"полимерлар кимёсига" кириш
Download 0.98 Mb.
|
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)
III BOB. POLIKONDENSATLANISH REAKSIYALARI
Polikondensatlanish reaksiyasi deb, tarkibida ikki yoki undan ko`p funksional guruhi bo`lgan monomerlarning bir-biri bilan ta'sirlanishi yoki polimerning reaksion qobiliyatli guruhlari bilan ta'sirlanishi hamda hosil bo`lgan polimerlar makromolekulalarini o`zaro ta'sirlanishi natijasida yuqorimolekulyar moddalar hosil bo`lishiga aytiladi. Polikondensatlanish natijasida makromolekulalarni hosil bo`lishi uchun organik kimyoda ma'lum bo`lgan xoxlagan kondensatlanish yoki birikish reaksiyasidan foydalanish mumkin, lekin bunday reaksiyalarda monomerlarda turli xil kamida ikki funksional guruhi bo`lishi kerak. Odatda polikondensatlanish reaksiyalari natijasida polimer bilan quyimolekulyar moddalar ham (suv, spirt, ammiak, vodorood xlorid va h.k.) ajralib chiqadi. Misol tariqasida polieterifikasiyalanish reaksiyalarini ko`raylik: HO R COOH O R COOH O O R COOH H 2 O C H H HO R CO O R COOH HO RCOOH C C H O O R O O R COOH H2O va h.k.. Bu reaksiya natijasida oksikislotalarni o`zaro ta'sirlashishi natijasida suv molekulasi ajralib chiqadi va reaksiya davomida poliefir hosil bo`ladi. Xuddi shunday diaminlar bilan ikki asosli kislotalarning dixlorangidridlari reaksiyaga kirishsa poliamidlar hosil bo`ladi: 37 H2 N R H2 ClOC R COCl 2N R NHCO R COCl HCl N N H2 N R NHCO R COCl H2 N R NH2 H 2 N R NHCO R CONH R H 2 N R NHCO R CONH R NH 2 ClOC R COCl H 2 N R NHCO R CONH R NHCO R COCl va h.k.. H Bu reaksiyalarda polimerlanish reaksiyalaridan farqli o`laroq, hosil bo`lgan polimerlarning zvenolari monomerlarning tuzilishidan farq qiladi. Polikondensatlanishning ikkala holida ham reaksiya natijasida hosil bo`lgan makromolekulalarning chetki qismlarida funksional guruhlar bo`ladi va ular zanjirni o`sishiga qodirdir. Polikondensatlanish reaksiyasining har bir bosqichidagi moddalar barqaror bo`lib, ularni ajratib olish mumkin. Bu xususiyat polikondensatlanish reaksiyasining polimerlanishdan asosiy farqlaridan biri bo`lib hisoblanadi. Download 0.98 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling