Polimer dorivor pardalar
Download 17.39 Kb.
|
polimerlar
Polimer dorivor pardalar Hozirgi vaqtda dori vositalarini samaradorligini oshirish tibbiyotning asosiy muammolaridan hisoblanadi. Shu muammoni echish yo‗llaridan biri bu, qo‗llanilib kelingan dorivor substansiyalarning mo‗‗tadil, zamonaviy dori shakllarini ishlab chiqishdir. So‗ngi vaqtda yangi dori turlaridan polimer dori pardalarini ishlatish oshib bormoqda. Bu dori turini yaratilishi va rivojlanishiga, farmatsiya sohasiga zamonaviy polimerlarni keng tatbiq etilishi, asos soldi. Polimer dorivor pardalar tibbiyotning turli sohalarida, ayniqsa dermatologiya, oftalmologiya, stomatologiya, otorinologiyada keng qo‗lla-nilmoqda.Polimer dorivor pardalar teri ustiga yoki har xil shilliq qavatlarga yopishtirilishi uchun mo‗ljallangan bo‗ladi. Hozirgi paytda polimer dorivor pardalarni farmatsiya sohasida keng qo‗llanilishi, ularni qator afzallik tomonlarga ega bo‗lganligi bilan bog‗liq: - dorivor pardalarni biosamaradorligi va ta‘sirini davomiyligi; - dorivor moddaning turg‗unligi va dozasini aniqligi; - dorining ta‘sirini tananing kerakli qismiga yo‗naltirilganligi; - dori moddalarning konsentratsiyasini bir me‘yorda ushlab turishini ta‘minlashi; - qo‗llash va saqlash jarayonida hamda tashishda qulayligi; - qo‗shimcha reaksiyalarni minimal darajada bo‗lishi; - ko‗z dori pardalarini sterilligi. Polimer dorivor pardalarnihosil qilish uchun turli polimerlar qo‗llaniladi. Ulardan tabiiy polimerlar: - kollagen; - jelatin; - alginatlar Yarimsintetik polimerlar: - metilsellyuloza (MS); - natriy-karboksimetilsellyuloza (natriy-KMS); - oksipropilmetilsellyuloza (OPMS) Sintetik polimerlar: - polivinil spirti (PVS); - polivinilpirrolidon (PVP); - poliakrilamid (PAA). Oxirgi yillarda dermatologiya amaliyotida antibakterial, antiseptik, yallig‗lanishga qarshi, regeneratsiya jarayonlarini faollashtiruvchi prepa-ratlarni zamonaviy dori shaklida, ya‘ni polimer dorivor pardalar sifatida ishlatish maqsadga muvofiqligi ko‗rsatilmoqda. Download 17.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling