"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi
37- Laboratoriya ishi Poliamidlarning molekulyar massasini aniqlash
Ishning maqsadi: poliamidlardagi amin guruhlarini (amin sonini) aniqlab polimerning molekulyar massasini hisoblash. Reaktivlar: poliamid namunasi, NCl ning 0,1 n li spirtdagi eritmasi, KON ning 0,1 n li spirtdagi eritmasi, metiloranj. Jihozlar: hajmi 250 ml li shlifli konussimon kolbalar, byuretkalar. Ishning bajarilishi: Poliamidlar kimyoviy tuzilishiga ko'ra yuqorimolekulyar aminokislotalar deb qaralishi mumkin: H-[NH-R-NH-CO-R-CO-]n-OH 1 g polimerga to'g'ri keladigan karboksil guruhlar soni uning molekulyar massasiga bog'liq. Bu aminoguruhlarga ham tegishli. Qator poliamidlar oddiy organik erituvchilarda erimaydi, ammo krezol va fenolda oson eriydi. Shunday poliamidlar (masalan, ba'zi sonolimerlar va N– o'rindosh poliamidlar) ham borki, ular spirtlarda yaxshi eriydi. Poliamidlar tahlili uchun ularning eruvchanligiga qarab tayyorlash usulini tanlash lozim. Spirtda erimaydigan poliamidni avval maydalab, so'ng krezol yoki dimetilformamidda eritiladi. Shu eritmani juda tez aralashtirgan holda spirtga quyiladi. Hosil bo'lgan kukunsimon polimer Byuxner voronkasida filtrlanib erituvchi batamom chiqib ketguncha spirt bilan yuviladi va havoda sovitiladi. Spirtda eriydigan poliamidning spirtli eritmasidan suvda cho'ktiriladi. Byuxner voronkasida cho'kma filtrlanib, 219
Amin sonini aniqlash. Ikkita aniq tortilgan (0,5-1,0 g) poliamid namunasini shlifli yopqichi bo'lgan konussimon kolbaga solinadi va ustiga 25 ml 0,1 normalli HCl ning spirtli eritmasidan quyiladi. Bir vaqtning o'zida polimersiz nazorat tajribasi quyiladi. 3 soatdan so'ng kolbalardagi aralashmalar filtrlanib, 10 ml filtrat olinadi va kalsiy gidroksidning spirtdagi 0,1 n eritmasi bilan metiloranj ishtirokida titrlanadi. 1 g poliamidga to'g'ri kelgan xlorid kislota miqdori (mg) amin soni (A.S.) deyiladi va ushbu formula orqali hisoblanadi: 1 b ( A.S. bу ерда, a- nazorat tajribasida sarf bo'lgan 0,1 n HCl eritmasining miqdori, ml; b- KOH 0,1 n li eritmasining polimerli tajribada sarf bo'lgan miqdori, ml; g- namuna massasi, g; Т- НCl titri, g/ml; Т' – КОН ning НCl bo'yicha titri, g/ml. Spirtda eriydigan polimerlarning amin sonini polimerning spirtli eritmasini НС1 0,1 n li spirtli eritmasi bilan bevosita titrlab aniqlash mumkin. 1 3 Molekulyar massani quyidagi formula bilan hisoblanadi: M Makromolekula ikkala uchidagi guruhlar bo'yicha molekulyar massani hisoblash uchun amin sonini 1 g moddaga to'g'ri kelgan KOН ning miqdori (mg) bilan ifodalash maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuning uchun 0,1 n li kislotaning millilitrdagi miqdorini (a) КОН bo'yicha olingan 0,1 i li kislota eritmasi titriga ko'paytirish kerak. U holda molekulyar massani ushbu formula bilan hisoblanadi: 220 5 M Poliamidlar kislota sonini poliefirlar kislota soni kabi aniqlanadi. Amin soni va kislota sonini suvsiz eritmalarni potensiometrik titrlash usuli bilan (bu ayniqsa, kuchsiz asos xususiyatita ega bo'lgan, aromatik diaminlardan olingan polimerlarni tahlil qilishda katta ahamiyatga ega), yoki polimer eritmalarini xlorid kislota bilan bevosita tayyorlagandagi elektr qarshilikni o'lchash usuli bilan ham aniqlash mumkin. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling