"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet15/107
Sana20.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1036382
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107
Bog'liq
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)

Karozers tenglamasi

Funksional guruhlarining sarf bo`lish darajasi polikosdensatlanish reaksiyasining tugallanish darajasini belgilaydi. Bu esa avvalo muvozanatni polimer hosil bo`lish tomonga siljishiga imkon bermaydigan past molekulyar moddalarni reaksion muhitdan yaxshilab chiqarib turilishiga bog`liq. Polimerlanish darajasi P va reaksiyaning tugallanish darajasi (polimerning miqdori) X orasida matematik bog`lanish mavjud bo`lib, uni Karozers keltirib chiqardi. Bu bog`lanish faqat funksional guruhlar ekvivalent nisbatda bo`lgandagina to`g`ri natija beradi.
f- bitta monomer molekulasiga to`g`ri keladigan funksional guruhlar miqdori, N0 va N- lar esa reaksion aralashmadagi dastlabki va oxirgi molekulalar soni bo`lsin. Dastlabki aralashmadagi funksional guruhlarning umumiy soni f.N0 ga teng. Har bir kondensatlanish reaksiyasida bitta monomer molekulasi va 2 ta funksional guruh yo`qoladi. Polikondensatlanish davomida N0-N ta molekula sarflanadi. Bunda reaksiyaga kirishgan guruhlar soni 2(N0-N)ga teng bo`ladi. Polikondensatlanishning tugallanish darajasi X reaksiyaga kirishgan guruhlarning qismini ko`rsatadi. Demak,

43




bo`ladi.
Х
N 0 f
2N 0
N 0 f
2N
N 0 f


f f N 0

Agar bitta makromolekula hosil bo`lishida x monomer birligi ishtirok etsa, n ta makromolekula hosil bo`lishida X.N marta ko`p monomer molekulasi ishtirok etadi:

N0 N
yoki 1 N
X N

0


qiymatini tenglamaga qo`yib, Karozers tenglamasini hosil qilamiz:


P
f X f


P ni o`rtacha polimerlanish darajasi deb, uni Karozers tenglamasidan topamiz:


X




p
Bu ifodadan polikondensatlanish reaksiyasi qancha oxirigacha borsa, polimerlanish darajasi shuncha yuqori bo’lishi ko`rinib turibdi. Reaksiyaning tugallanish darajasi uni olib borish vaqti bilan aniqlanganligi uchun makromolekulalarning uzunligi polikondensatlanish muddati uzayishi bilan ortadi. Karozers tenglamasini quyidagi misollarda ko`rib chiqaylik:

  1. Monomerlar bittadan funksional guruh tutgan va reaksiya to`la (f=1, Р=1) ketgan bo`lsin. Bu f va P larning qiymatlarini Karozers tenglamasiga qo`yib, kuyidagini topamiz:



X 2

1
Demak, monomerda faqat bitta funksional guruh bo`lsa, reaksiya 100 % ketsa ham yuqorimolekulyar birikma hosil bo`lmas ekan.


  1. 2
    Ekvimolekulyar miqdordagi bifunksional monomerlar orasidagi reaksiya

ma'lumki, f 2
2

bo’ladi.

2 bo`ladi.
X 1
f P f P
yoki P


44

Masalan, polimerlanish darajasi 10 ga teng bo`lishi uchun reaksiyaning tugallanish darajasi 90% bo`lishi kerak, faqat reaksiya 99,8 % borganda, X=(1-1/500) polimerlaning molekulyar massasi 500 ga yetadi. Bundan ko`rinib turibdiki, yuqorimolekulyar birikmalarni hosil bo`lishi uchun amalda reaksiyani oxirigacha olib borishga harakat qilish kerak.


  1. 2

    2
    3 mol bifunksionalli monomerni 2 mol uch funksionalli birikmalar bilan reaksiyasi.

Bu hol uchun: f .4 bo`ladi. Agar P , ya'ni polimerlanish





darajasi juda katta qiymatga ega bo`lsa ham X


f P f
2 0
2.4


0.83
bo’ladi.



Shunday qilib, agar makromolekula hosil bo`lishida cheksiz ko`p miqdorda monomer qoldiqlari qatnashganda ham nazariy jihatdan hamma funksional guruhlarni reaksiyaga qatnashishi mumkin emas. Fizik ma'no jihatdan, monomerda funksional guruhlarining soni ikkidan ko`p bo`lgan holda uch o`lchamli "cheksiz katta" makromolekula hosil bo`ladi. Bu makromolekula bilan hosil bo`lguncha bir- biridan o`zining fazoviy joylanishi tufayli izolirlangan va reaksiyaga kirishib ulgurmagan ozod holdagi funksional guruhlar bog`langan holda bo`ladi. Bunday ozod funksional guruhlarni bog`lash uchun bu tipdagi polimerlarni olishda reaksion aralashmaga biroz miqdorda monofunksional guruhli birikmalar qo’shiladi. Izolyasiyalangan makromolekulalarga monofunksional guruhli molekula oson diffuziyalanadi va ular bilan reaksiyaga kirishadi.
Karozers formulasi polimer polidispereligini, boshlang`ich reaksion aralashmadagi monomerlar nisbati kabi polikondensatlanish jarayonidagi ayrim holatlarni hisobga olmaydi.
Amalda ko`proq o`zida bir xil turdagi funksional guruh tutgan ikkita har xil monomerlarni geteropolikondensatlanishi olib boriladi. Bunday hollarda monomerlarning o`zaro miqdoriy nisbati katta ahamiyatga ega, chunki oddiy sharoitda polikondensatlanish vaqtida birinchi monomer tugasa, ikkinchi monomerning bir xil funksional guruhlari o`zaro reaksiyaga kirishmaydi va
45

polimer zanjiri o`sishdan to`xtaydi. Demak, monomerlar ekvivalent miqdorlarda olinganda eng yaxshi sharoit vujudga keladi va natijada eng yuqori molekulyar birikmalar hosil bo`ladi. Buni 3- rasmda ko`rsatish mumkin:





3- rasm. Ortiqcha olingan monomerlarning polikondensatlanish reaksiyasida
polimerlar molekulyar massasiga ta'siri

V.V.Korshak va V.V.Golubevlarning ko`rsatishicha, agar komponentlardan birining miqdori 0,09% ortiq bo`lsa, hosil bo`layotgan polimerning molekulyar massasi 10 marta kamayadi. Xuddi shunday holatni boshqa muvozanatli polikondensatlanish reaksiyalarida ham kuzatish mumkin. Bunday reaksiyalarni izchil kuzatish natijasida Korshak polimerning molekulyar massasi va biror monomerning mol % da ortiqchaligi (q) orasida miqdoriy bog`lanish borligini aniqlab, funksional guruhlarning noekvivalentlik qoidasini yaratdi:


M (M a 2M ab ) M b

bu yerda Мав ва Мав lar ortiqcha olingan komponentlar va reaksiyada hosil bo`lgan qo`shimcha moddalarning molekulyar massasi.


Muvozanatli polikondensatlanishda almashinuv jarayonlarining borishiga qaramasdan hosil bo`lgan makromolekula o`lchami noekvivalentlik hoidasi yordamida aniqlanadi. Agar bir monomerning mollar soni n, boshqasiniki esa m bo`lib, m>n bo`lsa, bunday holda polimerlanish darajasi sistemadagi kam miqdorda olingan monomerlarning mollar sonini ortiqcha olingan monomerlarning
46
mollar soniga bo`lgan nisbati bilan belgilanadi:


P


n
Agar sistemaga funksional guruhlardan birortasi bilan o`zaro ta'sirida bo`la oladigan monofunksional guruh kiritilsa, u funksional guruhni qurshab olishi natijasida polikondensatlanish jarayonini to`xtatadi. Qachonki bir xil turdagi funksional guruhlar sarflanib bo`lsagina, u reaksiya to`xtaydi. Bu vaqtda ikkinchi turdagi funksional guruhlarning ortiqchasi sistemaga kiritilgan monofunksional birikmaning miqdoriga ekvivalent bo`ladi.
Polimerlanish darajasining qiymati 1 mol monofunksional birikmaga to`g`ri keladigan bifunksional birikmalarning o`zaro nisbati orqali aniqlanadi:


P

Masalan, agar aminoenant kislotasini 1 mol% moy kislotasi ishtirokida polikondensatlanishida polimerlanish darajasi 100 ga teng bo`lgan, polimer hosil bo`lsa, 2% mol miqdorda moy kislotasi ishtirok etganda, maksimal polimerlanish darajasi 50 ga teng bo`ladi. Polikondensatlanishda polimerning molekulyar massasini monofunksional birikmalarni qo`shish yo`li bilan boshqarish mumkin.


Oligomerlar olishda foydalaniladigan reaksiyaga qobiliyatli bunday monofunksional birikmalar molekulyar massani boshqarish uchun stabilizatorlar deyiladi.




    1. Download 0.98 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling