Podstansiyalar. Podstansiyalarning qo‘llanilishi va klassifikatsiyasi


Download 368.99 Kb.
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi368.99 Kb.
#1575943
1   2
Bog'liq
55-KUch transformatorlari montaji.

YUklama koeffitsienti bo‘yicha:
a. Ikki transformatorli podstansiya uchun Kyuq0,75-0,85 birinchi toifali yuklamada.
b. Bir transformatorli podstansiya ikkinchi toifali yuklamasi bo‘lganda,o‘zaro transformatorlarni ikkilamchi kuchlanish tomonidan zahiralanganda
v. Ikkinchi toifali yuklamasi bo‘lgan omborxonada markazlashtirilgan tarnsformatori bo‘lsa,hamda yuklama koeffitsienti bo‘lgan uchinchi toifa iste’molchilari bo‘lsa.
Quvvati 40, 63 va 80 MVA bo‘lsa ikkilamchi chulg‘ami ikkilangan kuchlanish 115/10.5-10.5 bo‘lgan,bog‘lanish sxemasi guruhi bo‘lgan transformatorlar tanlanadi. YUklanish qobiliyati bo‘yicha esa har bir transformator besh kun ichida ortiqcha yuklanish 40% nominal tokdan tashqari 6 soatdan oshmagan vaqtga ruxsat beriladi.
Avariya holatlarida moyli sovitiladigan transformatorlarga ortiqcha yuklanish quyidagicha ruxsat etiladi
30% --120 minutga
45%-- 80 minutga
60% -- 45 minutga
75%-- 20 minutga
170%-- 10 minutga
200% --1,5 minutga
Quruq transfomatrlar uchun
20%-- 60 min
30% -- 45 min
40% -- 32 min
50% --18 min
60% -- 5 min
Avtotransformatorlarni ulanish sxemasi.


10kV
220kV 35kV


Avtotransformatorlar kuchlanishi 230kVgacha quvvati 25000, 13000, 80000, 100000, 125000 qo‘llaniladi.
Nominal quvvati
Sn=3*Uvn*I1

Tipli quvvat Stip-magnit tizimining shunday bir hisobiy quvvati bo‘ladiki, unda avtotransformatorning tejamlilik tomonidan avfzalligi aks etadi.


Stip = Sn (1-1/c)=  Sn, bunda s = Uvn/ Ucn
= Stip/ Sn=(s-1)/ c
- avtotransformatorlarni va transformatorlarni avfzallik koeffitsenti.
s-transformatorning yuqori va o‘rta kuchlanishini orasidagi transformatsiya koeffitsenti.
O‘zgaruvchan va o‘zgarmas tokli podstansiyalar


Tashqi elektr ta’minoti tizimiga tortuvchi podstansiyalarga elektr energiyani ishlab chiqaruchi elektrostansiyalar, bosh pasaytiruvchi podstansiya GPP (glavnaya ponijayushaya podstansiya), havo elektr uzatish yo‘llar va podstansiyalarni o‘zaro bog‘lovchi havo elektr uzatish yo‘llar kiradi (1-rasm).
O‘zgaruvchan tokli podstansiyalar. Har turli podstansiyalarning elektr energiya ta’minoti va elektr energiya taqsimotini ko‘rsatuvchi podstansiyalarning o‘zaro ulanish sxemasi 2-rasmda keltirilgan.

1-rasm. YUklamalarini elektr bilan ta’minlash sxemasi
Rasmda: A-tashqi elektr energiya ta’minoti sxemasi; B- elektr energiyaning taqsimoti sxemasi; 1-elektr energiyani ishlab chiqaruchi elektrostansiyalar yoki bosh pasaytiruvchi podstansiya GPP; 2-uch fazali havo elektr uzatish yo‘llar; 3-podstansiyalarni o‘zaro bog‘lovchi elektr tarmoqlar; 4-podstansiyalar; 5-tarmog‘; 6, 7, 8 -istemolchilar.
Tayanch podstansiyalar 1 bilan kiruvchi 110 kV yoki 220 kV havo elektr uzatish yo‘llar 5 orasiga yuqori kuchlanishli kommutasiya jixozlari: uzgichlar Q va havo ajratgichlari QS o‘rnatilgan. Podstansiyalarni o‘zaro bog‘lovchi 110 kV yoki 35 kV havo elektr uzatish yo‘llar 6 bilan tayanch podstansiyalar 1, tranzit podstansiyalar 2, shahobcha podstansiyalar 3 va tupik podstansiyalar 4 orasiga ham xuddi shunday kommutasiya jixozlari: uzgichlar Q va havo ajratgichlari QS o‘rnatilgandir (2-rasm).
13-rasm. O‘zgaruvchan tokli podstansiyalarni ulash sxemasi.


Rasmda: 1-tayanch podstansiyalar, 2-tranzit-oraliq podstansiyalar, 3-shahobcha podstansiyalar, 4-tupik-boshi berk podstansiyalar, 5-kiruvchi havo elektr uzatish yo‘llar, 6- podstansiyalarni o‘zaro bog‘lovchi havo elektr uzatish yo‘llar, QS-havo ajratgichlari, Q-uzgichlar, ORU-ochiq taqsimlovchi qurilmalar, T–uch fazali kuch transformatorlari ko‘rsatilgan.

13
Podstansiyalarning tok o‘tkazuvchi shinalariga ochiq taqsimlovchi qurilma ORU o‘rnatilgan bo‘lib, uning havo ajratgichlarining QS soni va o‘rnatilish joyi shunday tanlab olinganki, agar bir kuch transformatari ishdan chiqib ta’mirga yoki rezerv bilan almashtirishga o‘chirilsa, bu holatda ikkinchi transformator tarmog‘ni tok bilan ta’minlab turadi. Agar ikkinchi transformator ham ishdan chiqsa, u holda tortuvchi podstansiyaning o‘zi o‘zaro bog‘lovchi 6 havo elektr uzatish yo‘llardan ajratiladi. Bu holat boshqa podstansiyalarning normal ishlashiga halal bermaydi. Bundan tashqari, ochiq taqsimlovchi qurilma ORU tarkibidagi havo ajratgichlari QS soni va o‘rnatilish joyi bo‘yicha barcha podstansiyalarga ikki tomanlama elektr ta’minotning doimiy bo‘lishini belgilovchi tezkor o‘chirib-ulashlar imkonini beradi.
4a-rasmda 1-havo elektr uzatish yo‘llardan kelgan kirish qismlar; 2-havo elektr uzatish yo‘llardan kelgan kuchlanishni taqsimlovchi qurilmalar; 8- tarmog‘ning fiderlari; 9-kuchlanishi 35 kV taqsimlovchi qurilmalar; 10-kuchlanishi 35 kV iste’molchilarining fiderlari; 12-uch chulg‘amli asosiy va rezerv kuch transformatorlari, 13-o‘zgaruvchan tokli taqsimlovchi qurilmalar.
O‘zgaruvchan tokli podstansiyaning tuzilish sxemasi 3a-rasmda keltirilgan bulib, sxemada tarmog‘iga chiquvchi fiderlarnig ulanishi ham ko‘rsatilgan.
Podstansiyalarning ikki kuch transfomatoridan 12 biri faqat tarmog‘ni elektr energiya bilan ta’minlashga xizmat qilsa, ikkinchi kuch transfomatori qisman podstansiyaning o‘z ihtiyojini qondirishga xizmat qiladi.
Podstansiyalar transformatorli bo‘ladi va elektr energiyani 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli havo elektr uzatish yo‘ldan oladi (4a-rasm).
Kirish kuchlashning taqsimlagich qurilmalari 6(10) kV va 35 kV taqsimlagich qurilmalar bilan uch chulg‘amli transformatorlar orqali ulanishi mumkin. Bir fazali tortish yuklamasi elektr energiyani transformatorning yulduz shaklida yig‘ilgan chulg‘amlaridan oladi. Kuch transformatorini tarmog‘ga ulash sxemasi 15b-rasmda keltirilgan. Rasmda: 1-neytral qo‘yilma; 2, 5-podstansiyaning chap va o‘ng elka tarmoqlar; 3, 4 elektr yuklamalar.
Bir fazali yuklamasi elektr energiyani transformatorning yulduz - nol shaklida yiqilgan chulg‘amlaridan oladi. Tashqi elektr ta’minoti tarmog‘ida teskari ketma-ketlik toklarini kamaytirish va tarmog‘lar bo‘yicha podstansiyalarning parallel ishlashini ta’minlash zaruriyati podstansiyalarni maxsus sxema bo‘yicha simmetriyalovchi ulashni taqozo etadi. Simmetriyalash tadbiri podstansiya transformatorlarining birlamchi At Vt St; X Y Z va ikkilamchi x y z; a b c chulg‘amlar ulangan kirma izolyatorlar ulagichlarini ma’lum sxema bo‘yicha ulash yordamida tortuvchi hamda energiya ta’minlovchi tarmoqlarga mos ulanishini ta’minlaydi.
O‘zgaruvchan tokli podstansiyaning jixozlari va ba’zi ko‘rinishlari rangli ilovaning I hamda II rasmlarida berilgan.
2 tarsformatorli podstansiyalarning elektr ta’minlash sxemasi 5-rasmda berilgan.

5-rasm. 2 transformatordan elektr ta’minlash sxemasi.
Podstansiya kuch transformatorlari elektr energiyani 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli taqsimlovchi qurilmalardan oladi. Har bir transformatorning ikkilamchi chulg‘ami ikki seksiyadan tashkil qilinadi.
Har bir podstansiyada birnechta ishlab turuvchi va bitta zahira transformatori o‘rnatish ko‘zda tutiladi (6-rasm). Biron ishlab turuvchi transformator buzilsa, o‘rniga darhol zahiradagi transformator o‘rnatiladi.

6-rasm. 3 transformatorli podstansiya.
O‘zgarmas tokli podstansiyalar elektr energiyani 6 kV, 10 kV, 35 kV kuchlanishli elektr tarmog‘idan olishlari va o‘zgaruvchan tokli tortuvchi podstansiyalar elektr energiyani 110 kV yoki 220 kV kuchlanishli elektr tarmog‘idan olishlari tavsiya etiladi.

adabiyotlar



  1. Kudrin B.I. Elektrosnabjenie promыshlennыx predpriyatiy. M.: Energoatomizdat, 1995 g.

  2. Konyuxova E:.A. Elektrosnabjenie ob’ektov: Uchebnoe posobie. M.: Izdatelstvo «Masterstvo»; Vыsshaya shkola, 2001. – 320 s.: il.

  3. Opoleva G.N. Sxemы i podstansii elektrosnabjeniya: Spravochnik: Uchebnoe posobie. posobie. – M.: FORUM: INFRA-M, 2006. – 480 s.

Download 368.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling