Po’lat kolonnalar


Download 214.91 Kb.
Sana08.05.2023
Hajmi214.91 Kb.
#1443916
Bog'liq
Po’lat kolonnalar.


Po’lat kolonnalar.
Reja:
1.Siqilishga ishlaydigan konstruksiya elementlari to’grisida umumiy ma’lumotlar.
2.Po’lat kolonnalar.
3.Кolonnalarning turlari va foydalanish sohalari.
4.Uzlukli va uzluksiz kesimli kolonnalarning asosiy elementlari, ularni konstruksiyalash va xisoblash.


Tayanch so’z va iboralar: ustunlar, sterjenlar, bosh qism, asos.
U S T U N L A R.
Ustunlar o’zidan yuqorida joylashgan konstruksiyalardan tushadigan yuklarni poydevorlarga uzatuvchi kostruksiyalardir. Ustunlar quyidagi qismlardan iborat: yuqorida joylashgan konstruksiyalardan tushadigan yuklarni bevosita qabul qiladigan qismi - bosh qism, yukni uzatuvchi asosiy o’rta qism - sterjen, sterjendan poydevorga yukni uzatadigan qismi - asos. Ustun sterjenining kesimi yaxlit yoki panjarali bo’ladi. Yalpi kesimlar ochiq va berk bo’lishi mumkin.



USTUNLARNI ASOSIY O’RTA QISMI – STERJEN.
Ustunlarni loyihalash-ularning kesimi turini tanlashdan boshlanadi. Bunda «X-X» hamda «U-U» o’qlari tekisligida bir xil ustuvorlikka ega bo’lishi maqsadga muvofiq. Buning uchun quyidagi shart qanoatlantirilishi kerak:
x y yoki lx ly va ix  iy bo’lganda bo’ladi.
Yukni ta’sir etishiga va ustun balandligiga qarab egiluvchanligini belgilaymiz. Agar ta’sir etayotgan yuk 150-200 t atrofida, balandligi 4-6 m bo’lsa, unda egiluvchanligini 100-70 oralig’ida olamiz. Ta’sir etayotgan yuk 250-400t–gacha bo’lsa, egiluvchanligini 70-50 oralig’ida belgilaymiz. Egiluvchanligini belgilab olingandan keyin jadvaldan koeffisient «» nechaga tengligini aniqlaymiz va ustunning zaruriy yuzasini topamiz

kesim yuzani talab qilingan inersiya radiusini ham tomonlarini aniqlaymiz:

Кesim tanlagach, ustunning mustaxkamligi va turg’unligi quyidagi formula bo’yicha tekshiriladi

min-kichik bo’ylama egilish koeffisienti,eng katta egiluvchanlik qiymati bo’yicha QMQ jadvaldan olinadi.


USTUNLARNING BOSH QISMLARI.
Ustunning bosh qismi ustundan yuqorida joylashgan konstruksiyalar uchun tayanch bo’lib xizmat qiladi va tushadigan yukni ustunning sterjen kesimi bo’ylab tekis tarqatadi.
Ustunlar to’sinlar bilan sharnirli yoki bikr tutashtirilgan bo’lishi mumkin. Sharnirli tutashida odatda to’sin ustunning ustiga qo’yiladi. Bu holda ustunning bosh qismi plita va uni ushlab turib, yukni ustun sterjeniga uzatuvchi qovurg’alardan iborat bo’ladi. Agar ustunga yuk to’sinlarning yo’nilgan qirrali tayanch qovurg’alari orqali uzatilayotgan bo’lsa, bosh qismining plitasi pastdagi qovurg’alar yordamida ushlab turiladi. Qovurg’aning balandligi shu qovurg’aning tarmoqlarga yoki devorgacha mahkamlaydigan payvand choklar uzunligi bo’yicha aniqlanadi

yoki

To’sin ustunga yonboshidan tutashgan bo’lsa vertikal reaksiya to’sinning tayanish qovurg’asining yo’nilgan qirrasi orqali tayanish plitasiga va undan ustunning tokchasiga uzatiladi. Tayanish plitasini ustun tokchasiga biriktiruvchi payvand choklarning mustahkamligi quyidagi formula bilan tekshiriladi:



To’sinning tayanch qovurg’asining pastki qirrasi bilan tayanish plitasining qirrasi ba’zi sabablarga ko’ra parallel bo’lmay qolishi mumkin. Buning natijasida ikkita vertikal chokdan biriga N2 dan ko’proq yuk tushib qolishi mumkin. Shu ehtimollikni hisobga olish maqsadida formulaning suratida reaktiv kuch 1,3 marta oshirib olingan.


USTUNLARNING ASOSLARI.

Ustunning asoslari sterjendan kelgan yukni poydevorga bir tekis taqsimlashga hizmat qiladi. Ustun asoslari uch xil bo’lishi mumkin. Traversa bilan, tayanch plita bilan, va sharnirli tayanchi bilan.


Ustundan tushadigan bosim katta bo’lganda plitaning qalinligini kamaytirish maqsadida bo’ylama hisobiy kuch plitaga ustunning sterjeni va traversalar orqali uzatiladi. Traversalar ustundan keladigan kuchning plita yuzasi bo’ylab tekis taqsimlanishiga imkoniyat beradi.
Sharnirli tayanch plitadan iborat bo’lgan ustunlar ideal hisobiy sxemaga javob beradi, lekin ularni o’rnatish biroz qiyin kechadi.
Tayanch plitaning o’lchamlari quyidagi formula orqali aniqlanadi

Rb-betoning hisobiy qarshiligi.





O’zini-o’zi nazorat qilish uchun savollar va topshiriqlar

  1. Ustun necha qismdan iborat?

  2. Ustunni hisobi.

  3. Ustunni bosh qismi necha xil bo’lishi mumkin?

  4. Ustunlarni asoslari.

  5. Qachon ustun teng turg’unlikka ega bo’ladi?

Download 214.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling