«Ey bek, kim bilan tortishyapsan,-qo‘l qo‘y hujjatga, aks holda kuningni ko‘rsatib qo‘yaman»- deb o‘shqiradi. Solihbekni, Halimboy, Berdivoy, Azimboy, Fozil mulla, Mirzaolim Oxun, Mulla Muzaffar xo‘ja va mulla Fayzlar quvvatlaydilar. Bu vatanparvarlarning barchasi Sibirga surgun qilinadilar. Ikki yildan keyin Chernyayev Solihbek oxun izidan uni za har lab uldirish uchun maxsus odamini ham jo‘natadi.
Chernyayev soxta ahdnomani to‘ldirishni Abdusattor Korabosh o‘g‘li degan kishiga topshiradi va unga majouriy qo‘l qo‘ydirib, muhr bostiriladi. Toshkentni zabt etishda ishtirok etgan podsho soldat va ofitserlariga katta unvonlar, ordenlar beriladi. Polkovnik Chernyayevga generallik unvonini, umrbod maosh bilan (har yili 3000 so‘m) nafaqa tayinlanib, oltin qilich sovg‘a qilinadi. U podshoning sodik arzandasiga aylanadi. xalq esa eng aziz bo‘lgan mustaqilligi va 12 mingdan ortiq o‘g‘lonlaridan judo bo‘ladi.
Turkiston viloyatining harbiy gubernatori qilib tayinlangan general Chernyayev 1866 yil yanvar oyida Buxoro amirligiga qarshi urush boshladi. 1866 yil mayda Buxoro amiri Muzaffar qo‘shini bilan rus qo‘shinlari o‘rtasida Jizzax bilan O‘ratepani birlashtiruvchi Erjar tepaligi yonida jang bo‘lib, shaxsiy xusumatlar ustunligi natijasida amir qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi. Bu-g‘alabadan ruhlangan ruslar 17 may kuni Xo‘jand ostonalarida paydo bo‘ladi. Shahar mudofasida 5 ming kishi shahid bo‘ldi. Bosqinchilar 2 oktyabrda O‘ratepaga hujum boshladilar. 30 ming shahar mudofaachilarining yarmi halok bo‘ldi.
Istilochilar endi Jizzaxni eg‘allashni maqsad qilib qo‘yadilar. 1866 yil 11 oktyabrda shahar kurshovga olinadi. Shahar ahli 5 kunlik mudofaadan so‘ng shaharni qo‘ldan berishga majbur bo‘ladilar. Mudofaachilardan 6 ming kishi uldirilgan, 2 ming kishi asir olingan.
Shu joyda xalqimizning
Do'stlaringiz bilan baham: |