Polimerlardagi gisterezis hodisasi
Download 217.61 Kb.
|
1 2
Bog'liqpolimerlardagi gisterezis hodisasi
Ferromagnitlar. Tashqi magnit maydoni bo’lmaganda ham kuchli magnitlanish qobiliyatiga ega bo’lgan molekulalardan tarkib topgan moddalar ferromagnitlar hisoblanadi. Ferromagnitlarga Fe, Co, Ni, Cd, CrTe, Mn Al Cu kiradi.
Moddalarning ferromagnit xususiyati kristallar uchun xos bo’lib, ma’lum sharoitda elektronlarining magnit momentlari o’zaro parallel joylashgan elementar hajm “domenlar”-dan tashkil topgan bo’ladi. (86-rasm) Tashqi maydon bo’lmaganda domenlar tartibsiz joylashgan bo’lib, magnit xususiyatini namoyon qilmaydi. 10.6-rasm Ferromagnitlar tashqi magnit maydonda kuchli magnitlanish hosil qilib, quyidagi xossalarga ega: Odatdagi sharoitda ferromagnit moddalarning magnit kirituvchanligi juda yuqori bo’ladi. Magnitlanish vektori magnit maydon kuchlanganligiga bog’liq holda o’zgarib, u gisterezis hodisasi orqali tushuntiriladi: Magnitlanish dastlab maydon kuchlanganligiga proporsional ravishda chiziqli ortsa to’yinish darajasidan so’ng qoldiq magnitlanishga ega bo’ladi. 10.7-rasm Ferromagnit moddalarning magnitlanishi maydon kuchlanganligining chiziqli bo’lmagan funksiyasi bo’lib, paramagnitlarga nisbatan 103-marta katta. Ferromagnit moddalar uchun temperaturaning shunday ma’lum intervali mavjudki, undan yuqori temperaturalarda ferromagnitlik xususiyati yo`qoladi. (Temir uchun Kyuri temperaturasi 768oC kobalt uchun esa 1075oC) Gisterezis halqasi har xil ferromagnitlar uchun turlicha bo’lib, konservativ kuchi bo’lganlari qattiq ferromagnitlar deyiladi va ulardan doimiy magnitlar yasashda foydalanadi. Konservativ kuchi kichik bo’lgan moddalar yumshoq ferromagnitlar deyiladi va ulardan transformator o’zaklari yasashda foydalaniladi. Download 217.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling