Polisaxaridlar va turlari va tuzilishi Bajardi: 112-17 ood


Qishga to‘plangan zaxira kraxmal o‘simliklar uchun oziq modda sifatida xizmat qilsa, shuningdek tibbiyotda, farmatsevtikada xamda oziq-ovqat sanoati va boshqalarda xam shilatiladi


Download 8.25 Kb.
bet4/7
Sana08.01.2022
Hajmi8.25 Kb.
#239502
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Polisaxaridlar va turlari va tuzilishi Bajardi 112-17 ood-hozir.org

Qishga to‘plangan zaxira kraxmal o‘simliklar uchun oziq modda sifatida xizmat qilsa, shuningdek tibbiyotda, farmatsevtikada xamda oziq-ovqat sanoati va boshqalarda xam shilatiladi.



Kraxmal olish usullari. Kraxmal o‘simlik mahsulotiga qarab bir necha usul bilan olinadi. Kartoshka tuganadidan kraxmal olish uchun tuganak tozalanadi va maxsus sim to‘r ustida qirqichda qiriladi. Uning ustiga suv quyib yuviladi. Kraxmal suv bilan birga sim to‘r ustidagi idishga tushib cho‘kadi.

Kraxmalni tozalash uchun toza suv bilan aralashtiriladi va tindiriladi. Suv esa to‘kib tashlanadi. Bu ish bir necha marta takrorlanadi. Kraxmal toza bo‘lganidan so‘ng quritiladi. qurigan kraxmal tarkibida 20% gacha namlik bo‘lishi mumkin.

Donli o‘simliklar mevasidan va urug‘idan kraxmal olish ancha murakkab. CHunki meva, urug‘ tarkibida kraxmaldan tashqari ohsil shuningdek, suvda erimaydigan boshqa moddalar ham bo‘ladi. Ana shu moddalar kraxmal olishga halal beradi. Bu birikmalarni dastavval mikroorganizmlar yordamida achitilib hamda parchalab, suvda eriydigan mahsulotlarga aylantiriladi.

Kraxmalning xususiyatlari. Kraxmal glyukonlarga kirib o‘simlik xujayralarida donachalar shaklda vujudga keladi. Bu donachalar 96,1-97,6% polisaxaridlardan, 0,2-0,7% mineral moddalardan, 0,6% gacha qattiq yog‘ kislotalardan va boshqalardan tashkil topgan.

Kraxmal xidsiz, mazasiz, mayin oq poroshok bo‘lib, barmoq orasiga olib ishqalansa qichirlaydi. quritilgan, suvsiz kraxmalning zichligi 1,620-1,650.

Kraxmal sovuq suv, spirt, efir va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Agar 68-75O issik suvga solinsa, donachalari ishshib yoriladi va quyuq, yopishqoq suyuqlik-kleyster hosil qiladi.



Download 8.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling