Polimerlanish jarayoniga uzoq vaqt dimer, trimer va h.k. hosil bo‘lishi orqali sodir bo‘ladigan bosqichli reaksiya deb qarab kelindi. Bu nuqtai nazar XX asrning 30-yillarida N. N. Semenov1 tomonidan kimyoviy reaksiyalardagi zanjirli jarayonlar nazariyasi yaratilganiga qadar xukm surdi. Bu nazariya radikal zanjirli polimerlanishni, keyinchalik esa ion-zanjirli ionli polimerlanish reaksiyalarini chuqurroq o‘rganishga imkoniyat yaratdi. Initsirlangan polimerlanish reaksiyalarining har bir bosqichini chuqur o‘rganish makromolekulalar hosil boMish mexanizmini boshqarish va uni kerakli tuzilish va tarkibga yoMlash masalasini hal qilib berdi. Bu esa polimerlar sintezi, ayniqsa, fiziologik faol polimerlar sintezi va sintetik polimer va sopolimerlar sifatini yaxshilash uchun yangi imkoniyatlar yoMlarini ko‘rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |