Po'lat Mo'minning va Qudrat Hikmat hayoti va ijodi Reja


Download 27.43 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi27.43 Kb.
#1523849
1   2   3
Bog'liq
Po\'lat Mo\'minning va Qudrat Hikmat hayoti va ijodi

QUDRAT HIKMAT
(1925-1968)
Qudrat Hikmat 1925-yilda Toshkent shahrida kambag’al dehqon oilasida tug’ilgan. Bo`lajak shoir Quddus Muhammadiy rahbarlik qilgan adabiyot to`garagida faol ishtirok etadi. Bu to`garak uning she’riyat sirlarini egallashida katta rol’ o`ynaydi.
Q.Hikmatning ijodiy o`sishida Oybek, Abdulla Qahhor, Uyg’un, Mirtemir, Quddus Muhammadiylarning murabbiylik roli katta bo`ldi.
Q.Hikmat bolalar uchun 1945-yildan boshlab she’rlar yoza boshlaydi. Uning dastlabki she’rlari bolalar va yoshlar gazetalarida hamda jurnallarida bosila boshlaydi.
Q.Hikmat bir qancha vaqt Chirchiq shahar gazetasida ishlaydi. Shu bilan birga mehnatdan ajralmagan holda hozirgi Toshkent davlat pedagogika unversitetida o`qiydi. 1957- yildan umrining oxirigacha turli nashriyotlarda redaktor, bo`lim boshliQi ifatida yosh avlodga kitoblar chop etishda fidoyilik qiladi.
Qudrat Hikmatning “Mening Vatanim” (1950), “Baxtli bolalar” (1951-1952), “Obodlik” (1953), “Do`stlik” (1950), “Rodnoy Uzbekistan” (1955) kabi qator to`plamlari nashr etildi. Keyinchalik “Ilon shoh va uning amaldori ari haqida ertak” (1963), “Soatjonning soati” (1964), “Toshbaqalar hujumi” (1965), “Daydi bola”, “O`Qlim bilan suhbat” (1970) singari kitoblari bilan o`zbek bolalar adabiyoti taraqqiyotiga samarali hissa qo`shdi.
Shoir asarlarining mavzu doirasi keng va rang-barang. Turli yoshdagi kitobxonlar Qudrat Hikmat asarlarini sevib o`qiydilar, ulardan estetik zavq oladilar. Shoir o`z asarlarida bolalarni qiziqtirgan, ularning bilgisi, eshitgisi kelgan narsa va voqealarni ixcham, o`ynoqi vazn va qofiyalari pishiq ishlangan misrlarda ifodalaydi.
Qudrat Hikmat ijodining yana bir muhim tomoni shundaki, u bolalar tilini yaxshi o`zlashtirgan, o`rgangan. Shuning uchun ham she’rlari go`zal va yoqimli, sodda va ravon.
Qudrat Hikmat o`zining ilk she’rlaridan biri “Mening Vatanim”da mehribon ona-Vatanning ulug`vorligini ko`tarinki ruh bilan kuylasa, “Bog’cha” she’rida bolalarni shu ulkan Vatanning quchog’iga yetaklab kiradi. Vatan degan shu aziz so`zni, uning tom ma’nosini bolalarning soya-salqin, ozoda, orombaxsh bog’chasiga ko`chiradi. Shu yer, kichkintoylarning yurgan-turgan joyi ulug` Vatan ekanligini uqtiradi:
O`rtoqjon Turg’un,
Men bilan yurgin.
Bizning bog’chani,
Bir borib ko`rgin.
Turli o`yinchoq,
Arg’imchoq bizda.
Kemamiz suzar,
Dengizchamizda.
Miltig’imizning
O`qlari olmos,
Chegaramizga
Dushman yo`lolmas.
Shoir “Baxtli bolalar” she’rida bolalarni ozod, erkin, baxtiyorligi va ularning ona-Vatanga bo`lgan cheksiz mehr-muhabbatlarini zo`r ko`tarinki ruh bilan kuylaydi. Qudrat Hikmat bu she’rida ham o`z uslubiga sodiq o`laroq misralarni eng kichik vaznda ifodalaydi:
Quyosh yo`liday
Yorug’ yo`limiz.
Qayga uzatsak,
Etar qo`limiz...
Gullasin doim
Jonajon Vatan!
Xalqimiz uchun
Fido jon va tan
Qudrat Hikmat kichik yoshdagi bolalarni maktabga qiziqtirishni, ularning ilm-fanga nisbatan bo`lgan xavasini uyg`otishni o`zining shoirlik vazifasi deb bildi. Masalan, uning “Kitob - do`stim” she’rini olib ko`raylik. She’rda boshdan oyoq kitob ta’rifi yotganligini ko`ramiz. Shoirning ta’kidlashicha, kimki kitobga mehr qo`ysa, astoydil o`qisa aqli–zehni rivojlanishini o`ynoqi misralalarda yozadi:
Kitob – keng dunyo
So`z nur – ziyo.
Qo`ysang mehringni,
Ochar zehningni.
Shoir kitobning mohiyatini chuqurroq ochishga intilib, “Keng - dunyo”, “So`zi nur - ziyo” kabi istioralarni qo`llab o`z oldiga qo`ygan maqsadiga erishadi.
“Salom, maktab” she’rida shoir maktabning mohiyati va ulug`vorligini bir butunligicha kitobxon ko`z o`ngida gavdalantira olgan. Sa’natkor jozibali misralar tuzib, bolalar e’tiborini maktabga tortadi, ularni ilm-fan asoslarini mukammal egallashga undaydi:

Download 27.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling