Polimerlarning makromolekulyar tuzilishi


Download 0.5 Mb.
bet5/5
Sana18.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1031731
1   2   3   4   5
Bog'liq
POLIMERLAR FIZIKASI QISQA

6.1. Polimer suyultmalar
Polimer suyultmalar - bu polimerlarning issiqlik ta’sirida qattiq fazadan suyuq fazaga o‘tishi, ya’ni suyuqlanishi tufayli erishilgan termodinamik muvozanatli holatidir. Agar polimer yuqori darajada kristallangan bo‘lsa, bunday fazaviy o‘tish keskin tarzda, ya’ni I tur fazaviy o‘tishlar mexanizmi bo‘yicha amalga oshadi. Agar polimer amorf holatda bo‘lsa, II tur fazaviy o‘tish mexanizmi bo‘yicha, ya’ni makromolekulalararo yaqin tartibli bog‘lanishlar bosqichma bo’sqich parchalanadi va suyuqlanadi. Amorf-kristall polimerlarda kristallanish darajasiga bog‘liq suyuqlanishni har ikki mexanizmi kuzatilishi mumkin.
Amorf-kristall polimerlarning suyuqlanishi quyi molekulyar birikmalarnikiga o‘xshasada, ayrim o‘ziga xos xususiyatlarga egadir, jumladan, shishalanish va kristallanish jarayonlari suyuqlanish paytida amalga oshishi mumkin. Xullas, polimerlarga issiqlik ta’sir etganda ularning izobar-izotermik potensiali, ya’ni Gibbs erkin energiyasining (DG) o‘zgarishi quyidagicha aniqlanadi:
DG » DHpp - TDSpp (6.2.1.1)
bu yerda DHpp va D Spp mos ravishda entalpiya va entropiyaning o‘zgarishi bo‘lib, ulardagi pp – indekslar polimer-polimer o‘zaro ta’sirlashishni ifodalaydi; T – tizimning mutloq harorati.
Polimerda harorat oshishi bilan entropiyaviy had (TDSpp) miqdori ortadi. Ma’lum bir haroratga oshganda DHpp » TDSpp erishadi va natijada DG » 0 shart bajariladi hamda polimer suyuqlanadi (6.1.1-jadval).
Suyuqlanish haroratining (T*sq) kristallanish haroratiga (Tkr) bog‘liqligi umumiy holda quyidagicha yoziladi:
T*sq = (Tosq + Tkr) /F (6.1.2)
bu yerda F = (a/2n) - (b/2m) - bog‘lanish koeffitsienti bo‘lib, odatda 0 dan 1 gacha o‘zgaradi. Bunda a va b lar kristall sirti va yadrosi erkin energiyasini hamda n va m parametrlar kristall va kristall yadrosi o‘lchamlarining nisbatini ifodalaydi.
Ushbu (6.1.2) formula asosida polietilentereftalat namunalarining suyuqlanish haroratini kristallanish haroratiga bog‘lanishi talqin qilingan grafigi 6.1.1-rasmda keltirilgan. Bunday grafiklar odatda to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi va uni haroratning katta miqdorlari sohasiga fikran davom ettirib, ideal, ya’ni Tsq ≈ Tkr shart asosidagi nazariy grafik bilan kesishish nuqtasida muvozanatli suyuqlanish haroratining (Tosq) gipotetik miqdori aniqlanadi.

6.1.1-rasm. Polietilentereftalat namunalari suyuqlanish haroratining (Tsq) kristallanish haroratiga (Tkr) bog‘lanish grafigi: (Tsq) » 283 oC.






Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling