Polimer membranadan tayyorlangan


Download 35.42 Kb.

bet1/5
Sana02.04.2017
Hajmi35.42 Kb.
  1   2   3   4   5

QO‘LLANMA
POLIMER MEMBRANADAN TAYYORLANGAN 
BIR QAVATLI TOMNI MONTAJ QILISH BO‘YICHA 

«Bu – bir kishi uchun kichik, ammo insoniyat uchun 
ulkan qadam»
Nil Armstrong, Oyga ilk qadam qo‘ygan inson
«Kitob cho‘ntakda ko‘tarib yurish mumkin bo‘lgan 
boqqa o‘xshaydi»
Xitoy maqoli

Mundarija
1
4
2
3
Kirish...................................................................................... 3
1.
 Membranalar  turi va qo‘llanish sohasi  ..................................6
2. 
Tashish va saqlash qoidalari ...................................................8
3.
  Polimer membranali tomni yopish tizimlari tavsifi .................9
Ishga tayyorgarlik ............................................................... 13
1.
 Butlash jihozlari va asboblari ................................................17
2.  
Membranani payvandlash uchun issiq havo uskunasi .......20
Tom yopish komponentlarini yotqizish .............................. 21
1.
 Asosni tayyorlash va qabul qilish ..........................................23
2.
  Tomni yopish ishlarini bajarish uchun umumiy tavsiyalar ...26
3.
 Bug‘dan izolatsiya qilish vositasini yotqizish  .......................27
4.
 Mahkamlash elementlari .......................................................29
5.
 Issiqlik izolatsiyasini yotqizish ...............................................32
Payvandlash ........................................................................ 35
1.
   Payvand chokini qo‘l bilan bajarish ....................................37
2.
  Payvand chokini sifatli bajarish mezonlari .........................41
3.
  Payvand choki sifatini tekshirish ........................................42
4.
  Payvand chokini avtomatik  
 
tarzda bajarish .................................................................... 43
5.
  Avtomatik uskunada payvandlash  
 
parametrlarini tanlash ........................................................ 46
1
Mundarija
Mundarija 

2
Mundarija 
Mundarija 
7
8
5
9
6
Tomni yopish membranasini gorizontal yotqizish .....49
1. 
 Membrana polotnosini mexanik mahkamlagichi bor 
tizimlarda montaj qilish ..................................................51
2.
 T-simon chok hosil qilish ............................................... 56
3.
 Shamol ta’sir qiluvchi sohalar ...................................... 58
4.
 Standart polotnoning markazi bo‘yicha mahkamlash 60
Burchak chiqarish........................................................61
1.
 Ichki burchak bo‘yicha yotqizish ................................... 63
1.1
 Membranani ichki burchak bo‘yicha yotqizish .......... 64
1.2
 Turli balandlikdagi  to‘siqlar o‘rtasidagi ichki  
 
burchakka qarab burchakni yopishtirish .................. 65
1.3
 Ichki burchakni tayyor element bilan  
 
kuchaytirib hosil qilish ................................................ 68
1.4
 Ichki burchakni “konvert” shaklida chiqarish ............70
2. 
Tashqi burchak chiqarish ...............................................72
2.1
 Tashqi burchak yonida membranani yotqizish ...........73
2.2
 Simto‘rsiz membranali tashqi  
 
burchakni kuchaytirish ............................................... 75
2.3
 Tashqi burchakni tayyor element bilan  
 
kuchaytirib hosil qilish .................................................76
Tomdagi mo‘ri va kichik  
diametrli tutash joylar .................................................79
1. 
Mo‘ri atrofiga membrana yotqizish ............................ 81
1.2
 Tayyor element yordamida  
 
mo‘riga tutashtirish .................................................... 83
1.3
 Simto‘rsiz membranani  
 
mo‘riga tutashtirish .................................................... 85
2.
   Tomdagi kichik diametrli  
 
tuynuklarga tutashtirish ............................................. 90
To‘siq va karnizga tutashtirish ...................................97
1.
   “Yopiq cho‘ntak” chiqarib to‘siqqa tutashtirish ........ 99
2.  Osilma karnizga tutashtirish .................................... 105
Voronkani o‘rnatish .................................................. 109

Kirish
1

«Ming chaqirimlik yo‘l ham birinchi 
qadamdan boshlanadi»
Lao Tzi
1

–  
Ushbu qo‘llanma qurilish maydonida foydalanishga mo‘ljallangan kichik 
ma’lumotnomadir va unda ТехноНИКОЛЬ polimer membranalaridan 
tayyorlangan bir qavatli tom yopqichlarni yotqizish bo‘yicha asosiy qoida 
va tavsiyalar mavjud. To‘liq ma’lumot olish uchun  “ТехноНИКОЛЬ” 
kompaniyasining polimer membranalaridan tayyorlangan tom 
yopqichlarini loyihalashtirish va yotqizish bo‘yicha qo‘llanmasi” ga 
qarang.
– 
 ТехноНИКОЛЬ LOGICROOF va ECOPLAST tamg‘alari bilan ishlab 
chiqariladigan  polimer membranalari zamonaviy tom yopqich va suv 
o‘tkazmaydigan material hisoblanadi. Membranalar yuksak sifatli 
plastikalashtirilgan polivinilxloriddan (PVX-P) tayyorlanadi. Retsepti ko‘p 
tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan so‘nggi avlodga mansub plastifikatorlar 
va qo‘shimchalardan iborat, ular ultrabinafsha nurlar ta’siridan himoya 
qiluvchi, yuksak darajadagi yong‘in xavfsizligiga ega, havo sovib ketgan 
paytlarda ham egiluvchanligini saqlab qoladigan va boshqa afzalliklarga 
ega bo‘lgan mustahkam tom yopish materiali olish imkonini beradi.
– 
 LOGICROOF va  ECOPLAST PVX membranalari Rossiyadagi ilk marta 
to‘liq siklda ishlaydigan zavodda zamonaviy presslovchi texnologiya 
bo‘yicha ishlab chiqariladi. Ushbu texnologiya ichki nuqsoni bo‘lmagan bir 
xil strukturali material olish imkonini beradi.
– 
 Rossiya va Yevropadagi mustaqil tashkilotlardan olingan sinov 
sertifikatlari va protokollari LOGICROOF va  ECOPLAST PVX 
membranalarining sifati yuqori ekanligini tasdiqlaydi.
.
Kirish
1
5
Mundarija 
Mundarija 

Membranalar turi va qo‘llanish sohasi 
–  
Tom ustiga yopiladigan qoplamaning asosiy maydonini, chiqib turuvchi 
konstruksiya va to‘siqlarga birikib ketuvchi vertikal qismini qoplash 
uchun faqat V-RP va V-GR (tom tizimi turiga qarab) tamg‘asi bor  simto‘rli 
LOGICROOF va ECOPLAST membranalaridan foydalaning.
–  
LOGICROOF / ECOPLAST V-RP pishiq poliester to‘r bilan 
mustahkamlangan tom yopish membranalaridir. Qoplamani asosga 
mexanik ravishda qotirish bilan tom asosiy maydonini va tomning vertikal 
konstruksiyalar va to‘siqlarga birikib ketuvchi qismini yopishda qo‘llaniladi. 
Tashqi havo harorati –15°С dan past bo‘lganda montaj qilish taqiqlanadi.
–  
ECOPLAST V-GR  shisha mato bilan mustahkamlangan membranadir, 
teshilish va o‘tkir buyumlar ta’siriga o‘ta chidamlidir, bu ballast va 
inversion tomlarni yopishda juda qo‘l keladi. Mikroorganizmlarning biologik 
ta’siridan qo‘shimcha  himoyasi bor.
–  
LOGICROOF V-SR  simto‘rsiz maxsus o‘ta egiluvchan membranadir. 
Tom burchaklaridagi qoplamani mustahkamlash, tomning mo‘ri, 
antenna kengaytmasi va jihozlar tayanchlari bilan tutashuv yerlarini havo 
kirmaydigan qilib zichlash uchun ishlatiladi.
–  
LOGICROOF V-RP ARCTIC Rossiyaning sovuq mintaqalari uchun ishlab 
chiqarilgan va harorat past bo‘lgan hollarda ham o‘ta egiluvchanligini 
saqlab qoladi. Bu LOGICROOF V-RP ARCTIC membranasidan 
tayyorlangan tom yopqichlarini tashqi havo harorati - 25°C darajadan 
sovuq bo‘lganda ham montaj qilish imkonini beradi. 
–  
Laminatsiyalangan geotekstildan tayyorlangan patli matodan tagligi bor 
LOGICROOF / ECOPLAST membranasi yelimlash tizimida qo‘llashga 
mo‘ljallangan. Geotekstil bir vaqtning o‘zida ham ajratuvchi qatlam, ham 
yelim surtish uchun yuza hisoblanadi. O‘ramning chetida polotnolarni 
issiq havo bilan payvandlashni ta’minlash uchun patli matosiz hoshiya 
qoldiriladi. 
1
6
Membranalar turi  
va qo‘llanish sohasi
Kirish 

ТехноНИКОЛЬ kompaniyasining  
PVX membranalarini tamg‘alash
Turi  
(tamg’alash)
Qo‘llanish sohasi
LOGICROOF V-RP 
ECOPLAST V-RP
Poliester simto‘ri bilan 
mustahkamlangan PVX 
membranasi, UB nuridan 
himoyasi bor. 
-15°С dan yuqori 
haroratda montaj qilish 
mumkin.
Mexanik qotirmasi 
bor tizimlarda 
foydalanish uchun. 
Tomning asosiy 
tekisligi, to‘siq 
va tutashmalarni 
izolatsiya qilishga 
mo‘ljallangan.
LOGICROOF V-SR
Mustahkamlanmagan 
PVX membrana, UB 
nuridan himoyasi bor.
Mo‘rilarni izolatsiya 
qilish, ichki va 
tashqi burchaklarni 
mustahkamlash.
ECOPLAST V-GR
PVX membranani 
oson teshib bo‘lmaydi, 
zamburuqqa qarshi 
qo‘shimchasi, UB nuridan 
himoyasi bor.
Ballastli va inversion 
tomlardagi izolatsiya 
qatlami bor. 
LOGICROOF V-RP 
ARCTIC
O ‘ta egiluvchan va 
simto‘r qo‘shilgan PVX 
membranasi, UB nuridan 
himoyasi bor.
- 25 °С darajagacha 
bo‘lgan haroratda 
yotqizish mumkin.
Mexanik qotirmasi 
bor tizimlar 
uchun shimoliy 
mintaqalarda. 
Tomning asosiy 
tekisligi, to‘siq 
va tutashmalarni 
izolatsiya qilishga 
mo‘ljallangan.
LOGICROOF / 
ECOPLAST patli 
matodan tagligi bilan
Patli matodan tagligi 
bor PVX membrana, UB 
nuridan himoyasi bor.
Tom yopishning 
yelimli tizimlarida 
qo‘llash uchun
 
1
7
ТехноНИКОЛЬ kompaniyasining PVX 
membranalarini tamg‘alash
Kirish 

Tashish va saqlash qoidalari
–  
LOGICROOF va ECOPLAST PVX membranalari ularni ifloslanish va 
ultrabniafsha nurlaridan himoya qiladigan shaffof bo‘lmagan plyonkada 
yetkazib beriladi. Har bir o‘ramning ishlab chiqarish sanasi va partiya  
raqami bor.
Diqqat! 
Membranani tagliklar ustida gorizontal holatda ikki 
qavatdan baland qilmay, isitish jihozlaridan kamida 1 metr 
masofada zavod o‘ramida saqlang.
 
      Yog‘inlar va quyosh nurlarining bevosita ta’siriga yo‘l qo‘ymang.
–  
Omborda saqlayotganda ustida mahsulot bor tagliklarni qiya (3 foizdan 
oshiq qiyalik) yuzalarga qo‘yishga ruxsat etilmaydi.
–    
Qish mavsumida PVX 
membranani +10°C darajadan 
past bo‘lmagan haroratda, 
masalan, tom ustidagi issiq 
xonada yotqizishdan oldin 
kamida 12 soat ushlab turing. 
Masalan tomda issiq xonada

–   
Issiq xona hosil qilishning eng 
oddiy yo‘li foydalanilmagan 
isitish moslamasining o‘ramini 
taxlashdir. Issiqlik manbasi 
sifatida issiqlik to‘pidan 
foydalanish mumkin.
!
1
8
Tashish va saqlash  
qoidalari
Kirish 

Polimer membranali tomni  
yopish tizimlari tavsifi
Mexanik qotirmali tizimlar
Ushbu tizimlarda tomni yopish materiali va isitish moslamasini 
asosga qotirish mexanik mahkamlash yordamida amalga oshiriladi. 
ТН-КРОВЛЯ Классик  
Tizimining yong‘indan xavflilik sinfi K0(30).
Polimer membranasidan yasalgan tom yopish qoplamasi bor 
profillanuvchi po‘lat to‘shama bo‘yicha foydalanilmaydigan tom tizimi.
1
  Asos – profillangan po‘lat list, navi loyiha bo‘yicha (Asosni qabul qilish 
talablari bo‘yicha 3.1-bandga qarang);
2
  ТехноНИКОЛЬ bug‘ izolatsiyasi plyonkasi (yotqizish talablari bo‘yicha 
3.3-bandga qarang);
3
  Isitish moslamasining quyi qatlami – ТехноРУФ mineral momiqli isitish 
moslamasi H30;
     * zarur hollarda  qiyalik hosil qilish uchun ponasimon issiqlik izolatsiyasini 
qo‘llash mumkin.
4
  Isitish moslamasining yuqori qatlami – ТехноРУФ mineral momiqli isitish 
moslamasi B60; 
     (Issiqlik izolatsiyasini yotqizish bo‘yicha talablar bilan tanishish uchun 
3.5-bandga qarang)
5
  ТехноНИКОЛЬ mexanik qotirish tizimi bilan mahkamlangan simto‘rli 
V-RP polimer membranasi (LOGICROOF V-RP, LOGICROOF V-RP ARCTIC, 
ECOPLAST V-RP) (Mahkamlash bo‘yicha batafsil ma’lumot olish uchun 3.4, 
5.1, 5.3-bandlarga qarang)
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
9
Polimer membranali tomni 
yopish tizimlari 
Kirish 

ТН-КРОВЛЯ Смарт 
Yong‘indan xavflilik sinfi К0(15).
Polimer membrana  va aralash isitgichdan yasalgan tom qoplamasi 
bor profillangan po‘lat to‘shama asos bo‘yicha foydalanilmaydigan 
tom tizimi.

  
Asos – profillangan po‘lat to‘shama, navi loyiha bo‘yicha (Asosni qabul 
qilish talablari bo‘yicha 3.1-bandga qarang);
2
   ТехноНИКОЛЬ bug‘ izolatsiyasi plyonkasi (Yotqizish talablari bilan 
tanishish uchun 3.3-bandga qarang);
3
   Isitish moslamasining quyi qatlami – ТехноРУФ mineral momiqli isitish 
moslamasi H30 - yong‘inga qarshi qatlam, qalinligi 50 mm.dan kam 
bo‘lmasligi kerak;
     * qiyalik hosil qilish uchun ponasimon issiqlik izolatsiyasini qo‘llash 
mumkin.
4
   Isitish moslamasining yuqori qatlami – presslangan CARBON PROF RF 
ko‘pikli polistiroli (issiqlik izolatsiyasini yotqizish talablari bilan tanishish 
uchun 3.5-bandga qarang);
5
   Ajratish qatlami – shisha mato (og‘irligi 100 g/m2dan kam emas);
6   
ТехноНИКОЛЬ mexanik ravishda qotirish tizimi bilan mahkamlangan 
simto‘rli V-RP (LOGICROOF V-RP, LOGICROOF V-RP ARCTIC, ECOPLAST 
V-RP) polimer membranasi (Mahkamlash bo‘yicha batafsil ma’lumot olish 
uchun 3.4, 5.1, 5.3-bandlarga qarang).
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
10
Polimer membranali tom yopish 
tizimlari
Kirish 

Beton asosga mexanik  
ravishda qotirish tizimi
Tizimning yong‘indan xavflilik sinfi К0 (45)
Polimer membrana  va polimer isitgichdan yasalgan tom qoplamasi 
bor beton asos bo‘yicha foydalanilmaydigan tom tizimi.
1
  
Asos – temirbeton asos yoki og‘ir va yoki yengil betondan yetarli tutib 
turish qobiliyati bor asos;
2
   Naxlestlari yelimlab qo‘yilgan ТехноНИКОЛЬ bug‘ izolatsiyali plyonkasi 
(Yotqizish bo‘yicha talablar bilan tanishish uchun 3.3-bandga qarang) 
yoki eritib yopishtiriladigan bitumli bug‘ izolatsiyasi;
3
   Isitish moslamasi – presslanuvchi ko‘pikli CARBON PROF RF polistiroli 
yoki ТехноРУФ H30 + ТехноРУФ B60 mineral momig‘i (Issiqlik 
izolatsiyasini yotqizish bo‘yicha talablar bilan tanishish uchun 3.5-bandga 
qarang)
      * qiyalik hosil qilish uchun ponasimon issiqlik izolatsiyasini qo‘llash 
mumkin.
4
   Ajratish qatlami – shisha mato (og‘irligi 100 g/m
2
 dan kam emas) yoki 
og‘irligi 150 g/m
2
 dan kam bo‘lmagan geotekstil;
5
   ТехноНИКОЛЬ mahkamlash tizimi bilan mexanik tarzda qotirilgan V-RP 
(LOGICROOF V-RP, LOGICROOF V-RP ARCTIC, ECOPLAST V-RP) simto‘rli 
polimer membrana (Mahkamlash tizimi bo‘yicha batafsil ma’lumot olish 
uchun 3.4, 5.1, 5.3-bandlarga qarang);
–   
Membranani asosga yotqizayotganda uning mexanik shikastlanishi oldini 
olish uchun og‘irligi 300 g/m
2
 dan kam bo‘lmagan geotekstil ajratish 
qatlamini qoldiring.
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
11
Polimer membranali tomni 
yopish tizimi
Kirish 

Tom yopishning ballast tizimi
  Ushbu tizimda tom yopish materiali va isitish moslamasi shag‘al yoki 
piyodalar yo‘lagi toshtaxtasi (ballast) bilan bostiriladi. Membranani 
mexanik ravishda mahkamlashdan faqat tutashuv joylarida 
foydalaniladi.
ТН-КРОВЛЯ Балласт 
Yong‘indan xavflilik sinfi K0(45)
Turar joy va jamoat binolarida an’anaviy sxema bo‘yicha ballast 
tomlarni qurish uchun  foydalaniladi.
1
  Asos – temirbeton asos yoki og‘ir va yoki yengil betonli asos;
2
  Bug‘ izolatsiyasi – eritiladigan bitumning bug‘ izolatsiyasi;
3
  Isitish moslamasi – presslanuvchi ko‘pikli CARBON PROF RF polistiroli; 
 * qiyalik hosil qilish uchun ponasimon issiqlik izolatsiyasini qo‘llash mumkin.
4
   Ajratish qatlami – shisha mato (og‘irligi 100 g/m
2
 dan kam emas) yoki 
og‘irligi 150 g/m
2
 dan kam bo‘lmagan geotekstil;
5
  Shisha mato bilan simto‘rlangan ECOPLAST V-GR polimer membranasi;
6
  Ajratish qatlami – og‘irligi 300 g/m
2
 dan kam bo‘lmagan geotekstil;
7
  Ballast (shag‘al, fraksiya 20-40 mm).
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
2
3
4
5
6
7
8
9
1
12
Polimer membranali tomni 
yopish tizimi
Kirish 

Ishga tayyorgarlik
2

«Omad - puxta tayyorgarlik natijasi»
Robert Haynlayn
«Ulkan yutuq ko‘plab ko‘zda tutilgan 
va obdan o‘ylangan mayda-chuydalardan 
tarkib topadi» 
Vasiliy Osipovich Klyuchevskiy
2

1    Xavfsizlik texnikasi.
Polimer membranalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladigan tom 
montaj ishlari talablarga mos ravishda o‘tkazilishi kerak:
   
  –  
СНиП 12-03-2001 “Qurilishdagi mehnat xavfsizligi”, 1-qism. 
“Umumiy talablar”, 2-qism. “Qurilish ishlab chiqarishi”;
   
 

  ППБ 01-03, “Rossiya Federatsiyasida yong‘in xavfsizligi 
qoidalari”;
   
 

  ГОСТ 12.1.004.-91, “Xavfsizlik standartlari tizimi. Yong‘in 
xavfsizligi. Umumiy talablar”;
   
 

  ГОСТ 12.4.011-89 “Xavfsizlik standartlari tizimi. Ishlovchilarni 
himoya qilish vositalari. Umumiy talablar va tasniflash”. 

   220 va 380 vattlik tarmoqdan quvvat olib ishlaydigan elektr jihozlari bilan 
ishni boshlashdan oldin tarmoqdagi kuchlanishni tekshirib ko‘ring.

  Kuchlanishning barqaror qiymatini olib bo‘lmagan taqdirda sifatsiz 
payvand choki hosil bo‘lishining oldini olish maqsadida membranani 
payvandlash bo‘yicha ishni to‘xtatish tavsiya etiladi. 

  Payvandlash avtomatini elektr rozetkasiga faqat yerga ulangan himoya 
simi bor bo‘lgan hollardagina elektr rozetkasiga ulang. Yerga ulangan 
himoya simi bor uzaytiruvchi kabeldan ham foydalanishga ruxsat etiladi. 
Asbob bilan ishlayotganda  xavfsizlikni ta’minlash maqsadida differensial 
himoyasi bor avtomatik o‘chirgichdan foydalaning.

  (Qo‘l bilan boshqariluvchi va avtomatik uskunaning) issiq havo fenlari 
bo‘g‘izlari so‘xtadan tozalangan bo‘lishi, havo bo‘g‘izlarining barcha 
teshiklaridan havo erkin chiqishi kerak. Shikastlangan fen bo‘g‘izlari bilan 
ishlamang. 
Ishga tayyorgarlik
15
Xavfsizlik  
texnikasi
Ishga  
tayyorgarlik 
2

–   
 Fenni qizib turgan holatda o‘chirmang – bu qizdirish elementining haddan 
ziyod qizib ketib, ishdan chiqishiga olib kelishi mumkin. Fenni o‘chirish 
uchun havo haroratini tartibga solib turuvchi asbobni “0” holatiga 
o‘tkazing va bo‘g‘izdan chiqayotgan havo sovishini kuting.  

  Payvandlash uskunasi bilan ishlayotganda ehtimol tutilgan kuyish 
hollaridan himoyalanish uchun qo‘lqop yoki mato bo‘lagidan foydalaning. 

  Agar elektr quvvati keluvchi kabel shikastlangan yoki g‘altakka o‘ralgan 
bo‘lsa, elektr uskunasini ishlatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishni boshlashdan 
oldin hamisha g‘altakdagi kabelni yoyib chiqing. 

  Elektr uskunasi bilan ishlashni tugatgandan so‘ng barcha ko‘chma elektr 
quvvati olish nuqtalarini quvvat manbasidan o‘chiring hamda yopiq 
binoga kiritib qo‘ying yoki suv o‘tkazmaydigan material bilan yoping. Ishni 
tugatgandan so‘ng elektr uskunasini yig‘ishtirib, yopiq binoga olib qo‘ying. 

  Tom ustida yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitda o‘sha joylarni qo‘shimcha 
yoritish choralari va ishlayotgan xodimlar uchun xavfsizlik texnikasi 
bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi shart. 

  Tom qoplamasini yotqizishni tasdiqlanmagan shamol sohalari o‘lchami 
va qoplamalardagi mahkamlagichlar miqdori ko‘rsatilgan shamol hisob-
kitoblarisiz boshlamang. 

  Tomni shamol kuchi ta’sirini hisobga olmay turib yopish uning qoplamasi 
yulib olinishiga sabab bo‘lishi mumkin! Tomni shamol sohalariga bo‘lish 
bo‘yicha talablarni ko‘rish uchun 5.3-bandga qarang.
16
Xavfsizlik  
texnikasi
Ishga  
tayyorgarlik 
2

2    Butlash va asboblar
Polimer membranadan yasalgan tom yopqichni juda tez va sifatli 


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling