Reologiyani asosiy tushuncha va tasniflari. Reologiyani asosiy tushuncha va tasniflari. Reologiya materialning deformatsiyalanishi xosalari, deformatsiya bilan kuch, deformatsiya bilan vaqt orasidagi mavjud qonuniyatlar haqidagi fandir. Reologik xossalar jumlasiga qovushqoqlik, elastiklik, mustahkamlik va boshqa xossalar kiradi. Reologiyaning vazifai oddiy (suyuq va qattiq) hamda murakkab materiallarga tashqaridan kuch berilganida u larning reologik xossalari qay tartibda o’zgarishini aniqlashdan, materialning tarkibi va tuzilishi uning reologik, boshqacha aytganda, struktur – mexanik xossalari orasida qanday bog’lanish borligini ko’rsatihdan iborat. Polimerlar kimyosida reologiya metodlaridan polimer sistemaning strukturasinni va qovushqoqlik – oquvchanlik xossalarini bayon qilishda foydalaniladi. Polimer kolloid sistemalarning strukturasi, binobarin, ularning reologik xossalari zarrachalararo ta’sir etuvchi kuchlarga, zarrachalar konsentrasiyasiga va ko’pincha kolloid eritmaning yangi – eskiligiga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham sirt hodisalari haqidagi ta’limot va dispers sistemalarning barqarorlik nazariyalari bilan tanishib o’tilganidan keyingina kolloid sistemalarning reologik xossalarini o’rganish maqsadga muvofiqdir. Jism shaklining biror kuch ta’sirida o’zgarishi deformatsiya deb yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |