Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, toshkent kimyo-texnologiya instituti va toshkent davlat texnika universitetihuzuridagi
Download 353.42 Kb. Pdf ko'rish
|
UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO INSTITUTI, POLIMERLAR KIMYOSI VA FIZIKASI ILMIY-TADQIQOT MARKAZI, TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI VA TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIHUZURIDAGI FAN DOKTORI ILMIY DARAJASINI BERUVCHI 16.07.2013.K/T.14.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI ILMIY KENGASH TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI MUTALOV SHUXRAT AXMADJONOVICH MAHALLIY XOMASHYODAN YANGI SORBENTLAR VA REAGENTLAR ASOSIDA OQAVA SUVLARNI TOZALASHNING SAMARALI USULLARINI ISHLAB CHIQISH 11.00.05 – Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari) DOKTORLIK DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI Toshkent - 2016 yil 1
UDK: 661.182.547.721
Doktorlik dissertatsiyasi avtoreferati mundarijasi Oglavleniyeavtoreferatadoktorskoydissertatsii Content of the abstract of doctoral dissertation Mutalov Shuxrat Axmadjonovich Mahalliy xomashyodan yangi sorbentlar va reagentlar asosida oqava suvlarni tozalashning samarali usullarini ishlab chiqish......................
3 Mutalov Shuxrat Axmadjonovich Razrabotka effektivnix metodov ochistki stochnix vodna osnove novix sorbentov i reagentov iz mestnogo sirY.........................................
27 Mutalov Shuhrat The development of effective methods of sewage treatment on the basis of new sorbents and reagents from local raw materials.........................................
53 E’lon qilingan ishlar r о‘yxati Spisok opublikovannix rabot Listofpublishedworks.................................................................................
. 78
2
UMUMIY VA NOORGANIK KIMYO INSTITUTI, POLIMERLAR KIMYOSI VA FIZIKASI ILMIY-TADQIQOT MARKAZI, TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI VA TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETIHUZURIDAGI FAN DOKTORI ILMIY DARAJASINI BERUVCHI 16.07.2013.K/T.14.01 RAQAMLI ILMIY KENGASH ASOSIDAGI ILMIY KENGASH TOSHKENT KIMYO-TEXNOLOGIYA INSTITUTI MUTALOV SHUXRAT AXMADJONOVICH MAHALLIY XOMASHYODAN YANGI SORBENTLAR VA REAGENTLAR ASOSIDA OQAVA SUVLARNI TOZALASHNING SAMARALI USULLARINI ISHLAB CHIQISH 11.00.05 – Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (kimyo fanlari) DOKTORLIK DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI Toshkent - 2016 yil 3
Doktorlik dissertatsiyasi mavzusi О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida 31.03.2016/V2016.1.K121raqam bilan rо‘yxatga olingan. Doktorlik dissertatsiyasi Toshkent kimyo-texnologiya institutidabajarilgan.
Dissertatsiya avtoreferati uch
tilda ( о‘zbek, rus, ingliz) veb-sahifaning www.tkti.uzhamda «ZIYONET» axborot-ta’limportaliwww.ziyonet.uzmanziligajoylashtirilgan.
Ilmiy maslahatchi:
doktor ximicheskix nauk, professor
opponentlar: Xamrayev Sayfulla Sadullayevich kimyo fanlari doktori, professor
texnika fanlari doktori, professor
kimyo fanlari doktori, professor
Dissertatsiya himoyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti, Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti va Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi 16.07.2013.K/T.14.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashning “____”___________ 2016 yil soat____ dagi majlisida bо‘lib о‘tadi. (Manzil: 100170, Toshkent sh., M.Ulug‘bek kо‘ch., 77a. Tel: (99871) 262-56-60, faks (99871) 262-79-90, E-mail: ionxanruz@mail.ru). Doktorlik dissertatsiyasi О‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti Axborot-resurs markazida №___ raqam bilan rо‘yxatga olingan, dissertatsiya bilan Axborot-resurs markazida tanishish mumkin. Manzil: 100170, Toshkent sh., M.Ulug‘bek kо‘ch., 77a. Tel: (99871) 262-56- 60.
Dissertatsiya avtoreferati 2016 yil «___»___________ kunitarqatildi. (2016 yil «____» ____________dagi _____raqamli reyestr bayonnomasi).
B.S.Zakirov Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash raisi, k.f.d.
A.M.Reymov Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash ilmiy kotibi, t.f.d.
S.S.Xamrayev Fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, k.f.d., professor KIRISH (doktorlik dissertatsiyasi annotatsiyasi) 4
Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda bugungi kunda sanoatni jadal rivojlantirish, ekologik muammolarni hal etish, raqobatbardosh va ekologik toza mahsulotlarni ishlab chiqarishda zamonaviy texnologiyalarni qо‘llash tobora dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Oxirgi yillar davomida yangi ishlanmalar orqali innovatsion yondashuv asosida sanoatga zarur bо‘lgan
mahsulotlar ishlab chiqarish oshmoq-da. Bu texnologik jarayonlarda kimyoviy faol moddalar qо‘llash orqali oxava suvlarni tozalash uchun kationit va anionitlarni yaratish, ularning fizik-kimyoviy, adsorbsion xossalarini yanada yaxshilash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Jaxonda kon-metallurgiya va kimyo sanoatida suv resurslarining kо‘p miqdorda ishlatilishi, ishlab chiqarishda ekologik jihatdan asoslangan, kam chiqitli texnologiyalarni joriy qilish, tabiiy muhitning iflos-lanishini kamaytirish tadbirlari kompleksini amalga oshirishni talab etadi. Metallurgiya, kimyo va boshqa sanoat sohalarida sanoat suvlarini tozalashda hamda ba’zi metall ionlarini ajratishda sorbsion xususiyatli ionalmashuvchi sorbentlar va reagentlar keng qо‘llaniladi .
Respublikada turli assortimentdagi ionalmashuvchi sorbentlarga bо‘lgan
talabni ortishi sababli ularni mahalliy xomashyo asosida ishlab chiqishni joriy etishga alohida e’tibor qaratilgan. Sanoat oqava suvlarini tozalash muammosi hamda suvlarni deminerallash nafaqat atrof muhitni muhofaza qilishni, balki import
о‘rnini bosuvchi ionalmashuvchi sorbentlar va reagentlar ishlab chiqilishi orqali mamlakatimiz xomashyo va material resurslaridan yanada samarali foydalaniladi. Ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiyalash va rekonstruksiya-lash, ekologik toza va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni, shu jumla-dan qayta tiklanuvchan energiya manbalarini tatbiq qilish orqali atrof-muhitga ta’sirni kamaytirish va
tabiiy resurslardan oqilona va
kompleks foydalanish samaradorligini oshirish, sanoat va ichimlik suvlarini yumsha-tish usullarini takomillashtirish, eritmalardan metall ionlarini va kimyoviy birikmalarni ajratib olish texnologiyalarini yaratish, yuqori sorbsion xususiyatli tabiiy va sintetik sorbentlardan samarali foydala-nish, sanoatda suv resurslaridan kо‘p marotaba foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, oqava suvlarini tozalash uchun reagentlar olish texno-logiyasini ishlab chiqish, texnologik jarayonlar va tabiatni muhofaza qilish faoliyatini takomillashtirishning asosiy vazifalaridir. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi PQ-1442 son «
О‘zbekiston Respublikasi sanoatini 2011-2015 yillarda ustuvor rivojlantirish haqida»gi va О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 maydagi 142-son « О‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit muhofazasi bо‘yicha harakatlar dasturi tо‘g‘risida»gi (2013-2017 yy.) Qarorlarihamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa meyoriy-huqu-qiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu disser-tatsiya tadqiqoti muayyan darajada xizmat qiladi.
5
texnologiyalar rivojlanishiningVI. «Tabiatdan oqilona foydalanish va ekologiya»ustuvor yо‘nalishiga muvofiq bajarilgan. Dissertatsiya mavzusi bо‘yicha xorijiy ilmiy tadqiqotlar sharhi. Ionalmashuvchi sorbentlar yordamida sanoat suvlarini tozalashga yо‘nalti-rilgan ilmiy izlanishlar jahonning yetakchi ilmiy markazlari va oliy ta’lim muassasalari, jumladan, Institute for Global Environment Strategies (IGES) (Japan), Nanyang Technological University (NTU) (Singapore), Envi- ronment Canada's National Water Research Institute (NWRI)(Canada), National Research Council (US) Safe Drinking Water Committee, Belhim (Belarus Res- publikasi), Technical Adviser (Chemical) Government of Guigarat Undustries commissioner (India), VVP Engineering College (India), United States Environ- ment Protection Agency, Institute of Chemical Engineering, Bulgarian Academy of Science (Bulgaria)Umumiy va noorganik kimyo ( О‘zbekiston) institutida olib borilmoqda. Tabiiy va sintetik sorbentlar yordamida sanoat suvlarini tozalash va yumshatishga oid jahonda olib borilgan tadqiqotlar natijasida qator, jumladan, quyidagi ilmiy natijalar olingan:eritmalardan mis, rux, kadmiy, mishyakkabi metallionlarini sorbsion usulda ajratib olish usullari ishlab chiqilgan (National Research Council (US) Safe Drinking Water Committee, NTU);sanoat va ichimlik suvlarini yumshatishda sorbentlardan foydalanish yaratilgan (VVP Engineering College, Belhim); aktivlangan kо‘-mir asosida termik va reagentli ishlov berish usullarida suvlarni organik va noorganik birikmalardan tozalash usullari ishlab chiqilgan EnvironmentCanada'sNationalWaterResearchinstitute(NWRI) (Canada),Bulgarian Aca-demy of Science (Bulgaria); faol sorbsion xususiyatli tabiiy sorbentlar sifatida lignit, bentonit va seolitlarni qо‘llash usullari ishlab chiqilgan va joriy etilganTechnical Adviser (Chemical) Government of Guigarat Undustries commissioner. Dunyoda sanoat suvlarini ionalmashuvchi sorbentlar yordamida tozalash bо‘yicha qator, jumladan, quyidagi ustuvor yо‘nalishlarda olib borilmoqda: sanoat va ichimlik suvlarini yumshatish; eritmalardan metallionlarini va kimyoviy birikmalarni ajratib olish; yuqori sorbsion xususiyatli tabiiy va sintetik sorbentlardan samarali foydalanish; sanoatda suv resurs-laridan kо‘p marotaba foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish.
ionalmashuvchi polimerlarni olish, ularning fizik-kimyoviy xossalarini о‘rganish va boshqarish masalalari bо‘yicha M.M.Dubinin, F.D.Ovcharenko, Y.I.Tarasevich, A.V.Kiselev, K.I.Chmutov, A.B.Pashkov, K.M.Saldadze, K.B.Musabekov, SH.B.Battalova, Y.A.Eltekov,V.Tasana, Y.Iemuro, S.Nonako, K.Sugino, K.Cirai, R.Kitavaki, R.Heping, G.Bayd, A.Lurre, G.Maneske, H.Heller, G.Yander, V.Slater, C.Harland, H.Hofman, B.Rivas, M.Jara, E.Pereira, K.S.Axmedov rahbarligida E.A.Aripov, F.L.Glekel, S.S.Xamrayev, S.N.Aminov, A.A.Agzamxodjayev, U.K.Axmedov, G.U.Raxmatqoriyev, S.Z.
Mо‘minov, B.N.Xamidov, G.R.Narmetova, V.P.Guro, I.K.Satayev, O.K.Beysenbayev, 6
A.S.Sultonov, N.U.Rizayev, M.A.Asqarov, A.T.Djalilov, F.A.Magrupov, R.A.Nazirova, S.M.Turobjonovlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Kimyo va kon-metallurgiya sanoatida suv resurslarining kо‘p miqdorda ishlatilishini hisobga olib, ularni tozalashda hamda ba’zi metall ionla-rini ajratishda sorbsion xususiyatli ionalmashuvchi sorbentlar va reagen-tlar olish va qо‘llash texnologiyalarini yaratishgan.Ishlab chiqarish korxona-larini modernizatsiyalash va rekonstruksiyalash, ekologik tioza va resurs-larni tejaydigan texnologiyalarni hamda qayta tiklanuvchi energiya manba-larini tadbiq qilish faoliyatlarni olib borishgan. Sanoat obyektlarida atrof muhitni muhofaza qilish muammosini yechish uchun sanoat suvlarini yumshatish usullarini takomillashtirish; eritma-lardan metall ionlarini va kimyoviy birikmalarni ajratib olish texno-logiyalarini yaratish; yuqori sorbsion xususiyatli tabiiy va sintetik sor-bentlardan samarali foydalanish; sanoatda suv
resurslaridan kо‘p marotaba foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, oqava suvlarini tozalash uchun reagentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish dolzarb, ilmiy-amaliy ahamiyatga ega. Dissertatsiya mavzusining dissertatsiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasiningilmiy-tadqiqot ishlari bilan bog‘liqligi.Dissertatsiya tadqiqoti Toshkent kimyo-texnologiya instituti ilmiy-tadqiqot ishlari rejasining «Sanoat oqava suvlarini metallionlaridan ionalmashinish usuli bilan tozalash» (2012-2015 yy.) hamda ITD-6. (YOA 6-1) Tо‘qimachilik sanoati oqava suvlarini bо‘yoq moddalardan tozalashning samarali texnolo-giyasini ishlab chiqish (2014-2015 yy.)mavzusidagi amaliy loyiha doirasida bajarilgan.
sorbentlar va sanoat chiqindisidan reagentlar olish usullarini ishlab chiqish hamdakimyo va metallurgiya sanoati oxava suvlarini metall ionlaridan tozalash, deminerallash jarayonlarida qо‘llash imkoniyatlarini ochib berishdan iborat.
ionalmashuvchi sorbentlar va reagentlar olishga yaroqli bо‘lgan bosh-lang‘ich xomashyolarning kimyoviy tarkibi, fizik-kimyoviy va adsorbsion xos-salarini aniqlash; furfurolni benzoguanidin bilan polietilenpoliamin (PEPA) ishti-rokida polikondensatsiyalash yо‘li bilan kompleks hosil qiluvchi, rangli va kamyob metallar (mis, molibden) ionlariga nisbatan tanlovchan sorbsion xususiyatli kuchsiz asosli anionit – sorbentlar olish; furfurolni akril
kislotasi bilan
polikondensatsiyalash yо‘li bilan monofunksional karboksil guruhli kationit – sorbent olish; reaksiya harorati, boshlang‘ich moddalar nisbati, katalizator konsen-tratsiyasi va boshqalarni olingan ionalmashuvchi sorbentlar xossalariga ta-’sirini aniqlash va anionit, kationit – sorbentlar olishning optimal sha-roitlarini aniqlash; olingan ionalmashuvchi sorbentlar va reagentlarning fizik-kimyoviy, sorbsion va tekstura xossalarini (kalsiy, magniy, mis, nikel, molibden va boshqa ionlarni sorbsiyasi, sorbsion sig‘imi, monofunksionalligi, funksional guruhlarning 7
dissotsiatsiyalanish darajasi) ionalmashuvchi sor-bentlar va reagentlar olish texnologiyasini ishlab chiqish. Tadqiqotning obyektifurfurol va Qо‘ng‘irot soda zavodi chiqindisi. Tadqiqotning predmetirangli metallar ionlariga selektiv bо‘lgan yangi termokimyoviy barqaror kompleks hosil qiluvchi anionitlarva mono-funksional karboksil kationit. Tadqiqotning usullari.Dissertatsiyadafizik-kimyoviy tahlil usul-laridan: element tahlili, alkalometrik titrlash, polyarografiya usuli bilan furfurol miqdorini aniqlash, Knopp usulida brom sonini aniqlash, trilo-nometriya, yodometriya, IQ spektroskopiya, potensiometrik titrlash, termo-gravimetriya va gaz-suyuqlik xromatografiyasikabi tahlil usullari qо‘l-langan. Tadqiqotning ilmiy yangiligi qо‘yidagilardan iborat: furfurolni benzoguanidin, difenilguanidin bilan polikondensatsiya-lab polifunksional kuchsiz asosli,termokimyoviy barqaror, tanlovchanlik xususiyatli, rangli metall ionlari bilan kompleks hosil qilish xossasiga ega bо‘lgananionit - sorbentlar olingan; furfurolni akril kislotasi bilan polikondensatsiyalash yо‘li bilan monofunksional, sanoat eritmalaridan rangli metallva uranil ionlarini tanlab sorbsiyalash xossasiga ega bо‘lgan karboksil kationit –sorbent olingan; jarayonni kinetik tadqiq qilish asosida reaksiyaning tezlik konstan-tasi, aktivlanish energiyasi,olinayotgan sorbent xossalarining haroratga, boshlang‘ich moddalarning konsentratsiyasiga, katalizator miqdoriga va bosh-qa omillarga bog‘liqligi aniqlangan; import о‘rnini bosuvchi ionalmashuvchi sorbentlarning asosiy kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarining (kalsiy, magniy, mis, nikel, molibden va boshqa ionlarni sorbsiyasi, sorbsion sig‘imi, monofunksionalligi, funk-sional guruhlarning dissotsiatsiyalanish darajasi) boshlang‘ich xomashyo-larning kimyoviy tarkibi,fizik-kimyoviy va adsorbsion xossalariga kor-relyatsion bog‘liqligi kо‘rsatilgan; furfurol va Qо‘ng‘irot soda zavodi chiqindisi asosida sanoat oqava suvlarini tozalash va yumshatishda hamda rangli metall ionlarini ajratish-da qо‘llaniladigan turli funksionalli ionalmashuvchi polimer sorbentlar va kalsiy gidrosilikat reagentini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
furfurolni benzoguanidin, difenilguanidin bilan polikondensatsiya-lab polifunksional kuchsiz asosli, termokimyoviy barqaror anionit olish usuli ishlab chiqilgan; furfurolni akril kislotasi bilan polikondensatsiyalash asosida monofunksional karboksil kationit olish usuli ishlab chiqilgan; furfurol va Qо‘ng‘irot soda zavodi chiqindisi asosida kalsiy gidro-silikat reagentini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan. furfurol asosida olingan sorbentlarni suvlarini tozalash va yumshatishda qо‘llash texnologik jarayoni takomillashtirilgan. 8
Tadqiqot natijalarining ishonchliligitadqiqotni xulosalari va tavsiyalarning asoslanganligizamonaviy kimyoviy, fizik-kimyoviy usullar va kimyoviy tadqiqotlar qо‘llanilganligida va ishlab chiqilgan sorbentlar, reagentlarni olish texnologiyasi, ularning qо‘llanishi tajriba-sanoat sinovlarida aprobatsiya qilingan hamda ishlab chiqarishga qо‘llanilganligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot na- tijalariningilmiy ahamiyatiionalmashuvchi sorbentlarning asosiy kimyoviy va fizik-kimyoviy xossalarining (kalsiy, magniy, mis, nikel, molibden va boshqa ionlarni sorbsiyasi, sorbsion sig‘imi, monofunksio-nalligi va g‘ovakligi) ularni olish uchun yaroqli bо‘lgan boshlang‘ich xomashyo-larning kimyoviy tarkibi,fizik- kimyoviy va adsorbsion xossalariga kor-relyatsion bog‘liqligininganiqlanganligi hamda polikondensatsion turdagi sorbentlar assortimentini kengaytirishga imkon yaratishi bilan izoh-lanadi. Tadqiqot natijalariningamaliy ahamiyati shundan iboratki, mahalliy furfurol va sanoat chiqindisi asosida olingan import о‘rnini bosuvchi yangi ionalmashuvchi sorbentlar va reagentlarni sanoat suvlarini tozalashda, yumshatishdaqо‘llanishi, aniqlangan sorbsiyalanish qonuniyatlari sanoat suvlarini tozalash texnologiyalarini takomillashtirishda, furfurol asosi-da ionalmashuvchi sorbentlarni olinishi va qо‘llanishiga xizmat qiladi.
yangi sorbentlar va reagent asosida oqava suvlarni tozalashning samarali usullarini ishlab chiqish bо‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: ishlab chiqilgan karboksilkationit olishning texnik shartlari(Ts14825224- 01:2015)«Uzstandart» agentligi tomonidan tasdiqlangan. Texnik shart texnologik jarayonda ishlatilayotgan kationitlar о‘rniga maxalliy xomashyolardan olingan kationitni ishlatish imkonini beradi; furfurolni akril kislotasi bilan polikondensatsiyalash asosida monofunksional karboksil kationit olish usuliga О‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan ( № IAP 03458, 2007). Monofunksional karboksil kationit olish usuli eritmalardan rangli metall va uranil ionlarini sorbsiyalash imkonini beradi; furfurol asosida olingan kationit va anionitlar oziq-ovqat, kimyo va metallurgiya sanoati ishlab chiiarish korxonalarisuvlarini tozalash va yumshatish jarayoniga tadbiq etilgan (« О‘zvinosanoat-xolding» kompaniyasi-ning 2016 yil 17 maydagi AA-02/1-1042 sonli xati). Natijada korxonaning texnologik liniyasini ixchamlashtirishga; energiya sarfini kamaytirishga; sanoat oqava suvlarini takroriy ishlatishga; chetdan olib kelinayotgan adsorbentlarni maxalliylashtirishga; texnologik jarayonni bir xil rejim-da boshqarishga erishiladi. Download 353.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling