Pochta xizmatlari


Download 19.67 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi19.67 Kb.
#1325135
Bog'liq
6-amaliy ish


Pochta xizmatlari
Hozirgi kunda Davlat pochta xizmatlaridan tashqari xususiy tumanlararo va shaharlararo pochta xizmatlari keng tarqalmoqda. Xususiy pochtalarga BTS, EMU, FARGO va boshqalar kiradi.
Risklarni Pochta biznesi uzluksizligiga ta’siri:

  1. Buyumlarni o’z vaqtida yetib bormasligi (transportlarda uzilishlar)

  2. Xodim mas’ulyatsizligi tufayli asosiy ma’lumotlar o’zgarishi

  3. Pochta ichki bazasida qayta o‘rnatish sodir bo’lishi hamda hakerlar hujumi

  4. Pochta qabul qiluvchi mijozga yetkazib berilayotganda aloqadagi nosozliklar

  5. Tashuvchilarning ehtiyotsizligi sababli nozik buyumlar sinishi

Oqibatlar:



  1. Buyumlarni o’z vaqtida yetib bormasligi oqibatida mijozlar tomonidan ishonch yo‘qolishi va bu pochtadan foydalanuvchilar soni kamayishi

  2. Buyumlar yetkazish muddati cho‘ziladi, pochta xizmatlari tomonida ortiqcha mablag‘ sarflanadi

  3. Pochta ichki bazasida qayta o‘rnatish sodir bo’lishi hamda hakerlar hujumi oqibatida mijozlar ma’lumotlari o‘chib ketishi, ortiqcha vaqt ketishi

  4. Pochta qabul qiluvchi mijozga yetkazib berilayotganda aloqadagi nosozliklar oqibatida mijoz va yetkazib beruvchi o‘rtasida kelishmovchiliklar sodir bo‘lishi

  5. Tashuvchilarning ehtiyotsizligi sababli nozik buyumlar sinishi oqibatida pochta xizmati ma’naviy va moddiy zarar ko‘rishi

Savollarga javoblar:

  1. Biznes uzluksizligi deganda nimani tushunasiz?

Biznes uzluksizligini boshqarish tizimini sertifikatlash sertifikatlashtirish organlari tomonidan biznesning uzluksizligi tizimini joriy qilganligini ko'rsatgan tashkilotlarga taqdim etiladi. Biznes uzluksizligini boshqarish (BCM) - bu tashkilotning ichki va tashqi tahdidlarga duch kelish xavfini aniqlash uchun asosdir. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorgarlik va biznesning uzluksizligini boshqarish tizimlari (BCMS) uchun xavfsizlik talablarini belgilaydigan ISO 22301 standarti, uzluksizlik va tayyorlik ehtiyojlarini tushunishning muhimligini, shuningdek, biznesning uzluksizligini boshqarish siyosati va maqsadlarini belgilash, nazorat va choralarni amalga oshirish va joriy etish zarurligini ta'kidlaydi. tashkilotning umumiy uzluksizlik xavfini boshqarish, biznesning uzluksizligini boshqarish tizimining ishlashi va samaradorligini kuzatish va ko'rib chiqish.

  1. Uzluksiz ishni rejalashtirish asoslari?

Biznesdagi risk tufayli uzilishlarni bartaraf etib, mas’uliyatli xodaimlarni ishga jalb qilib, ish samaradorligini oshirish kerak. Mijozlarga qulay bo‘lgan manzillarda pochta xizmatlari filiallarini tashkil qilish kerak.

  1. Uzluksiz boshqarish rejasini sinash qanday amalga oshiriladi?

Uzluksiz boshqarish rejasini sinash uchun birinchi tumanlararo pochta xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, ularni ish samaradorligini muntazam ravishda tekshirib turish kerak. Biznesga to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan muammolarni nazorat qilib turish.

  1. Biznesning boshqa muhim aktivlari kabi qiymatga ega bo‘lgan aktiv nima?

Biznes qurish uchun barcha foyda keltiradigan buyum, jihozlar umuman olganda biznes rivoji uchun xarid qilingan narsalar aktiv hisoblanadi.

  1. Biznes uzluksizligini boshqarish kompleks boshqaruv jarayoni sifatida nimani o'z ichiga oladi?

Biznes uzluksizligini boshqarish kompleks boshqaruv jarayoni sifatida barcha filial va bo‘linmalarini bir vaqtning o‘zida bir maromda olib boshqarish hamda ularni muntazam ravishda zarur bo‘lgan ish jihozlari bilan ta’minlashni o‘z ichiga oladi.
Download 19.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling