Poli va artrit bir necha boʻgʻimlarning bir vaqtda yoki ketma-ket


Download 12.11 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.06.2023
Hajmi12.11 Kb.
#1596246
Bog'liq
Poliartrit - Vikipediya



Poliartrit
Poliartrit
(poli... va artrit) — bir necha
boʻgʻimlarning bir vaqtda yoki ketma-ket
yalligʻlanishi. Mustaqil kasallik (infeksion
nospetsifik — revmatoid P.) tarzida paydo
boʻladi, shuningdek, revmatizm, sepsis,
podagra, baʼzan brutsellyoz, sil, zaxm
kabi yuqumli kasalliklar oqibatida roʻy
beradi. Kasallikning turiga, organizmning
reaksiyasiga, jarayonning ogʻir-
yengilligiga koʻra, zardobli, yiringli,


nekrotik P. farq qilinadi. Oʻtkir va
surunkali boʻladi.
Oʻtkir P. 2 ga boʻlinadi: revmatik P. —
bunda boʻgʻimlarning yalligʻlanishi
koʻpincha zardobli, fibrinli boʻlib,
yalligʻlanish bir boʻgʻimdan ikkinchi
boʻgʻimga oʻtadi va mayda boʻgʻimlarga
tarqaladi; epidemik P.— bunda bemor
isitmalaydi, quvvatsizlanadi, boʻgʻimlar
ogʻriydi, shishadi, terisi qizaradi, oyoq-qoʻl
barmoklariga suv chechakdagiga
oʻxshash toshmalar toshadi, harakati
chegaralanadi.
Surunkali P.ga organizmda moddalar
almashinuvining buzilishi, ichki


sekretsiya bezlari funksiyasining
oʻzgarishi, murtaklarning yalligʻlanishi
sabab boʻladi. P.ga sabab boʻlgan asosiy
kasallik davolanadi, antibiotiklar,
antigistamin preparatlar beriladi, ogʻriq
qoldiruvchi vositalar va fizioterapiya
qoʻllanadi (yana qarang Artrit). 
[1]
1. 
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib,
(https://uz.wikipedia.org/w/index.php?ti
tle=Poliartrit&action=edit) Vikipediyaga
yordam berishingiz mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Manbalar


Bu maqolada boshqa til boʻlimlariga
ishorat yoʻq.
Siz ularni topib va ushbu maqolaga
qoʻshib, loyihaga yordam berishingiz
mumkin.
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
"https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?


Bu sahifa oxirgi marta 4-Sentabr 2022, 17:12 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
title=Poliartrit&oldid=2853742" 
dan olindi 

Download 12.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling