"полимерлар кимёсига" кириш


Download 0.98 Mb.
bet95/107
Sana20.12.2022
Hajmi0.98 Mb.
#1036382
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   107
Bog'liq
Polimerlar kimyosi (Sh.Mirkomilov va b.)

Laboratoriya ishi

Epoksid smolalarning molekulyar massasini aniqlash
Ishning maqsadi: Epoksid smolasidagi epoksid sonini aniqlash orqali uning molekulyar massasini hisoblash.
Reaktivlar: epoksid smolasi, НС1 ning 0,2 n li atsetondagi eritmasi, atseton, 0,1 i li NaOH eritmasi, fenolftalein.
Jihozlar: 250 ml li konussimon kolbalar, pipetka, byuretka.
Ishning bajarilishi: Epoksid smolalarning makromolekulalari uchlarida epoksid guruhlar tutadi. Epoksid guruhlar miqdorini (E) aniqlash orqali chiziqsimon epoksid smolalar molekulyar massasini quyidagi tenglama orqali hisoblash mumkin:

1

2

(
Mn

Epoksid guruhlarni aniqlash usuli makromolekuladagi epoksid guruhlarning vodorod xlorid biriktirib olib xlorgidrin hosil qilish qobiliyatiga asoslangan:


221
Ko'pincha epoksid guruhlar foizini emas, balki "epoksid ekvivalent" yoki "epoksid soni" aniqlanadi.


Epoksid ekvivalent-grammlarda ifodalangan bir gramm ekvivalent massadir. Epoksid soni- 100 g oligomerdagi epoksid guruhlar sonidir. Epoksid sonini 100 ga bo'lib epoksid ekvivalent qiymatini topiladi.
0,0002 g aniqlikda tortilgan oligomer namunasini (0,2-0,6 g) konussimon kolbaga solib ustiga HCI ning atsetondagi 0,2 normalli eritmasidan pipetkada 30 sm3 quyamiz. Kolbani yopqich bilan yonib 2,5 soatga o'z holicha qoldiriladi 10 ml atseton qo'shiladi (titrlash vaqtida eritma loyqalanishini oldini olish uchun). Kolbadagini aralashtirib keyin ortiqcha HCl fenolftalein ishtirokida 0,1 normalli NaOН eritmasi bilan titrlanadi. Ikkita namuna tahlil qilinadi. Natijalarning o'rtacha qiymati olinadi. Parallel ravishda polimer namunasisiz tajriba qo'yiladi.
Epoksid guruhlar miqdori X ni (% da) quyidagi formula bilan hisoblanadi: X = (V1 – V2) ·F · 0,0043 · 100 / g
Bunda, V1- polimersiz eritmani titrlash uchun sarf bo'lgan 0,1 n li NaOH eritmasining hajmi, sm3; V2- tahlil qilinayotgan namunani titrlash uchun sarf bo'lgan 0,1 normalli NaOH eritmasining hajmi, ml; F- 0,1 n li NaOH eritmasining tuzatma koeffisienti; 0,0043-0,1 normalli NaOH eritmasining 1 sm3 ga to'g'ri kelgan epoksid guruhlar miqdori, g- namuna miqdori, g.
Eslatma: 1) HCl ning atsetondagi 0,2 n li eritmasini tayyorlash uchun haydalgan quruq atsetonning 1000 mliga 17 ml konsentrlangan HCI (d=1,18-1,9 g/sm3) qo'shiladi.
2) tahlil qilishdan avval polimerning kislotali yoki ishqorliligini aniqlanadi (0,1 n li ishqor yoki kislota eritmasi bilan titrlanadi) va hisoblash vaqtida tegishli tuzatma kiritiladi.




  1. Download 0.98 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling