"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet99/107
Sana20.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1036382
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107
Bog'liq
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)

42- Laboratoriya ishi Kuchsiz kationitning sintezi
Ishning maqsadi: karboksil guruhlar tutgan kuchsiz kationit olish.
Jihozlar: Uch og'izli tagi dumaloq kolba, mexanik aralashtirgich, teskari sovutgich, tomizgich voronkasi, suv hammomi, elektroplitka, shishali filtr.
Reaktivlar: metakril kislotasi, benzoil neroksid, divinilbenzol, osh tuzining 10 va 20% li eritmalari, НС1 ning 2 n eritmasi, polivinilspirtining 2% li suvdagi eritmasi.
Ishning bajarilishi: tomizgich voronka, teskari sovutgich va mexanik aralashtirgich bilan jihozlangan uch og'izli tagi dumaloq kolbaga osh tuzining 20%

228
li eritmasidan 50 ml, polivinilspirtining 2% li eritmasidan 0,5 ml quyiladi. Aralashmani suv hammomida aralashtirib turib 80°C darajagacha qizdiriladi (unda hammomning darajasi 90°C ni tashkil qiladi). So'ng tomizgich voronkadan asta sekin 0,1 g benzoil peroksid va 0,1 ml divinilbenzol qo'shilib eritilgan metakril kislotasidan 5 ml qo'shiladi. Eritmani 2 soat ko'rsatilgan darajada qizdiriladi va reaksiya to'xtatiladi. Hosil bo'lgan mayda donador polimer eritmadan ajratiladi va shisha filtrda to'liq N- ko'rinishga o'tkazish uchun 200 ml 2 n HCl bilan ishlanadi va oqib tushayotgan suvda neytral muhit hosil bo'lguncha distillangan suvda yuviladi. Polimer filtr qog'oz ustida, havoda bir necha soat doimiy vaznga ega bo'lguncha quritiladi.


Vazifa: Mahsulotning chiqishini aniqlang. Hosil bo'lgan ionitni tuzilishini yozib ko'rsating.
43- Laboratoriya ishi
Kationitning statik almashinuv sig'imini aniqlash Ishning maqsadi: kationitni statik almashinuv sig'imini aniqlash.
Reaktivlar: kationit, 0,1 n NaOH eritmasi, 0,1 n HCl eritmasi, aralash indikator (8 mg metil qizili va 160 mg metilen kukini 100 ml 50% etil spirtida eritib tayyorlanadi).
Jihozlar: hajmi 250 ml bo'lgan tagi yassi kolbalar, byuretka, 25 ml va 100 ml.li pipetkalar.

Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling