Pokiston davlatining tashkil topishi Harbiy diktatura o‘rnatilishi


Download 24.7 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi24.7 Kb.
#1501485
Bog'liq
33.pokiston islom respublikasi xx as

Reja:


  1. Pokiston davlatining tashkil topishi

  2. Harbiy diktatura o‘rnatilishi

  3. Pokiston 60—70-yillarda

  4. Pokiston — O‘zbekiston munosabatlari

Pokiston davlati 1947-yilning 14-avgustida tashkil etildi. Bu hodisa, avvalgi mavzuda ta’kidlangani- dek, Hindistonning ikkiga bo‘lib yuborilishi natijasi edi. Bu bo‘linish diniy belgi asosida amalga oshirilganligi uchun Pokiston hududi amalda ikki — g‘arbiy va sharqiy qismdan iborat bo‘lib qoldi. Bu qismlarni 1600 km lik masofa ajratib turar edi. Pokiston 1947-yildan 1958- yilgacha inglizlarning Hindistonni boshqarish haqidagi 1935-yildagi Qonu- ni, 1947-yildagi Mustaqillik deklaratsiyasi bo‘yicha parlament tizimi asosida boshqarib kelindi. Lekin Oliy qonun chiqaruvchi organga saylov o‘tkazilmas edi.


Pokiston davlati dastlabki kunlardanoq katta muammolarga duch keldi. Ma’lumki, Hindistonning ikkiga bo‘linishi qattiq diniy qirg‘inlarni keltirib chiqargan edi. Buning oqibatida faqat Hindiston hududidan dastlabki yillarda 7 mln kishi Pokistonga qochib o‘tdi. Ularni yashash joyi va ish bilan
ta’minlash muammosi buningsiz ham ahvoli og‘ir bo‘lgan yosh davlatning ahvolini yanada qiyinlashtirib yubordi.
Ikki davlat o‘rtasidagi hududiy kelishmovchiliklar katta qurbonlarga sabab bo‘lgan urushlarni keltirib chiqargan.
Asosiy hududiy muammo Kashmir viloyati muammosi edi. Kashmir aholisining asosiy qismi musulmonlardan iborat. Pokiston ana shu omilga urg‘u beradi. Hindiston esa Kashmirni asrlar osha hind maxaraji boshqarib kelganligiga urg‘u beradi.
Maxaraj 1947-yilning iyul oyida Hindiston tarkibida qolish istagini e’lon qildi. Bu qaror ommaviy to‘qnashuvlarni keltirib chiqardi. Kashmir muammosi BMT Xavfsizlik Kengashida muhokama qilindi. Kengash urush harakatlarini to‘xtatish, har ikki davlat qo‘shinlarini Kashmirdan olib chiqib ketish va BMT nazorati ostida Kashmirda referendum o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.
Biroq Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashi qarorini bajarmadi. 1954- yilning may oyida Kashmirni Hindistonga qo‘shib oldi. Kashmir muammosi hamon ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning keskinligicha saqlanib qolishiga sabab bo‘lib kelmoqda.
Ayni paytda bu keskinlik har ikki davlatni ittifoqchilar izlashga majbur etgan. Hindiston qo‘shilmaslik harakati a’zosi bo‘lsa-da, sobiq SSSR bilan, Pokiston esa AQSH bilan yaqinlashish siyosatini yuritganlar. Har ikki tomon ham kuchli armiya tuzishga urindilar. Pokiston 1954-yilda SEATO, 1955- yilda esa Bag‘dod pakti (keyinchalik SENTO) ga a’zo bo‘lib kirdi.
Britaniya mustamlakachiligining og‘ir oqibatlari, katta harbiy xarajat Pokistonning iqtisodiy jihatdan sekin rivojlanishiga, agrar davlatligicha qolishiga sabab bo‘lgan. Bu esa muhim ijtimoiy sohalarni (sog‘liqni saqlash, ta’lim, ijtimoiy ta’minot va boshqalarni) zarur mablag‘ bilan ta’minlashga
Aholi turmush sharoitining og‘irligi, boshqa mil- latlar huquqlarining kamsitilishi mamlakatdagi ichki ahvolni yanada murakkablashtirdi. Pokis- ton hukumati mamlakatning butun hududida urdu tilini davlat tiliga aylantirishga urindi. Sharqiy Pokiston (hozirgi Bangladesh)da asosan bengallar yashar edi. Biroq ular davlat xizmatchilarining atigi 10 foizini tashkil etardilar.
Sharqiy Pokiston iqtisodiga butun davlat budjetining uchdan bir qismi, ta’limga esa o‘n oltidan bir qismi sarflanar edi. Bu hududdan qilingan eksport natijasida davlat xazinasiga tushgan valuta asosan G‘arbiy Pokiston ehtiyojlari uchun sarflanardi. Bu hol, tabiiyki, Sharqiy Pokistonda milliy harakatni vujudga keltirgan. Bu harakatni Xalq Ligasi partiyasi boshqargan.
Mamlakatdagi bu ichki ahvolni adolatli hal etish o‘rniga hukmron Musulmon Ligasi partiyasi repressiya, zo‘ravonlik siyosati bilan javob qaytardi. 
1954-yilda Sharqiy Pokistonda qonuniy yo‘l bilan hokimiyat tepasiga kelgan Birlashgan front hukumati ag‘darib tashlandi. Ayni paytda Pokiston parlamenti tarqatib yuborildi. Butun mamlakat hududida favqulodda holat joriy etildi. 1956-yil 23-martda yangi konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko‘ra, Pokiston Islom Respublikasi deb e’lon qilindi. Konstitutsiyada mamlakat prezidenti musulmon kishi bo‘lishi kerak, deb belgilab qo‘yildi. 1958-yilga kelib davlatning iqtisodiy ahvoli yanada yomonlashdi. Aholi turmush darajasi pasaydi. Natijada aholining o‘z haq-huquqi uchun kurashi kuchaydi.
Ayni paytda turli siyosiy guruhlar o‘rtasida hokimiyat uchun kurash kuchaydi. Mamlakatda korrupsiya avj oldi. Bu hol hukumat beqarorligi- ni keltirib chiqardi. Mamlakatni chuqur iqtisodiy va siyosiy tanglik qamrab oldi. Shunday sharoitda Pokiston armiyasi qo‘mondonligi hokimiyatni qo‘lga olishga qaror qildi. Ular 1958-yil 27-oktabrda davlat to‘ntarishini amalga oshirdilar. Butun hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni general (1959-yildan — feldmarshal) M. Ayubxon qo‘liga o‘tdi. Mamlakatda harbiy holat o‘rnatildi. 1960-yil fevralda saylovlar o‘tkazilib, Ayubxon g‘alaba qildi.
M. Ayubxon hukumati siyosiy partiyalar faoliya- tini taqiqlab qo‘ydi. Ommaviy axborot vositalariga nisbatan qattiq senzura o‘rnatdi. Ayni paytda mamlakat iqtisodiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan qator islohotlar boshlandi. Chunonchi, 1959-yilda agrar islohot o‘tkazildi. Unga ko‘ra, katta yer egaligi 500 akr (200 gektar) hajmida cheklab qo‘yildi.
Ortiqcha yerlar sotib olindi va ular kam yerlilarga sotildi. Bundan tashqari, hukumat qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. Sanoat, savdo, soliqqa tortish sohasida o‘tkazilgan qator tadbirlar ishlab chiqarishning o‘sishi uchun qulay sharoit yaratdi.
Bu omillar Pokistonning iqtisodiy taraqqiyotini tezlashtirdi. Biroq islohot- larning cheklanganligi va izchil bo‘lmaganligi Pokistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga imkon bermadi. Chetdan millionlab tonna oziq- ovqat mahsulotlari keltirishga majbur bo‘lindi.
Mamlakatda harbiy holat uzoq davom etishi mumkin emas edi. Buni tushunib yetgan M. Ayubxon 1962-yil 8-iyunda harbiy holatni bekor qildi. Mamlakatning yangi konstitutsiyasi 1962-yilda qabul qilindi. Siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat etildi. Musulmon Ligasi partiyasi yetakchi partiya bo‘lib qoldi. Uni M. Ayubxonning o‘zi boshqardi. 1965-yilda M. Ayubxon yangi muddatga Prezident etib saylandi.
Mamlakatning tashqi siyosatida bir yoqlamalikdan (ya’ni, g‘arb davlatlari bilan yaqinlashishdan) qaytish yuz bera boshladi. Osiyo va Afrika davlatlari bilan munosabatlarda ijobiy tomonga o‘zgarish yuz berdi. Pokiston Isroilning arab davlatlariga qarshi agressiyasini qoraladi. SEATO va SENTO harbiy-
siyosiy ittifoqlaridagi ishtirokini cheklab qo‘ydi. Ayni paytda Hindiston bilan munosabatlarda o‘zgarish yuz bermadi. Bu davlatlar o‘rtasida 1965-yilning o‘zida ikki marta qurolli to‘qnashuv yuz berdi. SSSR bu ikki davlat munosabatlarini normallashtirish uchun barcha diplomatik choralarni ko‘rdi. 1966-yilning yanvar oyida Toshkent shahrida Hindiston bosh vaziri L. B. Shastri va M. Ayubxon o‘rtasida ikki davlat munosabatlarini normal- lashtirish haqida kelishuvga erishildi.
Biroq Pokistonda ichki vaziyat beqarorligicha qolaverdi. Buning asosiy sababi — mamlakatning iqtisodiy qoloqligi oqibatida aholi turmushi past darajada qolayotganligi edi. Mamlakatni ish tashlash, namoyish to‘lqini qamrab oldi. Ayni paytda Sharqiy Pokistonda milliy harakat kuchaydi.
Repressiya vaziyatni yanada keskinlashtirdi, xolos. Mamlakatda vujudga kelgan chuqur siyosiy tanglik 1969-yilning 25-martida M. Ayubxonni iste’fo berishga majbur etdi. Hokimiyat armiya bosh qo‘mondoni general Yahyoxon qo‘liga o‘tdi. U mamlakatda harbiy holat joriy etdi. Biroq bu siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga yordam bermadi. 1970-yil dekabrda Pokiston tarixida birinchi marta umumxalq saylovlari o‘tkazildi. Mamlakat¬ni demokratik asosda qayta qurish dasturi bilan chiqqan partiyalar — Sharqiy Pokistonda M. Rahmon boshliq «Avomi liga», G‘arbiy Pokistonda Z. A. Bxutto boshliq Xalq partiyasi g‘alaba qildi. Lekin hokimiyatga birdaniga kelolmadi. Hukumat repressiya boshladi. Bunga javoban, 1971- yilda Sharqiy Pokistonda milliy-ozodlik kurashi boshlandi. 26-mart kuni Sharqiy Pokiston hududida Bangladesh Xalq Respublikasi tuzilganligi e’lon qilindi.
Bu harakatni Hindiston qo‘llab-quvvatladi. Oqibatda Pokiston — Hindiston urushi yuz berdi. Bu urushda Pokistonning g‘arbiy frontdagi armiyasi yengildi, Bangladeshdagi armiyasi esa taslim bo‘ldi. Mag‘lubiyat Yahyoxon harbiy diktaturasining qulashiga olib keldi. Shu tariqa fuqarolik hukumati tuzilishiga yo‘l ochildi. 1971-yil 20-dekabrda Pokiston Xalq partiyasi hokimiyatga keldi. Uning rahbari Zulfiqor Ali Bxutto bosh vazir lavozimini egalladi. Yangi hukumat harbiy holatni bekor qildi. Sanoatning yetakchi tarmoqlarini, bank va sug‘urta kompaniyalarini milliylashtirdi.
Mamlakatda agrar islohot o‘tkazildi. Unga ko‘ra, katta yer egaligi hajmi 150 akr (60 ga) bilan cheklab qo‘yildi. Ortiqcha yerlar kam yerli va yersiz dehqonlarga tekinga bo‘lib berildi. Bu islohot 1977-yilda yana davom ettirildi. Endi yer egaligi hajmi 100 akr (40 gektar) bilan cheklab qo‘yildi.
Soliq o‘ziga to‘q dehqonlardan va katta yer egalaridan olinadigan bo‘ldi. Mamlakat tarixida birinchi marta pensiya ta’minoti joriy etildi. 1973-yilda yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko‘ra, Pokiston parlament respublikasi deb e’lon qilindi. Z. Bxutto hukumati xalqaro miqyosda real vaziyatni hisobga olgan holda siyosat yurita boshladi. Chunonchi, 1972-yilda Pokiston SEATO dan chiqdi. 1974-yilda Bang¬ladesh Respublikasini tan oldi. 1976-yilda esa Hindiston bilan diplomatik aloqasini tikladi.
Biroq fuqaro hukumati ko‘p yashamadi. 1977-yilning 5-iyunida Pokiston tarixida ikkinchi marta harbiy to‘ntarish amalga oshirildi. Bunga mamlakatda yuz bergan chuqur iqtisodiy va siyosiy inqiroz yo‘l ochgan edi. Chunonchi, 1973-yilda Yaqin Sharqdagi urush munosabati bilan yuz bergan energetika inqirozi Pokiston iqtisodiga katta salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Mamlakatda keng iste’mol tovarlarining narxi ko‘tarilib ketdi. Ishsizlar soni kundan-kunga oshib bordi. Bu hol boshlangan islohotlarni oxiriga yetkazishga imkon bermadi. Buning ustiga diniy mutaassiblar 1974-yilda yirik jamoaviy to‘qnashuvni keltirib chiqardilar. Natijada 1975-yilning fev- ralida Z. Bxutto hukumati asosiy muxolifatchi partiya — Milliy Xalq partiyasi faoliyatini taqiqlab qo‘yishga majbur bo‘ldi. Og‘ir siyosiy sharoitda bo‘lsa ham 1977-yilda parlament saylovi o‘tkazildi. Unda Z. Bxutto partiyasi g‘alaba qozonganligi e’lon qilindi. Biroq muxolifatchi partiyalar ittifoqi — Pokiston Milliy Alyansi buni tan olmadi va hukumatga qarshi keng kampaniyani avj oldirdi. Shunday sharoitda, yuqorida ta’kidlanganidek, harbiylar navbatdagi davlat to‘ntarishini amalga oshirdilar.
1977-yil 5-iyulda hokimiyat general Ziyoulhaq qo‘liga o‘tdi. Mamla¬katda harbiy holat joriy etildi. Z. Bxutto hibsga olindi va Jahon jamoat- chiligining e’tiroziga qaramay, 1979-yilda qatl etildi. 1973-yilgi Kons- titutsiyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘ydi, parlamentni tarqatib yubordi. 1979-yildan barcha siyosiy partiyalar faoliyati taqiqlandi. Ziyoulhaq jamiyat hayotini to‘la islomlashtirish siyosatini yuritdi. 1979-yilda Pokiston SENTO blokidan chiqdi. Qo‘shilmaslik harakatining qatnashchisi bo‘ldi. 1981—1987- yillarda AQSHdan 3,2 mlrd miqdorida harbiy-iqtisodiy yordam oldi. Harbiylarning navbatdagi hokimiyatdan ketishiga Ziyoulhaqning 1988-yil 17-avgust kuni samolyot halokati oqibatida halok bo‘lishi sabab bo‘ldi. G‘ulom Is’hoqxon Prezident bo‘lib qoldi.
Shu yilning 16-noyabr kuni parlament saylovi o‘tkazildi. Unda Z. Bxut- toning qizi — Benazir Bxutto boshqargan Pokiston Xalq partiyasi g‘alaba qozondi va u Bosh vazir lavozimini egalladi.
B. Bxutto ba’zi xatolarga yo‘l qo‘ydi. Uni korrupsiyada ayblab, 1990- yilda hokimiyatdan chetlatishdi. Uning o‘rniga Navoz Sharif bosh vazirlikka tayinlandi. Lekin ahvol tinchimadi. Prezident Legari yangi saylov o‘tkazishga majbur bo‘ldi.
1993-yilgi parlament saylovida ham B. Bxutto partiyasi g‘alaba qozondi. Biroq ichki siyosiy vaziyat nihoyatda chigal bo‘lgan Pokistondek davlatni boshqarish oson emas edi. Siyosiy tajribasizlik B. Bxuttoga mamlakatda siyosiy barqarorlikni ta’minlash imkonini bermadi. U yana korrupsiyada ayblandi.
1997-yilgi saylovda esa Pokiston Musulmon Ligasi g‘olib chiqdi. Uning rahbari N. Sharif bosh vazir lavozimini egalladi. Bu partiya hukmronligiga oxir-oqibatda navbatdagi — uchinchi harbiy to‘ntarish chek qo‘ydi. Bu
davrda mamlakat tashqi qarz botqog‘iga botgan edi. Hindiston bilan munosabatning yomonligi Pokistonni katta harbiy xarajatlar qilishga majbur etardi. Bu esa tashqi qarzning tobora ortishiga olib kelgan asosiy omil edi. 1999-yilning may oyida o‘tkazilgan yadro bombasi sinovi juda katta xarajatlar evaziga, xalq ommasi rizqi evaziga amalga oshganligi sir emas.
Biror-bir siyosiy partiya mamlakatni inqirozdan olib chiqishga muvaffaq bo‘la olmadi. Ular uchun bir-birlarini korrupsiyada ayblash odatiy holga aylanib qoldi. Bu esa aholi ko‘z o‘ngida ularning obro‘sini to‘kdi.
Harbiylar vujudga kelgan vaziyatdan yana foydalandilar. 1999-yilning 3- oktabrida ular hokimiyatni qo‘lga oldilar. Armiya bosh shtabi boshlig‘i general P. Musharraf o‘zini prezident deb e’lon qildi. Pokistonda harbiy diktatura hukmronligi hamon davom etmoqda. Mustaqillik yillarida Pokiston va Hindiston taraqqiyotini taqqoslaydigan bo‘lsak, ular o‘rtasida qator jiddiy farqlar borligini ko‘rish mumkin. Masalan, Hindiston parlament respublikasi bo‘lsa, Pokiston prezidentlik respublikasidir. Sh. Aziz Bosh vazir lavozimida ishlamoqda. Pokistonda jamiyat hayotini diniy asosda qurish bu davlat hududiy yaxlitligiga tahdid solmaydi. Hindistonda esa bu omil uning parchalanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Pokistonda 3 marta harbiy to‘ntarish sodir bo‘lgani holda, Hindiston¬da biror marta ham bunday hodisa sodir bo‘lgani yo‘q.
Ayni paytda, har ikki davlat mustaqillik yillarida sanoat potensialini yarata oldi. Hindiston bu borada ancha ilgarilab ketdi ham. Buning misoli o‘laroq, u 1980-yilda o‘zining sun’iy yer yo‘ldoshini uchirishga muvaffaq bo‘ldi. Har ikki davlat ham yadro qurolini sinovdan o‘tkazishga erishdi. Bu hodisa Osiyoda tinchlikning barqaror bo‘lishiga xizmat qilmaydi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin Yaqin Sharq mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif 1992- yil 27-28-iyun kunlari O‘zbekistonga tashrif bu- yurdi. Tashrif chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida davlatlararo munosabatlar va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma, hukumatlar o‘rtasida madaniyat, sog‘liqni saqlash, fan, texnika, kadrlar tayyorlash, sport va ommaviy axborot sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
1992-yil avgustida O‘zbekiston Prezidenti I. A. Karimov Pokistonga javob tashrifi bilan bordi. U yerdagi uchrashuvlar, suhbatlar, muzokaralar natijasida ikki mamlakat o‘rtasida 5 ta muhim bitim imzolandi. Banklar to‘g‘risida, investitsiyalarni himoya qilish, elektrlashtirish, irrigatsiya va melioratsiya, telekommunikatsiya sohasida hamkorlik qilish haqidagi bitimlar o‘tgan yillar davomida o‘z samarasini berdi. Pokistonning «Tabani korpo- reyshn», «Lahor», «Pia», «Merkuriy», «Metro garmen tes» va boshqa fir- malari O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatmoqda. 1994-yilda tovar ayirboshlash 4,3 mln dollarga yetdi.
Urdushunos olim A. Ibrohimov Lahor shahrida o‘zbek tili kurslarini tashkil etdi. O‘zbekistonning pilla, shoyi matolari, shisha va billurlari, yengil
sanoat uchun mashina va uskunalari Pokistonda sevib xarid qilinsa, pokistonliklarning tayyor kiyimlari, charm kamzullari, shakar va kakaosi o‘zbekistonliklarga manzur bo‘lmoqda, 2004-yilda ikki mamlakat o‘rtasida tovar ayirboshlash 8,4 mln dollarni tashkil etdi. 43 mln dollarlik paxta Eron bandargohlari orqali chetga chiqmoqda. Pokiston esa uchinchi davlat orqali paxta sotib olmoqda.
2005-yil martida Pokiston Prezidenti P. Musharrafning O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida bu masalalar muhokama qilindi. Pokiston sarmoyalari bilan O‘zbekistonda 42 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. 2004-yilda ular 19,5 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqardilar. Tashrif chog‘ida hamkorlikni yanada mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma bayonot, 2005-2009-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan madaniy aloqalar dasturi va xalqaro terrorizmga qarshi kurash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi.
Download 24.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling