"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
- Bu sahifa navigatsiya:
- SO`Z BOSHI
Sh.M.Mirkomilov, N.I.Bozorov, I.I.Ismoilov POLIMERLAR KIMYOSI Nazariy asoslar Laboratoriya ishlari Toshkent-2010 Taqrizchilar: kimyo fanlari doktori, professor A.Maxsumov kimyo fanlari doktori, professor G`.Raxmonberdiev O`quv qo`llanma Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika Universiteti "Kimyo va uni o`qitish metodikasi" kafedrasining professor- o`qituvchilari tomonidan yozilgan va o`z ichiga polimerlar sintezi, ularning eritmalari va ularni kimyoviy, fizik-mexanik xossalari va strukturalari bo`yicha nazariy asoslar, hamda laboratoriya mashg`ulotlarini o`tkazish ifodalangan. O`quv qo`llanma pedagogika oliy o’quv yurtlarining 5140300 – ―Kimyo va ekologiya‖, ―Kimyo‖ bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalarining "Polimerlar kimyosi" fanining o`quv dasturiga mos ravishda tuzilgan. O`quv qo`llanmadan polimerlar kimyosi va fizikasi o`qitiladigan boshqa o`quv yurtlarining talabalari ham foydalanishlari mumkin. 2
"Polimerlar kimyosi" fanining maqsadi kimyo yo`nalishi bo`yicha universitetlarning bakalavriatida tahsil olayotgan talabalarni, kimyogar- bakalavri bilishi lozim bo`lgan polimerlar kimyosi asoslari va uning muhim amaliy xususiyatlari bilan tanishtirishdan iborat. Umumiy kursni o`qishda asosiy e'tibor polimerlar makromolekulalarining katta o`lchami va zanjirsimon tuzilganligi sababli oddiy quyimolekulyar birikmalardan farqlanuvchi xossalarini tushuntirishga qaratilgan. "Polimerlar kimyosi" fanining umumiy nazariy kursi talabalar tomonidan laboratoriya ishlarini bajarish bilan olib boriladi. O`quv qo`llanmadagi laboratoriya ishlarini asosiy maqsadi talabalarning kursning umumiy nazariy qismida beriladigan polimerlarni sintezi, kimyoviy o`zgarishlari, fizik-kimyoviy hamda mexanik xossalari, tuzilishi kabi sohalarini chuqurroq anglash va o`zlashtirishga yordam berishdir. Shuni ta'kidlab o`tish lozimki, polimerlarning tuzilishi va xossalariga oid keltirilgan xususiyatlari noyobdir, bunday xususiyatlar quyi molekulali birimalarda bo`la olmaydi. Shuning uchun ham, polimerlar kimyosini alohida fan sifatida o`rganilishi va o`qitilishining sababi tushunarlidir. O`zbekistonda polimerlar ishlab chiqarish uchun zarur xom ashyo manbalari mavjuddir, jumladan, neft va gaz, paxta linti, kaprolaktam, atsetilen, etilen, akrilamid, akrilonitril kabi monomerlar. Respublikamizda poliakrilonitril, poliakrilamid, polikaprolaktam, poliamid, karboksimetilsellyuloza, di- va triasetatsellyuloza, mikrokristallsellyuloza ishlab chiqarish korxonalari ishlab turibdi, shuningdek Sho`rton gaz-kimyo majmuasida polietilen ishlab chiqarish va Namangan, Farg`ona, Yangiyo`l shaharlarida sellyuloza ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirilgan. O`quv qo`llanmada keltirilgan nazariy materiallar va laboratoiya mashg`ulotlari universitetlarning kimyo yo`nalishi bo`yicha tayyorlanayotgan bakalavrlarni bilimdonligiga qo`yilgan talablar va mazkur dasturlarga mos 3
"Polimerlar kimyosi" fanidan o`quv qo`llanmaning I, II, III boblari prof. Sh.M.Mirkomilov, IV, V, VI boblari k.f.n. N.I.Bozorov, VII, VIII boblari prof. I.I.Ismoilov va laboratoriya ishlari prof. Sh.M.Mirkomilov, prof. I.I.Ismoilov va k.f.n. N.I.Bozorovlar tomonidan yozilgan. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling