Plazma yordamida payvandlash. Lazer yordamida payvadlash


Metallarni himoya gazlari muhitida elektrik yoy yordamida payvandlash


Download 0.65 Mb.
bet8/13
Sana05.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#213495
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Plazma xossalari va qo’llanilishi

Metallarni himoya gazlari muhitida elektrik yoy yordamida payvandlash


Payvandlashlarning yuqorigi § larda tanishilgan flyus ostida va elektrik-shlak usullarida ko‘rdikki, payvandlashda yoy va metall vannasi flyus yoki shlak qatlami ostida bo‘lib, protsessda tashqi muhitdan himoyalanadi. Bu usulda esa payvandlash himoya gazlari muhitida olib boriladi. Amalda uglerodli, legirlangan, ximiyaviy aktiv metall va ularning qotishmalari bu usulda payvandlanadi. Bu protsessda himoyalovchi muhit sifatida inert gazlardan (argon, geliy) va aktiv gazlar (azot, uglerod II oksid va boshqalar) dan foydalaniladi.

Bu usulning avzalliklariga flyusga zarurat qolmasligi, chok metali ximiyaviy tarkibining ta’minlanishi, metallning qanday payvandlanayotganini bevosita kuzatilish, istalgan holatda chok bostirilishi, choklarni tozalab o‘tirishga hojat qolmasligi va boshqalar kiradi. SHuni qayd etish kerakki, gaz oqimi metallni sovitib turishi natijasida termik zona qisqarib, buyumning deformatsiyalanishi kamayadi. Ayniqsa, protsessni avtomatlashtirish mumkinligi ish unumini keskin oshiradi.



Sanoatda himoya gazi muhitida metallarni elektrik yoy yordamida payvandlashning ko‘proq tarqalgan xillari bilan tanishamiz.




Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling