Polimer dorivor pardalar


Download 17.39 Kb.
bet1/5
Sana05.01.2022
Hajmi17.39 Kb.
#225132
  1   2   3   4   5
Bog'liq
polimerlar


Polimer dorivor pardalar 
Hozirgi  vaqtda  dori  vositalarini  samaradorligini  oshirish  tibbiyotning  asosiy 
muammolaridan  hisoblanadi.  Shu  muammoni  echish  yo‗llaridan  biri  bu,  qo‗llanilib  kelingan 
dorivor substansiyalarning mo‗‗tadil, zamonaviy dori shakllarini ishlab chiqishdir. 
So‗ngi vaqtda yangi dori turlaridan polimer dori pardalarini ishlatish oshib bormoqda. Bu 
dori turini yaratilishi va rivojlanishiga, farmatsiya sohasiga zamonaviy  polimerlarni keng tatbiq 
etilishi, asos soldi.         
Polimer  dorivor  pardalar    tibbiyotning  turli  sohalarida,  ayniqsa  dermatologiya, 
oftalmologiya,  stomatologiya,  otorinologiyada  keng  qo‗lla-nilmoqda.Polimer  dorivor  pardalar 
teri ustiga yoki har xil shilliq qavatlarga yopishtirilishi uchun mo‗ljallangan bo‗ladi. 
Hozirgi  paytda  polimer  dorivor  pardalarni  farmatsiya  sohasida  keng  qo‗llanilishi,  ularni 
qator afzallik tomonlarga ega bo‗lganligi bilan bog‗liq: 
 - dorivor pardalarni biosamaradorligi va ta‘sirini davomiyligi
 - dorivor moddaning turg‗unligi va dozasini aniqligi
 -  dorining ta‘sirini tananing kerakli qismiga yo‗naltirilganligi; 
 - dori moddalarning  konsentratsiyasini bir me‘yorda ushlab turishini ta‘minlashi; 
 - qo‗llash va saqlash jarayonida hamda tashishda qulayligi
 - qo‗shimcha reaksiyalarni minimal darajada bo‗lishi; 
 - ko‗z dori pardalarini sterilligi. 
Polimer  dorivor  pardalarnihosil  qilish  uchun  turli  polimerlar  qo‗llaniladi.  Ulardan  tabiiy 
polimerlar: 

kollagen; 

jelatin; 

alginatlar 
Yarimsintetik polimerlar: 
-  metilsellyuloza (MS); 
-  natriy-karboksimetilsellyuloza (natriy-KMS); 
-  oksipropilmetilsellyuloza (OPMS) 
Sintetik polimerlar: 
-  polivinil spirti (PVS); 
-  polivinilpirrolidon (PVP); 
-  poliakrilamid (PAA). 
Oxirgi  yillarda dermatologiya amaliyotida antibakterial, antiseptik, yallig‗lanishga qarshi, 
regeneratsiya jarayonlarini faollashtiruvchi prepa-ratlarni zamonaviy dori shaklida, ya‘ni polimer 
dorivor pardalar sifatida ishlatish maqsadga muvofiqligi ko‗rsatilmoqda. 

Download 17.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling