Pnevmatik va gidravlik transport vositalari
So‘ruvchi pnevmatik qurilmalar
Download 0.68 Mb.
|
labaratoriya 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuk tashuvchi trubalar
So‘ruvchi pnevmatik qurilmalar.
29 - rasm, a da so‘rib, tortib oluvchi pnevmatik qurilmaning sxemasi aks ettrilgan. Vakuum-nasos 7 elektr dvigatel yordamida butun sistema ichidan havoni so‘rib oladi va unda vakkum hosil qiladi. Natijada maxsus saplo 1 orqali tevarak-atrofdagi havo sistema ichiga oqib kira boshlaydi va yuk zarrachalari elastik shlang 2 orqali truboprovod 3 ga kelib tushadi. Havo aralashgan yuk, yuk bo‘shatiladigan siklon 4 (cho‘kma kamera) ga kelib tushadi va aralashma tezligi truboprovod va bo‘shatgich kesimlarining har xilligi tufayli keskin ravishda pasayadi. Aralashma oqimi yo‘nalishi ham o‘zgaradi. Buning natijasida yuk zarrachalari o‘zining kinetik energiyasini yo‘qotadi va kamera 4 tubiga cho‘kadi. Yuk zarrachalaridan xolis bo‘lgan havo truboprovod orqali chang tutgich 6 ga kelib tushadi, filtrlanadi va toza xavo xolida vakkum nasos 7 va patrubok 8′ orqali atmosferaga chiqib ketadi. Kamera 4 tubiga cho‘kkan yuk shlyuzli zatvor 5 orqali tashqariga olinadi va biror bunker yoki transport vositasiga bo‘shatiladi. Yuk tashuvchi trubalar. Yuk tashuvchi trubalar vintli konveyer turkumiga kirib, ular yordamida qizigan materiallar, zaharli bug‘ ajralib chiquvchi materiallar tashiladi. 30-rasmda yuk tashuvchi truba sxemasi ko‘rsatilgan. Yuk tashuvchi truba 1 roliklar 3 ustiga o‘rnatilgan. Trubaning ichki diametri bo‘ylab spiral 2 o‘rnatiladi. Yuk 4, truba bir marotaba aylanganda spiral qadamiga teng masofaga siljiydi. Truba aylanayotganda tashilayotgan yuk doimo bir-biri bilan aralashib, bir-biriga urilib maydalanadi. Shuning uchun yuk tashuvchi trubalar kam ishlatiladi. 30-rasm. Yuk tashuvchi truba Rasmdan ko‘rinib turibdiki, so‘rib oluvchi pnevmatik qurilma bir vaqtni o‘zida bir necha nuqta(joy)lardan yukni so‘rib olib, bitta yuk tushirish punkitiga yo‘naltirishi mumkin. So‘rib oluvchi pnevmatik qurilma asosan oson to‘kiladigan, changsimon va mayda zarrachali yuklarni uncha uzoq bo‘lmagan masofaga tashishda ko‘p qo‘llaniladi. Dam berib haydovchi pnevmatik qurilmalarda (30- rasm, b), kompressor 11 sistema ichida 0,5-0,6 MPa gacha bosim hosil qiladi. Siqilgan havo, xavo yig‘gich (vozduxozabornik) resiver 10 orqali truboprovod 3 ga o‘tadi, bu vaqtda unga vintli ta’minlagich 9 dan yuk kelib tushadi. Bundan hosil bo‘lgan yuk-havo aralashmasi truboprovod orqali yuk tushadigan siklon 4 kelib tushadi va bu yerda yuk zarrachalari cho‘ka boshlaydi. Yukni asosiy qismdan ozod bo‘lgan havo filtr 6 ga o‘tadi va patrubkalar 8 va 8′ orqali atmosferaga chiqarib yuboriladi. Filtr 6 va yuk kelib tushadigan siklon 4 dan yukni chiqarib olish shlyuzli zatvor 5 orqali amalga oshiriladi. Dam beruvchi qurilmalar yukni bir joyni o‘zidan ergashtirib uni truboprovodning bir necha tarmoqlari bo‘yicha tashlab o‘tadi. Pnevmotransportning bu turi yirik bo‘lakli(kuskovoy) yuklarni uzoq masofalarga uzatishda keng qo‘llaniladi. Pnevmotransport qurilmalarining uchinchi turi yuqoridagilarni qo‘shilmasi (suruvchi va dam berib xaydovchi) bo‘lib, uning sxemasi 10-rasm v da ko‘rsatilgan. Diqqat bilan qarab uni tushunib olish o‘quvchiga qiyinlik tug‘dirmagani uchun, biz u xakda to‘xtab o‘tirishni lozim topmadik. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling