarda mamlakat va xalq hayotiga oid mavzularda va’z aytganlar. Keyinchalik esa bu vazifani hukmdorlar nomidan maxsus tayyorgarlik ko’rgan so’z ustalari amalga oshirishgan. Shu tarzda Sharqda ham notiqlik – voizlik san’atining o’ziga xos maktabi vujudga kelgan. O’rta Osiy madaniyati tarixida Bahovuddin Valad (XII), Jalodiddin Rumiy (XIII), Husayn Voiz Koshifiy (XV), Muni Voiz Haraviy (XV) singari o’nlab so’z ustalarining nomlari ma’lum. Bu sohaning nazariy va metodik asoslarini tahlil qilishga bag’ishlangan Muhammad Rofi Voizning «Avbob ul-jinon», Voiz Qazviniyning «Zilolu maqol», Voiz Shirvoniyning «Ahsan ul-ahodis», Muhammad Bobir binni Muhammad Voizning «Hidoyat ut-taqdim», Quraysh Sindiyning «Anis ul-voizin», Mulla Kalon Voiz Samarqandiyning «Ravzat ul-voizin», Qozi Ushiyning «Miftoh un-najoh», Husayn Voiz Koshifiyning «Dah majlis», «Mahzan ul-insho» va boshqa asarlar yozilgan[5]. Qadimda notiqlik san’atining dabirlik, xatiblik, muzakkirlik, nadimlik, qissago’ylik, masalgo’ylik, badihago’ylik, qiroatxonlik, muammogo’ylik, go’yandalik, maddohlik, qasidaxonlik singari ko’plab turlarining mavjud bo’lganligi bu san’atning xalqimiz ma’naviyati va madaniyati tarixida naqadar ildiz otganligidan dalolat beradi. Shu o’rinda «O’zbek Milliy ensiklopediyasi»da bayon qilingan quyidagi fikrlarni ham to’laligicha keltirishni lozim topamiz: «Voizlik san’ati – jamoat oldida nutq so’zlash, notiqlik san’ati; ilmiy-siyosiy ma’ruza,bahs, munozara, targ’ibot va tashviqotning asosiy vositasi sifatida keng ijtimoiy mavqyega ega bo’lgan san’at Yunonistonda voizlik- ritorika deyilgan. Qadimda Sharq mamlakatlarida hukmdor shaxsan o’zi jamoat oldiga chiqib, o’z siyosatida xalqaro ahvol va boshqalar haqida nutq so’zlagan. El oldiga chiqish, ayniqsa juma namozi, hayit, navro’z kunlari va boshqalarda, mamlakatlararo urush boshlangandagi yig’inlarda odat tusiga kirgan. 9-asrga kelib, bu muhim ishni xushovoz, ta’sirchan gapiradigan, ishontira oladigan maxsus kishilar - voizlarga topshirganlar. Shunday qilib, voizlik san’ati shakllangan. Rivoji jarayonida dabirlik (davlat ahamiyatidagi yozishmalarni insho etish va o’qib berish), xatiblik (diniy, siyosiy mayldagi notiqlik), muzakkirlik (diniy-ahloqiy masalalarni sharhlab berish) kabi tarmoqlari vujudga kelgan. Voizlik san’atining nutq matnlari tinglovchilarning bilimi, ijtimoiy mavqyei va boshqa xususiyatlarga ko’ra turli maqom (qism)larga bo’lingan: Voizlik san’ati ijtimoiy va badiiy jihatdan muhimligi tufayli asrlar davomida rivojlana bordi. O’rta asrlarda voizlik san’atining nazariyasi va talqin uslublarini, yorituvchi ilmiy, uslubiy va xrestomatik asarlar yaratildi. Voizlik san’tini o’rgatuvchi maxsus soha – kalom ilmi balog’a ilmi yuzaga keldi. Voizlik san’ati o’tmishda katta ijtimoiy qudrat kasb etgan, hozirgi notiqlik san’ati rivojida muhim rol o’ynagan[6]. Afsuski, o’zbek nutqi madaniyatining hozirgi bosqichida notiqlik san’atining mavqyeini sezmaymiz. XX asr o’zbek tilshunosligi taraqqiyotini o’rganishda bu masalaga hyech kim e’tibor bermadi. Aslida bu masalani kun tartibiga qo’yishga imkon ham bo’lgan emas. Deyarli barcha yig’ilishlar rus tilida olib boriladigan bir paytda o’zbek notiqlik san’ati bilan shug’ullanish, uni takomillashtirish choralarini ko’rish haqida bosh qotirilmagan. Mamlakatimiz qo’lga kiritgan mustaqillik esa ritorikani rivojlantirishni yana mantiqiy asosga qo’ydi. Demokratik tamoyillar asosida rivojlanish yo’lidan borayotgan mamlkatimizda Prezident va davlat siyosatini, milliy istiqlol g’oyasini xalqimiz ongiga singdirishda notiqlarga bo’lgan ehtiyoj g’oyatda katta bo’layotganligiga qaramasdan, bu borada ta’limning barcha tizimida amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida emas. Notiqlar bugun faqatgina san’at sohasida emas, balki ta’lim jarayonida, davlatni boshqarishda, mafkuraviy ishlarni amalga oshirishda nihoyatda zarur. Bu vazifani kasb darajasida ko’taradigan maktablar esa mavjud emas. Lekin ularni shakllantirish hayot talabidir. Notiqlik san’atining ijtimoiy hayotdagi mavqyei bu san’atning qamrovi darajasini ham belgilaydi. Uning ijtimoiy-siyosiy, akademik, maishiy va diniy notiqlik kabi turlari orasida sud notiqligi alohida o’ringa ega. Sud jarayoni o’ziga xos bir munozara maydoni bo’lib, unda umuminsoniy axloq me’yorlariga mos keladigan, xalq va davlat, ayni paytda, ayblanuvchi va jabrlanuvchi manfaatini himoya qiladigan adolat va haqiqat tushunchalari hukmron bo’ladi. Bu jarayondagi barcha vositalar, jumladan nutq ham ana shu adolat va haqiqatning tantanasiga qaratilgan bo’ladi. To’g’ri, sud jarayonida tomonlar manfaatini himoya qiluvchi qarashlar va nuqtai nazarlar o’rtasidagi ma’lum ziddiyatlar bir-biri bilan to’qnash keladi. Ammo oxir oqibatda bu ziddiyatlar asl haqiqatning ochilishiga ko’maklashadi. Shunday ekan, sud notiqligining mohiyatini chuqur anglash va puxta o’zlashtirish huquqshunos-talabalar uchun nihoyatda zarurdir. Mavjud ilmiy adabiyotlarda sud jarayonida ijro etiladigan nutqlarning quyidagi ko’rinishlari mavjudligi ta’kidlanadi: prokuror nutqi, advokat nutqi, jamoatchi-qoralovchi nutqi, jamoatchi-oqlovchi nutqi, ayblanuvchining o’z-o’zini himoya qilish nutqi. Ularning har biri tomonlar manfaatini himoya qilish mohiyatidan kelib chiqib, muayyan o’ziga xosliklarga ega. Bu o’ziga xosliklar nutqda til birliklarini tanlash, gap qurilishi, sudda hakamlik qiluvchiga nisbatan murojaatning o’ziga xos lingvistik va ekstralingvistik usullaridan foydalanishda ko’rinadi. Prokuror nutqi. Yuqorida sanab o’tilgan nutqlar orasida prokuror nutqi o’zining mazmuni va til birliklarining tanlanishi bilan alohida ajralib turadi. Chunki prokuror o’z vazifasi nuqtai nazaridan sodir etilgan jinoyat yoki qonunbuzarlikni mavjud tuzum va davlat manfaatini hamda amaldagi qonunlar manfaatini ko’zlab baholaydi. Nega prokuror nutqi qoralovchi nutqi, ayblovchi nutqi deb ham nomlanadi? Aslida rasmiy tilda bu ibora ishlatilmasligi kerak. Chunki, u so’zlashuv uslubiga xos bo’lib, biron bir shaxs tomonidan sodir etilgan nojo’ya harakatning prokuror tilida davlat va qonun manfaati nuqtai nazaridan qoralangani uchun ham qoralovchi, ayblovchi, (ba’zan davlat ayblovchisi), qoralovchi nutq, ayblovchi nutq birliklari qo’llaniladi. Xo’sh, prokuror nutqining o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat? Bu nutqda tilning imkoniyatlari sudlanuvchining haqiqatdan ham aybdor ekanligini asoslashga qaratilgan bo’ladi. Ya’ni mavjud ashyoviy dalillar bilan bab-baravar davlat ayblovchisining mantiqiy dalillari ham ishtirok etadi. Mantiqiy dalillar esa, shubhasiz, til vositasida shakllanadi. Demak, qonunbuzarlikka oid mavjud faktlar yoramida mantiqiy dalillarni shakllantirish o’z navbatida prokuror uchun notiqlik san’atini egallash zaruratini keltirib chiqaradi. Qonun va davlat himoyachisi bo’lgan prokuror nutqi o’ta rasmiy va jiddiyligi, ehtiroslardan holi ekanligi, sudlanuvchini ayblayotganda faqat faktlar va amaldagi qonunlar moddalariga tayanib shakllantirilganligi bilan sud jarayonidagi boshqa nutqlardan keskin farqlanadi. Jamoatchi-qoralovchi nutqi. Sud jarayonida jamoatchi-qoralovchi ham ishtirok etishi mumkin. Uning nutqi ayblanuvchi yoki sudlanuvchi manfaatiga zid fikrlar bayon qilinishi bilan prokuror nutqiga o’xshab ketadi. Ammo ko’p jihatlari bilan ular bir-biridan farq ham qiladi. Birinchidan, jamoatchi-qoralovchi hamma sud majlislarida ham ishtirok etavermaydi. Biron bir tashkilot yoki muassasa manfaatini himoya qilish zarur bo’lgandagina uning ishtirok etishiga ehtiyoj bo’lishi mumkin. Ikkinchidan, bu nutqlar bayon usuliga ko’ra farqlanadi. Prokuror nutqida ayblanuvchi sodir etgan huquqbuzarlik yoki jinoyatning har bir holati va keltirilgan dalillarga qonun nuqtai nazaridan, hatto bu qonunlarning tegishli moddalari ko’rsatilib munosabat bildiriladi va baho beriladi. Prokuror ayblanuvchi yoki sudlanuvchini avvaldan bilmasligi mumkin va bilishi ham shart emas. Mana shu jihatlar jamoatchi-qoralovchi nutqida boshqacharoq tarzda kechadi. U qonunni prokurorchalik bilmasligi mumkin va shuning uchun uning nutqida qonun moddalariga asoslanib xulosa chiqarishlar ko’zga tashlanmaydi. Buning ustiga u ayblanuvchi bilan bir jamoada ishlaydi va uning insoniy jihatlari bilan tanish bo’ladi. Ular bundan keyin ham birga ishlashni davom ettirishlari mumkin. Jamoatchi-qoralovchi masalaning ana shu jihatlarini hisobga olishga majbur bo’ladi. Harqalay sudning adolatni hukm chiqarishi nuqtai nazaridan bu kabi nutq ham muhim. Ammo uning ma’lum tartib-qoidalarini ishlab chiqish va tavsiyalar berish amaliyot nuqtai nazaridan maqsadga muvofiq ko’rinmaydi. Chunki bu kabi nutqlarga, yuqorida ta’kidlanganidek, faqat ayrim holatlardagina ehtiyoj sezilishi mumkin. Umumiy madaniyat, savodxonlik nuqtai nazaridan esa bu nutq ham boshqa har qanday nutq oldiga qo’yiladigan talablarga javob berishi kerak. Bu ko’pincha jamoatchi-qoralovchining tilni bilishi, unga bo’lgan munosabati va savodxonlik darajasi bilan bog’liq bo’ladi. Himoya nutqi. Sud jarayonida shakllanadigan eng muhim nutqlardan biri advokatning himoya nutqi hisoblanadi. Chunki bu nutq sud jarayonida taqdiri sud hukmiga bog’liq bo’lib turgan, qanday jinoyatni sodir etganligi yoki qonunni buzganligidan qat’iy nazar, sudlanayotgan kishini insonparvarlik tamoyillariga ko’ra himoya qiladi. Sudlanuvchi o’z qilmishiga yarasha qanday jazo olishiga qaramasdan, himoya nutqi uning hayotida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Bunday nutqning nafaqat sud jarayonida, balki ijtimoiy hayotda ham kishilarga ta’siri bo’lganligini ta’kidlash joiz. Shuning uchun ham bu nutqning axloqiy va ruhiy jihatlariga e’tiborsizlik bilan qarab bo’lmaydi. Himoyachi uchun vaziyatning murakkabligi va noqulayligi shundaki, u sud jarayonida biron bir jinoyatni sodir etgan yoki aybdor deb topilgan kishining manfaatini himoya qiladi. Mutlaqo gunohsiz odamni himoya qilish holatlari sud tajribasida kam-kam uchrashi mumkin bo’lgan hodisadir. Shuning uchun ham uning nutq ohangida talabdan ko’ra iltimos ohangi ustun bo’ladi. Aybdor deb topilgan kishining ayblari qanchalik kam va tergov jarayonida prosessual qonunlar qanchalik ko’p buzilgan bo’lsa, iltimos ohangi talab ohangiga qarab o’sib boraveradi. Binobarin, bu holat advokat nutqining shakllanishiga, ayni paytda masalaning sudlanuvchi va advokat foydasiga hal bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalaning yana murakkabligi shundaki, advokatning sud jarayonida prokuror bilan – davlat va qonun nomidan ish ko’rayotgan mansabdor shaxs bilan bahslashishiga to’g’ri keladi. Prokurorning har bir daliliga qarshi qo’yiladigan asosli dalillarni keltirish advokat uchun oson emas, albatta. Ammo u ish manfaati nuqtai nazaridan shunday qilishga majbur. Bu esa oqlovchidan tinimsiz izlanish, chuqur bilim va jarayon davomidagi katta notiqlik mahoratini talab qiladi. Lekin advokat nutqining afzallik tomoni shundaki, u nutq jarayonida tilning tasviriy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, sud jarayoni ishtirokchilarining hissiyotiga ta’sir qilish imkoniyatiga ega. Ya’ni u sodir etilgan jinoyatga beriladigan jazo va uning oqibatlari qanday ma’naviy-ruhiy asoratlarni keltirib chiqarishi mumkinligiga e’tiborni qaratadi. Masalan qadimgi Rimning buyuk notig’i Siseron aybdorni himoya qilib ijro etgan bir nutqining oxirida so’zini bexosdan to’xtatib, xuddi artist kabi rolga kirib, gunohkorning bolasini baland ko’targan holda yig’lamsirab, xo’rsinib-xo’rsinib, sud hay’atidan bolaga va uning otasiga rahmi kelishlarini yalinib so’raganligi tarixdan ma’lum[7]. Unga qarama-qarshi bo’lgan prokuror nutqi esa, yuqorida ta’kidlaganimizdek, odatda har qanday ehtiroslardan holi bo’ladi va unda fikr-mulohazalar faqat davlat va qonun manfaatini himoya qiluvchi vosita bo’lib hisoblanadi. Sud jarayonida bo’ladigan munozaralar muhim bir narsaga – adolatni qaror toptirishga qaratilgan bo’ladi. Advokat ham ana shu jarayonning faol ishtirokchisi hisoblanadi. Sud jarayonida oddiy insonlar tilida qoralovchi va oqlovchi deb nomlanadigan tomonlar o’rtasida, garchi har ikkala tomon ham qonunga binoan ish ko’rsalar-da, davlat va sudlanuvchi o’rtasida manfaat nuqtai nazaridan ma’lum ziddiyatlar mavjud bo’ladi. Shunday bo’lishiga qaramasdan, bu munozaralar va tortishuvlar halol bo’lishi, qonun ustuvorligi ta’minlanishi lozim. Bu bahsda yengib chiqish advokatdan ozmuncha mehnat talab qilmaydi. Birgina qonunni yaxshi bilishning o’zi yetarli bo’lib qolmaydi. Ana shu qonunlar, o’z bilimi va tajribasiga tayangan holda sud jamoasiga ta’sir o’tkaza bilishi, ularda ayblovga nisbatan shubha uyg’ota olishi lozim. Bu esa advokatdan notiqlik mahoratini puxta egallash zaruriyatini o’z-o’zidan keltirib chiqaradi. Sud jarayonidagi ayblanuvchining tomonida turib ijro etiladigan nutq himoya nutqi, advokat nutqi, hatto so’zlashuv uslubida himoyachi nutqi, oqlovchi nutqi deb yuritiladi. Qanday nomlanishidan qat’iy nazar, ular bir xil mazmunga ega va ular ayblanuvchining manfaatini aks ettiradi va advokat – himoyachining sud jarayonidagi o’rnini belgilaydi. Bir narsani ta’kidlash adolatdan bo’lar ediki, shu paytga qadar sud jarayonida advokatlarning mavqyei sezilarli darajada bo’lganligi kam kuzatilgan. Shundan kelib chiqib, ularning nutqiga ham e’tibor kam bo’lgan. Ammo mustaqillikdan keyingi davlatchiligimizda qonun ustuvorligi ta’minlangandan so’ng sud sohasida islohotlar boshlab yuborildi. O’zbekiston Respublikasining «Advokatura va advokatlik faoliyati to’g’risida»gi Qonunning qabul qilinishi, 1999 yildan «Advokat» jurnalining nashr etila boshlaganligining o’ziyoq huquqiy faoliyatning bu sohasiga e’tiborning jiddiy bo’lganligidan dalolatdir. Qonunga binoan davlat himoyasida bo’lgan advokatning burchi va mas’uliyati shu qadar yuksakki, uni faqat huquqshunoslik iqtidoriga va keng qamrovli bilimga ega bo’lgan kishigina uddalashi mumkin. Binobarin, til bilimi va madaniyati ham ana shu burch va mas’uliyat doirasida qaraladi. Qonunning 6-moddasiga muvofiq advokat «fuqarolik ishlari hamda ma’muriy-huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar bo’yicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi; jinoiy ishlar bo’yicha dastlabki tergovda va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy da’vogarning hamda fuqaroviy javobgarning vakili sifatida ishtirok etadi». Advokat fuqarolarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish va aholi orasida yuridik bilimlarni targ’ibot qilish ishida qatnashishi lozimligi ham Qonunda ko’zda tutilgan. «Advokat» jurnali tahririyatiga Qashqadaryo viloyati Muborak tumani huquqiy maslahatxonasi mudirasi N.Ro’ziyeva quyidagi mazmunda xat yo’llagan: «Advokatning himoya nutqlari sudda asosiy o’rin tutadi. Lekin advokatlarning notiqlik san’ati to’g’risida biron jurnal yoki gazetada maqola uchratmaganman. Yoki advokatlar qanday himoya nutqi so’zlashi kerak, nimalarga e’tibor berishi kerakligi to’g’risida biron adabiyotga ko’zim tushmagan. Faqatgina rus advokatlarining bir-ikkita himoya nutqlari to’plamini o’qiganman. «Advokat» jurnali respublika advokatlariga yordam sifatida mamlakatimizdagi taniqli advokatlarning himoya nutqlarini e’lon qilib borsa, chunki ko’pchilikdan ko’p narsani o’rganish mumkin»[8]. Ana shu taklifga hamohang tarzda jurnal tahririyati tomonidan eng yaxshi himoya nutqi tanlovini e’lon qilib, ularning namunalari berib borilmoqda. Jumladan, 2002 yilning 2, 3, 4-sonlarida advokatlar B.Salomovning 2001 yilning 29 yanvarida Qashqadaryo viloyat sudida, Sh.Egamning fuqaro I.Inomova, A.J.Polvonovning A.K.Sapayev ishlari yuzasidan so’zlagan himoya nutqlari keltirilgan. Jurnal tahririyati-ning bu harakatini sud sohasidagi islohotlarning amaldagi ko’rinishi sifatida baholanishi lozim va bu materiallardan huquqshunos-talabalar uchun dars jarayonida foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqorida tilga olingan himoya nutqlari matni birmuncha keng bo’lganligi tufayli ularni bu o’rinda to’lig’icha keltirishning imkoni yo’q. Ammo himoya nutqiga til va uslub nuqtai nazardan qo’yiladigan talablarni sharhlashda ulardan bemalol foydalanish mumkin. Himoya nutqi ham boshqa omma oldida amalga oshiriladigan oshkora nutqlar qatori o’z qurilishiga ega. Jumladan, nutq sud hay’atiga rasman murojaat qilish bilan boshlanadi. Nutqning maqsadi e’lon qilinadi. Aybning mazmuni, garchi sud jarayonida avval aytilgan bo’lsa ham, barcha tafsilotlari bayon qilinadi. O’zi himoya qilayotgan fuqaro sodir etgan huquqbuzarlik yoki jinoyat qonunning qaysi moddasiga nisbatan tasnif qilinayotganligi yana bir bor ta’kidlanadi. Shundan so’ng qo’yilayotgan ayb o’z tasdig’ini topgan-topmaganligi haqida o’z nuqtai nazarini ma’lum qiladi va ularni amaldagi qonunlarning tegishli moddalari bilan asoslashga harakat qiladi. Sudlanuvchining qonuniy huquqlari tergov va sudda buzilgan-buzilmaganligiga munosabat bildiriladi. Xulosada O’zbekiston Respublikasi JPKning 53-moddasiga asosan sud oldiga o’z talablarini qo’yadi. Jumladan, yuqorida tilga olingan A.J.Polvonovning 3 yashar J.Shukrullayevni traktorning orqa g’ildiragi bilan urib yuborib, yo’l-transport hodisasi sodir qilgan A.Sapayevni himoya qilish jarayonida so’zlagan nutqi oxirida sud hay’atidan quyidagilarni so’ragan: 1. A.Sapayevga nisbatan jazo tayinlashda O’zR JKning 55-moddasida nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlarni, aybini bo’yniga olib chin ko’ngildan pushaymonligini, jabrlanuvchi vakilidan kechirim so’raganini, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanib kelib, ish va yashash joylaridan ijobiy tavsiflanganini, qaramog’ida voyaga yetmagan 3 nafar farzandlari bo’lib, oilada yolg’iz boquvchi ekanligini, sudlanuvchining asosiy kasbi haydovchilik bo’lib, boshqa mutaxassislikka ega emasligini e’tiborga olib, O’zR JKning 57-moddasini tatbiq qilib, transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilmaslikni, yo’l-transport hodisasining kelib chiqish sabablari va oqibatlari o’rtasidagi sababiy bog’lanish, ya’ni yosh bolaning ko’chada yolg’iz, qarovsiz qoldirilganligini, sudlanuvchining shaxsini, sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini e’tiborga olib, unga nisbatan O’zR JKning 266-moddasi 2-qismi bilan yengil jazo tayinlab, tayinlangan jazoni o’tamasdan turib ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin degan xulosaga kelib, JKning 72-moddasini qo’llab shartli hukm qilishni, qamoqda saqlash ehtiyot chorasini bekor qilib, sud zalidan qamoqdan ozod qilishni. 2. Dastlabki tergov davrida O’zR JPK normalari qo’pol ravishda buzilganligi, qonun normalari to’g’ri talqin qilinmaganligi, prosessual harakatlar qalbakilashtirilganligi uchun tergovchi Z.Nuriyevning dastlabki tergovda yo’l qo’ygan kamchiliklari ustidan JPKning 423, 476-moddalari tartibida xususiy ajrim chiqarishni. 3. Dastlabki tergovda O’zR JPK normalari qo’pol ravishda buzilib, sudlanuvchi A.Sapayev 2002 yilning 16 avgustidan 21 avgustiga qadar qonunga xilof ravishda ushlab turilganlik holati bo’yicha hozirda mening qo’limda tergovchilarning harakatlari ustidan keltirilgan shikoyat bo’yicha biron bir ma’lumot bo’lmasa-da, maslahat uyiga kirgan vaqtda ushbu holatni ham o’rganib chiqib tergovchi Z.Nuriyev mansab vakolati doirasidan chetga chiqqanligi, tergov bo’limi boshlig’i R.Jumaniyazov esa qonun buzilishini bila turib harakatsizlik qilganligi uchun ulargi nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atish haqida ajrim chiqarishni. (Jurnal tahririyatining ma’lumot berishicha, masala xuddi advokat qo’yilgan talablar asosida hal etilgan. Xorazm viloyat sudi ishni appelyasion tartibda ko’rib chiqib, A.Sapayevga nisbatan O’zR Jkning 72-moddasini qo’llab hukm chiqargan va ehtiyot chorasi bekor qilinib, u qamoqdan ozod qilingan). Sudlanuvchini himoya qilish jarayonida mana shu tarzda nutqning mazmunini bayon etiladi. Huquqbuzarlik yoki jinoyatni yuzaga keltirgan holatlarning mohiyatini ochib berishga harakat qilinadi, sudda keltirilayotgan har bir ayblov va dalilga munosabat bildiriladi. Bu o’rinda masalaning murakkabligi shundaki, hamma advokatlar ham haligacha sobiq tizim davridagi tazyiq ruhiyatidan tamomila ozod bo’lgan emaslar. Ularning boshqa bir qismida esa malakaviy mahorat yetishmaydi. Manfaatlar to’qnashuvi jarayoni esa himoya san’atini mukammal egallashni taqozo qiladi. Yana shunday holatlar ham bo’lib qoladiki, himoyachi qonunni yaxshi biladigan kishi sifatida sudlanuvchining aybini tan oladi. Shunday paytda ham insonparvarlik nuqtai nazaridan advokat o’z nutqini ayblanuvchi yoki sudlanuvchining javobgarligini yengillashtiruvchi holatlarga qaratishi lozim bo’ladi. Shayxontohur tumani huquq maslahatxonasi advokati Ђ.Namozov «Sudyalar himoyaga muhtoj» maqolasida juda ma’qul gaplarni yozgan: «Himoyamdagi Ђ.Xoldorov ayblanayotgani bois, qonun menga uning aybsizligini isbotlash vazifasini yuklamaydi. Men himoyachi sifatida aybnomada, hukmda tasvirlangan voqyeani tiklashga asos qilib olingan dalillarning qanchalik darajada qonuniyligini asoslasam, bas. Demoqchimanki, agar jinoyat hodisasi deb tasvirlanayotgan hodisani tiklashga xizmat qilayotgan dalillar qonunga mos ravishda yig’ilgan bo’lsa, tasvirlanayotgan hodisa – haqiqat, aksincha, dalillar qonuniy bo’lmasa, tasvirlangan hodisa – bo’hton, uchinchi yo’l yo’q, ya’ni dalillar noqonuniy bo’lsa ham voqyea to’g’ri deb baholanmaydi»[9]. Mabodo jinoyat bir guruh kimsalar tomonidan amalga oshirilgan bo’lsa, himoya jarayoni yana ham og’ir kechadi. Sudda alternativ nutqlar ijro etiladi. Ularni hamma vaqt ham muvofiqlashtirib bo’lmaydi va bu hol himoya kuchini zaiflashtiradi. Lekin bunday holatlarda ham barcha holatlar bo’lgani singari nutq mantiqi va etikasiga alohida e’tibor berilishi zarur bo’ladi. Sud jarayonida jamoatchi-qoralovchilar qatnashgani sangari jamoatchi-oqlovchilar ham ishtirok etishlari mumkin. Ular odatda sudlanuvchi ishlayotgan korxona jamoasining vakillari bo’lib, qonun-buzarlik tasodifan yoki bilmasdan sodir etilganda, gunohkor hisoblangan kishi aslida jamoa o’rtasida izzat-hurmatga sazovor odam sifatida e’tirof etilganda qatnashishadi. Bunday nutq mazmunan ayblanuvchining ijobiy hislatlarini, jamoa o’rtasidagi obro’sini, ishga bo’lgan munosabati va intizomini bayon ettiradi. Yozma va og’zaki shaklda ifoda etiladigan bu nutq ma’lum ma’noda kafolat vazifasini o’taydi. Unda ayblanuvchining kelajakda o’z xatolarini tuzatishi mumkinligi va jamiyatga, oilasiga foydasi tegishi mumkinligiga ishonch bildiriladi. Bunday nutqlarning ijro etilishi asosan fuqarolik ishlarini ko’rib chiqish bilan bog’liq bo’lgan sud jarayonlariga xos sanalib, uning sudyaning ma’lum xulosaga kelishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Chunki mamlakatimizda olib borilayotgan demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish jarayoni aynan shunday munosabatlarni taqozo qiladi. O’z-o’zini himoya qilish nutqi. Ba’zan shunday holatlar ham bo’ladiki, aybdor tergov jarayonida tazyiqqa duch keladi va yolg’on ko’rsatmalar berishga majbur bo’ladi. Bunday paytda uning birdan bir xaloskori sud bo’lishi mumkinligi tushungan sudlanuvchi faqat sud jarayonidagina bo’lgan voqyeani ochiq-oydin aytib o’zini-o’zi himoya qiladi. Sud notiqligi tarixida A.F.Koni, N.F.Plevako, P.S.Proxov-shikov (Sergeich) larning alohida o’rni bor. Shuning uchun ularning ilmiy va amaliy merosini o’rganish bugungi huquqiy foaliyat uchun ham xizmat qiladi. «Sud notiqligi va siyosiy notiqlik», «Lektorlarga maslahatlar» asarlarining muallifi A.F.Koni bu sohaga oid nazariy qarashlari va amaliy faoliyati bilan rus ritorikasi taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shdi. Nutqda fikriy teranlik, donishmand kishilarning fikrlariga murojjat qilish, kutilmagan naqllarni keltirish bilan tinglovchining diqqatini tortish va ularning yordamida asosiy fikrni yetkazishga oid qarashlar A.F.Koni faoliyatida muhim o’rin tutadi. A.F.Plevako himoya nutqining mohir ustasi bo’lgan. S.Inom-xo’jayev: «A.F.Konining gapiga ko’ra, Plevakoning notiqligi ilhom darajasidagi yuksaklikda bo’lgan. U o’zi himoya qilgan kishilarning butun ichki olamini o’zlashtirib olgan. Plevako o’z nutqlarida obrazli iboralardan keng foydalanadi. Jumladan, u dehqonlar isyoni ko’rilgan ishda himoyachi sifatida chiqadi. Prokuror bu isyonni kim birinchi bo’lib boshladi, deb so’raganida u: Siz buni bila olmaysiz, chunki bug’doyzor ustida shamol tursa hamma boshoq bir xil baravariga silkinadi, qay biri birinchi bo’lib silkinganini qayerdan bila olasiz?- deydi» [10]. Sergeich taxallusi bilan mashhur bo’lgan P.S.Proxovshikov ham notiqlik san’atining nazariyotchilaridan sanaladi. Uning «Sud himoyachisi», «Sud jarayonida nutq san’ati» asarlarida bu sohaga oid g’oyat qimmatli fikrlar bayon etilgan. Sergeich nutq namunasini mukammal badiiy asar darajasida qaraydi va uning shu darajaga yetishi uchun quyidagilarga e’tibor berilishi lozimligini uqtiradi: tinglovchilar bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqa o’rnatish, samimiy munosabatda bo’lish; nutq jarayonida vaqti-vaqti bilan ohangni o’zgartirib turish; nutq orasida hazil-mutoibaga o’rin berish; kutilmaganda tinglovchilarga murojaat qilish, savollar berish; asosiy narsani yashirib, tinglovchilarni qiziqtirish; fikrni birdan uzib qo’yib boshqa mavzuga o’tish va yana avvalgi holatga ustalik bilan qaytish; keyin aytiladigan fikrlarga oldindan shama qilib qo’yish va hokazo[11]. Yuqorida sud jarayonida amalga oshiriladigan nutqlar, ularning o’zaro farqli va umumiy jihatlari xususida qisqacha ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, notiqlik san’ati oldiga qo’yiladigan umumiy talablar ham mavjud bo’lib, talabalar ulardan ham xabardor bo’lishlari kerak. Bu borada turli tillarda, jumladan o’zbek tilida ham, adabiyotlar mavjud bo’lsa-da, asosan A.Saidov va G.Sarkisyanslarning «Yuridik til va huquqshunos nutqi» (Toshkent: Adolat, 1994, 32-b.) risolasidan foydalanishni tavsiya etamiz. Chunki bu kitobchada mualliflar huquqshunosning ma’ruzasi, ya’ni shakllantiradigan nutqi qanday bo’lishi lozim va bu ma’ruzalarning boshqa ma’ruzalardan farq qiladigan hamda o’ziga xos jihatlari nimalardan iborat, degan savollarga ham, qisman bo’lsa-da javob berishgan. Xo’sh, bu talablar nimalardan iborat? Ta’kidlaganimizdek, yurist nutqni ham notiqlik san’atining umumiy talablariga bo’ysunadi. Ya’ni, yurist-notiq, eng avvalo, ma’ruzaning maqsad va vazifasini aniq tasavvur qila olishi, mavzu atrofida ma’lumotlar to’plashi, tegishli adabiyotlar ustida ishlashi, keltirmoqchi bo’lgan faktlar oldindan tekshirilib ko’rilishi, boshqacha aytganda, u haqda yetarli bilimga ega bo’lishlari lozim. Shundan so’ng ma’ruza rejasi tuziladi va bunda albatta tinglovchilarning – auditoriyaning salohiyati inobatga olinadi. A d a b i yo t l a r 1. «Advokat», 2002, 2,3,4-sonlar. 2. Alimuhamedov A. Antik adabiyot tarixi. – Toshkent, 1969. 3. A p r ye s ya n G.Z. Oratorskoye iskusstvo. – M., 1978. – 280 s. 4. Inomxo’jayev S. Notiqlik san’ati asoslari. – Toshkent: O’qituvchi, 1982. 5. Oratorskoye iskusstvo. Sostavitel S.I.Berezin. – L.,1970. 6. Saidov A. Sarkisyans G. Yuridik til va huquqshunos nutqi.- Toshkent: Adolat, 1994. 7. O’SE, 3-tom. – Toshkent, 1972. 8. O’zbek Milliy ensiklopediyasi, II tom. – Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti,2001. [1] A p r ye s ya n G. Z. Oratorskoye iskusstvo. -M., 1978, 7-19-betlar. [2] I n o m x o’ j a ye v S. Notiqlik san’ati asoslari. –Toshkent: O’qituvchi, 1982, 83-91-betlar. [3] Bu haqda qarang: A p r ye s ya n G.Z. Oratorskoye iskusstvo. - M., 1978, 24-26-betlar. [4] I n o m x o’ j a ye v S. Yuqoridagi asar, 102-105-betlar. [5] Bu haqla qo’shimcha ma’lumot olish uchun qarang: O’SE, 3-tom. – Toshkent, 1972, 97-98-betlar. [6] O’zbek Milliy ensiklopediyasi, II tom. – Toshkent: Davlat ilmiy nashriyoti,2001, 489-bet. [7] Qarang: A l i m u h a m ye d o v A. Antik adabiyot tarixi. – Toshkent, 1969, 296-bet. [8] «Advokat», 2002, 2-son, 14-bet. [9] «Advokat», 2002, 2-son, 12-bet. [10] I n o m x o’ j a ye v S. Notiqlik san’ati asoslari, 116-bet. [11] I n o m x o’ j a ye v S. Yuqoridagi asar, 116-bet. [12] S a i d o v A. S a r k i s ya n s G. Yuridik til va huquqshunos nutqi,23-bet. [13] Saidov A. Sarkisyans G. Yuqoridagi asar, 25-bet. Download 94.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling