Pm uslubiy ko'rsatma 2023
Download 28.23 Kb. Pdf ko'rish
|
1 AMALIy Po\'lat simlar
3 1-AMALIY MASHG’ULOT PO’LATDAN TAYYORLANGAN PAYVANDLASH SIMLARINING RUSUMLANISHINI O’RGANISH Ishdan maqsad: Po’latdan tayyorlangan payvandlash simlarni turlari va rusumlashini o’rganish. Kerakli jihozlar va asbob-uskunalar: Payvandlash simi o’rami (katushka), turli payvandlash simlaridan namunalar. Umumiy ma’lumot. Po’latlarni payvandlash, asosan 2246-70 ga muvofiq po’latdan sovuqlayin cho’zib tayyorlangan payvandlash simidan foydalaniladi. Bu standartda 77 xil rusumdagi sim tayyorlash nazarda tutiladi va quyidagi diametrlarda (mm) ishlab chiqariladi: 0,3; 0,5; 0,8; 1,0; 1,2; 1,4; 1,6; 2,0; 2,5; 3,0; 4,0; 5,0; 6,0; 8,0; 10,0; 12,0. Payvandlash simlari ichki diametri 150-750 mm va vazni 1,5÷40 kg bo’lgan o’ramalarda (katushka) qadoqlanadi. Payvandlash simlari 2 xil yuza bilan ishlab chiqariladi. Mis bilan qoplangan (6 mkm) va qoplanmagan. Payvandlash simlariga ishlab chiqarishda yuza g’adir-budurligi, yuzaning turli iflosliklardan toza bo’lishi kabi talablar qo’yiladi. Yuzadagi iflosliklarni payvandlashdan oldin yaxshilab tozalash kerak, chunki yuzadagi iflosliklar sabab payvand choklarida turli nuqsonlar yuzaga kelishi mumkin. 2246-70 ga muvofiq legirlanganlik darajasiga qarab kam uglerodli, legirlangan va yuqori legirlangan xillarga ajratiladi. Kam uglerodli simlar 6 xil rusumda ishlab chiqariladi: -08, -08 , - 08 , -08 , -10 -10 2. Legirlangan simlarning (legirlovchi elementlarning miqdori 2.5%dan - 10% gacha) 30 xil rusumi ishlab chiqariladi: -08 , -12 , -08 2 , -10 , -08 , -15 va hokazolar. Yuqori legirlangan simlarning (legirlovchi elementlarning miqdori 10% dan oshiq) 41 xil rusumda tayyorlanadi: -12 11 , -10X11HBM , -12X13, -20X13, -06X14, - 08X14 , -10X17T, C -13X25T, C -01X19H9, C -04X19H9, 4 C -08X16H8M2, C -08X18H8 2 va hokazolar. Po’latdan tayyorlangan payvandlash simi vazifasiga qarab payvandlash (eritib qoplash) ga mo’ljallangan simga va elektrodlar tayyorlash uchun mo’ljallangan simga (shartli belgisi ) ajratiladi. Simning vazifasiga qarab xillarga ajratilishi elektrodlar tayyorlash uchun ishlatiladigan simning diametri bo’yicha chekli chetlanishlarining aniqligi yuqori bo’lishi, shuningdek mustahkamlikka vaqtinchalik qarshiligiga turli talablar qo’yilishi bilan bog’liq. Simlarga bo’lgan qo’shimcha talablar buyurtmachining talabiga qarab bajariladi. Kam uglerodli va legirlangan sim sirtining turiga ko’ra mis bilan qoplangan (O) hamda qoplanmagan simga bo’linadi. Sim sirtini mis bilan qoplashga qo’yiladigan maxsus talablar (shu jumladan misning umumiy miqdori) texnik shartlar bilan belgilanadi. Eritib olish usuliga qarab sim elektroshlak ( ), vakuum-yoy ( ) usulida yoki vakuum-induksion ( ) pechlarda eritilgan po’latlardan tayyorlanishi mumkin. Bunda simning metaliga qo’yiladigan qo’shimcha talablar (zararli va yot aralashmalar miqdoriga oid me’yorlarning miqdori, gazlar, nometall qo’shilmalar foiz miqdoriga doir og’ishlar va boshqalar) tomonlarning kelishuviga binoan belgilanadi. Payvandlash simining shartli belgisida simning diametri va rusumi, po’latni eritish usulini ifodalovchi quyida keltirilgan indekslar, simning vazifasi, hamda sirtining turi, shuningdek standarti ko’rsatiladi (1.1-rasm). 5 1.1-rasm. Po’latdan tayyorlangan payvandlash simining rusumlanishi Diametri: 0,3; 0,5; 0,8; 1,0; 1,2; 1,4; 1,6; 2,0; 2,5; 3,0; 4,0; 5,0; 6,0; 8,0; 10,0; 12,0 [mm]. Mo’ljallanganganligi(vazifasiga) ko’ra: ( – payvandlash uchun, – eritib qoplash uchun – kukunli sim). Uglerod miqdori: tarkibidagi uglerod miqdorining yuzdan bir ulushi. Masalan: -08 – simi 0,08% uglerodga ega; -20X13 rusumli payvandlash simida esa uglerod miqdori 0,2% ni tashkil etadi. Legirlovchi elementlar miqdori: simda legirlovchi elementlar miqdori ham ko’rsatilishi mumkin: harflar bilan legirlovchi elementlarnning shartli belgilanishi ko’rsatiladi. Misol uchun: – kremniy, elementdan keyingi raqam uning % miqdorini anglatadi. Agar legirlovchi element miqdori 1% atrofida bo’lsa, raqam qo’yilmaydi. Masalan: -08 21 5 payvandlash simining rusumlanishini ko’rib chiqsak: bunda uglerod 0,08%, xrom 21%; nikel 5%; titan 1% atrofida. Sim tozaligini payvandlash simining oxirida A va AA harflari bilan belgilanadi. Bu simga qo’yilgan talabning anglatib, asosan zararli elementlarning miqdoriga qarab belgilanadi. Misol uchun -08 simida oltingugurt va fosfor (zararli) elementlari miqdori 0,04%gacha, -08 –0,03%gacha, -08 – 0,02% gacha ekanligini ko’rsatadi. Sim tayyorlash uchun po’lat olishning usuliga qarab sim elektroshlak ( ), vakuum-yoy ( ) usulida yoki vakuumli-induksion ( ) turlariga bo’linadi. 6 Agar po’lat simlar elektrod tayyorlash uchun ishlab chiqarilgan bo’lsa, shartli belgisi sifatida harfi qo’yiladi. Agar payvandlash simi mis bilan qoplangan bo’lsa, shartli belgisi sifatida O harfi qo’yiladi. Payvandlash simining i. Payvandlash simlarining rusumlanishiga misollar: 4 -04 19 - 2246-70 Bunda: 4 – simning diametri; C – payvandlash uchun; 04 – 0,04% uglerod; X19 – xrom 19%; H – nikel 1% atrofida; – elektrod ishlab chiqarish uchun. 2 -30X25H16 7- 2246-70 Bunda: 2 – simning diametri; C – payvandlash uchun; 30 – 0,3% uglerod; X25 – xrom 25%; H16 – nikel 16%; 7 – marganets 7%; – elektroshlak usulida olingan. 1,6C -08 2 - 2246-70 Bunda: 1,6 – simning diametri; C – payvandlash uchun; 0,8 – 0,08% uglerod; 2 – marganets 2%; C – kremniy 1% atrofida; O – mis bilan qoplangan. 2,5 -08X - - - 2246-70 Bunda: 2,5 – simning diametri; C – payvandlash uchun; 0,8 – 0,08% uglerod; X – xrom; – marganets; C – kremniy; M – molibden; – vannadiy 1% atrofida; A – sim tarkibida oltingugurt va fosfor (zararli) elementlari miqdori 0,03%gacha; – vakuumli-induksion usulida olingan; – elektrod ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan; O – mis bilan qoplangan. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: 1. -12 11 2. -10X11HBM 2246-70 3. -12X13 4. -20X13 5. -06X14 6. -08X14 7. -10X17T 8. C -13X25T 9. C -01X19H9 10.C -04X19H9 11.C -08X16H8M2 12.C -08X18H8 2 13. -08 14. -30 25 16 7- 15. -08 2 - 16. -08 - - - Download 28.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling