Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, toshkent kimyo-texnologiya instituti va toshkent davlat texnika universitetihuzuridagi


Download 353.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana19.02.2017
Hajmi353.42 Kb.
#726
  1   2   3

UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO INSTITUTI,  

POLIMERLAR KIMYOSI VA FIZIKASI ILMIY-TADQIQOT MARKAZI, 

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI VA  

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIHUZURIDAGI  

FAN DOKTORI ILMIY DARAJASINI BERUVCHI 

16.07.2013.K/T.14.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI 

ILMIY KENGASH 

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 

MUTALOV SHUXRAT AXMADJONOVICH 

MAHALLIY XOMASHYODAN YANGI SORBENTLAR VA 

REAGENTLAR ASOSIDA OQAVA SUVLARNI TOZALASHNING 

SAMARALI USULLARINI ISHLAB CHIQISH 

11.00.05 –  Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan  

oqilona foydalanish  

 (kimyo fanlari)  



DOKTORLIK DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI 

Toshkent - 2016 yil 

 



UDK: 661.182.547.721 

 

 



Doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati mundarijasi 

Oglavleniyeavtoreferatadoktorskoydissertatsii 

Content of the abstract of doctoral dissertation 

 

 

Mutalov Shuxrat Axmadjonovich 

Mahalliy xomashyodan yangi sorbentlar va reagentlar asosida oqava 

suvlarni tozalashning samarali usullarini ishlab chiqish...................... 

 

 



 

 

 



 

Mutalov Shuxrat Axmadjonovich 

Razrabotka effektivnix metodov ochistki stochnix vodna osnove novix 

sorbentov i reagentov iz mestnogo sirY......................................... 

 

 



 

 

 



27 

Mutalov Shuhrat 

The development of effective methods of sewage treatment on the basis  of 

new sorbents and reagents from local raw materials......................................... 

 

 



 

 

 



53 

E’lon qilingan ishlar r

о‘yxati 

Spisok opublikovannix rabot 

Listofpublishedworks................................................................................. 

 

 



78 


 

 

 

 

 

 



 

 

 

 

 

 



 

 

 



 


UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO INSTITUTI,  

POLIMERLAR KIMYOSI VA FIZIKASI ILMIY-TADQIQOT MARKAZI, 

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI VA  

TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIHUZURIDAGI  

FAN DOKTORI ILMIY DARAJASINI BERUVCHI 

16.07.2013.K/T.14.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI 

ILMIY KENGASH 

TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI 

MUTALOV SHUXRAT AXMADJONOVICH 

MAHALLIY XOMASHYODAN YANGI SORBENTLAR VA 

REAGENTLAR ASOSIDA OQAVA SUVLARNI TOZALASHNING 

SAMARALI USULLARINI ISHLAB CHIQISH 

11.00.05 –  Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan  

oqilona foydalanish  

 (kimyo fanlari)  



DOKTORLIK DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI 

Toshkent - 2016 yil 

 



Doktorlik  dissertatsiyasi  mavzusi 

О‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi 

huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida 31.03.2016/V2016.1.K121raqam bilan 

rо‘yxatga 

olingan. 

 

Doktorlik dissertatsiyasi Toshkent kimyo-texnologiya institutidabajarilgan. 

 

Dissertatsiya 



avtoreferati 

uch 


tilda 

(

о‘zbek,  rus,  ingliz)  veb-sahifaning 



www.tkti.uzhamda «ZIYONET» axborot-ta’limportaliwww.ziyonet.uzmanziligajoylashtirilgan. 

 

 



Ilmiy maslahatchi:  

 

Xamrayev Sayfulla Sadullayevich 

doktor ximicheskix nauk, professor  

 

Rasmiy 



opponentlar: 

 

Xamrayev Sayfulla Sadullayevich 

kimyo fanlari doktori, professor  

 

Todjixodjayev 

Zokirxо‘ja Abdusattarovich 

texnika fanlari doktori, professor 

 

Akbarov Xamdam Ikramovich 

kimyo fanlari doktori, professor  

 

Yetakchi tashkilot: 

Farg‘ona politexnika instituti 

 

Dissertatsiya  himoyasi  Umumiy  va  noorganik  kimyo  instituti,  Polimerlar  kimyosi  va 



fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent davlat texnika 

universiteti huzuridagi 16.07.2013.K/T.14.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy 

kengashning  “____”___________ 2016  yil  soat____  dagi  majlisida 

bо‘lib  о‘tadi. (Manzil: 

100170, Toshkent sh., M.Ulug‘bek 

kо‘ch., 77a. Tel: (99871) 262-56-60, faks (99871) 262-79-90, 

E-mail: ionxanruz@mail.ru). 

Doktorlik  dissertatsiyasi 

О‘zR  FA  Umumiy  va  noorganik  kimyo  instituti  Axborot-resurs 

markazida 

№___  raqam  bilan  rо‘yxatga  olingan,  dissertatsiya  bilan  Axborot-resurs  markazida 

tanishish mumkin. Manzil: 100170, Toshkent sh., M.Ulug‘bek 

kо‘ch., 77a. Tel: (99871) 262-56-

60. 


 

Dissertatsiya avtoreferati 2016 yil «___»___________ kunitarqatildi. 

(2016 yil «____» ____________dagi _____raqamli reyestr bayonnomasi). 

 

 



 

B.S.Zakirov 

    Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 

                        ilmiy kengash raisi, k.f.d. 

 

 



A.M.Reymov 

     Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 

           ilmiy kengash ilmiy kotibi, t.f.d. 

 

 



                                                  S.S.Xamrayev 

         Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi 

  ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, k.f.d., 

professor 



KIRISH (doktorlik dissertatsiyasi annotatsiyasi) 

 



 

Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda bugungi kunda 

sanoatni  jadal  rivojlantirish,  ekologik  muammolarni  hal  etish,  raqobatbardosh  va 

ekologik  toza  mahsulotlarni  ishlab  chiqarishda  zamonaviy  texnologiyalarni 

qо‘llash tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Oxirgi yillar davomida yangi 

ishlanmalar  orqali  innovatsion  yondashuv  asosida  sanoatga  zarur 

bо‘lgan 


mahsulotlar ishlab chiqarish oshmoq-da. Bu texnologik jarayonlarda kimyoviy faol 

moddalar 

qо‘llash  orqali  oxava  suvlarni  tozalash  uchun  kationit  va  anionitlarni 

yaratish, ularning fizik-kimyoviy, adsorbsion xossalarini yanada yaxshilash muhim 

ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. 

Jaxonda  kon-metallurgiya  va  kimyo  sanoatida  suv  resurslarining 

kо‘p 

miqdorda ishlatilishi, ishlab chiqarishda ekologik jihatdan asoslangan, kam chiqitli 



texnologiyalarni joriy qilish, tabiiy muhitning iflos-lanishini kamaytirish tadbirlari 

kompleksini  amalga  oshirishni  talab  etadi.  Metallurgiya,  kimyo  va  boshqa  sanoat 

sohalarida  sanoat  suvlarini  tozalashda  hamda  ba’zi  metall  ionlarini  ajratishda 

sorbsion xususiyatli ionalmashuvchi sorbentlar va reagentlar keng 

qо‘llaniladi

.

 



Respublikada  turli  assortimentdagi  ionalmashuvchi  sorbentlarga 

bо‘lgan 


talabni  ortishi  sababli  ularni  mahalliy  xomashyo  asosida  ishlab  chiqishni  joriy 

etishga  alohida  e’tibor  qaratilgan.  Sanoat  oqava  suvlarini  tozalash  muammosi 

hamda  suvlarni  deminerallash  nafaqat  atrof  muhitni  muhofaza  qilishni,  balki 

import 


о‘rnini bosuvchi ionalmashuvchi sorbentlar va reagentlar ishlab chiqilishi 

orqali  mamlakatimiz  xomashyo  va  material  resurslaridan  yanada  samarali 

foydalaniladi.  

Ishlab  chiqarish  korxonalarini  modernizatsiyalash  va  rekonstruksiya-lash, 

ekologik  toza  va  resurslarni  tejaydigan  texnologiyalarni,  shu  jumla-dan  qayta 

tiklanuvchan  energiya  manbalarini  tatbiq  qilish  orqali  atrof-muhitga  ta’sirni 

kamaytirish 

va 


tabiiy 

resurslardan 

oqilona 

va 


kompleks 

foydalanish 

samaradorligini  oshirish,  sanoat  va  ichimlik  suvlarini  yumsha-tish  usullarini 

takomillashtirish,  eritmalardan  metall  ionlarini  va  kimyoviy  birikmalarni  ajratib 

olish  texnologiyalarini  yaratish,  yuqori  sorbsion  xususiyatli  tabiiy  va  sintetik 

sorbentlardan  samarali  foydala-nish,  sanoatda  suv  resurslaridan 

kо‘p  marotaba 

foydalanish  imkoniyatlarini  takomillashtirish,  oqava  suvlarini  tozalash  uchun 

reagentlar  olish  texno-logiyasini  ishlab  chiqish,  texnologik  jarayonlar  va  tabiatni 

muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirishning asosiy vazifalaridir. 

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi    PQ-1442 

son «


О‘zbekiston Respublikasi sanoatini 2011-2015 yillarda ustuvor rivojlantirish 

haqida»gi  va 

О‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  2013  yil  27 

maydagi  142-son  «

О‘zbekiston  Respublikasida  atrof-muhit  muhofazasi  bо‘yicha 

harakatlar  dasturi 

tо‘g‘risida»gi  (2013-2017  yy.)  Qarorlarihamda  mazkur 

faoliyatga  tegishli  boshqa  meyoriy-huqu-qiy  hujjatlarda  belgilangan  vazifalarni 

amalga oshirishga ushbu disser-tatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi. 

Tadqiqotning  respublika  fan  va  texnologiyalari  rivojlanishi-ning  asosiy 

ustuvor 

yо‘nalishlariga  bog‘liqligi.Mazkur  tadqiqotres-publika  fan  va 

 



texnologiyalar 

rivojlanishiningVI. «Tabiatdan 

oqilona 

foydalanish 

va 

ekologiya»ustuvor 



yо‘nalishiga muvofiq bajarilgan. 

Dissertatsiya  mavzusi 

bо‘yicha  xorijiy  ilmiy  tadqiqotlar  sharhi. 

Ionalmashuvchi  sorbentlar  yordamida  sanoat  suvlarini  tozalashga 

yо‘nalti-rilgan 

ilmiy  izlanishlar  jahonning  yetakchi  ilmiy  markazlari  va  oliy  ta’lim  muassasalari, 

jumladan,  Institute for Global Environment Strategies (IGES) (Japan), Nanyang 

Technological University (NTU) (Singapore), Envi-

ronment Canada's National Water Research Institute (NWRI)(Canada), National 

Research Council (US) Safe Drinking Water Committee, Belhim (Belarus  Res-

publikasi), Technical Adviser (Chemical) Government of Guigarat  Undustries 

commissioner (India), VVP Engineering College (India), United States Environ-

ment Protection Agency, Institute of Chemical Engineering, Bulgarian Academy 

of Science (Bulgaria)Umumiy  va  noorganik  kimyo  (

О‘zbekiston)  institutida  olib 

borilmoqda.  

Tabiiy  va  sintetik  sorbentlar  yordamida  sanoat  suvlarini  tozalash  va 

yumshatishga  oid  jahonda  olib  borilgan  tadqiqotlar  natijasida  qator,  jumladan, 

quyidagi  ilmiy  natijalar  olingan:eritmalardan  mis,  rux,  kadmiy,  mishyakkabi 

metallionlarini  sorbsion  usulda  ajratib  olish  usullari  ishlab  chiqilgan  (National 

Research Council (US) Safe Drinking Water Committee, NTU);sanoat va ichimlik 

suvlarini  yumshatishda  sorbentlardan  foydalanish  yaratilgan  (VVP Engineering 

College, Belhim);  aktivlangan 

kо‘-mir  asosida  termik  va  reagentli  ishlov  berish 

usullarida  suvlarni  organik  va  noorganik  birikmalardan  tozalash  usullari  ishlab 

chiqilgan 

EnvironmentCanada'sNationalWaterResearchinstitute(NWRI) 

(Canada),Bulgarian Aca-demy of Science (Bulgaria);  faol  sorbsion  xususiyatli 

tabiiy  sorbentlar  sifatida  lignit,  bentonit  va  seolitlarni 

qо‘llash  usullari  ishlab 

chiqilgan  va  joriy  etilganTechnical Adviser (Chemical) Government of Guigarat 

Undustries commissioner. 

Dunyoda  sanoat  suvlarini  ionalmashuvchi  sorbentlar  yordamida  tozalash 

bо‘yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yо‘nalishlarda olib borilmoqda: sanoat 

va  ichimlik  suvlarini  yumshatish;  eritmalardan  metallionlarini  va  kimyoviy 

birikmalarni  ajratib  olish;  yuqori  sorbsion  xususiyatli  tabiiy  va  sintetik 

sorbentlardan  samarali  foydalanish;  sanoatda  suv  resurs-laridan 

kо‘p  marotaba 

foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish. 

Muammoning 

о‘rganilganlik  darajasi.Dispers  sistemalarni  yaratish, 

ionalmashuvchi  polimerlarni  olish,  ularning  fizik-kimyoviy  xossalarini 

о‘rganish 

va boshqarish masalalari 

bо‘yicha M.M.Dubinin, F.D.Ovcharenko, Y.I.Tarasevich, 

A.V.Kiselev,  K.I.Chmutov,  A.B.Pashkov,  K.M.Saldadze,  K.B.Musabekov, 

SH.B.Battalova,  Y.A.Eltekov,V.Tasana,  Y.Iemuro,  S.Nonako,  K.Sugino,  K.Cirai, 

R.Kitavaki,  R.Heping,  G.Bayd,  A.Lurre,  G.Maneske,  H.Heller,  G.Yander, 

V.Slater,  C.Harland,  H.Hofman,  B.Rivas,  M.Jara,  E.Pereira,  K.S.Axmedov 

rahbarligida 

E.A.Aripov, 

F.L.Glekel, 

S.S.Xamrayev, 

S.N.Aminov, 

A.A.Agzamxodjayev, 

U.K.Axmedov, 

G.U.Raxmatqoriyev, 

S.Z.


Mо‘minov, 

B.N.Xamidov,  G.R.Narmetova,  V.P.Guro,  I.K.Satayev,  O.K.Beysenbayev, 

 


A.S.Sultonov, 

N.U.Rizayev, 

M.A.Asqarov, 

A.T.Djalilov, 

F.A.Magrupov, 

R.A.Nazirova, S.M.Turobjonovlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. 

Kimyo  va  kon-metallurgiya  sanoatida  suv  resurslarining 

kо‘p  miqdorda 

ishlatilishini  hisobga  olib,  ularni  tozalashda  hamda  ba’zi  metall  ionla-rini 

ajratishda  sorbsion  xususiyatli  ionalmashuvchi  sorbentlar  va  reagen-tlar  olish  va 

qо‘llash 

texnologiyalarini 

yaratishgan.Ishlab 

chiqarish 

korxona-larini 

modernizatsiyalash va rekonstruksiyalash, ekologik tioza va resurs-larni tejaydigan 

texnologiyalarni  hamda  qayta  tiklanuvchi  energiya  manba-larini  tadbiq  qilish 

faoliyatlarni olib borishgan.  

Sanoat  obyektlarida  atrof  muhitni  muhofaza  qilish  muammosini  yechish 

uchun  sanoat  suvlarini  yumshatish  usullarini  takomillashtirish;  eritma-lardan 

metall ionlarini va kimyoviy birikmalarni ajratib olish texno-logiyalarini yaratish; 

yuqori  sorbsion  xususiyatli  tabiiy  va  sintetik  sor-bentlardan  samarali  foydalanish; 

sanoatda 

suv 


resurslaridan 

kо‘p  marotaba  foydalanish  imkoniyatlarini 

takomillashtirish,  oqava  suvlarini  tozalash  uchun  reagentlar  olish  texnologiyasini 

ishlab chiqish dolzarb, ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. 



Dissertatsiya 

mavzusining 

dissertatsiya 

bajarilgan 

oliy 

ta’lim 

muassasasiningilmiy-tadqiqot  ishlari  bilan  bog‘liqligi.Dissertatsiya  tadqiqoti 

Toshkent  kimyo-texnologiya  instituti  ilmiy-tadqiqot  ishlari  rejasining  «Sanoat 

oqava  suvlarini  metallionlaridan  ionalmashinish  usuli  bilan  tozalash»  (2012-2015 

yy.)  hamda  ITD-6.  (YOA  6-1) 

Tо‘qimachilik  sanoati  oqava  suvlarini  bо‘yoq 

moddalardan  tozalashning  samarali  texnolo-giyasini  ishlab  chiqish  (2014-2015 

yy.)mavzusidagi amaliy loyiha doirasida bajarilgan. 

Tadqiqotning  maqsadifurfurol  asosida  yangi  samarali  ionalma-shuvchi 

sorbentlar  va  sanoat  chiqindisidan  reagentlar  olish  usullarini  ishlab  chiqish 

hamdakimyo  va  metallurgiya  sanoati  oxava  suvlarini  metall  ionlaridan  tozalash, 

deminerallash jarayonlarida 

qо‘llash imkoniyatlarini ochib berishdan iborat. 

Tadqiqotning vazifalari:  

ionalmashuvchi sorbentlar va reagentlar olishga yaroqli 

bо‘lgan bosh-lang‘ich 

xomashyolarning  kimyoviy  tarkibi,  fizik-kimyoviy  va  adsorbsion  xos-salarini 

aniqlash; 

furfurolni  benzoguanidin  bilan  polietilenpoliamin  (PEPA)  ishti-rokida 

polikondensatsiyalash 

yо‘li  bilan  kompleks  hosil  qiluvchi,  rangli  va  kamyob 

metallar  (mis,  molibden)  ionlariga  nisbatan  tanlovchan  sorbsion  xususiyatli 

kuchsiz asosli anionit – sorbentlar olish; 

furfurolni 

akril 


kislotasi 

bilan 


polikondensatsiyalash 

yо‘li  bilan 

monofunksional karboksil guruhli kationit – sorbent olish; 

reaksiya harorati, boshlang‘ich moddalar nisbati, katalizator konsen-tratsiyasi 

va boshqalarni olingan ionalmashuvchi sorbentlar xossalariga ta-’sirini aniqlash va 

anionit, kationit – sorbentlar olishning optimal sha-roitlarini aniqlash; 

olingan ionalmashuvchi sorbentlar va reagentlarning fizik-kimyoviy, sorbsion 

va  tekstura  xossalarini  (kalsiy,  magniy,  mis,  nikel,  molibden  va  boshqa  ionlarni 

sorbsiyasi,  sorbsion  sig‘imi,  monofunksionalligi,  funksional  guruhlarning 

 



dissotsiatsiyalanish  darajasi)  ionalmashuvchi  sor-bentlar  va  reagentlar  olish 

texnologiyasini ishlab chiqish. 



Tadqiqotning obyektifurfurol va 

Qо‘ng‘irot soda zavodi chiqindisi. 



Tadqiqotning  predmetirangli  metallar  ionlariga  selektiv 

bо‘lgan  yangi 

termokimyoviy  barqaror  kompleks  hosil  qiluvchi  anionitlarva  mono-funksional 

karboksil kationit. 



Tadqiqotning  usullari.Dissertatsiyadafizik-kimyoviy  tahlil  usul-laridan: 

element tahlili, alkalometrik titrlash, polyarografiya usuli bilan furfurol miqdorini 

aniqlash,  Knopp  usulida  brom  sonini  aniqlash,  trilo-nometriya,  yodometriya,  IQ 

spektroskopiya,  potensiometrik  titrlash,  termo-gravimetriya  va  gaz-suyuqlik 

xromatografiyasikabi tahlil usullari 

qо‘l-langan. 



Tadqiqotning ilmiy yangiligi 

qо‘yidagilardan iborat: 

furfurolni  benzoguanidin,  difenilguanidin  bilan  polikondensatsiya-lab 

polifunksional  kuchsiz  asosli,termokimyoviy  barqaror,  tanlovchanlik  xususiyatli, 

rangli  metall  ionlari  bilan  kompleks  hosil  qilish  xossasiga  ega 

bо‘lgananionit  - 

sorbentlar olingan; 

furfurolni 

akril 

kislotasi 



bilan 

polikondensatsiyalash 

yо‘li  bilan 

monofunksional,  sanoat  eritmalaridan  rangli  metallva  uranil  ionlarini  tanlab 

sorbsiyalash xossasiga ega 

bо‘lgan karboksil kationit –sorbent olingan; 

jarayonni  kinetik  tadqiq  qilish  asosida  reaksiyaning  tezlik  konstan-tasi, 

aktivlanish  energiyasi,olinayotgan  sorbent  xossalarining  haroratga,  boshlang‘ich 

moddalarning  konsentratsiyasiga,  katalizator  miqdoriga  va  bosh-qa  omillarga 

bog‘liqligi aniqlangan; 

import 

о‘rnini  bosuvchi  ionalmashuvchi  sorbentlarning  asosiy  kimyoviy  va 



fizik-kimyoviy  xossalarining  (kalsiy,  magniy,  mis,  nikel,  molibden  va  boshqa 

ionlarni sorbsiyasi, sorbsion sig‘imi, monofunksionalligi, funk-sional guruhlarning 

dissotsiatsiyalanish 

darajasi) 

boshlang‘ich 

xomashyo-larning 

kimyoviy 

tarkibi,fizik-kimyoviy  va  adsorbsion  xossalariga  kor-relyatsion  bog‘liqligi 

kо‘rsatilgan; 

furfurol  va 

Qо‘ng‘irot soda zavodi chiqindisi asosida sanoat oqava suvlarini 

tozalash va yumshatishda hamda rangli metall ionlarini ajratish-da 

qо‘llaniladigan 

turli  funksionalli  ionalmashuvchi  polimer  sorbentlar  va  kalsiy  gidrosilikat 

reagentini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. 

Tadqiqotning amaliy natijalari  

furfurolni  benzoguanidin,  difenilguanidin  bilan  polikondensatsiya-lab 

polifunksional  kuchsiz  asosli,  termokimyoviy  barqaror  anionit  olish  usuli  ishlab 

chiqilgan; 

furfurolni akril  kislotasi  bilan polikondensatsiyalash  asosida monofunksional 

karboksil kationit olish usuli ishlab chiqilgan; 

furfurol  va 

Qо‘ng‘irot  soda  zavodi  chiqindisi  asosida  kalsiy  gidro-silikat 

reagentini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. 

furfurol  asosida  olingan  sorbentlarni  suvlarini  tozalash  va  yumshatishda 

qо‘llash texnologik jarayoni takomillashtirilgan. 

 



Tadqiqot  natijalarining  ishonchliligitadqiqotni  xulosalari  va  tavsiyalarning 

asoslanganligizamonaviy  kimyoviy,  fizik-kimyoviy  usullar  va  kimyoviy 

tadqiqotlar 

qо‘llanilganligida  va  ishlab  chiqilgan  sorbentlar,  reagentlarni  olish 

texnologiyasi,  ularning 

qо‘llanishi  tajriba-sanoat  sinovlarida  aprobatsiya  qilingan 

hamda ishlab chiqarishga 

qо‘llanilganligi bilan izohlanadi. 



Tadqiqot  natijalarining  ilmiy  va  amaliy  ahamiyati.  Tadqiqot  na-

tijalariningilmiy  ahamiyatiionalmashuvchi  sorbentlarning  asosiy  kimyoviy  va 

fizik-kimyoviy  xossalarining  (kalsiy,  magniy,  mis,  nikel,  molibden  va  boshqa 

ionlarni  sorbsiyasi,  sorbsion  sig‘imi,  monofunksio-nalligi  va  g‘ovakligi)  ularni 

olish uchun yaroqli 

bо‘lgan boshlang‘ich xomashyo-larning kimyoviy tarkibi,fizik-

kimyoviy  va  adsorbsion  xossalariga  kor-relyatsion  bog‘liqligininganiqlanganligi 

hamda  polikondensatsion  turdagi  sorbentlar  assortimentini  kengaytirishga  imkon 

yaratishi bilan izoh-lanadi. 

Tadqiqot  natijalariningamaliy  ahamiyati  shundan  iboratki,  mahalliy  furfurol 

va sanoat chiqindisi asosida olingan import 

о‘rnini bosuvchi yangi ionalmashuvchi 

sorbentlar  va  reagentlarni  sanoat  suvlarini  tozalashda, 

yumshatishdaqо‘llanishi, 

aniqlangan sorbsiyalanish qonuniyatlari sanoat suvlarini tozalash texnologiyalarini 

takomillashtirishda,  furfurol  asosi-da  ionalmashuvchi  sorbentlarni  olinishi  va 

qо‘llanishiga xizmat qiladi. 

Tadqiqot  natijalarining  joriy  qilinishi.Mahalliy  xomashyodan  olingan 

yangi sorbentlar va reagent asosida oqava suvlarni tozalashning samarali usullarini 

ishlab chiqish 

bо‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 

ishlab  chiqilgan  karboksilkationit  olishning  texnik  shartlari(Ts14825224-

01:2015)«Uzstandart»  agentligi  tomonidan  tasdiqlangan.  Texnik  shart  texnologik 

jarayonda  ishlatilayotgan  kationitlar 

о‘rniga  maxalliy  xomashyolardan  olingan 

kationitni ishlatish imkonini beradi;  

furfurolni akril  kislotasi  bilan polikondensatsiyalash  asosida monofunksional 

karboksil  kationit  olish  usuliga 

О‘zbekiston  Respublikasi  Intellektual  mulk 

agentligining  ixtiroga  patenti  olingan  (

№  IAP  03458,  2007).  Monofunksional 

karboksil  kationit  olish  usuli  eritmalardan  rangli  metall  va  uranil  ionlarini 

sorbsiyalash imkonini beradi; 

furfurol  asosida  olingan  kationit  va  anionitlar  oziq-ovqat,  kimyo  va 

metallurgiya  sanoati  ishlab  chiiarish  korxonalarisuvlarini  tozalash  va  yumshatish 

jarayoniga tadbiq etilgan («

О‘zvinosanoat-xolding» kompaniyasi-ning 2016 yil 17 

maydagi  AA-02/1-1042  sonli  xati).  Natijada  korxonaning  texnologik  liniyasini 

ixchamlashtirishga; energiya sarfini kamaytirishga; sanoat oqava suvlarini takroriy 

ishlatishga;  chetdan  olib  kelinayotgan  adsorbentlarni  maxalliylashtirishga; 

texnologik jarayonni bir xil rejim-da boshqarishga erishiladi.  



Download 353.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling